So'rovnomaning tagida o'zi aslida omad haqida post yozilishi kerak edi, lekin buni bir chetga surib jiddiyroq narsa haqida yozmoqchiman.
Bizda avvallari bir qonun bor edi. Yaqin qarindoshlari (masalan ota-ona) qamalib chiqqan o'quvchi yuridik universitetlariga o'qishga topshirishi mumkin emas edi.
Xudoga shukrki, yaqin qarindoshlarning qilgan ishi uchun hech qachon farzand javobgar bo'la olmaydi deb bu qonun bekor qilindi.
Masalani ko'ndalang qo'yib yondashadigan bo'lsak:
Otasi qilgan ish uchun farzand har tomonlama javobgar bo'lmasligi kerak. Xoh yaxshi bo'lsin, xoh yomon.
Olimpiadalarda g'olib bo'lganlar uchun yoxud, qanaqadur maktablarda o'qib qo'yganlar uchun berilayotgan imtiyozlarni haqqoniy desak bo'ladi, chunki shunga yarasha o'qib qo'ygan joyi bor ularni.
Lekin, o'zi oddiy xalq bolalari bilan bir xil bilimga ega bo'la turib, otasi harbiy bo'lganligi uchun unga ko'proq ball berish adolatli yo'lmi?
Alam qiladi, balkim, ko'rolmaslikdir. Lekin bu nohaqligiga barbir ishonaman)
Fotima.

Nega haligacha otasi harbiy bo'lganlar uchun universitet imtihonlarida imtiyozlar (ligotalar) mavjud?
Otasi qilgan ish uchun farzand har tomonlama javobgar bo'lmasligi kerak. Xoh yaxshi bo'lsin, xoh yomon.
Olimpiadalarda g'olib bo'lganlar uchun yoxud, qanaqadur maktablarda o'qib qo'yganlar uchun berilayotgan imtiyozlarni haqqoniy desak bo'ladi, chunki shunga yarasha o'qib qo'ygan joyi bor ularni.
Lekin, o'zi oddiy xalq bolalari bilan bir xil bilimga ega bo'la turib, otasi harbiy bo'lganligi uchun unga ko'proq ball berish adolatli yo'lmi?
Alam qiladi, balkim, ko'rolmaslikdir. Lekin bu nohaqligiga barbir ishonaman)
Fotima.
💯11❤10🔥2🍓1
Masalan men har qanday holatda gender tengligi tarafdoriman, bu narsa xoh munosabatlar bo'lsin xoh ishlar, vazifalarda.
Nimaga ayol faqat uyda o'tirishi kerak? To'g'ri eng avvalanbor farzand tarbiyasi onalarga bog'liq, lekin bu degani otalar farzandini tarbiyalamasin yoki tarbiyasi bilan ishi bo'lmasin degani emas. Umuman olganda ayol kishi turmush qurgandan keyin ham karyera qilishi, ishlashi kerak. Bizda shunaqa odat bor, umuman faqat turmush qurganlar uchun emas butun barcha qizlar uchun: biron bir kasb tanlasa qiz bolaga bu kasb to'g'ri kelmaydi deb qizlarni og'ziga skoch urish, orzulariga mix qoqish, bu nimasi? Qizlarni yigitlardan nima kam joyi bor ekan? Nega ular karyera qilish degan huquqdan mahrum bo'lishi kerak?
Ko'pincha ota-onalar qiz farzandidan ko'ra ko'proq o'g'illi bo'lishni yaxshi ko'radi ayni O'rta Osiyoda, bora-bora bu qilinadigan to'ylarga borib taqalishi mumkin, bu esa g'irt ahmoqlik deb hisoblayman. Bilsangiz agar ko'pincha qizlar yigitlarga qaraganda ko'proq ota-onalariga mehribonroq bo'lishadi.
Yigitlarga kelsak, nega biz yigitlarni yoshligidan "O'g'il bolasan, yig'lashing yigitchilikka to'g'ri kelmaydi" deb katta qilamiz, bu ham bir tentaklikning bir ko'rinishi emasmi? Nima yigitlar odam emasmi? Ular ham ich-ichidagi dard-alamini yig'i bilan chiqarishga haqqi yo'qmi? Nega yig'lagan yigitlarni ko'rsak doimo ustidan kulishga oshiqamiz? Ulardan odam degan safdan chiqarib yubordikmi?
Erkak kishi oilasini boqishi kerak degan ko'rinmas qonun ham bor. To'g'ri qaysidir tarafdan bu to'g'ri bo'lishi mumkin, lekin umuman boshqa tarafdan olib qaraydigan bo'lsak, ular boqishga majbur emas, va shunga yarasha o'z oilasiga erkinlik bera olishi kerak. Men erkak kishi yalpayib yotsin demoqchi emasman, shunchaki ular oilasini boqishga majbur emas va ular oilasini o'z holiga qo'yib berishi, xato qilsa to'g'ri yo'lga solishi kerak, o'z farzandlariga o'zlari non topishini o'rgatishi menimcha to'g'riroq tanlov, har doim ham otalar farzandlarini boqavermaydilar, bu dunyoda hech kim boqiy emas.
Munosabatlar qolib ketibdimi? Hop nega qizlar, yigitlarni taklifini kutib turishi kerak? Nega o'zlari borib taklif qila olishmaydi? Ha aytmoqchi bizda uyat degan narsa bor-a, qizlarimiz o'zlari birinchi qadamni tashlashi bu ko'chadagi amma xolalar oldidagi uyat. Oila qurgandan keyin ham agar erkaklar xiyonat qilsa jimgina ayollarimiga aybni to'nkab qo'yamiz va ko'zini yumib yashashini so'raymiz, bilmaymizki nechta xonadondagi uy egalari, ayollar xiyonatga uchragan va "Gap bo'lmaslik" uchun jimgina yashab kelishmoqda, uyda urush va janjal, o'rtada to'yib ketgan farzand va yana bitta baxtsiz kadr tayyor.
Xo'sh, bunga qanday qarash kerak???

