🇺🇿 Past Darg‘om: kecha va bugun
1.85K subscribers
22.3K photos
2.28K videos
140 files
7.15K links
"Past Darg‘om haqiqati" gazetasi.

Foto va video xabarlaringizni quyidagi botga 👇 jo‘nating
👉 @PDH_UZ_murojaat_bot

👉 Turli yo‘nаlishdagi materiallar platformasi.

👉 Ayrim fikrlar tahririyat nuqtai nazarini bildirmaydi.
Download Telegram
🏆  “Hokim olimpiadasi” musobaqalari davom etmoqda

📍 Tumanimizda  ayni kunlarda “Hokim olimpiadasi” doirasidagi sport musobaqalari yuqori kayfiyat va qizg‘in ruhda tashkil etilmoqda.

🏃‍♂️ Jumladan, 1-son sport maktabida “Yangi O‘zbekiston olimpiya cho‘qqilari” hamda Prezident olimpiadasi musobaqalarining yengil atletika yo‘nalishi bo‘yicha 12 turda 1-bosqich bellashuvlari o‘tkazilmoqda.

👦👧 Musobaqalarda 12–14 yoshdagi o‘g‘il-qizlar faol ishtirok etib, g‘oliblik uchun munosib kurash olib bormoqda. Har bir sportchi o‘zining jismoniy tayyorgarligi, mahorati va kuchli irodasini namoyon etmoqda.

🥇 Yakuniy natijalarga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar keyingi bosqichga yo‘llanma olib, tumanimiz sha’nini himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Bizni kuzatish: 👉@pdhuz
2👏1
#kun_hikmati

Odam — faqat atama emas, — unvon, unvon bo‘lganda ham, juda yuksak unvon. Bu yuksak unvonga munosib bo‘lish uchun bir umr intilish kerak!

✍️ Rasul Hamzatov

Bizni kuzatish: 👉
@pdhuz
3👍1
Forwarded from Pastdarg‘om.uz
📣#Diqqat

⚠️Hurmatli fuqarolar!

🌧Yomg‘irli kunlar boshlanganligi sabab, ariqlar va suv yo‘llariga turli chiqindilar tiqilib, suv toshqinlari kuzatilishi mumkin.


💧Oqibatda turli noqulayliklar va tartibsizliklar yuzaga kelishi mumkin.

Bu kabi holatlarni bartaraf etish maqsadida, sizlardan yashab turgan xonadoningiz yon- atrofi va sizga yaqin ko‘chalarda suv to‘planib qolmasligi hamda toshqinlarni oldini olishga befarq bo‘lmasdan o‘z hissangizni qo‘shishingizni so‘rab qolamiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ KAMOLOT mahallasi  fuqarolari  diqqatiga!

Siz  saylagan deputat Gulmera Bozorova  hududni rivojlantirish va aholi turmush sharoitini yaxshilash yo‘lida muhim amaliy ishlar boshladi!
🔹 Xususan:
⚡️Kamolot MFYdagi TP-2058 ga qo‘shimcha KTPS-160/6 kVa o‘rnatiladi
⚡️Kamolot MFYni elektr energiyasi bilan ta’minlovchi 6 kVa f-88 EUT to‘liq rekonstruksiya qilinadi
💡 Ushbu tashabbuslar natijasida:
📖Elektr ta’minoti barqarorlashadi
📖Uzilishlar kamayadi
📖Aholi uchun qulay va zamonaviy sharoit yaratiladi

Deputat Gulmera Bozorova o‘z saylovchilari ishonchini oqlab, har bir murojaatni amaliy yechim bilan hal etishga intilmoqda.
📈Hudud ravnaqi va xalq farovonligi yo‘lida olib borilayotgan bu ishlar – chinakam fidoyilik namunasidir!
💬 Sizning ishonchingiz – amaliy natijalarda o‘z aksini topmoqda!

Bizni kuzatish: 👉@pdhuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
АПРЕЛ ЁМҒИРИ

Этни жунжиктирди баҳор ҳавоси,
Лек ҳузур бахш этди дилга тоза ел.
Юракка энг улуғ  ниятлар солди,
Кўкдан ёғаётган дурларинг апрел.

