Tolali ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti
246 subscribers
2.27K photos
73 videos
19 files
573 links
Tolali ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti Rasmiy sahifasi

Tел: +99871 207-04-03 (100)
@mail : info@paxtasanoatilm.uz
Download Telegram
#Bugun

Tolali ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.30/30.11.2021.T.141.01 raqamli Ilmiy Kengashining navbatdagi majlisida Behbudov Shavkat Husenovichning “Yuqori sifatli ipli birikmalar olish maqsadida polimer kompozit qoplash qurilmasining konstruksiyasini ishlab chiqish va parametrlarini hisoblashning ilmiy asoslari” mavzusida 05.02.03 –Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari ixtisosliga boʻyicha texnika fanlari doktori (DSc) (himoyasiz himoya ixtiroga patent asosida) ishini himoya qildi. Instutut direktoti t.f.d., prof. T.M.Quliyev raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda kengash a`zolaridan t.f.d., prof. Q.Jumaniyazov, t.f.d., prof. R.Djamolov, t.f.d., prof. R.Sulaymonov, t.f.d., prof. D.Muhammadiyev, t.f.d., prof. S.Z.Yunusov, t.f.d., prof. R.Rosulov va t.f.d., prof. K.Avazovlar tomonidan taqdimnoma ishi keng muhokama qilindi. Rahbariyatimiz va jamoamiz nomidan Sh.H.Behbudovni muvaffaqiyatli dissertatsiya himoyasi bilan tabriklaymiz.
#Bugun

Tolali ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.30/30.11.2021.T.141.01 raqamli Ilmiy Kengashining navbatdagi majlisida Murodov Rustamjon Mamadjanovichning “Paxtani yirik iflosliklardan tozalashda samaradorligi yuqori boʻlgan yangi tozalagich konstruksiyasini ishlab chiqish” mavzusida 05.02.03 –Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari ixtisosligida texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi boʻlib oʻtdi. Instutut direktoti t.f.d., prof. T.M.Quliyev raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda kengash a`zolaridan t.f.d., prof. Q.Jumaniyazov, t.f.d., prof. R.K.Djamolov, t.f.d., prof. R.Sh.Sulaymonov, t.f.d., prof. D.M.Muhammadiyev, t.f.d., prof. S.Z.Yunusov, t.f.d., prof. R.X.Rosulov va t.f.d., prof. K.Avazovlar tomonidan dissertatsiya ishi keng muhokama qilindi. Rahbariyatimiz va jamoamiz nomidan R.M.Murodovni muvaffaqiyatli dissertatsiya himoyasi bilan tabriklaymiz.
2025-yilning 5-iyun kuni soat 11:00 da oliy ta’lim muassasalarida agrar sohada kadrlar tayyorlash holatini o‘rganishni tashkil etish masalalari bo‘yicha oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlar rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Mazkur yig‘ilishda ishchi guruh tarkibiga jalb qilingan Qishloq xo‘jaligi vazirligi mas’ullar va tizim tashkilotlari rahbar xodimlari-Tolali ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti direktori ham ishtirok etadi.
Forwarded from davletovuz
"President Tech Award" танловига аризалар қабул қилинмоқда

Инновацион стартап лойиҳаларни қўллаб-қувватлаш мақсадида "President Tech Award" танлови эълон қилинди. Танловда технологик ечимларга эга, амалда татбиқ этилиши мумкин бўлган лойиҳалар билан иштирок этиш мумкин.

Танлов қуйидаги йўналишларда ўтказилади:

Асосий тоифа:

1-ўрин — 100 000 АҚШ доллари
2-ўрин — 50 000 АҚШ доллари
3-ўрин — 30 000 АҚШ доллари

Махсус тоифа мукофоти: 100 000 АҚШ доллари

Танловда қатнашиш учун ҳавола.

Реклама