❤14⚡5❤🔥2👎2👏1🤣1🍓1
Eng ahmoqona narsa bu inson o'zini boshqalar bilan solishtirishi bo'lsa kerak. Bundanda ahmoqona narsa esa kimningdir hayotidagi o'rnini o'sha kimningdir hayotidagi boshqa bir odamning o'rni bilan solishtirish.
Tushunmadingiza?
Masalan siz yaxshi ko'rgan qizingiz/yigitingiz hayotida muhim ahamiyatga egaman, uni hayotidagi muhim rollardan biridaman deb o'ylaysiz va shu paytda u sizga qanaqadur tanishi haqida to'lib-toshib, hayajon bilan gapiradi va siz darrov o'zingizning o'rningizbilan anuv qiz/yigitingiz to'lib toshib gapirayotgan odamning o'rnini solishtirishni boshlaysiz. Agar o'zingizning o'rningizni pastroqda deb topsangiz tamom, yo urush yo janjal kamida kelishmovchilik kelib chiqadi.
Menimcha bu hammasidan ko'ra eng ahmoqli narsa/tuyg'u/hislat.
Odamni o'zini shaxsiy dunyoqarashi, fel-atvori, qarashlari va didi mavjud. Atrofdagilar shu narsalarga qarab muomila qilishadi, shu narsalarga qarab munosabat bildirishadi.
Senga hamma kabi muomilada bo'lmayotgan bo'lsa qanaqadur o'rningiz chindan ham bor, va sizdaqa inson uni hayotida yana bir ikkita bo'lsa bu fojea emas. Chunki inson hammaga har xil muomilada bo'ladi.
P/s: yigitingiz/qizingiz deb misol tariqasida yozdim. Munosabat(sevishish)dagi holatlarga urg'u berganim yo'q, to'g'ri qabul qiling!

