Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY
5.55K subscribers
43.7K photos
3.46K videos
139 files
14K links
Download Telegram
#Agropro_Expo_2026

Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan nufuzli AgroPro Expo - 2026 ko‘rgazmasida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti o‘zining innovatsion salohiyatini keng namoyish etdi.

Universitet tomonidan:

➡️ istiqbolli startap loyihalar,
➡️xalqaro qo‘shma hamkorlik asosida ishlab chiqilgan yuqori sifatli mahsulotlar,
➡️ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasiga asoslangan zamonaviy ishlanmalar taqdim etildi.

Namoyish etilgan loyihalar agrar sohada innovatsion yondashuv, amaliy samaradorlik va eksportbop mahsulotlar yaratish borasidagi salohiyatni yaqqol ifoda etdi. Universitet stendi ko‘rgazma ishtirokchilari, investorlar va xalqaro hamkorlar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.

SamDVMCHBU Axborot xizmati

➡️ Bizni kuzatib boring !!
🌐Sayt  Telegram 🌐 Instagram  💬Facebook  📹 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👏32🔥1
#V_Yoshlar_forumi #Karyera_kuni

V Respublika yoshlar forumi doirasida Karyera kuni tashkil etildi

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetini 2025 - 2026-o‘quv yilida  ta’lim yo‘nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari bo'yicha jami 1254 nafar bitiruvchilar tamomlashi ko‘zda tutilgan.

Tadbirda Samarqand viloyati hokimligi tadbirkorlar kengashi raisi o‘rinbosari Ibragimov Nazir Aliyevich, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi boshqaruv samaradorligi agentligi Samarqand viloyati filiali rahbari Ibragimov Azizbek Sadikovich, Samarqand viloyati tadbirkorlar kengashi raisi Uraqov Haydar Muxammadiyevich, O‘z milliy bank AJ Samarqand viloyati rahbari Umarov Otabek Abduomidovichlar ishtirok etib, tadbirning mazmun-mohiyati xususida so'z yuritdi.
Karyera kunida ishtirok etgan viloyatimizdagi davlat tashkilotlari shuningdek xususiy korxonalar va tashkilotlar hamda yirik chorvachilik, parrandachilik xo‘jaliklardagi bo‘sh ish o‘rinlari, bitiruvchilarga yaratilayotgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar  to‘g‘risida ma’lumotlar berilshi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi boshqaruv samaradorligi agentligi Samarqand viloyati filiali rahbari A.S.Ibragimov tomonidan  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Davlat fuqorolik xizmati vakant lavozimlarining yagona ochiq portali https://vacancy.argos.uz/ platformasi orqali davlat tashkilotlariga ochiq tanlov maxsus  test hamda suhbat bosqichlaridan o‘tgan kasbiy yo‘nalishlaridan kelib chiqgan holda ishga joylashish va ushbu tizmdan samarali foydalanish yuzasidan zarur ko‘rsatma va  tushunchalar berildi.

SamDVMCHBU Axborot xizmati

➡️ Bizni kuzatib boring !!
🌐Sayt  Telegram 🌐 Instagram  💬Facebook  📹 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍74🔥2👏2
Bugun,  11 - aprel kuni Samarqand hududida kutilayotgan ob-havo:

☀️ +21°...+11°, Ochiq havo

Hozir: ☁️ +11°, ↖️ 2 m/s

Tong: ☁️ +15°
Kun: ☀️ +21°
Oqshom: ☁️ +20°
Namlik: 42%
Shamol: Shimoliy, 2.8 m/s
Bosim: 764 mm sim. ust.

