Tolali ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti
244 subscribers
2.26K photos
73 videos
19 files
572 links
Tolali ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti Rasmiy sahifasi

Tел: +99871 207-04-03 (100)
@mail : info@paxtasanoatilm.uz
Download Telegram
Forwarded from Ibrohim Abdurahmonov
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Sеlеksiyadan innovatsiyagacha: ozarbayjonlik olimlar bilan sabzavotchilik yo‘nalishida hamkorlik qilinadi

Xabaringiz bor, Qishloq xo‘jaligidagi bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shuhrat Otajonov boshchiligidagi, tizimdagi bir necha ilmiy muassasalar rahbarlaridan iborat delegatsiya shu kunlarda Ozarbayjon Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Tashrif doirasida qishloq xo‘jaligi sohasidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish va yangi ilmiy loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Safarning muhim natijalaridan biri sifatida Milliy markaz tizimidagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti hamda Ozarbayjon Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi qoshidagi Sabzavotchilik ilmiy-tadqiqot instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur hujjat olimlar va mutaxassislar ishtirokida seleksiya va urug‘chilik ishlarini rivojlantirish, noan’anaviy ekinlar ustida birgalikda tajriba o‘tkazish, fitosanitariya tahlillar olib borish, shuningdek, resurs va energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni nazarda tutadi. Hamkorlik doirasida yosh olimlar uchun malaka oshirish dasturlari, ilmiy tadbirlar tashkil etish va qo‘shma tadqiqot natijalarini xalqaro jurnallarda chop etish rejalashtirilgan.

Muzokaralar yakunida amaliy “yo‘l xaritasi” ishlab chiqilib, ilk qo‘shma tajriba ishlarini joriy yilning ikkinchi yarmida boshlashga kelishib olindi. Safar davomida qayd etilgan kelishuvlar qishloq xo‘jaligidagi ilmiy salohiyatni yanada yuksaltirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

⚡️ Yangiliklardan xabardor bo‘lib, agrotexnologiyadagi so‘nggi yutuqlarni biz bilan kuzatib boring!

🌐WEB|🚀 Telegram| 📷 Instagram | 🔵Facebook |▶️ Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bugun

Institutning navbatdagi yig‘ilishi t.f.d., prof. T.M.Quliyev raisligida bo‘lib o‘tdi. Kun tartibida Prezident, Vazirlar Mahkamasi va Qishloq xo‘jaligi vazirining qarorlarining ijrosi hamda tolali ekinlar bo‘yicha finologik kuzatuvlar olib borishi to‘g‘risida laboratoriya va bo‘limlarning faoliyati bilan tanishdi. Shuningdek, Investitsiya va yangi grant loyihalar bilan ishlash hamda 2025-yilda tasdiqlangan reja asosida amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlar bo‘yicha hisobot berish.
S.Negmatova tajriba maydonida ekilgan kanop, zig‘ir, kanatnik, krotalyariya, bamiyaning hamda jut o’simligining fenologik kuzatuvlari bo’yicha qisqacha ma’lumot berib o’tildi. O‘simliklarning ildizidan oziqlantirish uchun azotli, fosforli va kaliyli mineral o‘g‘itlari berilib, sug‘orish ishlar davom ettirilayotganligini aytdi.
Bundan tashqari grant loyihalar bo‘yicha A.Axmedov axborot berdi.
Yig‘ilish raisi berilgan ma’lumotlarni tanqid qilib barcha kamchiliklarini o‘zlariga aniq qilib ko‘rsatib o‘tdi.