Mardonabonu | Shaxsiy blog
155 subscribers
1.8K photos
226 videos
19 files
426 links
Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati

📲#foydali_blog
1. Kitoblar
2. Kutubxona


Aslida kasbim- Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi
Download Telegram
Mardonabonu | Shaxsiy blog pinned «#taklif #masala #mulohaza Men, bugungi kunda jamiyatga qiz farzand tarbiyalab berayotgan onalardan biriman. ✍🏻 Millatning iffati, nafosati, or-u nomusi bo'lgan begoyimlarni pokiza muhitda tarbiya etayotgan millat onalariga tasannolar aytaman! Qizim bilan…»
Forwarded from Olmaliq shahar hokimligi
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

#E’tirof

Ginnes rekordi yangilandi: bunda TDTUOF yoshlarining ham hissasi bor!

“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida yoshlarimiz tarixiy yutuqqa erishdi. 1946 nafar iste’dodli yosh muhandis bir vaqtning o‘zida 1946 ta kichik robotni yig‘ib, ulkan natija qayd etdi. Ushbu yutuq O‘zbekiston nomi yana bir bor “Ginnes rekordlar kitobi” sahifalariga yozilishiga sabab bo‘ldi.

Bu jarayonda Toshkent viloyati yoshlari nomidan ishtirok etgan TDTU Olmaliq filiali talabalari o‘zlarining ilmiy-texnik salohiyatini namoyish etdi.

Muhandislik missiyasi doirasida robotlar yasash bo‘yicha Ginnes rekordini o‘rnatgan O‘zbekiston yoshlari qatorida TDTU Olmaliq filiali talabalari ham maxsus sertifikat bilan taqdirlandilar.

Telegram I Vebsayt I Instagram I Facebook I Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Mutolaachi Kitobxon
📚 Kitobxonlar uchun ajoyib xushxabar | Yangi loyiha

— Ikki dona kitob oʻqib umumiy qiymati 50 million soʻmlik sovgʻalardan birini yutib olishni xohlaysizmi?
— Unda, “Mutolaachi Kitobxon” tanloviga marhamat!

Tanlovda yosh chegaralanmagan va istalgan huddudan turib qatnashishingiz mumkin.

🔖 Tanlovda qatnashgan barcha ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadi.

👇Havola ustiga bosing:
https://t.me/Mutolaachikitobxonbot?start=2128679932
✍🏻 #Komil_Sindarov

🕵🏻‍♂📜 Bugungi kunning ancha faol detektiv asarlar yozuvchisi, huquqshunos Komil Sindarovning "Tergovchi" seriyasi ostidagi asarlar ketma-ketligi bilan tanishing.

1. Qimmatga tushgan xato (2013)
2. Temuriylar kutubxonasi siri (2015)
3. Kechikkan qasos (2017)
4. Amirlikning oltin taxti (2018)
5. Tungi qotillik (2019)
6. O'g'irlangan bolalik (2020)
7. Dorixonadagi qotillik (2020)
8.Qadr kechasidagi qotillik (2021)
9. So'poqsoydagi qotillik (2021)
10. "Surgun"dagi sarguzashtlar (2022)
11. Bir asrlik omonat (2022)
12. G'ayrioddiy intiqom (2023)
13. Hidoyat ortidagi zalolat (2024)
14. Qabohat girdobi (2024)
15. Tazarru (2025)

@PardaboyevaM_blog
Муҳаббат — ўзини ишқ оловида ёқиб, ёрини иситмоқликдир.
У — юракнинг юракка ҳадя этилиши, руҳнинг руҳга қулоқ солиши.
Муҳаббат — кеча ва эртани ўчириб, абадий “бугун”да яшашдир.
Унда мантиқ сукут қилади, чунки ақл тушунмаган нарсани фақат дил англайди.
У – ўзингни йўқотиб, унда топиш, ўзингни унутиб, унда яшашдир.
Муҳаббат — бу икки тан, бир жон; икки юрак, бир туйғудир.

Дунёни Муҳаббат қутқаради!

© Orzubek

@ishqyoli
🌞#Tong_nafasi

🌱 5 kuncha oldin mana shu pechakka o'xshash gulni tarab chiqdim. 2 kun o'tib gullashni boshladi. Yaproqlari ancha tetik bo'lib qoldi. Alohida ipga tortib taralgach, tezroq o'sa boshladi. Tahminan 3 soatcha vaqtim ketdi. Chunki ancha chigal bo'lib ketgan ekan.

🌿 Hayotda ham shunday. Farzandlarimizni tarbiya qilishda, o'z yo'lini ko'rsatib katta hayotga qo'yib yuborsak tezroq mustaqil bo'lishni, gullashni o'rganadi...

🪴 Bu jarayon qancha erta bo'lsa shuncha yaxshi.

Farzandlarni 25 yoshga yechguncha o'z yo'lini topdimi?! Demak uchirma qilish kerak. O'z kasbiga, o'z ishiga, o'z maoshiga ega bo'lsin, o'zi uchun o'zi javobgar bo'lishni o'rgansin!

