Panda Books
#review #taqriz Aziz Nesin — "Futbol qiroli" Og'riqli mavzular kulgu bilan yoritib berilgan futbolga aloqasi yo'q satira. "Saiiiiid! Said! Menga....menga to'pni oshir....!" Kech bahor. Tushdan biroz o'tgan bir mahalda ushbu taqrizni yozishga o'tirarkanman…
Shu taqrizni men yozganimga ishonishmayapti, tovba😁
Panda Books
#review #taqriz Aziz Nesin — "Futbol qiroli" Og'riqli mavzular kulgu bilan yoritib berilgan futbolga aloqasi yo'q satira. "Saiiiiid! Said! Menga....menga to'pni oshir....!" Kech bahor. Tushdan biroz o'tgan bir mahalda ushbu taqrizni yozishga o'tirarkanman…
Litsey payti 30 ta qizbolani ortda qoldirib, Qoraqalpog'iston Republic da Ona tili va adabiyotidan Olimpiadada 1-o'rinni olganimni aytib maqtanaymi yoki?:)
@panda_books
@panda_books
Forwarded from Bored Panda
Bu haykalni faqat tarix darsligidagi rasmlarini ko'rgandim.
Farg'onada borishga joylar tavsiya qilinglar:)
@boredpandablog
Farg'onada borishga joylar tavsiya qilinglar:)
@boredpandablog
Panda Books
Sayohatga o'zingiz bilan qaysi kitob(lar)ni olib chiqqan bo'lardiz? @panda_books
#haqida
Kofferbuch
Kuni kecha "Sayohatga nima kitob olib chiqasiz?" deb so'ragandim.
Bugun nemischa "kofferbuch" degan so'z borligini bilib qoldim - u o'qish niyatida sayohatga olib chiqiladigan, lekin oxir-oqibat butun safar vaqtida hech qachon ochib ham qaralmaydigan kitoblarga aytilarkan.
Hozir sayohat qilib yuribman. Va afsuski, bu rost ekan.

Krinj xabarlar turkumi davom etadi. "Andisha va g'urur"ni bermapti haliyam:) @panda_books
Eng qizig'i, aslida tungi klubga boradi degani- u odam kitob o'qimaydi, yoki undanam yomoni - vapshe "tugagan" odam degani emas. O'zi istagandek dam olishga har kimning haqqi bor. Kimdur o'tirib kitob o'qiydi, kimdur tungi klubga boradi.
Eng muhimi - me'yor. O'shani bilish kerak. Ish-oila, dam olish va o'qish orasidagi "oltin muvozanat"ni saqlay olsangiz bo'ldi.
Am I right?

Forwarded from Qisqa satrlar
#haqida
Xudoyorxon saroyi
Hozir ushbu saroyni aylanib chiqib, bir paytlar o'z nigohlarini boqqa qaratib o'tirgan xon devoni yonidagi kresloda o'tirgancha xayol surayapman.
Maktabda tarixni bizga juda noto'g'ri o'rgatishgan. Tarix aslo u qog'ozlarda yozilgani kabi bo'lmaganini saroyning o'zida o'tirib his qilayapman.
E'tibor berganim, saroyda yerto'la yo'q. Balki qachondir bo'lgandur, ammo qandaydir bunker yoki qochib chiqsa bo'ladigan tunnellar aniq yo'q. Xonlar o'z xalqidan qochish haqida aslo o'ylamagan.
Saroy (Xiva xoni saroyi ham) juda yuksak did va dizayn bilan qurilgan. Xonsaroyi jaziramada ham salqin va soyali bo'lishi ta'minlangan. Isitish texnologiyalari ham oddiy va samarali. Ya'ni saroy - xonlikdagi eng boy inson yashaydigan xonadon bo'lgan.
Hozirgi davrda prezidentlar, bosh vazirlar va boshqa yuqori amaldorlar ishlaydigan binolar butun dunyoda deyarli bir xil - oq, minimalistik, har qanday go'zal arxitekturadan uzoq. Lekin ular mana bu saroyni qo'riqlashdan ko'ra yuz barobar kuchliroq qo'riqlanadi. Yashash joylari esa xalqqa mutlaqo noma'lum.
Xon saroyini esa egallab olish oson. Bu na turma, na qal'a. Bu ko'proq san'at asari. Xudoyorxon saroyida na Vazirlar Kengashi, na Minfin bor. Bu eng avvalo xon xarami va uning yuzcha mulozimlari yashaydigan va ishlaydigan joy, xolos.
Xalq xonlikda yashayotganini juda yaxshi anglagan. Ular xonni ag'darib tashlash haqida o'ylamagan. Xon davlat belgisi, ayni damda davlatning o'zi bo'lgan.
Monarxiya tuzumi xalq bilan shunday garmoniyada bo'lganini Qo'qonda aniq sezish mumkin. U davlatni ortiqcha kuch ishlatmasdan boshqargan. Ixcham va samarali davlat boshqaruvi. Hamma xon qanday yashashini bilgan, va hech narsa yashirilmagan.
Faqat u tashqi siyosatga va yangicha qarashlarga juda kech ahamiyat bergan va oxiri xonlik tashqi ta'sir oqibatida qulagan.
Bu endi boshqa hikoya.

Hamza Hakimzoda Uy-muzeyini ziyorat qildim. Juda shinam, xodimlari ham nihoyatda o'qimishli va xushmuomala. Ko'p narsa bilib oldim.
Aytgancha, Hamza Shohimardonda toshbo'ron qilib o'ldiriladi. Kuni kecha u kishining qabri joylashgan qabristondan o'tib ketgandim. Ammo o'sha yerdaligini bilmapman, yo'qsa ziyorat qilgan bo'lardim.

#news
Endi davlat granti 4 yilga bitta talabaga emas, balki har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanarkan.