Parallel muhit data
8.13K subscribers
242 photos
3 videos
23 links
Links, photos and proofs for PM project

@parallelmuhit_bot
Download Telegram
Forwarded from Muzaffar Murodov | blog
Qurilish bozoridagi eng katta xavf, quruvchilarni jarga itarishyapti?

Uzun post, lekin foydali, oxirigacha o’qing.


Bugun qurilish bozorida bitta xavf bor.
U sekin kelmaydi.
U shovqin bilan keladi.
Va ko‘pincha “zo‘r zapusk” “oyiga 500 ta sotib beramiz” nomi bilan kirib keladi.

Hozir ko‘plab marketing jamoalar quruvchilarga shuni va’da qilyapti:
- boshlang‘ich to‘lovsiz beramiz
- 60–100 oyga bo‘lib to‘lash qiling
- tezroq sotasiz
- ko‘p sotasiz

Ha, sotishadi. Lekin savol boshqa joyda quruvchi oxirigacha bora oladimi?

Asosiy muammo qayerda?

Aksariyat quruvchilar uylarni mijozlardan tushayotgan pul hisobiga quradi. Bu yomon emas.

Lekin bu tizimda bitta qoidani buzish halokat. Bu - boshlang‘ich to‘lov.

Agar quruvchi uylarni 24 oyda topshirishni rejalashtirgan bo‘lsa,
bo‘lib to‘lash ham shu muddatga mos bo‘lishi kerak.
Va kamida 30% boshlang‘ich to‘lov bo‘lishi shart.

Zapusk jamoalar nimani o‘ylaydi?

Zapusk qiladigan jamoalarning maqsadi ko‘pincha bitta, sonli sotuv.

Ular:
- emotsiya bilan sotadi
- hozir olmasangiz kech bo‘ladi deydi
- mijozni kompaniya hujjatlari, tajribasi, qurilish grafigini tahlil qilishga olib bormaydi.

1 oyda 300 ta, 500 ta, hatto 1000 ta uy sotiladi

Zapusk jamoa o‘z ulushini oladi va ketadi.
Haqiqiy muammo esa shundan keyin boshlanadi.

Real bozor faktlari

Shaxsan bilgan kompaniyalarim bor 1 oyda 300–800 ta uy sotilgan, boshlang‘ich to‘lovsiz, uzoq muddatli bo‘lib to‘lash bilan

2–3 oy o‘tib nima bo‘lganini bilasizmi?

40–70% mijoz shartnomasini bekor qilgan.

Pulini qaytarib olgan.

“O‘tkaz” yozgan.

Sababi oddiy qurilish yurmayapti, hujjatlarda muammo chiqyapti, va’da qilingan grafik yo‘q.

Zapusk jamoagachi?
Ular allaqachon ketgan))
Ular uchun “o‘tkaz” qiziq emas.

Eng kulgilisi “Biz 2 haftada 1000 ta uy sotib bozordagi rekordni yangiladik” deyishadi))

Lekin 2 oy o‘tib nechta bekor bo‘ldi? kassaga real qancha pul tushdi?

Bu savollar javobsiz qoladi.

100 oygacha bo‘lib to‘lash + boshlang‘ichsiz? nimaaaa?

Kechirasiz bu marketing emas. Bu quruvchini jar yoqasiga olib borish.

Hurmatli quruvchilar, son bilan o‘zingizni aldamang.

“Nechta uy sotdik?” emas
“Kassaga qancha pul tushdi?” shunisi muhim.

Biz qanday ishlaymiz? Biz shoshmaymiz. Biz klassik marketing bilan sotamiz.

Natijada oyiga 700 ming – 1,5 mln $ real tushum, bu tushumni 1000 ta uy sotib emas, 15–20 ta uy sotib qilamiz.

Bozorda shunaqa kompaniyalar ham bor 500–1000 ta uy sotgan, lekin kassaga deyarli pul tushmagan.

Bugun bozor o‘zgardi.

Bugun mijozlar qurilish grafikini so‘rayapti, keyingi oy qaysi blok ko‘tariladi deb so‘rayapti, shunchaki quruq va’daga ishonmaydi.

