Chiroyli qizlarning yonida odatda bir dugonasi bo'ladi -- ichi-qora. Va u o'zini o'sha chiroyli qizning "yaqin dugona"si deb hisoblaydi. U ko'rinishidan oddiy qiz ammo bu dugonaning bir yoqimsiz jihati bor. Qachonki o'sha chiroyli qiz bilan biror yigit tanishishga harakat qilsa u doim xalaqit beradi. Chiroyli qizda yangi tanishuvga e'tiroz kayfiyati sezilmaydi va hattoki qarshiga ham o'xshamaydi. Ammo yonidagi dugonasi negadir u uchun javob berishga haqliman deb o'ylaydi o'zini. Va shu sabab hammasini barbod qiladi. Hattoki, balki baxtdan ham mosuvo qilar. Mana shundan tushunsa ham bo'ladi qizlardagi dugonalik qay darajada g'alati ekanligini.
Yigitlarda hammasi boshqacha. Agar ularda shunday holat kuzatilsin, bayram boshlanib ketadi. Do'sti uchun hamma xursand bo'ladi, uni qo'llab-quvvatlaydi. Do'stlar bunday holatni qandaydir fojea emas yangi hayotning boshlanishidek qaraydi, sizlarga aytsam.Bizda shunaqa, qizlar))
Yigitlarda hammasi boshqacha. Agar ularda shunday holat kuzatilsin, bayram boshlanib ketadi. Do'sti uchun hamma xursand bo'ladi, uni qo'llab-quvvatlaydi. Do'stlar bunday holatni qandaydir fojea emas yangi hayotning boshlanishidek qaraydi, sizlarga aytsam.
π₯5π5π€£5β€2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Intuitiv empatiya -- bu insonning boshqalarning hissiyotlarini va niyatlarini soβzsiz sezish qobiliyati. Bunday odam boshqalarning ohangi, yuz ifodasi yoki energiyasidan kim samimiy, kim soxta ekanini bilib oladi. Ular juda sezgir, lekin tez charchashi yoki sovuq koβrinishi ham mumkin. Shu tufayli intuitiv empat uchun eng muhim narsa -- oβz chegarasini saqlash va ortiqcha hislarni ichiga olmay yashashdir.
π―10π4β€1π’1
Inson degani nega shunday ekan-a?To'g'rirog'i men... Jin ursin, nima farqi bor menam insonku. Aytmoqchi bo'lganim, tushunarsiz, qachonlardir men uchun orzu bo'lgan narsalar bugun tabiiylikka ko'chdi. Bu uchun harakat qildim va uddaladim. Natijasini ko'rib turibman. Ammo nega bo'm-bo'shman, nega xursand emasman!? Go'yo bu hammasi yetmayotgandek, arzimaydigandek. Ammo bir paytlar orzu ediku axir. Nega bunday? Nahot barcha orzular bilan endi yana shunday bo'lsa. Bugun qilayotgan orzuim ertaga ushalsa men baxtli bo'lmaymanmi. Yo'q, yo'q baxtli bo'laman. Faqat undan oldin bir narsani o'zgartirishim, o'rnini to'ldirishim kerak deb o'ylayman.
3β€10π―3π2
Masalan bir paytlar "qaniydi shundoq telefonimni kamerasini yoqsam va unga miyamdagi gaplarni aytsam" derdim. "Tortinmasam, o'ylamasam hech narsani, blog yuritsam" degan kichik orzucha bo'lardi. Bu yerdagi videolar esa shu orzu mahsuli.
β€8π3
Tanamda shuncha joy bo'lsayam ugri burnimni uchidan chiqibdi. Endi sirkka masxaraboz bo'lsammikan deb o'ylab turibman. Boshqa masxarabozlarga o'xshab burnimga hech qanday qizil koptokcha taqib o'tirmasdim-da, chunki manda bu narsa tabiiy. Ugriga rahmat.
