꧁꯭͜🌸🦋꯭❁꯭̂̂̂𝐒꯭̈̈ᷮ𝐊꯭̈̈ᷢ𝐑꯭̈̈ͥ𝐎꯭̈̈ᷡ𝐌꯭̈̈ͨ𝐍꯭̈̈ͤ𝐀꯭̈̈ᷤ𝐘꯭̈̈ᷤ𝐀꯭̈̈ͣ❁꯭̂̂̂🦋
1 subscriber
4 photos
3 videos
Download Telegram
Channel name was changed to «꧁꯭͜🌸🦋꯭❁꯭̂̂̂𝐒꯭̈̈ᷮ𝐊꯭̈̈ᷢ𝐑꯭̈̈ͥ𝐎꯭̈̈ᷡ𝐌꯭̈̈ͨ𝐍꯭̈̈ͤ𝐀꯭̈̈ᷤ𝐘꯭̈̈ᷤ𝐀꯭̈̈ͣ❁꯭̂̂̂🦋»
Ona tobiz qochmasin
Ona tobiz qochmasin
Dilda oromqocharkan
uyimizdagi rayhonlar chanqab suvsizqolarkan
Ona tobiz qochmasin Ona tobiz qochmasin
Kapkul menga qolarkan bemaza ovqatlarim faqat sizga yoqarkan
Onatobiz qochmasin
Ona tobiz qochmasin
Opam Singlim og'rib qolarkan
ko'zlariga yosh olib yonizga yotib olarkan
Ona tobiz qochmasin
Ona tobiz qochmasin
OTAM soqov bo'larkan
Siqilgandan sigaret ovqat bo'lib o'tarkan
Ona tobiz qochmasin
Ona tobiz qochmasin
Manga qiyin bo'larkan
kir ko'rmagan ko'ylaklarim kirhonada yotarkan
Ona tobiz qochmasin
Ona tobiz qochmasin
Alam hasrat tirnarkan
uyda fayz yoqolib xavo aynibqolarkan
Maqtasam yuzlarin Oy derdim
Ko'zlarin yulduzga tenglardim
O'xshashin osmondan izlardim
Yo oydan tushganmi Onalar
yo oydan tushganmi Ayyollar
O't tushib gohida bu jonga
Dil bersak nozanin janonga
o'ylemiz termulib osmonga
Yo oydan tushganmi Onalaryo
oydan tushganmi Ayyollar
Gullar ham ochilar ayol deb
Hislarin sochilar ayol deb
DOOODDD ERKAKLAR OSILAR AYOL DEB
YO dan tushganmi Onalar yo oydantushganmi Ayyollar Ayyollar qoshidagoho biz sevgidan so'raymiz cho'kib tiZ Bizlarku ERKAKLAR yerlikmiz
Yooydan tushganmi Onalar
yo oydan tushganmi Ayyollar
Kimdur savol berdii aytgin
MUHAMMAD yolg'iz sen RASULSAN butgul olamga
Doooddd kimga yaxshilik qilay
OTA-ONAMGAMI YOHUD BOLAMGA
RASULjavob qildi tingla birodar so'zimni
3 bora quloqqa ilgin imkon topa olsang
Dunyodafaqat OTA-ONANG gayaxshilik qilgin
Ota tobiz qochmasin Ona tobiz qochmasin
ALAM HASRAT TIRNARKAN
Ona tobiz qochmasin singlim og'rib qolarkan,
Dori ichmiyman deya xar-xashalar qilarkan.
Ona tobiz qochmasin Ona tobiz qochmasin dushmanlarim kularkan sizga bergan dardni. Ollox menga bersa bo'larkan BAHTIMIZGA OTA-ONALARIMIZ SOG' BO'LISHSIN...

Assalomu alaykum ☺️
Yaqinlaringzga ham ulashing
#ПРЕМЬЕРА

🔥ОНАМ...

Мен сиздан бошқага эгмайман бошим,
Мен сиздан бошқани демайман улуғ...
Сўранг дардингизни ювар кўз ёшим,
Менга ҳар бир босган изингиз қутлуғ...

Омад изламайман омад мен билан,
Сиздан бир табассум дардим аритар...
Армонга заррача ошнолигим йўқ,
Юзингиз нурлари қалбим ёритар...

