O'zbekiston Respublikasi IIV Farg'ona akademik litseyi
2.12K subscribers
556 photos
61 videos
52 links
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Farg'ona akademik litseyi rasmiy sahifasi

Murojaat uchun ➡️ @fviib
Instagram ➡️ https://www.instagram.com/fargona_iiv?igsh=YmVzaXQ5cHNmYnBz
Download Telegram
“Rahbar va yoshlar” mavzusida ochiq muloqot uchrashuvi tashkil etildi.

🔹 Mazkur uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi IIV o‘rinbosari, polkovnik Sattarov Diyorbek Nematjanovich boshchiligida o‘tkazildi.

🎬 Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlarga yo‘llagan murojaati aks etgan videorolik namoyish etildi.

🔹 Shundan so‘ng vazir o‘rinbosari o‘z nutqida mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ularni bilimli, tashabbuskor va vatanparvar shaxslar etib tarbiyalash, yoshlarning jamiyat va davlat taraqqiyotidagi muhim o‘rni haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

🔹 Uchrashuv davomida o‘quvchi-yoshlar:
ta’lim sifatini oshirish
kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish
sportni keng ommalashtirish
iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash
bo‘yicha o‘z taklif va tashabbuslarini ilgari surdilar.

🏆 Tadbir yakunida faolligi bilan ajralib turgan o‘quvchilarga tashakkurnoma va kitoblar to‘plami topshirildi.

Sahifaga ulanish 👉@ozbiiv
❤‍🔥5👍53👏3🔥2
🎓 “O‘QUVCHILARNING ORZUSIDAGI MASKAN”

O‘zbekiston Respublikasi IIV Farg‘ona akademik litseyida a’lo baholarga o‘qiyotgan o‘quvchilar uchun O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.

🔹 Tadbir davomida o‘quvchilar ushbu nufuzli ta’lim maskanining faoliyati, zamonaviy shart-sharoitlari hamda professional kadrlar tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

🔹 Shuningdek, ular:
✔️ saf maydoni
✔️ vatanparvarlik burchaklari
✔️ zamonaviy sport majmuasi
✔️ muzey faoliyati
bilan tanishib, bu yerda yaratilgan imkoniyatlarga yuqori baho berdilar.

Mazkur tashrif o‘quvchilarda ushbu ta’lim dargohida tahsil olishga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi hamda ularning kelajakdagi maqsadlariga yangi ilhom bag‘ishladi.

👏 Bunday tadbirlar yoshlarni Vatanga sadoqat, kasbga mehr va yuksak maqsadlar sari undashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Sahifaga ulanish 👉@ozbiiv
10👍7🔥3🤗2👏1
Ички ишлар вазирининг ўринбосари – Маънавий-маърифий ишлар ва кадрлар билан таъминлаш департаменти бошлиғи, полковник Диёрбек Сатторов Фарғона вилоят ИИБда қонунчилик ва хизмат интизоми юзасидан йиғилиш ўтказди

Йиғилишда шахсий таркиб ўртасида қонунчилик ва хизмат интизомини мустаҳкамлаш борасида амалга оширилган ишлар таҳлил қилинди. Вазирликнинг бу борадаги буйруқ ва топшириқлари ўқиб эшиттирилди.

Шунингдек, Вазир ўринбосари ИИВ Фарғона академик лицейида яратилган шарт-шароитларни ўрганиб, ўқувчилар билан "Раҳбар ва ёшлар" учрашувини ўтказди. Самимий мулоқот давомида ёшларни қизиқтирган саволларга атрофлича жавоб қайтарилди, уларнинг таклиф ва мулоҳазалари тингланди. Шунингдек, юқори натижага эришиб келаётган бир гуруҳ ёшларга қимматбаҳо совғалар топширилди.

Фарғона вилояти ИИБ Ахборот хизмати

Каналга
уланиш  👉 @ozbiiv
17🔥3👍1
🏆 G‘alaba muborak! “Zakovat” intellektual o‘yinining hududiy bosqichi yakunlandi

Farg‘ona viloyatidagi o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida bilimlar bellashuvi bo‘lib o‘tdi. Jami 62 ta kuchli jamoa orasidan eng bilimdonini aniqlash oson kechmadi!
Murosasiz va hayajonli kechgan bahslar natijasiga ko‘ra, barcha raqiblarini ortda qoldirib, mutloq g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoa:

🥇 IIV Farg‘ona akademik litseyi jamoasi

Vatanimizning bo‘lajak posbonlari nafaqat jismoniy, balki yuksak intellektual salohiyatga ega ekanliklarini yana bir bor isbotladilar. Endi ular viloyat sharafini Respublika bosqichida himoya qiladilar! 🚀
Bilimdonlarimizni ushbu yuksak natija bilan tabriklaymiz va finalda ularga ulkan zafarlar tilaymiz! 🔥

Sahifaga ulanish 👉 @ozbiiv
👍23🔥115👏5👌2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📚 O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Farg‘ona akademik litseyida
“Amir Temur davlatchilik siyosati va uning bugungi kundagi ahamiyati” mavzusida respublika ilmiy-amaliy seminar (onlayn konferensiya) o‘tkazildi.

Tadbir Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan tashkil etildi.

📌 Seminar doirasida taqdim etilgan ilmiy maqolalar saralab olinib, muhokama qilindi.

🏛 Mas’ul tashkilot:
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Farg‘ona akademik litseyi

Sahifaga ulanish 👉 @ozbiiv
5👍5🫡3
📢 RASMIY ESLATMA

📌 O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Farg‘ona akademik litseyiga 2026–2027 o‘quv yili uchun o‘qishga kirish istagida bo‘lgan 9-sinf bitiruvchilari diqqatiga!

🗓 Arizalar qabuli joriy yilning 15-aprel sanasida yakunlanadi. Ushbu muddatdan so‘ng topshirilgan hujjatlar qabul qilinmaydi.

⚠️ Barcha nomzodlardan hujjatlarni belgilangan muddatdan kechiktirmasdan topshirish so‘raladi.

📍Manzil: Farg‘ona ko‘chasi 20 A-uy

📞 Batafsil ma’lumot uchun: 90-562-07-00


O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Farg'ona akademik litseyi rasmiy sahifasi
🫡15🔥7👍6👏21