Agar siz sekin sotishni, lekin to‘g‘ri sotishni o‘rganmasangiz, bozor sizni sekin asta chetga chiqaradi.

Hurmatli quruvchi o’zinigizni ko’p sotdik degan mif bilan jarga itarmang, siz jarga tushib qurolmasdan “moshennik” bo’b chiqsangiz boshqa quruvchilarga ham zarba bergan bo’lasiz.

@muzaffarmurodov_blog
6438👍30
🤣258🔥6
13🤣5👍4
13🤣73
Besh yoshlik boladan mengacha bir zum xolos. Tug'ilgandan to besh yoshgacha esa qo'rqinchli masofa.

Leo Tolstoy
🔥52👍21🤣14
135💯2
🏆1484
💯2317💘3
28👍7💘7
Maktabimiz bitiruvchisi foydali bot yasabdilar. Portfolio uchun bo'lsa kerak)
🔥4112❤‍🔥6
Forwarded from Khumoyun
🚀Agar sizga tez, sifatli va ishonchli freelancer kerak bo‘lsa — bu yerda topasiz @FreelansUzBot
Agar freelancer bo‘lsangiz — eng yaxshi va to‘lovli buyurtmalar shu yerda.

👉 Buyurtmalar va ishlar:
@FreelansUzBot
📢 Rasmiy kanal (har kuni yangi buyurtmalar):
@FreelansUz



💼 Yo‘nalishlar:
🎨 Grafik dizayn (logo, banner, post)
🤖 Telegram bot / Web sayt
📈 SMM, target, reklama
🎬 Video montaj
✍️ Matn yozish / tarjima



Nega aynan biz?
Vaqt tejaladi
Aldov yo‘q — faqat real buyurtmalar
Har kuni yangi ishlar
Toza va halol tizim



🔥 Imkoniyatni boy bermang!
Hozir qo‘shiling va buyurtmalarni birinchi bo‘lib oling 👇
👉
@FreelansUzBot
📢
@FreelansUz
🔥2920👍17
👍422614
👍35💘13❤‍🔥10
🔥27❤‍🔥6😁6
😁72🔥16❤‍🔥15
🔥37💯108
👍16🔥5
👍2210🔥7
Forwarded from Founder's Cafe
Startup uchun uyimni sotganman! Alisher Tojiyev bilan ekskluziv podkast

🚨 DIQQAT! KOMMENT CHALLENGE 🚨
Mana shu video izohiga startap haqida fikringizni yozing:
— yangi g‘oya bo‘ladimi,
— mavjud startapni yaxshilash bo‘ladimi,
— bozor, jamoa, sotuv, product — farqi yo‘q.

Eng kreativ va eng foydali izoh egalarini 3 ta maxsus sovg‘a kutmoqda:

🎁 1) Domo startupi bilan integratsiya
🎁 2) Ma’lumotlar serveri uchun $3000 kredit
🎁 3) Ulug‘bek Ismatov va Alisher Tojiyev bilan shaxsiy “startup nonushta” ☕️

👉 Shunchaki 1 ta izoh yozing — va sovg‘alardan biri sizniki bo‘lishi mumkin!

🎙 Bugungi podkast mehmoni

Alisher Tojiyev — Domo (HGT) asoschisi

Bu son ichida biz:
🔥 startapni 0 dan qurish,
🎯 bozor tanlash,
👥 jamoa yig‘ish,
📈 sotuvni yo‘lga qo‘yish,
💥 eng og‘ir paytda taslim bo‘lmaslik haqida ochiq gaplashdik.

HGT qanday boshlangan? Birinchi mijozlar qayerdan chiqqan? Eng katta xatolar va eng to‘g‘ri qarorlar — hammasi real tajriba.

Podkastni oxirigacha ko‘ring — eng kuchli insightlar oxirida.
💬 Savolingiz bo‘lsa izohda yozing — keyingi sonlarda muhokama qilamiz.



To‘liq video: https://youtu.be/1Q_6EBMC0po





Telegram | Instagram | Youtube
👍20👎118