Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY
5.57K subscribers
43.6K photos
3.46K videos
139 files
14K links
Download Telegram
#Bitiruvchilar_bandligi

Joriy yilning 7-aprel kuni universitet rektori, professor Xudaynazar Yunosov rahbarligida “Iqtisodiyot” fakultetining 110 nafar bitiruvchi yoshlari bilan hamda bitiruvchilarga “Ustoz-shogird” tamoyili asosida ma’sul kafedra professor-oʻqituvchilar ishtirokida uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Tashkil etilgan uchrashuvda bitiruvchilar oʻqishni tamomlagandan soʻng soha mutaxassisi sifatida mehnat faoliyatini davom ettirish boʻyicha oldiga maqsad qilib olgan ish joylarini aniqlashga hamda mehnat bozorida oʻz oʻrnini topishga bagʻishlangan suhbat olib borildi.

Talabalarga ta’lim yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda iqtisodiy tarmoq sohalarida zamonaviy raqobatbardosh kadrlarga bo‘lgan talabning yuqoriligi bundan tashqari tadbirkorlik faoliyatini keng yo‘lga qo‘yish maqsadida O‘z milliy bank AJ Kelajakka qadam dasturi doirasidagi imtiyozli kredit mablag‘laridan foydalanib tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan holda o‘zi va atrofidagi tenqurlarini ham ishga joylashtirish imkoniyatlari yuzasidan zarur boʻlgan koʻrsatma, maslahat va ma’lumotlar berildi.

Yigʻilishda ishtirok etgan bitiruvchi talaba yoshlarni kasbiy mehnat faoliyati davom ettirishga, ularni ish bilan ta’minlashga qaratilgan, kasbiy ko‘nikmalarini oshirish hamda hozirgi rivojlanayotgan zamonda mehnat bozori talablariga raqobatbardosh mutaxassis sifatida shakllantirish masalalariga alohida takidlab oʻtildi. Rektor tomonidan barcha yoshlarga yaratilayotgan keng koʻlamli imkoniyatlar, davlat siyosatida darajasida etibor berilayotgan yoshlar masalasining bugungi kundagi bosqichlari toʻgʻrisida hamda oliy ta’lim tizimidagi barcha bitiruvchilar uchun yaratib berilgan keng islohotlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Shuningdek suhbat davomida bitiruvchilarning ishga joylashish darajasi toʻgʻrisida, tadbirkorlik faoliyatini boshlash va xorijda malaka oshirish, oʻqishini davom ettirish yuzasidan yaratilgan imkoniyatlari yuzasidan fikr almashdilar. Uchrashuv davomida bitiruvchi talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mas’ullar tomonidan munosabat bildirib o‘tildi. Talabalar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Tadbir yakunida talaba yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda kasbiy rivojlanishiga ko‘maklashish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.


SamDVMCHBU Axborot xizmati

➡️ Bizni kuzatib boring !!
🌐Sayt  Telegram 🌐 Instagram  💬Facebook  📹 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍53👏2🔥1
Bugun,  8 - aprel kuni Samarqand hududida kutilayotgan ob-havo:

🌧 +16°...+11°, Yomg'ir

Hozir: ☁️ +11°, ↖️ 2.2 m/s

Tong: 🌧 +12°
Kun: ☁️ +16°
Oqshom: ☁️ +14°
Namlik: 51%
Shamol: G'arbiy-janubi-g'arbiy, 4 m/s
Bosim: 759 mm sim. ust.

Oy: Qisqarayotgan oy
Quyosh chiqishi: 06:05
Quyosh botishi: 19:01

Samarqand Gidrometeorologiya boshqarmasi


SamDVMCHBU Axborot xizmati

➡️ Bizni kuzatib boring !!
🌐Sayt  Telegram 🌐 Instagram  💬Facebook  📹 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥1👏1
#Malaka_oshirish

Ayni vaqtda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Biotexnologiya va ekologiya fakulteti dekani A.A. Nurniyozov hamda universitet O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i Sh.X. Qurbanovlar universitet rektorining tegishli buyrug‘iga asosan Qozog‘iston Respublikasi Chimkent shahrida joylashgan M. Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universitetida malaka oshirmoqdalar.

