Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY
5.6K subscribers
43.2K photos
3.43K videos
139 files
13.9K links
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi universitetlari kongressi oʻz ishini boshladi

Samarqand shahrida “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi universitetlari kongressi” oʻz ishini boshladi. Mazkur tadbirda Markaziy Osiyo davlatlaridan, shuningdek Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlardan vazirlar, vazir oʻrinbosarlari hamda 300 dan ortiq oliy taʼlim muassasalari hamda xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.

Maʼlumot uchun, Kongressda Yevropa Ittifoqi davlatlaridan 45 ta universitetdan 80 nafardan ortiq vakillar, Markaziy Osiyo davlatlaridan 20 dan ortiq universitetdan 40 nafardan ziyod ishtirokchilar, shuningdek Oʻzbekistondan 80 dan ortiq oliy taʼlim muassasalaridan 200 nafardan ziyod vakillar qatnashmoqda.


Kongressning rasmiy ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari oʻrinbosari Ilhom Siradjev, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarov, Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi elchisi Toyvo Klaar, Polsha Respublikasi fan va oliy taʼlim vaziri Marsin Kulasek, Tojikiston Respublikasi taʼlim va fan vaziri Saidzoda Rahim Hamro, Polsha akademik oliy taʼlim muassasalari rektorlari konferensiyasi (CRASP) prezidenti Bogumila Kanevska hamda IREG Academic Ranking & Excellence Observatory prezidenti Valdemar Sivinski ishtirok etdi. Ular tomonidan taʼlim va ilm-fan sohasidagi sheriklikni chuqurlashtirishga doir fikr va takliflar bildirildi

#xalqaro_hamkorlik #kongress

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/152850

👉 На русском
👉
In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍4🔥32👏1
#V_Respublika_yoshlar_forumi #Respublika_fan_olimpiadasi

O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi tasarrufidagi Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida 9 -10-aprel kunlari bo'lib o'tgan Respublika fan olimpiadasining respublika bosqichi natijalari.

Olimpiada natijalarini quyidagi havolalar orqali tanishing👇:

Hayvonlar fiziologiyasi;
Hayvonlar patofiziologiyasi;
Hayvonlar biokimiyosi;
Veterinariya zoologiyasi;
Ichki yuqumsiz kasalliklar;
Hayvonlar morfologiyasi;
Veterinariya-sanitariya ekspertizasi:
Hayvonlar genetikasi va biotexnologiyasi;
Biologiya;
Ekologiya;
Operativ xirurgiya va topografik anatomya

Bosqich: Respublika bosqichi

🪬Ushbu nufuzli tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan barcha ishtirokchilarni chin dildan muborakbod etamiz!

SamDVMCHBU Axborot xizmati

➡️ Bizni kuzatib boring !!
🌐Sayt  Telegram 🌐 Instagram  💬Facebook  📹 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👏3🔥2👍1
#spin_off

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti amaliy va innovatsion loyiha rahbarlari Innovatison rivojlanish agentligi  huzuridagi "Yangi ishlanmalarni tijoratlashtirish va iqtisodiyot tarmoqlari bilan hamkorlikni rivojlantirish" boshqarmasi boshlig'i R.Ergashev bilan uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda ilmiy-tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish, innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish mexanizmlarini takomillashtirish hamda oliy ta’lim tashkilotlari huzurida spin-off korxonalarni tashkil etish va ularni barqaror rivojlantirish bo'yicha kelishib olindi.

SamDVMCHBU Axborot xizmati

➡️ Bizni kuzatib boring !!
🌐Sayt  Telegram 🌐 Instagram  💬Facebook  📹 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍4🔥2👏1
Bugun,  14 - aprel kuni Samarqand hududida kutilayotgan ob-havo:

☀️ +26°...+15°, Ochiq havo

Hozir: ☁️ +15°, ↖️ 2.4 m/s

Tong: ☁️ +19°
Kun: ☁️ +25°
Oqshom: ☁️ +24°
Namlik: 27%
Shamol: Janubiy-janubi-sharqiy, 3.3 m/s
Bosim: 760 mm sim. ust.