Oy: Eski oy
Quyosh chiqishi: 06:01
Quyosh botishi: 19:04

Samarqand Gidrometeorologiya boshqarmasi


SamDVMCHBU Axborot xizmati

➡️ Bizni kuzatib boring !!
🌐Sayt  Telegram 🌐 Instagram  💬Facebook  📹 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3👏2🔥1
#V_Yoshlar_forumi

UNIVERSITETDA V RESPUBLIKA YOSHLAR FORUMI VA RESPUBLIKA FAN OLIMPIADASI KOʻTARINKI RUHDA OʻTKAZILDI

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi tizimidagi taʼlim muassasalari talaba-yoshlari ishtirokida V RESPUBLIKA YOSHLAR FORUMI yuksak saviyada, koʻtarinki ruhda oʻtkazildi.

Dastlab universitet madaniyat saroyida forumning rasmiy ochilish marosimi tashkil etilib, universitet rektori, professor Xudaynazar Yunusov, Qo‘mita boshqarma boshlig‘i Alisher Safarov hamda viloyat hokimligi, viloyatdagi boshqarma va tashkilotlar rahbarlari oʻtkazilayotgan V Respublika yoshlar forumi va Respublika fan olimpiadasining maqsad – vazifalariga toʻxtaldi. Ishtirokchilarni tabriklab, omad tiladi.
Shundan soʻng, forum doirasida Qoʻmita tizimidagi taʼlim muassasalari talaba-yoshlari ishtirokida “O‘zbekiston – yoshlar nigohida” mavzusi ostida ranglar sehri, “Amir Temur merosi va zamonaviy ilm-fan taraqqiyoti” mavzusida “Talabalar teatr studiyalari” jamoalari birinchiligi, sportning shaxmat turi boʻyicha “Qoʻmita raisi kubogi”, stol tennisi” turi boʻyicha “Rektor kubogi”, futbol turi bo‘yicha “Vazir kubogi” hamda voleybol turi bʻyicha jamoalar birinchiligi musobaqalari, “Bilimdon yoshlar – kelajak bunyodkori” shiori ostida “Zakovat”, “Mutolaa bilan fikr, fikr bilan taraqqiyo” mavzusida “Kitobxon talaba” tanlovi, “G‘oya – amaliyot – natija” g‘oyasi ostida start-up loyihalari tanlovlari, bitiruvchilar bandligini ta’minlash maqsadida “Karyera kuni”, fakultetlar jamoalari o‘rtasida osh chempionati, sumalak va xalisa sayli oʻtkazilib, gʻolib jamoalar va talaba-yoshlar aniqlandi.
Tadbirning asosiy rasmiy qismi viloyat konsert zalida davom ettirilib, universitet rektori, professor Xudaynazar Yunusov hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi boshqarma boshligʻi Alisher Safarovlar forum Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi tizimidagi taʼlim muassasalari yoshlarining ilmiy-ijodiy, intellektual qobiliyatini namoyon etish, ular oʻrtasida doʻstlik va hamjihatlik hissini yanada kuchaytirishdan iborat ekanligini taʼkidladi.
Tadbir doirasida oʻquv, ilmiy-tatqiqot va maʼnaviy-maʼrifiy sohalarda faol ishtirok etib, turli ijtimoiy loyiha va tanlovlarda jonbozlik koʻrsatib kelgan talabalar hamda oʻz yoʻnalishlari boʻyicha eng yaxshilarini aniqlash maqsadida oʻtkazilgan onlayn soʻrovnoma gʻoliblari taqdirlandi.
Gala-konsertda viloyat va respublika miqyosida tanilgan san’atkorlar — Sharof Muqimov, Otabek Mutalxo‘jayev, Jasurbek Mavlonov va boshqa estrada vakillari ishtirok etib, ular tomonidan ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar tadbirga yanada koʻtarinki ruh baxsh etdi.
Shuningdek, V Yoshlar forumi doirasida Qo'mita, universitet hamda uning Nukus va Toshkent filiallari rahbariyati va talaba-yoshlari universitet hududida daraxt ko‘chatlarini ekishdi.


SamDVMCHBU Axborot xizmati

➡️ Bizni kuzatib boring !!
🌐Sayt  Telegram 🌐 Instagram  💬Facebook  📹 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍85👏2🔥1