Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY
5.54K subscribers
44.1K photos
3.5K videos
139 files
14.1K links
Download Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan G‘alaba bog‘iga tashrif buyurib, “Matonat madhiyasi” va "Millat fidoyilari" yodgorliklari poyiga gulchambar qo‘ydi.

Президент Шавкат Мирзиёев в связи с Днем памяти и почестей посетил Парк Победы и возложил цветы к подножию монументов "Ода стойкости" и "Беззаветно преданные народу".

#Mirziyoyev #marosim #Xotiravaqadrlashkuni #ehtirom

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍41🔥1👏1
#Qabul_2026
❗️TARGʻIBOT TADBIRLARI


Joriy yilning 7-may kuni Iqtisodiyot va menejment kafedrasi assistenti Javmanov Jamshed Abdusamatovich tomonidan Muhammad al_Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari Samarqand filiali Akademik litseyi 2-bosqich 209-guruh oʻquvchilari bilan birgalikda 2026/2027 oʻquv yili qabuli uchun targʻibot tadbiri oʻtkazdi.

Tadbir davomida oʻquvchilarga universitet hayoti, taʼlim yoʻnalishlari va shakllari, talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar va qulayliklar, taʼlim jarayonida zamonaviy va ilgʻor texnologiyalardan foydalanish boʻyicha batafsil maʼlumotlar berildi. Shu bilan bir qatorda akademik litsey oʻqituvchisi N.Baxriddinova va bir qator oʻquvchilarning qabul va ta’lim jarayonlari boʻyicha berilgan savollarga J.Javmanov tomonidan tasdiqlangan manbalardan kelib chiqib javob berildi.

SamDVMCHBU Axborot xizmati

➡️ Bizni kuzatib boring !!
🌐Sayt  Telegram 🌐 Instagram  💬Facebook  📹 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍53🔥1👏1
#Xotira_va_qadrlash_kuni

“BURCH, JASORAT, MATONAT!”

SamDVMCHBUda 9-may – Xotira va qadrlash kuni bayrami munosib nishonlandi

Mamlakatimiz bo‘ylab Xotira va qadrlash kuni munosib nishonlanib, korxona-tashkilot va ta’lim muassasalarida tadbirlar o‘tkazilmoqda. Bundan maqsad Vatan himoyachilarini xotirlash, oramizdagi fidoyi insonlarni, tinch-osoyishta hayot, turmush farovonligini ta’minlash uchun ter to‘kib unumli mehnat qilayotgan ustozlarni qadrlash va shu orqali tinchligimizning shukronasini qilishdan iboratdir. Bu esa kishini ma’nan rag‘batlantiradi, elu yurtga sadoqat, qat’iyat bilan xizmat qilishga undaydi.
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida 9-may – Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan “Burch, jasorat, matonat!” shiori ostida o‘tkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda bu yana bir bor namoyon bo‘ldi.
Tadbir universitet madaniyat saroyida davom ettirilib, universitet rektori, professor Xudaynazar Yunusov barchani bayram bilan tabriklab, Xotira va qadrlash kuni, deb nom olgan bu sana yurtimizda umumxalq bayramiga, haqiqiy anʼanaga aylanib qolgani, xotira va qadrlash tushunchalari asl milliy qadriyatlarimizga javob berib, ota-bobolarimizdan qolgan ham diniy, ham insoniy urf-odatlarimiz ekanligini taʼkidladi.
9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan yurtimizning osoyishtaligi va farovonligi uchun kurashishda o‘zining ulkan hissasini qo‘shgan hamda faxriy Baynalminalchi jangchilari, hozirgi kunda universitetimizda faoliyat yuritayotgan bir guruh professor-o‘qituvchilar va xodimlar Tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Universitet ijodkor yoshlari tomonidan yangragan kuy-qoʻshiqlar esa tadbirga yanada koʻtarinki ruh baxsh etdi.

SamDVMCHBU Axborot xizmati

➡️ Bizni kuzatib boring !!
🌐Sayt  Telegram 🌐 Instagram  💬Facebook  📹 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍53👏2🔥1
#Xotira_va_qadrlash_kuni

FAXRIY USTOZLARIMIZ E'ZOZDA

Mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash, o‘zaro hurmat, do‘stlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, mehr-oqibat, saxovat, bag‘rikenglik fazilatlarini asrab-avaylash hamda keng targ‘ib qilish xalqimizga xos fazilatlardan biri.

9-may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan SamDVMCHBU rektori, professor X.Yunusov rahbarligida O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, akademik Abdukarimov Diamat To'xtayevich xonadonida tashrif buyurilib, holidan xabar ilindi. Uchrashuvda ayyomning fayz va tarovati, inson qadrini ulug‘lash, o‘zaro hurmat, do‘stlik muhitini mustahkamlash haqida suhbatlashildi.
Akademik D.Abdukarimovning bosib o‘tgan hayot yo‘li yod etildi. – Bugungi e’tibordan juda xursandman, hamisha davlatimiz, xalqimiz, e’tiborida ekanligimizdan, mehnatlarimiz qadrlanib, biz kabi faxriylar e’zozlanayotganidan minnatdormiz,- deydi akademik D.To'xtayevich.
Shuningdek, tashrif davomida Qishloq xo‘jalik vaziri I.Yu.Abduraxmonovning akademik D. Abdukarimovga yo'llagan tatabriklari X.B.Yunusov tomonidan yetkazildi
Albatta, keksalar holidan xabar olish xalqimizning ezgu qadriyatlaridandir. Shu sababli nuroniylarni e’zozlash, hurmat ko‘rsatish va qutlug‘ kunlarda ularning duolarini olish biz uchun muhimdir.

SamDVMCHBU Axborot xizmati

➡️ Bizni kuzatib boring !!
🌐Sayt  Telegram 🌐 Instagram  💬Facebook  📹 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍84👏3🔥1