Кетса баҳорларим ачинмайман ҳеч,
Сиз турган жойларда тўрт фасл кўклам...
Бирор ким сиздайин беминнат эмас,
Яхшилардан кўпроқ яхшисиз Онам...

Кўнглимда боғларни яратиб қўйиб,
Мехрдан сув қуйиб толмаганимсиз...
Турфа ситамлардан авайлаб асраб,
Қалбимга андухлар солмаганимсиз...

Аслида Онанинг ҳаммаси бирдек,
Бирдек меҳрибону бирдек хокисор...
Барча Оналарни буюк дейману,
Лекин сиздай Она фақат менда бор...

Ва яна мендайин ёмон фарзанд йўқ,
Баъзан йўлларимга муштоқ кўзингиз...
Ахир дунёлардан қиммат эмасми,
Онажон болам деб айтган сўзингиз...

Бугун бағрингизни очинг мен учун,
Соғинтириб қўйган болам келди денг...
Мен ўша қадрингиз билмаган нодон,
Сиз эса дунёнинг яхшисисиз энг...

Мен сиздан бошқага эгмайман бошим...
Мен сиздан бошқани демайман улуғ...

📝Муаллиф: Зоҳид Зиё...
Sevadi yo sevmaydi

Oshkora rashkim hamon,
Yashay endi begumon ,
Boqsin faqat men tomon
Shubxa dilim tirnaydi ,
Sevadi yo sevmaydi ?!

Tinmas hayollar kezib,
Olarmi ishqim sezib ,
Har on yuragim ezib,
Dardlarimni bilmaydi ,
Sevadi yo sevmaydi ?!

Aqlim olgan jamoli ,
Xush yoqar tilda boli ,
Kimda ekan hayoli ,
Deya bir o'y qiynaydi ,
Sevadi yo sevmaydi ?!

Baxt atayman borini,
Hatto qalbin zorini ,
Sevsin faqat yorini ,
Goho uzoq, kelmaydi ,
Sevadi yo sevmaydi ?!

Etmasin bag'rim xunob,
Bo'lmasin baxti sarob ,
O'ylarga bormi javob ,
Sira ko'ngim kelmaydi ,
Sevadi yo sevmaydi ?!

Ko'ngli mendami faqat,
Qilaman sabr-toqat ,
O'zgasiga yo'q navbat :)
Rashkim sira o'lmaydi ,
Sevadi yo sevmaydi ?! 😌

Sug'diyona

Telegram |
@Sherlari_Sevgi
BIR BOR UCHRASHMADIK,
MING BOR AYRILDIK!

Hayot ato qildi ilohiy bir ishq,
Goho yaqinlashdik, goho qayrildik
Visollar izlandik, boqmadi tole
Bir bor uchrashmadik, ming bor ayrildik.

Yetolmadim sevgi ostonasiga
Bitmadim yorimni peshonasiga
Qamaldim armonlar gʻamxonasiga
Bir bor uchrashmadik, ming bor ayrildik.

Qora qoshlaringni qarosi tunim
O‘ksik dilginamning yarosi tunim,
Sog‘indim, sog‘inding takror, betinim
Bir bor uchrashmadik ming bor ayrildik

Taqdir yo‘llarimiz ayro boʻldimi
Biz uchun porlagan yulduz so‘ldimi
Muxabbat dillardan mangu o‘ldimi
Bir bor uchrashmadik, ming bor ayrildik.

Orzu gulin ekdik ishq bog‘imizga
Baytlar bitdik atab nigohimizga,
Toshlar erib ketdi har ohimizga
Bir bor uchrashmadik, ming bor ayrildik.

Olov boʻlib sevdim, cho‘gʻ boʻlib sevdim
Dunyoni unutib yo‘q bilib sevdim
Sizni Alloh nasib qilarmi dedim
Bir bor uchrashmadik, ming bor ayrildik.

Bir-biriga xumor ko‘ngillar g‘arib,
So‘ngi umidlar ham ketmasin arib,
Bir kuni borurman seni axtarib,
Bir bor uchrashmadik, ming bor ayrildik.

