Oyna.uz
168 subscribers
598 photos
99 videos
4 files
527 links
🪞Bu “Oyna”da hamma o’zini ko’radi

📣Instagram: https://bit.ly/3COIYw5
Har kimga aqliga yarasha gapiraman

@oyna_uzbot
Download Telegram
Negadir kechki ovqatni pishirishga shoshmayapman. Qaniydi hamma narsada shunaqa bo'lsam. Oson, bosh og'rig'i kam narsa pishirvokanimga bo'lsa kerak. Qaniydi hamma narsa shunaqa bo'lsa
Ovqatni boshlavolib yana "smeshariki" ko'raman va yana o'zimga undan yashirin ma'no qidirmaslikka va'da beraman
Oyna.uz
Ovqatni boshlavolib yana "smeshariki" ko'raman va yana o'zimga undan yashirin ma'no qidirmaslikka va'da beraman
O'xshamadi:

— Qanaqadir changyutkich yoki uyga foydali biror nima yasaganingda tushungan bo'lardim. Bu Bibiyingdan nima foyda?
— Men uni foyda uchun "qilmadim" (yasamadim, yaratmadim)
— Unda nima uchun?
— Shunchaki. Zerikmaslik uchun.

Gap bola haqida ketyapti. Qahramon boladan hech nima kutmay uni hayotga keltirib, katta hayotga tayyorlab separatsiya qiladi. Unga hayotini bag'ishlaganligi uchun aybdorlik va qarzdorlik hislarini yuklatmagan holda shunchaki shunday qilishni o'zi kifoya-ku aslida.

https://youtu.be/uJxO8TMj-uI?feature=shared
Madhiyamizni eshitib olamiz va ishlarga sho'ng'iymiz🌊
Oyna.uz
Photo
Anu boladegi shu narsa mani rom qigan. Yonish bor edi. Azart bor edi. O'zgacha bir pozitivlik va kelajakka qo'rquv, xavotir, tashvishlar aralash emas yaxshi niyatlar bilan qarash. Va hattoki menimcha qarash ham emas, hozir bilan yashash. Undagi yonish, bu azart, bu fe'l bir vaqtning o'zida qo'rqitardi va tushunarsiz tarafga chaqirardi. Mendek sokin, o'z olamining egasiga bu bolalikda olov ustidan sakrab o'tish o'yiniga o'xshab tuyilardi. Xavfli ammo nimasidir zavqli. Xullas ko'zlaridagi o'sha olovni, fe'llaridagi quvlikni yaxshi ko'raman.
Aziz Nesinni biram miriqib o'qirdimey. Bolaligim esimga tushib ketdi. Haliyam o'qiyman desam yoqaversa kerak, hazmi yengil narsalar, multfilmlar yoqaveradi murakkablik eshigini ochib ko'rganman u yerda xushyoqar narsa yo'q manga.
Kun estetikasi📖🍵🖼️🪻
Haftalab uyda o'tirib bir chiqqanda kunim ko'chada o'tib ketadi. O'zimga yoqadi bu. Xullas bugun kunim yaxshi o'tdi, mazza qildim. Endi hozir o'qivokan ikkita kitobimni yonimga ovolib o'tiribman ketma-ket o'qib keyin uxlayman deb.
1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oyna.uz
Video message
Ёш, бахтли, беташвишсан. Бор ташвишларинг ҳам бир ширин. Яна ҳамма бахтлар олдинда эканига ишонасан, энтикасан, соғинасан келажакдаги ўзингни соғинасан. Муаммолар, ҳар хил кунлар бўлишини биласан — уларга-да розисан чунки ўзингда ўзинг борлигини биласан, "нималарни бошдан ўтқизиб енгмадимки уларни енгиб ўтолмасам" дейсан ўзинга ўзинг. Асосийси, барча яқинларинг мухаббатию ардоғидасан... Бу лаҳзаларни унутишни хоҳламасдим. Шу ерда хотира бўлиб турсин
3
​​Ko'zimdan o'pib qo'y Osima
Abduvali Qutbiddin

Osima!
Ko'zingga surma surib qo'y,
O'sma qo'yib qo'ysin gullar qoshingga.
Tollarga turmaklat sochingni
Men axir boryabman qoshingga.