Tashrif doirasida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, qishloq xo‘jaligini ilmiy asosda rivojlantirish, mavjud resurslardan samarali foydalanish hamda zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy etish masalalari yuzasidan fikr almashilmoqda.


Shuningdek, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, qo‘shma loyihalar va grant dasturlarida hamkorlik qilish istiqbollari muhokama qilinmoqda.

SamDVMCHBU Axborot xizmati

➡️ Bizni kuzatib boring !!
🌐Sayt  Telegram 🌐 Instagram  💬Facebook  📹 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🔥2👏21
#TAVALLUD_MUBORAK

💥Bugun, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Biotexnologiya va ekologiya fakulteti, "Biologiya, ekologiya va dorivor o’simliklar" kafedrasi assistenti Jiyanov Tuliboy Mardiyevichning tavallud kuni.

💐Hurmatli Jiyanov Tuliboy, Sizga kafedra va universitet jamoasi nomidan sizga uzoq umr, sihat-salomatlik, ilmiy va kasbiy faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilaymiz!

💐Farzandlaringiz, shogirdlaringiz kamolini ko'rib, oilangiz, yaqinlaringiz, jamoangiz orasida hamisha sevimli, ardoqli bo'lib yuring!

💥TUG'ILGAN KUNINGIZ MUBORAK BO'LSIN!

SamDVMCHBU Axborot xizmati

➡️ Bizni kuzatib boring !!
🌐Sayt  Telegram 🌐 Instagram  💬Facebook  📹 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏13👍6🔥21
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Amir Temur nomida...” – bilimingizni sinab koʻring!


Amir Temur nomi bilan bogʻliq manzillar hamda muhim voqealar boʻyicha qiziqarli ma’lumotlar taqdim etiladi. Siz bu ma’lumotlarni toʻgʻri yoki notoʻgʻriligini toping!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
2👍2🔥1👏1
❗️DIQQAT, E'LON

#Yoshlar_kuni

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida “Yoshlar kuni” doirasida talaba-yoshlar uchun ma’naviy-ma’rifiy, sport va intellektual yo‘nalishlarda qator qiziqarli hamda mazmunli tadbirlar tashkil etiladi.

💥 Tadbirlar dasturi:

07:30 – Ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari
10:00 – Bitiruvchilar bandligini ta'minlash maqsadida "Karyera kuni" yarmarkasi
11:00 – "Amir Temur me'rosi va zamonaviy ilm-fan taraqqiyoti" shiori ostida "Talabalar teatr studiyasi tanlovi
11:30 – "Bilimdon yoshlar - kelajak bunyodkori" shiori ostida "Zakovat" intellektual o'yini
12:00 – Sportning stol tennisi turi bo'yicha "Rektor kubogi" musobaqasi
14:00 - "G'oya-amaliyot-natija" g'oyasi ostida Start up loyihalar tanlovi
15:00 - "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi
16:30 – Sport tadbirlari

➡️ Aziz talaba-yoshlar! Sizlarni ushbu ko‘tarinki ruhda o‘tadigan, mazmunan boy va qiziqarli tadbirlarda faol ishtirok etishga chorlaymiz!

SamDVMCHBU Axborot xizmati

➡️ Bizni kuzatib boring !!
🌐Sayt  Telegram 🌐 Instagram  💬Facebook  📹 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍52🔥1👏1
#TAVALLUD_MUBORAK

💥Bugun Iqtisodiyot fakulteti Iqtisodiyot va menejment kafedrasi assistenti Ochilova Mohigul Toshtemir qizining tavallud kuni.