❤15🏆4❤🔥2🍓1
Inson farzandini tarbiyalashdan avval o'zini tarbiyalashi, yoxud farzandli bo'lishdan avval o'zini yaxshilab tarbiyalab olishi kerak.
" O'qimasang, kamida anovlardek bo'lasan " deb bolasiga ko'cha tozalovchilarini ko'rsatish ham odobdan ham insoniylikdan emas.
Atigi shu ikki jumla orqali, inson farzandiga "tabaqalashtirish"ni o'rgatsa, ikkinchi tomondan ularni inson sifatida ko'rmaslikni o'rgatadi.
Umuman olganda "o'qisang yoki biron nimani qilsang "u"dek bo'lasan, o'qimasang "bu"dek bo'lasan deya taqqoslash orqali berilgan tarbiya tarbiya emas deb hisoblayman.
Menimcha, ota-onalar farzandlariga "haqiqiy men"ini topishiga, kimdirga o'xshashini emas, o'zining haqiqiy "o'z"ligini shakllantirishiga e'tibor qaratishi kerak.
Shundagina kimdir qanaqadir gap aytsa, o'zi mustaqil fikr bildira olmay qo'shilib ketadiganlardan, ishi faqat "qarsak" chalib, yemagan loyihalarni qo'llab-quvvatlaydiganlardan bo'lmaydi.

❤15🔥5🍓2
Bilasizmi nima?
Katta biznes egasi bo'lgan erkak, bir tiyn pul topa olmaydigan qizga uylanishi mumkin, lekin biznes egasi bo'lgan qiz har doim o'zidan "yuqoriroq"dagilarga rozi bo'ladi.
Alam qiladigani ham shunda.

❤9👍8🍓2
Qizlarning puli bor yigitlarni tanlashi haqida post yozaymi? Heheh)))
❤11😁4🍓2
Hali comeback qilaman. Aktiv bo'lib, qizitadigan postlar bilan qaytaman.
Sanasi noma'lum.
Sanasi noma'lum.
❤13🫡4🍓2
Pul uchun, moddiy ehtiyoj uchun tanasini sotgan - buzuq, lekin xuddi shu ishni pul to‘lab qilayotganlar - buzuq emas. Shunaqa qabul qilamiz.
Nimagadir...
Nimagadir...
❤5👏4⚡3✍1🔥1😁1🍓1
Yevrapiskiy kiyinadi degani yomon qiz degani emas.
Hamma bilan kelishib, hammaga yaxshi muomila qiladi degani behayolikdan emas.
Kech keladi degani, ko'chada kimdir bilan yuribdi degani emas.
Gapga tez javob berish gap qaytarishdan emas.
Ko'rinmaydigan tomonlar ko'rinmaganligi uchun ularni yo'q deb hisoblash kerak emas.
Taksining old qatoriga o'tirish, ersiradi yoki e'tibor kerak degani ham emas.
Tupurdim hammasiga. O'zicha fikrlaydigan, o'z qarashlarini boshqalarga singdirib boshqalarni hayolini ham buzadigan va arzimas narsalar tufayli voz kechib ketadiganlar mavjud bo'lgan bu hayotga TUPURDIM.