π€£12π―4π’2
"Hech kimni oldida majburmasman" degan g'oya tanlov imkoniyati borligini, qo'pol munosabatlarga toqat qilish shart emasligini, inson o'zini hurmat qilishi kerakligini anglatadi. Lekin aslo biror yoqimsiz xarakterni oqlash yoki buni boshqalarga bemalol ko'rsatish mumkin ekanligini bildirmaydi.
Avvallari bu fikr rostanam odamlarga yordam bergan. Mana shu jumla orqali ular o'zlarini qabul qila olgan, yolg'on ayblovlardan, ortiqcha yuklamardan xalos bo'lgan. Hozir esa uning biroz asosiy ma'nosi o'zgarib, ba'zilar o'zlarining tarbiyasizligini, oddiygina muomala madaniyatini bilmasligini shu orqali oqlashga harakat qiladi. Aslida bizda doim rioya qilishimiz kerak bo'lgan majburiyatlar bor. Agarda kimdir bu jamiyat ichida yoki hayotda o'z o'rnini topishni xohlasa mana shu majburiyatlarni qabul qilishi kerak. Bo'lmasa yuqoridagi jumlani takrorlab yuraveradi unga biror kamchiligini yoki e'tirozini aytgan insonlarga javoban.
"Hech kimga yoqishga majburmasman, hech kimni oldida majburiyatim yo'q"
Avvallari bu fikr rostanam odamlarga yordam bergan. Mana shu jumla orqali ular o'zlarini qabul qila olgan, yolg'on ayblovlardan, ortiqcha yuklamardan xalos bo'lgan. Hozir esa uning biroz asosiy ma'nosi o'zgarib, ba'zilar o'zlarining tarbiyasizligini, oddiygina muomala madaniyatini bilmasligini shu orqali oqlashga harakat qiladi. Aslida bizda doim rioya qilishimiz kerak bo'lgan majburiyatlar bor. Agarda kimdir bu jamiyat ichida yoki hayotda o'z o'rnini topishni xohlasa mana shu majburiyatlarni qabul qilishi kerak. Bo'lmasa yuqoridagi jumlani takrorlab yuraveradi unga biror kamchiligini yoki e'tirozini aytgan insonlarga javoban.
π―5π₯4π1
Oxirgi paytlar kino darajasidagi tushlarni ko'ryabman. Ba'zida syujet shu darajaga chiqadi hatto bir marta uyqu aralash uyg'onib "hali hikoya yozaman" deb, telefonimni kalkulyatoriga shu tushimdagi voqealarni yozgan paytim bo'ldi. Faqat ertalab uyg'onib hech narsa yozmaganimni tushundim. Aslida gap bundamas. Shunchaki oxirgi paytlar shunaqangi zo'r tushlar ko'ryabman, voqealar shunaqangi haqiqiy va mantiqqa ega xuddi kimdir miyamga premium tushlarni ulab qo'ygandek. Ammo ozroq qo'rquv bor "buni to'lovi qancha bo'ladi" degan. Agar qimmat bo'lsa kerakmas, eski odatiy tarifda yursam ham bo'laveradi. Lekin rahmat.
π€£11β€3π―1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qachonlardir kimdandir eshitgim kelgan va shu bilan birga o'zimga o'zim doim aytatigan so'zlar.
β€8π₯3π2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun tush ko'rdim. Menga yana sakkiz yosh ekan. Qish. Ko'chada qor. Bir payt derazamga nimadir urildi. Derazadan qarasam do'stim Mirkamol meni tashqariga chaqiryabdi. Kiyinib ko'chaga chiqdim. Mirkamol bilan biz Abdulatif va Muhammadqodirni ham ko'chaga chaqirishga ketdik. Abdulatif akasining bosh kiyimini kiyib olibdi, uni ustidan qottik. Sababi bosh kiyim unga katta edi. Uning jaxli chiqdi: "hammangga ko'rsataman hozir" deb bizga qor ota boshladi. Bir-birimizga rosa qor otdik, o'ynadik. Kech tushganini sezmay qoldik. Sekin-sekin uyga tarqala boshladik. Uyga kirar ekanmiz ichimizda qoniqish hissi bor edi. Bugungi kundan. Ertangi kundan. Biz to'rt do'st ertaga yana birga o'ynashimizni bilamiz. Oldinda yangi yil va yana ikki oy qish ekanligini bilamiz. Biroq faqat men yangi yildan keyin ko'chib ketishimizni bilaman. Onam so'raydi: "Ketsak qaysi do'stingni ko'proq sog'inasan?" Shu yerga kelganda men uyg'onib ketdim. Javobim esa bo'g'zimga tiqilganicha qoldi: o'sha beg'am, betashvish qishni sog'inaman.
π₯7β€4
Zamonaviy insonda hamma imkoniyat bor o'zini baxtli his qilishi uchun. Ammo u baxtsiz. Sababi u hech qachon o'zidan, qilayotgan ishidan to'liq qoniqmaydi. Unga doim nimadir kam. Uning miyasini shunga dasturlab qo'yishgan. U ko'radigan rekalamar uni nimadir sotib olishga, doim nimagadir ehtiyoj sezishga majbur qiladi. Ijtimoiy tarmoqlar doim uni kimdandir ortda qolayotganini eslatib turadi. Zamonaviy inson o'z hayotini yashamaydi. U poygada ishtirok etadi. Vaholangki hayot poyga emas, har kimning o'z yo'li bor. Qachonki zamonaviy inson buni anglar ekan ana o'shanda u baxtli bo'ladi.
π₯10π3β€2
Biror narsa yozaman, keyin u esimdan chiqadi. Vaqt o'tib kimdir eslatadi yoki o'zimni esimga tushadi. So'ng o'sha bir paytlar yozgan narsamni topib qayta o'qiyman. O'zimdan xursand bo'laman. Yozishni shunaqa bir mo'jizasi bor. She'r bo'ladimi, fikrmi, hikoyami yozganingdan so'ng qanchadir vaqt o'tib ketadi, esdan ham chiqib ketadi ammo yana bir esingga tushganida qaytadan topib o'qiysan va o'sha yozgan paytingda nimani his qilgan, nimani o'ylagan bo'lsang hammasini eslaysan, qaytadan his qilasan. Shunisi yoqimli.
She'rlarimni yig'ib to'plam qilgandim. Shu esimga tushib qoldi. Yana qaytadan o'qib chiqdim. Mani bir kasalligim bor: doim o'zim qilgan ishga past baho beraman. Kimdir maqtab tursa ham, ko'nglim to'lmay turaveradi. Mana shu she'rlar bilan ham shunday bo'lgandi. "Bo'lmag'ur she'rlar" deb yurganman ancha vaqt. Mana endi o'qiganimdan keyin fikrim o'zgarib qoldi "yomonmas, shularni o'zim yozganmanmi" degandek π

β€6π₯3π1
Ishqilib nimadirlar yozdimda shu yil. Lekin bundan o'zim maza qildim. Katta yutuqlar albatta yaxshi lekin undan oldin mana shunaqa kichik g'alabalar ham odamni ancha xursand qiladi. O'zidan ko'ngli to'lishiga sabab bo'ladi. Yozgan 4 ta hikoyam o'zimga chaqiruv edi "qila olasanmi?" degan. Man qila oldim. Undan tashqari ular o'zim uchun tajriba bo'ldi eng kamida mani xursand qildi. Keyinchalik roman yozish niyatim bor bu o'sha yo'l tomon kichik qadamlar.
π₯8π1
Bugun bizni qishloqqa uzoq kutilgan yomg'ir yog'di. Rostini aytganda o'zimni aybdor his qilyotgandim mana bu gapim uchun. Nima farqi bor to'g'rimi, qishni yomg'irimi kuzni yomg'irimi, yog'sa bo'ldida. Lekin tabiatam ja bir arazchi ekan, bir og'iz gapimga arazlab oldiya. Nazarimda uyam odamlardan o'rganyabdi gap ko'tarmaslikni. Xullas boshqa unaqa demayman, afsusdaman. Ko'p-ko'p yomg'irlar yog'aversin bundan keyin.
