Parenxima
31 subscribers
3 photos
17 videos
1 file
13 links
Subyektiv fikrlar.

Ega:
@aniparxia
Download Telegram
Victoria's secret chiqqanidan keyin birinchi bo'lib ko'rgan narsam Barbara bilan Dylanni videolari bo'ldi.
Chiroyli qizlar ko'p quvnoq qizlar kam. Barbarada ikkalasiyam bor. Havas ketdi bularga.
🔥3
I think I met him sometime before
In a different life or where I record
I mean he was Adam, I think I was Eve.
❤‍🔥4
Takabburlik

Aksariyat odamlar mansabni, boylikni, qonni ko'tara olmaydi. Agar sizda bilim bo'lsa va siz buni ko'tara olmasanggiz, u chindan ham sizda bo'lishi muzokarali.

Taqdirni ortidan nimagadir munosib topilganinggizga "men unga erishdim" deya yuzaki qarash, garchi bunga osonlikcha erishmagan bo'lsanggiz ham, bu - ahmoq odamni ishi.

Kibr odamni faqat shu dunyo bilan yashashga o'rgatib qo'yadi. Hamma narsa omonat. Hayot fizika hodisasimas "yo'qdan bor bo'lmaydi, bordan yo'q bo'lmaydi" deydigan. Xudo xohlasa hamma narsa bo'ladi. Prosta, buni miya chaqishi kerak.

Hozir ko'proq chala o'qimishlilarga gapiryapman. Odatda, bunaqalar yaxshi oilada tug'ilganligi, sog'ligi, chiroyi, to'g'ri dinda ekanligini omad deb tan oladi (chunki, aqli faqat shunga yetadi), lekin sababiga aralashib qo'ygan omonatlarini egasini o'zimman deb o'ylaydi.

Men juda ko'p iqtidorli, lekin taqdir taqazosi bilan orzuni ortidan ketmay, boshqa yo'lni tanlashga majbur bo'lgan odamlarni ko'rganman. Oila krizisda bo'lsa u qanchadan qancha imkoniyatlarni kesadi, buni bilsanggiz edi.

Hozir yoshlarni deyarli hammasi tepsa tepranmas. Ozgina harakat qilgan odam rostanam uchib ketyapti. Endi shularni orasida k*ti ko'tarilib qolganlar o'zini osmon olishi... Jinniromisizlar??
Miyelar bosh chanog'ilar ichida vertolyot bo'lib yuribdiyu, o'zilarni megamiya deb o'ylashni nima keragi bor?

Kibrga berilgan odam men uchun super ahmoq! Kuchsiz odam o'zidan kuchsizlarni ustidan kuladi. Hayotni tanimagan odam o'zim erishdim hammasiga deb o'yledi. Vaholanki, hech narsa faqat bir o'zimizni orqamizdan bo'lmaydi. Shunday ekan, do'stona maslahat: miyani ishlatib, yerda yururinglar. Baribir o'lib ketamiz.
❤‍🔥2👍1😁1
Kechasi uxlab, kunduzi turish kerak.
💯2❤‍🔥1😁1
❤‍🔥1💔1😈1
Remarkni kitoblarida bilaslarmi, erkak yomon sevib qo'yadi. Yaqinda "Lissabondagi tun" asarini o'qigandim. O'shanda bitta qahramon xotinini oldiga, urish bo'lyotgan, hamma qochyotgan joyga millionta problemani bosib o'tib boradi. O'lib ketsam ham, qamalib ketsam ham, u boshqasiga tegib ketgan bo'lsa ham, mayli, bir marta ko'rsam bo'ldi deydi. O'lgan bo'lsa qabriga boraman deydi.
Oldingilar qattiq sevishgande.
😁2❤‍🔥1👍1
O'ylab qoldim. Kimnidir hayotini hal qiladigan ishda ishlasanggiz ham, oila birinchi o'rinda turadimi?

