Tolali ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti
252 subscribers
2.19K photos
68 videos
19 files
559 links
Tolali ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti Rasmiy sahifasi

Tел: +99871 207-04-03 (100)
@mail : info@paxtasanoatilm.uz
Download Telegram
#Bugun

Tolali ekinlar ilmiy-tadqiqot Instituti olimlari tomonidan tolali ekinlarning 100 dan ortiq turini o‘rganib shulardan shtapel uzunligi yuqori tola ajratib olish mumkin bo‘lgan o‘simliklardan 6 turi tanlab olindi. Bular kanop, djut, zig‘ir, krotalariya, kanatnik va bamiya o‘simliklaridir. Ushbu o‘simliklarning horijy va mahalliy navlaridan 55 dan ortiq turi 3 qaytariq usulda institutining markaziy tajriba dalasidan ajratilgan maydoniga ekish ishlari boshlandi. Ushbu o‘simliklar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Surxondaryo, Samarqand, Farg‘ona, Jizzax, Xorazm hamda Navoiy viloyatlarida ham ekish rejalashtirilgan bo‘lib, bir hafta 10 kun davomida mavjud barcha urug‘larni ekib tugatishni reja qilganmiz. Ekilgan tolali ekinlar nazorat ostida etishtirilib, haftalik o‘sishi va agrotexnikarini o‘rganib ilmiy izlanishlar olib borilib, natijadorligi yuqori bo‘lgan navlar, tanlab olinib, kelajakda paxta tolasiga qo‘shib ip yigirish mumkin bo‘lgan o‘simliklar ko‘paytiriladi.

Telegram | Facebook  | Web-site
Forwarded from Ibrohim Abdurahmonov
Andijonda zamonaviy agrologistika markazi ish boshladi

🤔Bugun Andijon viloyatida zamonaviy, yuqori texnologik uskunalar bilan jihozlangan yangi agrologistika markazi o‘z faoliyatini boshladi. Tantanali ochilish marosimida Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov ishtirok etdi.

Ushbu markaz meva-sabzavot mahsulotlarini saralash, qayta ishlash, saqlash va eksportga tayyorlashga oid zamonaviy yechimlarni o‘zida jamlagan noyob kompleks hisoblanadi.

👉Batafsil: https://gov.uz/oz/agro/news/view/46420

👉Подробно:
https://gov.uz/ru/agro/news/view/46420

🌐
Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
#Bugun

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Paxtachilik kengashi raisi, Qishloq xoʻjaligi vaziri Ibrohim Yo‘lchiyevich Abdurahmonov boshchiligida Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida Turkiston massividagi “Baxt imkon rivoj chorvasi” fermer xo‘jaligining 3487 konturidagi 30,1 ga yer maydoniga Xitoy Xalq Respublikasidan keltirilgan urug‘lik chigitini 76x10 sxemada qo‘shqator qilib tomchilab sug‘orish texnologiyasi asosida ekilgan dala maydonida vodiy viloyatlari (Andijon, Namangan, Farg‘ona) fermerlariga ko‘rgazmali seminar tashkil etildi. Seminarda Tolali ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimi D.U.Madraximov Andijon viloyati paxtachilik kengashi guruhidan qatnashib, kelgusida fermerlarga paxtani Xitoy texnologiyasi bo‘yicha 76x10 qo‘shqator qilib ekishning avzalliklarini tushuntirish bo‘yicha ko‘rgazmali seminarda ishtirok etib o'z fikr mulohazasini bildirib, Qishloq xo‘jaligi vaziri I.Abdurahmonovdan ko‘rsatmalar oldi.

Telegram | Facebook  | Web-site