⚡5❤4🔥2👍1👏1
Opinions of G'ulomjonovna
Yevrapiskiy kiyinadi degani yomon qiz degani emas. Hamma bilan kelishib, hammaga yaxshi muomila qiladi degani behayolikdan emas. Kech keladi degani, ko'chada kimdir bilan yuribdi degani emas. Gapga tez javob berish gap qaytarishdan emas. Ko'rinmaydigan…
Men qiz bolaman. Va qiz bola bo'la turib ota-onamga yaxshi sharoit qilib berishni, ularni rozi qilishni istayman. Shu sababdan tinimsiz o'qiyman, ishlayman.
Men qiz bolaman. Ko'p kulishim, xazilkash va kirishimli bo'lishim mumkin. Ammo bu yengiltak ekanligimni anglatmaydi. Shunchaki hayotdan zavqlanib yashashni istayman.
Men qiz bolaman. Ilmga chanqoq bo'lishim mumkin. Ehtimol, o'qib shahar olib berolmasman. Ammo kelajakda olim va olimalarni yetishtirib chiqarishim mumkin.
Men qiz bolaman. Sevib qoldim. Ammo bu oilada tarbiya ko'rmaganimni anglatmaydi. Shunchaki menda ham siznikidek ko'ngil bor xolos.
Men qiz bolaman. O'zimga qarab yurishim, kalta ko'ylak kiyishim mumkin. Ammo bu menga qo'l tekkazish imkonini bermaydi.
Men qiz bolaman. Ro'mol o'rab ko'chaga chiqdim. Ammo bu menda bir gap borligini, nomimni oqlab olish uchun shunday qilganimni anglatmaydi. Shunchaki begona ko'zlardan o'zimni asrashni istadim.
Men qiz bolaman. Karyerani tanladim. Ammo bu "erkin hayotga o'rgandi, er va qaynonani mensimaydi, bolalarni yomon ko'radi" degani emas. Shunchaki kelajagim uchun poydevor qurishni tanladim.
Men qiz bolaman. "Yo'q" dedimmi, demak javobim YO'Q. Ichimda jon-jon deb turganim, noz qilayotganimni anglatmaydi.
Men qiz bolaman. Qo'pol muomala qilganlarga shunga yarasha javob qaytarsam, betgachopar ekanligimni anglatmaydi. Shunchaki o'zimni hurmat qilaman va o'zimni birovga xafa qildirib qo'ymayman.
Men qiz bolaman. Yaxshi gapirsam, xushmuomala bo'lsam, shilqimlik qilish mumkin degani emas. Shunchaki odob yuzasidan hurmatingni joyiga qo'yib gapiraman xolos. Buni boshqacha tushunsang, muammo senda.
Men qiz bolaman. O'z fikrimni bildirsam, tilim chiqib qolganini bildirmaydi. Gapirish uchun birovdan ruxsat olishga majbur emasman.
Men qiz bolaman. Telefonim qo'limdan tushmasa, kim bilandir sevishib yurganimni bildirmaydi. Shunchaki elektron kitob o'qiyotgan bo'lishim mumkin.
Men qiz bolaman. Ovqat qilishni bilmasam, mendan yaxshi kelin chiqmaydi, degani emas. Muhimi intellektim va farosatim yuqori. Ovqat pishirishni bir haftada o'rganib olsa bo'ladi.
Farosat va aqlni o'stirish uchun esa yillar kerak.
Men qiz bolaman. Aqlim bor, miyam bor. Menga nima yaxshi ekanligini, qanday yashashni, o'zimni qanday tutish-u, qanday kiyinish kerakligini juda yaxshi bilaman. So'ralmagan maslahatlarga muhtoj emasman.
MIA

❤7❤🔥4🔥4👍1👏1😍1
Hijobga nimagadir "kafolat" deb qarashadi, holbuki u shunchaki tashqi ko'rinish, ichki poklik yoki gunohsizlikning isboti emas.
Hijob — niyat va imonning tashqi ifodasi, lekin insonni xatodan butunlay himoya qiluvchi "qalqon" emas. Har bir inson — hijobli ham, hijobsiz ham — gunoh qiladi, adashadi, sinovdan o'tadi. Buni faqat hijoblilardan talab qilish, aslida ularni "farishta" darajasiga ko'tarib qo'yib, keyin shu darajadan "yiqilganda" battar tosh otish bilan barobar.
Bu — diniy emas, balki ijtimoiy ikkiyuzlamachilikdir. Agar jamiyat chinakam diniy printsipdan kelib chiqsa, har ikkala qizga ham bir xil mehr bilan, nasihat bilan murojaat qilishi kerak edi, biriga tоsh otib, ikkinchisiga e'tibor bermasdan emas.
Bunday qarash zararli ham — chunki bu hijob kiymoqchi bo'lgan qizlarni qo'rqitadi: "Men xato qilsam, hammadan battar tanqid qilinaman" degan o'y bilan ba'zilar hijobdan butunlay voz kechishi yoki uni kiyishdan cho'chishi mumkin. Holbuki tavba eshigi har doim ochiq, va xato qilish — komil emaslikning belgisi, imonsizlikning emas.
Suhbatda shuni ta'kidlash mumkin: "Siz uni hukm qilayotganingizda, aslida hijobni emas, o'sha qizning shaxsini hijob orqali hukm qilyapsiz. Bu adolatli emas — chunki xuddi shu narsani boshqa qizda ko'rib, hech narsa demaysiz."

