๐ธ๐‘ฆ๐‘ข๐‘› ๐‘‘๐‘Ž๐‘‘๐‘‘๐‘ฆ`
2 subscribers
1 photo
1 link
ยซ๐ฝ๐‘ˆ๐‘†๐‘‡ ๐น๐ธ๐ฟ๐ฟ ๐‘Œ๐‘‚๐‘ˆ๐‘… ๐ท๐ด๐ท๐ท๐‘Œ,๐‘ƒ๐‘…๐ผ๐‘๐ถ๐ธ๐‘†๐‘†ยป
Download Telegram
- ๐‘จ๐’Š๐’Ž๐’† ๐’Ž๐’๐’Š - ๐“œ๐“ฎ๐“ท๐“ฒ ๐“ผ๐“ฎ๐“ฟ๐Ÿ”ž
Baland poshna ovozi tufayli barcha shug'ulanayotgan erkaklar nafis yurib kelayotgan ayolga qaradi. Barcha Chansoodan ko'zini uzmasdan qarayotgan edi.

Chansoo: kechirasizlar, Kim Mingyu qayerda? Yoki jangi boshlandimi?

Qizning sovuq va zerikarli nigohi honada boshqacha aura berar edi. Hech kim javob bermayotgan paytda honaga Mingyuning treneri kirib keldi.

โ€” hayrli kun Kim honim

Chansoo: sizga ham janob Lyen

Lyen Chansooni bir zumda tanidi va uni Mingyuning oldiga olib bordi

โ€” Mingyu hozir jangga chiqadi

Chansoo shunchaki bosh silkib Janob Lyen ortidan yurardi. Ular Mingyu o'tirgan honaga kirishdi. Mingyu bu vaqtda bir nuqtaga qarab turardi. Janob Lyen Chansoo va Mingyuni yolg'iz qoldirib ketdi.

Chansoo: raqibing ancha mahoratli ekan

Mingyu: u tomonda bo'lsang nega meni oldimdasan?

Chansoo: tabriklash uchun. Seni yutqazganing bilan tabriklayman!

Qizning tinch va sokin ovozi sabab Mingyu yanada asabiylashib ketdi va Chansooga yaqin kelib qo'lidan qattiq ushlab siqa boshladi

Mingyu: menga narkaman shunday deyaptimi? O'zi narkotiksiz yasholmaydigan odammi?

Chansoo: ha. Sen uning yonida kuchsiz va ojizsan! Kuching faqat menga yetadigan noshut!

Mingyu Chansooni qo'lini sindirib yuboradigan darajada qattiq siqdi ammo hali hamon qiyofasi o'zgarmay sokin turgan qiz uni na itarardi va gapirardi
Mingyu: Sariq sochli malagim...mana shu mitti qo'llaringni sindirishimni hohlamasang jim bo'l!

Chansoo erkakga yaqin keldi. Ularning yuzi orasida faqat bir necha sm joy bor edi

Chansoo: sindir! Shu darajada qattiq meni yarala toki men narkotikni ushlay olmay qolay!

Mingyu qizni o'zidan tezda itarib yubordi. Chansoo o'zini ushlab olmay yeqilib tushishiga sal qoldi hali hamon narkotik tasirida edi

Mingyu: psix...

Jang uchun qong'iroq chalina boshlaganida Mingyu qo'liga jang uchun maxsus bandajlarini o'rashni boshladi

Mingyu: bugun dadam va oyim uyimizga kelishmoqchi ekan. Men ham uyga boraman sen ham uyda bo'l

Chansoo erining gapini eshitib sumkasidan lab bo'yog'ini oldi va kichik oynaga qarab surishni boshladi.

Chansoo: hohlasang tun uchun ham tayyorlanaman. Yoki sen faqat Yujin bilan...

Mingyu: agar jim bo'lmasang bundan afsuslanasan!

Qiz Mingyuga yaqinlashdi va qizil va yorqin lablari bilan uni bo'ynidan o'pib unga tabbasum qildi

Chansoo: omad tilamayman. Chunki yutishingni bilaman!

Mingyu Chansooga jinniga qaragandek qarab turardi. Bo'ya asabiga tegib uni asabiylashtirgan ayol birgina o'pish bilan uni o'chirib qo'ydi. Mingyu hotiniga chunarsiz ko'zlar bilan qarab turardi. Qiz honani tark etganidan so'ng Mingyu bo'ynini ushlab yonayotgandek bo'lib urayotgan yuragini his qildi