Oy: Eski oy
Quyosh chiqishi: 05:56
Quyosh botishi: 19:07

Samarqand Gidrometeorologiya boshqarmasi


SamDVMCHBU Axborot xizmati

➡️ Bizni kuzatib boring !!
🌐Sayt  Telegram 🌐 Instagram  💬Facebook  📹 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2🔥2👏1
#TAVALLUD_MUBORAK

💥Bugun Biotexnologiya va ekologiya fakulteti dekani, dotsent Nurniyozov Aktam Abdunazarovichning tavallud kuni.

💐Hurmatli Aktam Abdunazarovich, Sizga fakultet va  universitet jamoasi nomidan sizga uzoq umr, sihat-salomatlik, ilmiy va kasbiy faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilaymiz!

💐Farzandlaringiz, shogirdlaringiz kamolini ko'rib, oilangiz, yaqinlaringiz, jamoangiz orasida hamisha sevimli, ardoqli bo'lib yuring!

💥YANA BIR BOR TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO'LSIN!

SamDVMCHBU Axborot xizmati

➡️ Bizni kuzatib boring !!
🌐Sayt  Telegram 🌐 Instagram  💬Facebook  📹 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19👏72🔥2
📢📢📢📢📢 🤝🤝🤝👨‍🎓 🤝🤝🤝🤝

#Xalqaro_hamkorlik

🌍 Oʻzbekiston–Polsha hamkorligi: oliy taʼlim va ilm-fanda yangi bosqich

2026-yil 13-aprel kuni Samarqand shahrida oʻtkazilayotgan “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi universitetlari kongressi” doirasida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektori O. Achilov ishtirok etdi.

Muloqotlar davomida Oʻzbekiston va Polsha oʻrtasida oliy taʼlim, ilm-fan va innovatsiyalar sohalaridagi hamkorlikning bugungi holati hamda uni yanada rivojlantirish istiqbollari atroflicha muhokama qilindi.

🎓Xususan, Polshaning yetakchi oliy taʼlim muassasalari — Krakov va Vrotslav universitetlari bilan:
🔹 universitetlararo aloqalarni kengaytirish
🔹 qoʻshma taʼlim dasturlarini yoʻlga qoʻyish
🔹 ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish
🔹 akademik almashinuv dasturlarini faollashtirish

masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.


👥 Ushbu uchrashuvlar universitetimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash hamda global ilmiy-taʼlim makoniga integratsiyalashuv jarayonini jadallashtirishga xizmat qiladi.

SamDVMCHBU Axborot xizmati

➡️ Bizni kuzatib boring !!
🌐Sayt  Telegram 🌐 Instagram  💬Facebook  📹 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32🔥2👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#sport

❗️Diqqat, musobaqa!


Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, Yengil atletika federatsiyasi, “UZINFOCOM” MCHJ, Talabalar sporti assotsiatsiyasi bilan birgalikda "Talaba-yoshlarni sogʻlom hayotga targʻib qilish, ularni doimiy sport bilan shugʻullanishi uchun “Talaba — yugur” koʻngillilar yugurish sport musobaqasi oʻtkaziladi.

2024-2025 oʻquv yilidan boshlab har yili uzluksiz ravishda oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida “Talaba — yugur” koʻngillilar yugurish musobaqalari tashkil etiladi.

Yugurish musobaqasi bir yilda ikki marta – “Kuzgi” (oktyabr-noyabr oylarida) hamda “Bahorgi” (mart-may oylarida) mavsum doirasida boʻlib oʻtadi.

Musobaqani tashkil etish va yugurish natijalarini qayd etish jarayoni Oʻzbekiston yengil atletika Federatsiyasining “Yugur” (yugur.uz) elektron platformasi orqali amalga oshiriladi.

SamDVMCHBU Axborot xizmati

➡️ Bizni kuzatib boring !!
🌐Sayt  Telegram 🌐 Instagram  💬Facebook  📹 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥21👏1
#Talabalar_olimpiadasi #Sport

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” sport musobaqalari doirasida sportning Yengil atletika turi bo‘yicha “Universitet bosqichii” musobaqasi o‘tkazildi.

Sog‘lom raqobat, do‘stona muhit va yuqori sport kayfiyati — “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi”ning ajralmas qismiga aylandi. Eng yaxsh natija ko‘rsatgan talabalar keyingi bosqichga saralab olindi.

SamDVMCHBU Axborot xizmati

➡️ Bizni kuzatib boring !!
🌐Sayt  Telegram 🌐 Instagram  💬Facebook  📹 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2🔥2👏2