- Menimcha, munosabatlar hech kimni hayotidan ustun turmaydi.
👍1💯1
Erkaklar maqsadiga erishguncha juda yaxshi aktyordirlar. Ayol kishini esa ichida nima borligini hech qachon bilolmaysiz.
😁2
Dard

Dunyo tashvishlarin nafasim bilan
Oʻpkamni toʻldirib yutgim keladi,
Boʻynimda hayotning qafasi bilan
Ajalning boʻgʻzidan tutgim keladi.
Labimda tabassum yig'i aralash
Oy quyoshni misli kaftdek berkitgan,
Badanimdagi ter oqish qon talash,
Huddi oy misoli do'zaxga ketgan.
Tog'lar ildiz otgan zamin bag'riga
Sig'madi barmoqdek mening kafanim,
Shu sabab ketgandim falak qariga
Lek afsus tortyapti joni yo'q tanim.

2022.
#Shohida
🔥2🥴1
Tabiat

Yuzga tushgan qora sochlarni quyosh,
Asta yer yuzidan silab olarkan,
Mehr- muhabbatga qo'shilishib bosh,
Nafasin zaminga qarshi solarkan.

Binafsha bag'rida turgan shudringni
Sahar tong turadi, durdek jilvalab,
Bu paytda uyg'ongan qalb shuuringni
Atrofing etadi, tug'yon gavdalab.

Yalang'och oyog'ing maysaga qo'ysang,
Qitiqlab, erkalar yurakka qo'shib,
Tonggi shabbodani bir hidlab to'ysang,
Kuyga solsang bo'lar, borliqni jo'shib.

Bulut bag'rin yorib kirib ketgan, tog'
Ko'ksidan oqadi, soy sokin asta.
Tog' etagin yopgan, lolaqizg'aldoq
Uyatdan qizargan yanoq shikasta.

Gul iforin tuyib sabo esadi,
Yuraging bo'sh qolar, mana shu damda,
Qalbga tugilgan dard, g'amni kesadi,
Bo'shliqqa aylanar, armon badanda.

Dengiz to'lqiniga qo'shib hayolni
Tortib uloqtirar, tosh sohillarga,
Mungli yuz egasi xasta bemorni
Ko'nglini qo'yadi nilufar gulga.

Ba'zida yanoqqa tomchilar urar
Bilgin, bu yomg'irning kichik zardasi.
Ko'zlarin yashirib labini burar
Qalbiga berkitib, gul birdonasi.

#Shohida
❤‍🔥2🥴1
Buyam 10-sinf yoki 9-sinf paytlar yozilgan. Maqsadsiz yozilgan she'rga o'xshab qolgan ekan. Xulosasiz. Menimcha, bu yosh uchun norm.

Qanaqadir tanlov edi.
Boshqa joyda qanaqa bilmadim, lekin men qatnashgan barcha she'riy va nasriy tanlovlar adolatsizlikni pro versiyasi edi. Ularda mualliflik huquqi, fikrlashdan keyingi darajada turishi kerak bo'lgan jamiki, qo'shimcha jihatlar birinchi o'rinda turardi.
💯3
Eronlik inson:
— O'zlari egalik qilayotgan narsaga amerikaliklar loyiq emas. Ular o'zini hayotda faqat xursandchilik, huzur va ko'ngilochar o'yinlar bo'lishini istaydigan yosh bolalardek tutishadi. Biz boshqachamiz. Biz o'zimizda bor narsani qadrlaymiz va buning uchun Yaratganga shukr qilamiz.

- Filmdan.
❤‍🔥2
Nima uchun bilib turib xatolar qilamiz?

Nafsimiz ortidan qilgan ishlarimiz, ilojsizliklar bilan shunchalik qorishib ketganki, boshimiz devorga borib tekkandagina ko'zimiz ochiladi. Ungacha esa to'g'ri qaror qabul qilolmayotganini tan olmayotgan ahmoq odammiz.
🔥2😁1💯1
Kenguru boqgim kelyapti.
💔1