❤5👍3👏3❤🔥2⚡1👎1🔥1💯1👀1🤝1🆒1
Farzandli bo‘lish — shunchaki “xohladim” bilan hal qilinadigan masala emas.
Sharoiting yo‘qmi? Daromading yetarlimi? Uy-joy, ta’lim, sog‘liq, tarbiya va bolaning kelajagini ta’minlash imkoniyating bormi?
Eng avvalo shu mas’uliyatni o‘ylash kerak.
Chunki dunyoga kelgan bola sening noto‘g‘ri qaroringning oqibatini ko‘tarishga majbur emas.
“Bolalar o‘zlari katta bo‘lib ketadi”, “Xudo beradi”, “Bir amallab yetkazamiz” degan gaplar mas’uliyatsizlikni oqlamaydi. Farzandga faqat dunyoga keltirish emas, munosib sharoit yaratish ham kerak.
Har bir farzandning mehrga, e’tiborga, sifatli ta’limga, sog‘lom muhitga va xavfsiz hayotga haqqi bor.
Sharoit yetarli bo‘lmasa, ketma-ket farzand ko‘rish — qahramonlik emas. Bu ba’zan mavjud farzandlarning ham imkoniyatlarini kamaytiradigan qarorga aylanishi mumkin.
Farzand — “nechta bo‘lsa ham boqamiz” degan hisob-kitob emas. U inson.
Shuning uchun avval mas’uliyatni ko‘tarishga tayyor bo‘l. Keyin farzand haqida o‘yla.
Dunyoga keltirish oson. Munosib inson qilib voyaga yetkazish — haqiqiy mas’uliyatdir.

❤6🔥2👍1👏1
https://t.me/mybook_https
Arzon narxlardagi kitoblar, o'zim yuritib, o'zim sotaman.
Qo'shiling
Kuzating
Sotib oling.

