O'zbekiston Respublikasi IIV Farg'ona akademik litseyi
2.3K subscribers
564 photos
62 videos
52 links
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Farg'ona akademik litseyi rasmiy sahifasi

Murojaat uchun ➡️ @fviib
Instagram ➡️ https://www.instagram.com/fargona_iiv?igsh=YmVzaXQ5cHNmYnBz
Download Telegram
🛡 Qurol-aslahalar ko‘rgazmasi bilan tanishuv

🔰 Tadbir doirasida o‘quvchilarimiz uchun qurol-aslahalar ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.

🔹 Ko‘rgazmada tarixiy va zamonaviy harbiy jihozlar namoyish etilib, ularning ishlash tartibi va ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

🔹 O‘quvchilar ushbu ko‘rgazma orqali harbiy soha, intizom va vatan himoyasi haqidagi bilimlarini boyitishdi.

Bunday amaliy tanishuvlar yoshlarning Vatanga sadoqat va qiziqishini oshirishda muhim o‘rin tutadi.

Sahifaga ulanish 👉 @ozbiiv
7👍6🔥5
“Rahbar va yoshlar” mavzusida ochiq muloqot uchrashuvi tashkil etildi.

🔹 Mazkur uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi IIV o‘rinbosari, polkovnik Sattarov Diyorbek Nematjanovich boshchiligida o‘tkazildi.

🎬 Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlarga yo‘llagan murojaati aks etgan videorolik namoyish etildi.

🔹 Shundan so‘ng vazir o‘rinbosari o‘z nutqida mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ularni bilimli, tashabbuskor va vatanparvar shaxslar etib tarbiyalash, yoshlarning jamiyat va davlat taraqqiyotidagi muhim o‘rni haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

🔹 Uchrashuv davomida o‘quvchi-yoshlar:
ta’lim sifatini oshirish
kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish
sportni keng ommalashtirish
iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash
bo‘yicha o‘z taklif va tashabbuslarini ilgari surdilar.

🏆 Tadbir yakunida faolligi bilan ajralib turgan o‘quvchilarga tashakkurnoma va kitoblar to‘plami topshirildi.

Sahifaga ulanish 👉@ozbiiv
❤‍🔥5👍5👏43🔥2
🎓 “O‘QUVCHILARNING ORZUSIDAGI MASKAN”

O‘zbekiston Respublikasi IIV Farg‘ona akademik litseyida a’lo baholarga o‘qiyotgan o‘quvchilar uchun O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.

🔹 Tadbir davomida o‘quvchilar ushbu nufuzli ta’lim maskanining faoliyati, zamonaviy shart-sharoitlari hamda professional kadrlar tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

🔹 Shuningdek, ular:
✔️ saf maydoni
✔️ vatanparvarlik burchaklari
✔️ zamonaviy sport majmuasi
✔️ muzey faoliyati
bilan tanishib, bu yerda yaratilgan imkoniyatlarga yuqori baho berdilar.

Mazkur tashrif o‘quvchilarda ushbu ta’lim dargohida tahsil olishga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi hamda ularning kelajakdagi maqsadlariga yangi ilhom bag‘ishladi.

👏 Bunday tadbirlar yoshlarni Vatanga sadoqat, kasbga mehr va yuksak maqsadlar sari undashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Sahifaga ulanish 👉@ozbiiv
12👍7🔥3🤗3👏1
Ички ишлар вазирининг ўринбосари – Маънавий-маърифий ишлар ва кадрлар билан таъминлаш департаменти бошлиғи, полковник Диёрбек Сатторов Фарғона вилоят ИИБда қонунчилик ва хизмат интизоми юзасидан йиғилиш ўтказди

Йиғилишда шахсий таркиб ўртасида қонунчилик ва хизмат интизомини мустаҳкамлаш борасида амалга оширилган ишлар таҳлил қилинди. Вазирликнинг бу борадаги буйруқ ва топшириқлари ўқиб эшиттирилди.

Шунингдек, Вазир ўринбосари ИИВ Фарғона академик лицейида яратилган шарт-шароитларни ўрганиб, ўқувчилар билан "Раҳбар ва ёшлар" учрашувини ўтказди. Самимий мулоқот давомида ёшларни қизиқтирган саволларга атрофлича жавоб қайтарилди, уларнинг таклиф ва мулоҳазалари тингланди. Шунингдек, юқори натижага эришиб келаётган бир гуруҳ ёшларга қимматбаҳо совғалар топширилди.

Фарғона вилояти ИИБ Ахборот хизмати

Каналга
уланиш  👉 @ozbiiv
20🔥3👍1👏1