π€£11π2π₯1
Chak Palanik yozadi: Β«Men bir narsani tushundim qachonki senga e'tibor berisharkan sen mavjud bo'lasan. E'tibor berishmasa, go'yo sen yo'qsanΒ» Inson ba'zan o'z mavjudligining tasdig'ini boshqalar nigohidan izlaydi. E'tibor u uchun o'z "mavjud"ligining ma'nosiga aylanadi. Rol o'ynaydi, chiroyli va foydali bo'lishga urunadi shunchaki e'tiborga loyiq bo'lish uchun. Lekin qachonki niqoblar yechilganida tushunadi, shuncha vaqt mobaynida boshqalarning qolipiga moslashib yashaganini va endi niqobsiz hech kim ekanligini. Bu narsa unga og'riq berishi bilan birga erkni ham beradi. Endi hech kimning qolipiga moslashish shart emas. Va kun kelib ana shu inson boshqalarga bir savol bilan yuzlanadi: "kimsiz, agar sizga hech kim e'tibor bermasa?"
π₯8
Ular go'yoki akvariumda yashaydi. Boshida bu o'zlariga yoqmaydi, ammo xushomadlar oshib boravergach, bu hayot ularga yoqib qoladi. Shuningdek, odamlar ularga e'tiborsiz bo'lib qolsa, suvsirab nobud bo'ladi. Gap qaysi kasb vakillari haqida?
Anonymous Poll
27%
Foxishalar
33%
Aktyor, aktrisalar
9%
Qo'shiqchilar
31%
Siyosatshunoslar
π€£2
Vikas Svarupning "Xonaboddan Xarobadan chiqqan millioner" asarini o'qiyotgandim. Unda bir aktrisaga nisbatan mana shu ta'rif ishlatilgan. Shu asar asosida olingan filmdan ko'ra asarning o'zi ancha qiziqroq ekan. Hindiston haqidagi tasavvurlarim yangilanib ketdi.
Ba'zida raqsga tushayotgan hindlarning videosini ko'rib qolardim. O'ylardim: "bular nimaga buncha raqsga tushadi, o'xshasa-o'xshamasa farqi yo'q raqsga tushgani tushgan". Keyin mana shu kitobni o'qib savolimga javob topgandek bo'ldim.
Kitobdagi qahramonning do'sti Salim bollivud aktyori bo'lishni orzu qiladi. Unga bir kishi shunday deydi: "aktyor bo'lish uchun sen yaxshi raqsga tushishni va kuylashni bilishing kerak."
Shunda o'zimga-o'zim o'ylab qoldim: "ha-a, balki men videolarda ko'rayotgan raqsga tushayotgan hindlar xuddi Salimdek aktyor bo'lishni xohlar. Ulardagi "balki bir kun ekranga chiqaman" degan orzu ularni shunday qo'ldan kelganicha raqsga tushishga majbur qilar"

β€6
Qiziq shu yil nimalar bo'larkan. Nimalarni boshdan o'tkazarkanman. Nimalarni tushunaman, kimlarni va o'zimdagi qaysi bo'laklarni yo'qotaman. Yoki aksincha topaman. Yil oxiriga kelib qanday ahvolda bo'laman. Avvallari hech bunday hayollar kelmasdi. Men shu yil o'zim uchun bir narsani eslatma qilib oldim: bu hayotning past-u balandliklari o'zlikni yo'qotishga sabab bo'lmasligi kerak.
O'tgan yili juda ko'p savollarni o'zimga berdim. Ko'p narsalarni tushunishga urundim. Yil tugash arafasida esa shuni tushundim-ki, bunday qilishimga umuman hojat bo'lmagan ekan. Hammasi shu darajada oddiy, shu darajada sodda ekan-ki, bir soniya ham o'ylashga arzimagan ekan. Buni anglash qaysidir ma'noda erkni ham bergandek bo'ldi. Ha yana bir gap, yangi yil bilan.

π2π’2β€1