Telegram
MyBook – kitob do‘koni📚
Kitobsevarlar uchun ishonchli onlayn kitob do'koni_📚
✨ Saralangan kitoblar
🚚 O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish
🤝 Ishonchli xizmat va qulay narxlar
📢 Reklama: @MyBookreklama
💬 Bog'lanish: @Mybook_admin
✨ Saralangan kitoblar
🚚 O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish
🤝 Ishonchli xizmat va qulay narxlar
📢 Reklama: @MyBookreklama
💬 Bog'lanish: @Mybook_admin
❤1🤝1
Opinions of G'ulomjonovna pinned «https://t.me/mybook_https Arzon narxlardagi kitoblar, o'zim yuritib, o'zim sotaman. Qo'shiling Kuzating Sotib oling.»
Bizning jamiyatda "sigaret" erkakning o'pkasini tugatadi, ayolning esa sha'nini.
G'alati standartlar...
G'alati standartlar...
🔥3❤1👏1
Ba’zida jamiyatga qarab, bir narsani baqirib aytgim keladi: farzand dunyoga keltirishdan oldin ota-ona bo‘lishni o‘rganing!
Nega hali bir-birini tushunishni, muammolarni hal qilishni, g‘ururidan bir qadam ortga chekinishni bilmagan insonlar farzandli bo‘lishga shoshiladi? Nega ikki katta odamning bir-biriga bo‘lgan adovati orasida begunoh bolalarning bolaligi qurbon bo‘lishi kerak?
Sizlar bir-biringizni tanlagansiz. Sizlar bir-biringiz bilan oila qurishga qaror qilgansiz. Unda nega qarorlaringizning og‘irligini siz tanlamagan bir bola ko‘tarishi kerak?!
U sizlarning janjallaringizga sababchi emas. G‘ururingizga, alamlaringizga, bir-biringizdan olgan ranjishlaringizga ham aloqasi yo‘q. U shunchaki ota-onasini birdek yaxshi ko‘rishni, ikkalasining ham mehrini his qilishni istaydi. Xolos!
Nega uni biringizni sog‘inib, ikkinchingizning ko‘nglini o‘ylashga majbur qilasiz? Nega o‘zaro adovatingizni uning qalbiga ko‘chirasiz? Nega sizlarning bir-biringiz bilan yashay olmasligingiz uning ham baxtli yashashiga to‘sqinlik qilishi kerak?!
Ajrashing, agar birga yashashning iloji qolmagan bo‘lsa. Lekin nega ota-onalikni ham tashlab ketasiz? Nega bir-biringizga bo‘lgan mehringiz tugagani uchun farzandingizga beradigan mehringiz ham kamayishi kerak?
Farzand — sizlarning muvaffaqiyatsiz munosabatingiz uchun to‘lanadigan badal emas!
Eng alam qiladigani, bunday bolalar ko‘pincha o‘z dardlarini ham aytolmay ulg‘ayishadi. Chunki kattalar o‘zlarining kim haq, kim nohaq ekanini isbotlash bilan band. Bolaning esa kim haq ekaniga qizig‘i yo‘q. Unga otasi ham kerak, onasi ham. Unga mehr kerak. Unga o‘zini ortiqcha his qilmaydigan bir bolalik kerak!
Jamiyatimizda nikohga tayyorgarlik haqida gapiramiz, to‘ylar qilamiz, farzandli bo‘lishni baxt deymiz. Ammo nega farzandning ruhiy dunyosi, uning oldidagi mas’uliyat haqida kamroq o‘ylaymiz?
Farzandli bo‘lish — shunchaki ota-ona degan nomga ega chiqish emas. Bu — bir insonning butun hayoti oldida javobgar bo‘lish!
Hech kim mukammal emas. Hech bir oila muammolardan xoli emas. Ammo o‘zaro kelishmovchiliklaringizni farzandingizning taqdiriga aylantirishga haqqingiz yo‘q.
Chunki sizlar uchun bir kunlik janjal bo‘lgan narsa uning xotirasida yillar davomida qolishi mumkin.
Va men tushunolmaydigan narsa shu: qanday qilib inson o‘zidan dunyoga kelgan, o‘z mehriga muhtoj bo‘lgan farzandining ko‘ziga qarab turib, uning qalbi nimalarni boshdan kechirayotganini unutishi mumkin?!
Oila qurishdan oldin seving. Farzandli bo‘lishdan oldin o‘ylang. Ota-ona bo‘lgach esa, hech bo‘lmaganda, o‘z g‘ururingizdan oldin farzandingizning qalbini qo‘ying.
Zero, sizlarning bir-biringizga bo‘lgan munosabatingiz tugashi mumkin.
Ammo farzandingizning sizlarga bo‘lgan ehtiyoji sizlar ajrashishga qaror qilgan kun tugamaydi!

