PAYARIQ TUMANI HOKIMLIGI
11.4K subscribers
56.2K photos
6.99K videos
79 files
22.2K links
Yangiliklardan xabardor bo'ling!
Download Telegram
“MILLIY LIBOS – MILLAT KO‘ZGUSI”

2025-yil 25-aprel kuni Payariq tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari ishtirokida “Milliy liboslar” targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida o‘quvchilar o‘zbek xalqining tarixiy-madaniy merosini ifodalovchi milliy liboslarda namoyon bo‘lib, milliy qadriyatlarimizni targ‘ib etdilar.

Bunday tadbirlar yoshlarda vatanparvarlik, estetik did va milliy o‘zlikni anglash tuyg‘usini mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi.

Milliy libos – bu nafaqat kiyim, balki xalqimizning tarixi, an’anasi va iftixoridir!
Oʻzbegim atlasi bolalar nigohida

Payariq tumani Taraqqiyot MFYda joylashgan 28-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Oʻzbegim atlasi bolalar nigohida” nomli rang-barang tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda jajji qizaloqlarimiz milliy atlas liboslarida ishtirok etib, go‘zallik, madaniyat va milliy urf-odatlarimizga bo‘lgan mehrini namoyon etdilar.

Bunday tadbirlar orqali bolalarda estetik did, vatanga muhabbat va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usi shakllanadi.

Atlas – bu nafaqat mato, bu o‘zbekning yuragi, nafisligi va tarixidir!
Sayyor qabul – e’tibor va mas’uliyat markazida

Bugun Payariq tumani hokimi I.Jabborov tomonidan Zoom platformasi orqali yig‘ilish o‘tkazildi. Ushbu yig‘ilishda sayyor qabullar davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar va ularning ijrosi bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar muhokama qilindi.

Yig‘ilishda bevosita murojaat qilgan fuqarolar, ularning masalasini o‘rganish va hal qilish uchun biriktirilgan mas’ul rahbarlar ishtirok etdi. Har bir murojaat atroflicha ko‘rib chiqilib, uning yechimi yuzasidan mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.

Kanalga ulanish:
👇👇👇
📱Telegram   📱Instagram
📱Facebook 🌍Veb-Sayt
Bugun tuman hokimi I. Jabborov qishloq xo‘jaligi sohasiga mas’ul rahbarlar va mutaxassislar bilan uchrashdi. Unda 2025-yil g‘alla hosilini o‘z vaqtida va sifatli yig‘ib olish maqsadida kombaynlarni to‘liq shay holatga keltirish masalasi muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida texnikalarni mavsumga tayyorlash bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.

Kanalga ulanish:
👇👇👇
📱Telegram   📱Instagram
📱Facebook 🌍Veb-Sayt
“Xo‘ja Ismoil shaharchasining yangi qiyofasi sari — viloyat rahbari qurilish jarayonlari bilan tanishdi”

Viloyat hokimi A. Boboyev Al-Buxoriy majmuasi va unga tutash hududdagi qurilish-obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi. Ushbu ishlar Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-sentabrdagi qaroriga asosan, Xo‘ja Ismoil shaharchasining kompleks rivojlanishi doirasida olib borilmoqda.

Tashrif davomida viloyat rahbari mavjud kamchiliklar yuzasidan mutasaddilarga aniq topshiriqlar berdi va ishlarning jadallashuvini ta’minlash lozimligini ta’kidladi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xayrli_tong

Bugun aytishingiz zarur bo‘lgan so‘zlar borki, yillar o‘tgach bu so‘zlardan ma’no yo‘q...
Bugun bajarishingiz zarur bo‘lgan ishlar borki, yillar o‘tgach bu ishlardan ma’no yo‘q...
So‘zlar va imkoniyatlardan ular o‘z qadrini yo‘qotmasdan foydalaning...

Boshlangan yangi kuningiz ezgu amallar bilan to‘lib toshsin Qadrdon. Assalomu alaykum!

Kanalga ulanish:
👇👇👇
📱Telegram   📱Instagram
📱Facebook 🌍Veb-Sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎤 Tonggi tarona

🎼 “O‘zbegim”.

🎬 Rustam G‘oyipov ijrosida.

Kanalga ulanish:
👇👇👇
📱Telegram   📱Instagram
📱Facebook 🌍Veb-Sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tuxum ishlatilishdan avval yuvilishi kerak❗️

Kanalga ulanish:
👇👇👇
📱Telegram   📱Instagram
📱Facebook 🌍Veb-Sayt
Forwarded from Zarnews.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
26 апрель – Ўзбекистон халқ шоири Муҳаммад Юсуф таваллуд топган кун

Муҳаммад Юсуф 1954 йили Андижон вилояти Марҳамат туманида деҳқон оиласида таваллуд топган.

Тошкентдаги рус тили ва адабиёти институти (ҳозирги Жаҳон тиллари университети)да таҳсил олган.

Республика китобсеварлар жамияти, «Тошкент оқшоми» газетаси, Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, «Тафаккур» журнали ҳамда «Ўзбекистон овози» газетасида фаолият олиб борган. 1998 йилдан умрининг охиригача Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмасида ишлаган.

Унинг «Таниш тераклар», «Булбулга бир гапим бор», «Илтижо», «Уйқудаги қиз», «Ҳалима эна аллалари», «Ишқ кемаси», «Кўнглимда бир ёр», «Бевафо кўп экан», «Эрка кийик», «Сайланма», «Биз бахтли бўламиз», «Осмонимга олиб кетаман», «Улуғимсан, Ватаним» сингари ўндан ортиқ шеърий тўплами ўзбек адабиётининг олтин меросига айланган.

Шоир 2001 йил 47 ёшида вафот этган.

@Zarnews_uz