Bir kuni kelasiz, kelar u zamon
Ungacha sogʻinchlar ezadi yomon,
Siz menga armon-u, men sizga armon
Bir bor uchrashmadik, ming bor ayrildik

Muallif Abdulaziz

🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀
Мухаббат мехмондур қалбда азизим,
Бир куни кўзлари ёшлаб кетади,
Озори бўғзингда бўлиб бир тизим...
Бечора қалбингни ғашлаб кетади !

Бизлар хам дўст эмас ишқга азизим,
Сендан ҳам, мендан ҳам қолиб кетади,
Қиш билан талашиб келган Баҳорим...
Гулдек умримизни олиб кетади !

Қувонч ҳам содиқмас бизга азизим,
Гўё бир яшиндек ёниб ўтади,
Оёғинг остига ташлама сўзим...
Юрагим тубига тошдек ботади !

Нигоҳинг яширма мендан азизим,
Бир куни шу нигоҳ армон бўлади,
Лабларинг тишлама, гадойинг ўзим...
Оловли бўсага керак бўлади !

Дунё сўрамадим сендан азизим,
Кўнглинг дарёсидан томчи сўрадим,
Мехринг соғинчида чарчаган кўзим...
Ёшларин йиғдиму, ишқга тўладим !!❤️🍃


🌷🌹🌷🍃
Seva Boshlasang

#Premyera

Vaqtida oʻzingdan bezdirib qoʻygin,
Xiyonat domiga qadam tashlasang.
Bir marta boʻlsa ham sezdirib qoʻygin,
Gar mendan oʻzgani seva boshlasang.


Ishqimni amallab yiqib ketaman,
Alamim bogʻzidan siqib ketaman,
Baxtli hayotingdan chiqib ketaman,
Gar mendan oʻzgani seva boshlasang.


Yuraging qiynalsa yonimda qolma,
Qismat bu ayblarni oʻzinga olma,
Davom et ortinga xech nazar solma,
Gar mendan oʻzgani seva boshlasang.


Yoʻlingdan qoldirib qoʻling tutmayman,
Oʻzimni oldirib alam yutmayman,
Baxt tilab bir ogʻiz izoh kutmayman,
Gar mendan oʻzgani seva boshlasang.


Qoʻlimdan kelgancha borimni berdim,
Izhoring rost yolgʻon qaddimni kerdim,
Koʻnaman ketaver nima ham derdim,
Gar mendan oʻzgani seva boshlasang.


Ochilmay gullarim asta soʻladi,
Sabirning jomi ham toshib toʻladi,
Tuygʻular oʻladi, xislar oʻladi,
Gar mendan oʻzgani seva boshlasang.


Chiroying qoʻl kelib oʻynagin kulgin,
Hayoting seniki bilganing qilgin,
Sarvar Mirzoyingni begona
bilgin,
Agarda oʻzgani seva boshlasang.

Sarvar Mirzo
SEVGANIMNI SEVMANGLAR 🤪

Bilmaysizda jaxlim yomon
Talab qildi shuni zamon
Uni sizga qilay armon
Sevganimni sevmanglar

Asabimga kamroq o‘ynang
Keting qani nari o‘ynang
Bu gaplarim hazil yo‘ymang
Sevganimni sevmanglar

Qarasa gar labiz buring
Bu yigitdan uzoq turing
Turmasangiz kuchim ko‘ring
Sevganimni sevmanglar

Boʻling mayli doʻst yo singil
Qo‘ya koʻrmang aslo ko‘ngil
Men man uni tanxoyi bil
Sevganimni sevmanglar

Boʻlay mayli sizga dugosh
Dilingizga o‘zim dildosh
Boʻlolmaysiz menga kundosh
Sevganimni sevmanglar

Kulib ko‘ziz oʻyvolaman
Tushlarizda bugʻvolaman
Ha men yomon qiz bolaman
Sevganimni sevmanglar

Sevsangiz gar qilib janjal
Hayotizga boʻlay ajal
Uzoq yuring uzoq sahal
Sevganimni sevmanglar

Tishlaringiz qoqvolaman
Jinnilikni yoqvolaman
Ilon kabi chaqvolaman
Sevganimni sevmanglar

Yo‘qdir unga ginam hecham
Ha yomonga yoymanglar
Erkalaydi deb Zinnurcham
Sevganimni sevmanglar


✍️ Zinnura
Hazil she'r hafa boʻlmanglar
🤪🤪🤪🤪🤪🤪🤪🤪🤪
1