Дунё гардларини ювмоқда чандон,
Ёмғирда чўмилди дала-дашт, ўнг-сўл.
Яшамоқ азмига имдод бермоқда,
Кўкдан ёғаётган нурларинг апрел.

Ёмғирлар... Бошимда соябон, аммо
Энг пок туйғуларга кўксин очди дил.
Умрни орзуга йўллатиб қўйди,
Кўкдан ёғаётган гулларинг апрел.

Гулжаҳон МАРДОН қизи.

Бизни кузатиш: 👉@pdhuz
🛑 Samarqand ixtmsoslashtirilgan san’at maktab- internatida “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi” oyligi doirasida targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazildi.

Tuman favqulodda vaziyatlar boʻlimi favqulodda vaziyatlar profilaktikasi bo‘linmasi inspektori, leytenant Azamat Ziyadinov xodimlar va o‘quvchilar o‘rtasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yong‘in va gaz bilan bog‘liq xavf-xatarlar, shuningdek, zilzila vaqtida to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini shakllantirish bo’yicha tushuncha berdi.

Bizni kuzatish: 👉
@pdhuz
🏆  “Hokim Olimpiadasi” musobaqalari davom etmoqda

📍 Tumanimizda sportga bo‘lgan e’tibor hamda yoshlar faolligi tobora ortib bormoqda. Ayni kunlarda “Hokim olimpiadasi” doirasidagi sport musobaqalari yuqori saviyada, ko‘tarinki kayfiyat va qizg‘in ruhda tashkil etilmoqda.
🏓 Jumladan,  3-son umumta’lim maktabi sport zalida “Yangi O‘zbekiston olimpiya cho‘qqilari” hamda Prezident olimpiadasi doirasida stol tennisi bo‘yicha 1-bosqich bellashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.
👦👧 Musobaqalarda 12–14 yoshdagi o‘g‘il-qizlar faol ishtirok etib, g‘oliblik uchun munosib kurash olib bormoqda. Har bir sportchi o‘zining jismoniy tayyorgarligi, mahorati va kuchli irodasini namoyon etmoqda.
🥇 Yakuniy natijalarga ko‘ra, g‘olib va sovrindorlar keyingi bosqichga yo‘llanma olib, tumanimiz sha’nini himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Bizni kuzatish: 👉@pdhuz
1
Insonning qadr-qimmati o‘z vazifasini a’lo darajada bajarishdan iborat. Shuning uchun insonning eng asosiy vazifasi va o‘rni mehnat bilan belgilanadi. Inson o‘z xohishiga tinimsiz mehnat tufayli erishadi.

© Abu Rayhon Beruniy

Bizni kuzatish: 👉
@pdhuz
TUMANIMIZ SPORTCHILARI OSIYO CHEMPIONI BÕLDI 🏆

Joriy yilning 3-6 aprel kunlari Qozog'iston davlati Chemkent shahrida sportning Õzbek jang san'ati turidan Osiyo chempionati bõlib õtdi.
Mazkur nufuzli chempionatda tumanimiz sportchilari medallar shodasi bilan qaytdilar .


🥇Oltin medallar
1. Ozoda Bõriyeva 28kg
2.Dilnora Sayfiddinova 31kg
3. Dilnura Amonova 31kg
4 Gulasal Suvonqulova 43kg
5.Madina Shodiqulova 28kg
6.Asalbonu Suyunova 40kg
7.Charos Shodiqulova 70kg
8.Asal G'affarova 35kg
9.Sevara Rahmatova 29kg
10.Faruh Mardonqulov 36kg
11.Firdavs Ergashev 40kg
13.Muhammad Karimov 48kg

🥈Kumush medallar
1. Durdona Amonova 54kg
2.Fariza Azizjonova 31kg
3.Sarvarbek Mahmudov 30kg
2.Amir Aminov 74kg

🥉Bronza medallar
1.Uchqulov Karimjon 19kg
2.Rohadov Asadbek 28kg
3.Akbarov Azizjon 34kg
4.Arslonov Azizjon 37kg
5.Mahmudov Zafarbek +45kg
6.Obitjonov Shahboz 44kg
7.Kamolov Temranbek 45kg
8.Erkinov Hasan 55kg

📍 Bizni kuzating 👉 @pdhuz
4