PAYARIQ TUMANI HOKIMLIGI
11.4K subscribers
56.4K photos
7K videos
79 files
22.3K links
Yangiliklardan xabardor bo'ling!
Download Telegram
Fuqarolar murojaatlari tinglandi

Bugun tuman hokimi I.Jabborov va masʼul rahbarlar ishtirokida, tuman Xalq qabulxonasida navbatdagi qabul bo‘lib o‘tdi.

Fuqarolarning ijtimoiy himoya, ish bilan taʼminlash, sog‘liqni saqlash, taʼlim, kommunal xizmatlar va boshqa sohalarga oid murojaatlari tinglandi.

Tegishli korxona va tashkilot rahbarlaridan qilingan murojaatlar bilan ishlashda zimmasidagi masʼulyatni his qilishi aytib o‘tildi. Shuningdek, fuqarolarning murojaatlari ijrosi yuzasidan aniq muddat belgilanib, nazoratga olindi.

Fuqarolar o‘z muammolariga befarq bo‘lmagan mutasaddilardan mamnun ekanliklarini bildirishdi.

Kanalga ulanish:
👇👇👇
📱Telegram   📱Instagram
📱Facebook 🌍Veb-Sayt
Sayyor qabul - muammolarga amaliy yechim!

Bugun tuman hokimi I.Jabborov tuman tashkilotlari rahbarlari bilan birgalikda sayyor qabul davomida kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish va ularning tez hamda sifatli ijrosini ta'minlash yuzasidan muhokama yig‘ilishini o‘tkazdi.

Yig‘ilishda har bir murojaat bo‘yicha aniq mas’ullar belgilandi va ijro muddatlari belgilab olindi.

Maqsad – fuqarolar muammolarini joyida hal qilish, ochiqlikni ta’minlash.

Kanalga ulanish:
👇👇👇
📱Telegram   📱Instagram
📱Facebook 🌍Veb-Sayt
🚨🚨🚨🟢KIBERJINOYATCHILAR YANGI USULLARDAN FOYDALANMOQDA

⚠️ Bugungi kunda o‘zini Markaziy bank, Ichki ishlar yoki boshqa davlat organlari xodimi sifatida tanishtirib, fuqarolarga telefon qilib quyidagi yolg‘on xabarlar orqali aldab pul undirib olish ko’p uchramoqda:

“Sizning nomingizga katta miqdorda kredit olinmoqda!”
“Bank kartangizga xujum bo‘lyapti, bloklashimiz uchun tezda bizni aytganlarimizga amal qiling!”


👮‍♂️Bunday soxta ogohlantirishlar orqali fuqarolarni chalg‘itib, ularning shaxsiy ma’lumotlarini va bank kartasi ma’lumotlarini qo‘lga kiritishmoqda. Natijada odamlar katta miqdorda pul mablag‘laridan ayrilmoqda.

⚠️ Esda tuting:
Hech bir rasmiy tashkilot sizdan telefon orqali karta raqamingiz, PIN-kod yoki SMS tasdiqlash kodlarni so‘ramaydi.
Ijtimoiy tarmoqlarda ham o‘zini xodim sifatida tanishtirgan har qanday shaxsga shubha bilan qarang.
Shubhali qo‘ng‘iroqlarga javob bermang, yoki rasmiligi tasdiqlanmagan raqamlarga hech qanday ma’lumot bermang.

📣 Shaxsiy ma’lumotlaringizni himoya qiling! O‘zingiz va yaqinlaringizni ogohlantiring!

💻
𝐼𝑛𝑠𝑡𝑎𝑔𝑟𝑎𝑚 |📝 𝑇𝑒𝑙𝑒𝑔𝑟𝑎𝑚 | 🎞 𝑌𝑜𝑢𝑡𝑢𝑏𝑒
Hurmatli Payariq aholisi va tumanimiz mehmonlari!

🔴 2025-yil 26-aprel kuni soat 18-00 da tuman markaziy amfiteatrida Payariq tuman hokimligi, Payariq tuman Madaniyat bo'limi tomonidan “Qo'shig'imiz sizga armug'om!” nomli shou konsert bo‘lib o‘tadi.

Mazkur tadbirda tumanimiz san'atkorlarning gala-konsert dasturiga siz azizlarni taklif etamiz.

Kanalga ulanish:
👇👇👇
📱Telegram   📱Instagram
📱Facebook 🌍Veb-Sayt
Tuman hokimi o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G.Israilova inkubatoriylarda bo‘lib, kasanachilarga pilla qurti tarqatish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.

Suhbat davomida fuqarolarga mavsumni uyushqoqlik bilan tashkil qilish, agronomlar va soha mutaxassislarining tavsiyalariga amal qilish lozimligi ta’kidlandi.

Maqsad – pilla yetishtirishda samaradorlikni oshirish va kasanachilarning daromadini ko‘paytirish.

Kanalga ulanish:
👇👇👇
📱Telegram   📱Instagram
📱Facebook 🌍Veb-Sayt
Tumanimizda obodonlashtirish ishlari avjida!

Bugun tumandagi barcha hududlarda keng ko‘lamli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari jadal sur'atlarda olib borilmoqda.

Ko‘chalar, xiyobonlar, mahalla va qishloqlardagi jamoat joylari tozalanib, atrof-muhitni obodonlashtirish ishlari davom etmoqda.

Kanalga ulanish:
👇👇👇
📱Telegram   📱Instagram
📱Facebook 🌍Veb-Sayt