Osima!
Kutib ol, kutib ol shomda,
Kaftimda yetaklab boryabman taxtni.
Qaytarib olaman o'n hissa qilib
Bir o'psang, bir o'psa-a-ang baxtim!!!

Osima!
Boryabman, ogoh berib qo'y,
Bir kecha uzaysin, quyosh kechiksin
Senga aytib berar ertaklarim ko'-o'-o'p,
Axir ming bir kecha senga ichikdim..

Osima!
O'pib qo'y, kafting, peshonang
Men senga bo'lurman, men shoxli odam.
Yonmoqqa tayyor tur, ismim ming kecha
Kalimaday aytgan lablaring bilan.

Osima!
Ketyabman, giloslarni o'p!!!

Aziz Nur
2
Kerri Bredshoudan ilhomlanib birnimalar yozgim keldi. Ha u serialni ko'rib bo'lganman, ammo nima ko'rishni bilmay qolsam istalgan mavsumidagi random seriyani qo'yib yana ko'rib ketaveraman. Ermakka yaxshi narsa. Ham doim trevogada yuradigan miyamga bu moydek yoqib tushadi, chunki baribir serial nima bilan tugashini bilaman.

Trevoga haqida gaplashaylik. U mani doimiy hamrohim. Ayniqsa oxirgi paytlar. O'zim nazorat qila olmaydigan narsalarni o'ylamaslikni o'rganyapman lekin nazorat qila oladiganlarim ham yetarlicha qiynab qo'yadi. Bilmadim balki gap umuman trevoga yoki nazoratda ham emas, chunchaki tabiat, shunchaki ayol tanasi shunchalar murakkab ekanligi natijasidir.

Kun bo'yi taz soham og'riydi. Ko'p yurolmayman, tez yurolmayman, hojatxonaga tez-tez chiqmasdan turolmayman (juda ochiqlik uchun uzr albatta, ammo vaziyat qanchalar murakkabligini tasavvur qilishingiz kerak). Bir jig'ildonim qaynaydi, bir milklarim og'riydi, goh-gohida yuragim, bellarim sanchiydi — ChatGPTni har xil savollar bilan qiynayman, u ham har safar erinmasdan bu davrda bular tabiiy ekanligini, hamma ayollarda uchrab turishini aytadi. Bu esa na og'rig'imni oladi, na ovutadi aksincha hamma ayollar shundan o'tganlariyu lekin indamaganlari indasalar ham bu normaldek qabul qilinib bo'lganiga og'rinaman.

Ha, tug'ruq og'riqlari haqida ko'p gapirishadi u hali shunchalar bo'ladiki mana bulari yoddan chiqib ketsa kerakda. Ammo bunisi ham hech yengilmas. Siz bilan ochiq bo'laman, samimiyman — siz ham tanqidiy fikrlashni yig'ishtirib empatiyani yoqishga harakat qilib ko'ringda.

Doimiy shifokor ko'rigi, tahlillar, yugur-yugurlar, cheksiz navbatlar, uzi, dopler, skrininglar, ilma-teshik qo'llar, barmoqlar... Yoningda kimdir bo'lsaku bilinmay ketadi, bularda yolg'iz bo'lib qolsang xuddi hammasi faqat senga kerakdek hisdan xo'rliklaring kelib ketadi. Va bu harakatlarni o'zi, harajatlar va asablarchi... Farzandingni qo'lingga olishing bilan hammasi esingdan chiqib ketadi qabilidagi gaplarga ishonaman. Bo'lmasa nega ayollar bunga ikkinchi, uchinchi, to'rtinchi martalab ham borishadi?

Farzand bu mashaqqatlarning barchasiga arzishi shaksiz ammo bularni his qilayotganimni ham inkor qilmaydida.
2
Hozir pushti ochkilarim qanaqangi singanini tasavvuram
qilomisilar. Tinchgina obedgi uyqumni uxlasam bo'lardikan😬😬😬 O'zimga kevosam o'zimi ovutvololsam yozarman bu haqidayam. Siqiladigan narsamas "no way🤯" didigan vaziyat bo'ldi o'ziyam...
1
Aşkim bahardi
3
Insta lentami shunaqa qivoldim. Manga shunaqa energy yarashadi
1
bahorni issiq kunlariga shunaqa piknik niyat qildim
😍41🆒1