Shu paytgacha tarbiya berishga ulgurgan bo'lsa, qo'rqishga hojat ne?!

@PardaboyevaM_blog
Sen bilan borman (Official Music)
Yulduz Turdiyeva
#❤️

Bir senga yorman...
Sevging-la bahorman...

@PardaboyevaM_blog
🔥2
Forwarded from Muxsiddin Nizomitdinov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«Нега ҳокимлар эмас, “зам” ҳокимлар пора билан қўлга тушади?» деган саволга Зойир Мирзаев жавоб берди..ʼ
O‘zbek xamjamiyatida ayollarning ko‘pchiligi qizini o‘qitish istagida ekanini aytadi. Biroq ular hamisha so‘zini quyidagicha davom ettiradi:

— Qiz bola o‘qisa yaxshi-da. Zamonni ko‘ryapsiz-ku. Ertaga erini qo‘liga qarab qolmasin, deyman. O‘zini uddalasin, xarajatlarni bemalol o‘zi qoplay oladigan bo‘lsin, deb niyat qilaman.

Shuningdek, kelin olish rejasidagi ayollar ham o‘qimishli qiz qidirayotganini aytishadi. Ularning so‘zi ham xuddi yuqoridagi alfozda davom etadi:

— Paypoqqayam, pampersgayam o‘g‘limdan pul so‘rayvermaydi, deyman-da. O‘qimishli qiz o‘zini o‘zi uddalaydi-da...

Bu so‘zlar va jamiyatimiz ahvoli "Amallar niyatga bog‘liq" ekanligini yana bir bor tasdiq etayotgandek...

Qayerga qarama, "o‘zini uddalayotgan" ayolga ko‘zing tushadi. Biri hamshira, birisi o‘qituvchi, biri bozorda savdo qilsa, narigisi mardikorlikka chiqadi.

O‘ylanib qolaman, nahotki odamlar o‘z jigarbandi-qiziga shunday yukni ravo ko‘rsa. Axir ayol uchun o‘zini o‘zi uddalash qanday og‘ir ekanini nahotki bilmaysiz?!

O‘zini o‘zi uddalayotgan ayollar bilan yaqinroqdan tanishib, dardiga quloq tutib ko‘ring. Yuzi kulsa-da, ko‘zlari kulmaydi. Labi tabassum qilsa-da, chehrasi g‘amgin.

Qizingizni o‘qitmang, demayman. O‘qiting, albatta, o‘qiting!

Lekin zinhor o‘zini o‘zi uddalashi uchun emas!

Qiz bolani dunyoga teran nazar sola olishi uchun o‘qiting, o‘zini uddalashi uchun emas!

Qizingizni turmushdagi har xil holatlarda to‘g‘ri qarorlar qabul qilishni o‘rganishi uchun o‘qiting, o‘zini uddalashi uchun emas!

Farzandlariga to‘g‘ri tarbiya bera olishi uchun o‘qiting, o‘zini uddalashi uchun emas!

Har xil holatlarda turmush o‘rtog‘iga yaxshi maslahatchi bo‘la olishi uchun, halol-haromni farqiga bora olishi uchun o‘qiting, o‘zini uddalashi uchun emas!

Kelajakda farzandlari, onam o‘qigan ziyoli ayol deb farzandlarini o‘zlari xam o‘qishga intilishliklari uchun o‘qiting, o‘zini uddalashi uchun emas !

Vanihoyat, ilmi o‘sib, yuqoridagi ishlardan ham ortib qolgudek bo‘lsa, jamiyat rivojiga ham hissa qo‘sha olishi uchun o‘qiting, o‘zini uddalashi uchun emas!

O‘zini uddalab yashashni hech bir ayolning boshiga solmasin. Uni otasi uddalasin, eri ta’minotini qilsin, keksayganida bolalari ardog‘ida bo‘lsin.

Aslo o‘zini o‘zi uddalamasin ayol...

©️gavhar_nasrulloh
👍1🔥1
#Qizalog'imga

Echki suti sigir sutidan foydali(mi?)

🐐🥛Echki suti - to‘yimlilik qiymati yuqori, davolash qobiliyatiga ega xususiyatlarini saqlovchi, tabiiy parhez mahsulotdir.

🐐🥛Echki sutining tarkibidagi ayrim to‘yimli moddalar sigir sutidagiga nisbatan ancha yuqoriligi bilan farq qiladi: A vitamini 1,5 marta, askorbin kislotasi 2,0 marta, B guruhi vitaminlari 6,0 marta ortiqdir. Jahon olimlarining fikricha, echki suti kimyoviy tarkibiga ko‘ra ona sutiga yaqin turadi. Tarkibi kalsiy, magniy, temir, marganes, kaliy kabi qimmatli moddalarga boy. Raxit, jigar kasalliklari, o‘pka sili, allergiya kasalliklarini davolashda echki sutidan foydalanilsa, yaxshi samara beradi.

Batafsil: https://www.samdu.uz/uz/news/52437