#men_donorman
✅ INSON HAYOTI YOʻLIDA EZGU TASHABBUS!
✅ Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida xayriya maqsadida "BIRGA HAYOTNI SAQLAYMIZ!" shiori ostida donorlik aksiyasi o‘tkazildi.
✅ Universitet professor-o‘qituvchilari, tyutorlari hamda ko‘ngilli talaba-yoshlari “Men donorman” aksiyasida faol ishtirok etib, ushbu aksiya orqali qon va uning tarkibiy qismlariga muhtoj bemorlarga hayot bag‘ishlash imkoniga ega bo‘lishdi.
✅ Aksiya davomida tibbiyot mutaxassislari tomonidan barcha jarayonlar xavfsiz va tibbiy talablar asosida amalga oshirildi. Donorlik — bu nafaqat ezgu ish, balki inson salomatligiga ham foydali jarayon hisoblanadi.
✅ Uniutmang, bir tomchi qon — bir umr umid! Bunday ezgu tashabbuslar talaba-yoshlar ongida saxovat, hamjihatlik va fuqarolik mas’uliyatini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
✅ SamDVMCHBU Axborot xizmati
➡️ Bizni kuzatib boring !!
🌐 Sayt ✅ Telegram 🌐 Instagram 💬 Facebook 📹 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍3🔥1👏1
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#hemis #ijtimoiyfaollik
❗ HEMIS axborot tizimida “Ijtimoiy faollik indeksi” modulidan foydalanish yo‘riqnomasi (videoda)
📌 Tizimdan foydalanish tartibi juda oddiy:
1️⃣ my.hemis.uz platformasi yoki HEMIS mobil ilovasiga kiring;
2️⃣ Menyudan “Ijtimoiy faollik” bo‘limini tanlang;
3️⃣ Ariza yaratish tugmasini bosing va faoliyatingizni tasdiqlovchi hujjatlarni yuklang.
‼️ Ijtimoiy faollik indeksi uchun maksimal 20 ball beriladi. Talabaning faoliyati quyidagi 9 ta yo‘nalish bo‘yicha 100 ballik mezon asosida baholanadi:
Siz kiritgan ma’lumotlar universitet tyutori tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Davomat va o‘zlashtirish natijalari esa HEMIS tizimi orqali avtomatik tarzda shakllanadi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Kitobxonlik madaniyati, “5 muhim tashabbus” doirasidagi ishtirok, volontyorlik ishlari, fan olimpiadalari va tanlovlar, teatr va muzeylarga tashriflar, sport va sog‘lom turmush tarzi, o‘quv darslariga to‘liq qatnashish, akademik tartib-intizomga rioya qilish, “Ma’rifat darslari” va boshqa tadbirlar.
Siz kiritgan ma’lumotlar universitet tyutori tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Davomat va o‘zlashtirish natijalari esa HEMIS tizimi orqali avtomatik tarzda shakllanadi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👏2👍1🔥1
#men_donorman
EZGU ISHLAR AMALDA!
💥 “BIRGA HAYOTNI SAQLAYMIZ!” shiori ostida tashkil etilgan donorlik aksiyasi muvaffaqiyatli o‘tkazilmoqda.
⚡️ Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Biotexnologiya va ekologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari hamda faol talaba-yoshlari ushbu xayriya tadbirida faol ishtirok etib, insonparvarlik va mehr-oqibatning yorqin namunasini namoyon etdilar.
🩸Aksiya davomida ko‘plab ishtirokchilar beg‘araz ravishda qon topshirib, og‘ir ahvoldagi bemorlar hayotini saqlab qolishga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
👩⚕️ Tadbir tibbiyot mutaxassislari nazorati ostida, barcha sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya qilingan holda tashkil etildi.
✨ Donorlik — bu nafaqat savobli amal, balki jamiyatda insoniylik, hamjihatlik va mehr-oqibatni mustahkamlovchi muhim qadriyatdir.
💡 Bir tomchi qon — bir umrlik najot!
👏 Ushbu aksiyada faol qatnashgan barcha professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz!
✅ SamDVMCHBU Axborot xizmati
➡️ Bizni kuzatib boring !!
🌐 Sayt ✅ Telegram 🌐 Instagram 💬 Facebook 📹 You tube
EZGU ISHLAR AMALDA!
🩸Aksiya davomida ko‘plab ishtirokchilar beg‘araz ravishda qon topshirib, og‘ir ahvoldagi bemorlar hayotini saqlab qolishga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥3👏3❤1
Bugun, 22 - aprel kuni Samarqand hududida kutilayotgan ob-havo:
🌧 +23°...+15°, Yomg'ir
Hozir: ☁️ +17°, ↖️ 2.3 m/s
Tong: ☁️ +18°
Kun: 🌧 +20°
Oqshom: 🌧 +17°
Namlik: 61%
Shamol: G'arbiy, 8.1 m/s
Bosim: 756 mm sim. ust.
Oy: O'sayotgan oy
Quyosh chiqishi: 05:45
Quyosh botishi: 19:15
Samarqand Gidrometeorologiya boshqarmasi
✅ SamDVMCHBU Axborot xizmati
➡️ Bizni kuzatib boring !!
🌐 Sayt ✅ Telegram 🌐 Instagram 💬 Facebook 📹 You tube
🌧 +23°...+15°, Yomg'ir
Hozir: ☁️ +17°, ↖️ 2.3 m/s
Tong: ☁️ +18°
Kun: 🌧 +20°
Oqshom: 🌧 +17°
Namlik: 61%
Shamol: G'arbiy, 8.1 m/s
Bosim: 756 mm sim. ust.
Oy: O'sayotgan oy
Quyosh chiqishi: 05:45
Quyosh botishi: 19:15
Samarqand Gidrometeorologiya boshqarmasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥1👏1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-martdagi PF-33-sonli farmoni ijrosini ta’minlash doirasida joriy yilning 21-aprel kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida “Mening huquqlarim – mening kelajagim” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Mazkur tadbirda Samarqand viloyati Oqila ayollar harakati yetakchisi Sayfiddinova J.B., universitet rahbariyati, mas’ul xodimlar hamda talaba-yoshlar faol ishtirok etib, jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, ayniqsa, xotin-qizlar va bolalar huquqlarini ishonchli himoya qilish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
Davra suhbati davomida ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilishni yanada kuchaytirish, ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish, shuningdek, erta turmush va erta nikohning salbiy ijtimoiy hamda huquqiy oqibatlari keng muhokama qilindi. Mutaxassislar tomonidan ushbu muammolarning oldini olishda huquqiy ong va madaniyatni oshirish muhim omil ekani alohida ta’kidlandi.
Tadbir ishtirokchilari tomonidan yoshlar o‘rtasida sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, gender tenglik tamoyillarini keng targ‘ib etish bo‘yicha taklif va mulohazalar bildirildi.
Davra suhbati yakunida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob oldilar hamda bu kabi targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini muntazam o‘tkazish zarurligi qayd etildi. Mazkur tadbir yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish, ularning ongida o‘z huquqlariga nisbatan mas’uliyat va hurmat tuyg‘usini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3❤1