❤2💯2😢1
ODAM O'ZIGA O'RGATIB QO'YGAN INSONI UCHUN JAVOBGARDIR.
Avval har kuni gaplashishga o‘rgatadi. Biror narsa bo‘lsa, birinchi unga aytishga o‘rgatadi. Xafa bo‘lsang, yupatadigan, muammoga duch kelsang, birga yechim izlaydigan, quvonsang, sen bilan birga quvonadigan insonga aylanadi. Sen ham asta-sekin unga ishonishni o‘rganasan. Endi hayotning qaysidir qismi usiz to‘liq emasdek tuyuladi. Chunki sen uni shunchaki hayotingga kiritmagansan, unga hayotingdan joy bergansan.
Keyin esa bir kun kelib, o‘sha inson ketadi.
Qanday qilib? Qanday qilib kechagina sening dardingni o‘zinikidek his qilgan odam bugun sening dardingga sababchi bo‘lib, hech narsa bo‘lmagandek yashashda davom etadi? Qanday qilib seni yig‘laganingda yupatgan odam o‘zining ketishi bilan seni yig‘latishdan qo‘rqmaydi? Qanday qilib bir paytlar seni yo‘qotishdan qo‘rqadigandek tutgan inson bir kuni seni yo‘qotishning o‘zidan ham qo‘rqmay qoladi?
Nahotki, o‘sha kunlarning hammasi faqat biz uchun qadrli bo‘lgan bo‘lsa? Nahotki, biz bilan birga kulganida ham, dardimizni tinglaganida ham, yonimizda qolishga va’da bermagan bo‘lsa-da, hech qachon ketmaydigandek turganida ham, bizga mehr berganida ham, bularning bari vaqtinchalik bo‘lgan bo‘lsa?
Balki u paytda chin dildan mehr bergandir. Balki o‘sha kunlari rostdan ham yoningda bo‘lishni istagandir. Lekin insonning bir paytlar chin dildan xohlagan narsasi keyinchalik ham uning tanlovi bo‘lib qolishiga kafolat yo‘q ekan.
Shunda savol tug‘iladi: agar oxirigacha qolishga ishonching bo‘lmasa, nega birovning qalbida bunchalik chuqur iz qoldirasan? Nega uni o‘zingga o‘rgatasan? Nega u seni o‘zining eng ishonchli odami deb biladigan darajaga yetkazasan-u, keyin o‘sha ishonchni ko‘tarolmay ketasan?
Menimcha, inson boshqa bir insonning hayotida qanday o‘rin egallayotganini his qilishi kerak. Chunki sen uchun oddiy bo‘lgan bir kunlik sukut boshqa birov uchun butun boshli hayotining o‘zgarishi bo‘lishi mumkin. Sen uchun shunchaki tugagan munosabat boshqa birov uchun endigina sensiz yashashni o‘rganishi kerak bo‘lgan hayotdir.
Lekin yana bir haqiqat bor: insonning hayotingga kirgani uchun emas, balki senga bergan va’dalari, qilgan tanlovlari va munosabatdagi mas’uliyati uchun javobgarligi bor. Hech kimni istamagan munosabatida majburan ushlab turib bo‘lmaydi. Ammo ketishga qaror qilgan bo‘lsang ham, bir paytlar senga ishongan, qalbini ochgan insonning hislarini mensimaslikka haqqing yo‘q.
Chunki ketish — ba’zan hayotning bir qismi. Ammo bir paytlar o‘zingga yaqinlashtirgan insoningni go‘yo hech qachon tanimagandek tashlab ketish — boshqa masala.
Va bilasanmi, eng achinarlisi nima?
Ketgan odamni sog‘inishning o‘zi emas. U qaytib kelsa, yana avvalgidek ishonishni istashing, lekin endi o‘sha ishonch bilan yana yaralanishdan qo‘rqishing. Uni kutmaslikka qaror qilgan kuningda ham ichingning bir chetida undan bir og‘iz xabar kutishing. Unga aytadigan gaplaring shunchalik ko‘p bo‘lishi, lekin bularning birortasini ham unga ayta olmasliging.
Chunki sen faqat uni yo‘qotmagansan. U bilan bo‘lganingda o‘zingni qanday his qilganingni, unga bemalol suyana olganingni, dunyoda seni tushunadigan hech bo‘lmasa bir inson borligiga bo‘lgan ishonchingni ham yo‘qotgandek bo‘lasan.
Ba’zi insonlar hayotimizga bizni sevishni o‘rgatish uchun kelgandek bo‘ladi-yu, oxirida bizga o‘zimizni ularsiz yashashga o‘rgatib ketadi. Bu adolatli tuyulmasligi mumkin. Balki umuman adolatli emasdir ham.
Eng og‘riqli narsa insonning ketishi emas, balki u ketishidan oldin hayotingda egallab olgan o‘rnini o‘zingga qayta bo‘shatib berishga majbur bo‘lishingdir.

❤1
TASALLI
Balki hamma savollarga javob topilmas. Balki ayrim insonlar nega ketganini hech qachon tushuntirib bermas. Balki ayrim xotiralar uzoq vaqt qalbimizda yashashda davom etar.
Ammo bir narsani unutmaslik kerak: birovning ketishi sening qadringni belgilamaydi. Sen bir insonni chin dildan sevganing, unga ishonganing yoki hayotingdan joy berganing uchun aybdor emassan.
Kimdir hayotingda qololmagani uchun sen o‘zingni sevishga, ishonishga va yana baxtli bo‘lishga noloyiq deb bilma.
Chunki sening hayoting bir insonning ketishi bilan tugamaydi. Garchi hozir shunday tuyulsa ham, bir kun kelib uning yo‘qligi bilan yashashni o‘rganasan. Bu uni unutganingni anglatmaydi. Bu shunchaki o‘zingni qayta topganingni anglatadi.

❤1👍1