💐Hurmatli Mohigul Ochilova, Sizga fakultet va universitet jamoasi nomidan mustahkam sogʻlik, quvonchlarga toʻla uzoq va farovon umr, kasb-faoliyatingizga muvaffaqiyat hamda fakultet va universitet ravnaqi yoʻlida amalga oshirayotgan faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz!!!

💥YANA BIR BOR TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO'LSIN!

SamDVMCHBU Axborot xizmati

➡️ Bizni kuzatib boring !!
🌐Sayt  Telegram 🌐 Instagram  💬Facebook  📹 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥21👏1
#V_Yoshlar_forumi #Nukus_tashrif

9 -10-aprel kunlari Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi tizimidagi universitet, uning filiallari, texnikum va akademik litsey talabalari hamda mahalla yoshlari o‘rtasida bo'lib o'tadigan V Respublika yoshlar forumi hamda Respublika fan olimpiadasida ishtirok etish uchun yo'lga otlangan universitetning Nukus filiali professor-o'qituvchilari va talaba-yoshlarini kutib qolamiz.

SamDVMCHBU Axborot xizmati

➡️ Bizni kuzatib boring !!
🌐Sayt  Telegram 🌐 Instagram  💬Facebook  📹 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍122🔥2👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#5_Yoshlar_forumi🎗🎗🎗🎗

📱YOSHLAR UCHUN ENG YIRIK MAYDON — V RESPUBLIKA YOSHLAR FORUMI, RESPUBLIKA FAN OLIMPIADASI!

G‘oya➡️ Intellekt➡️ Harakat➡️ Natija — Barchasi bir maskanda!

💥Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Sizni nafaqat tadbirga, balki katta imkoniyatlar olamiga chorlaydi!

⚡️ 9–10-aprel, 2026-yil
📍 SamDVMCHBU

❗️BU FORUM — bu oddiy yig‘in emas!

➡️ Bu — o‘zini namoyon etish maydoni
➡️ Bu — yangi g‘oyalar tug‘iladigan maskan
➡️ Bu — kelajagingizni belgilovchi start nuqta!

💥2 kun davomida sizni kutmoqda:

Ilm + ijod + sport + madaniyat = YOSHLAR QUDRATI

➡️ Rahbarlar bilan ochiq va motivatsion uchrashuv;
➡️ Milliy qadriyatlar va an’analar festivali;
➡️ “Osh chempionati” – haqiqiy milliy brend namoyishi;
➡️ Sumalak va Xalisa sayllari – bahoriy ruh va birlik timsoli;
➡️ “Karyera kuni” – ish, tajriba va real imkoniyatlar maydoni;
➡️ “Yangi O‘zbekiston – yoshlar nigohida” ijodiy tanlov;
➡️ Teatr studiyalari chiqishlari – iste’dodlar sahnasi;
➡️ “Kompyuter grafikasi” – zamonaviy kreativ tafakkur;
➡️“Zakovat” – bilimlar jang maydoni;
➡️ Debatlar – fikr va tafakkur to‘qnashuvi;
➡️ Kitobxonlik va insholar – ma’naviyat va tafakkur uyg‘unligi;
➡️ Start-up tanlovi – g‘oyadan biznesgacha yo‘l;
➡️“Ibratli kelin” va “Balli qizlar” – qadriyat va zamonaviylik uyg‘unligi;
➡️ Shaxmat va stol tennisi – strategiya va chaqqonlik sinovi;

🏆 Eng kuchlilar — e’tirof etiladi! Eng faol yoshlar — taqdirlanadi!

Agar Sizda g‘oya bo‘lsa — bu yer Siz uchun!
Agar Sizda iste’dod bo‘lsa — bu sahna Sizniki!
Agar Siz kelajakni o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz — aynan shu forumga keling!

📌Orzularingizni reja qiling, rejalaringizni natijaga aylantiring!
💥V Respublika Yoshlar Forumi — Sizni kutmoqda!

SamDVMCHBU Axborot xizmati

➡️ Bizni kuzatib boring !!
🌐Sayt  Telegram 🌐 Instagram  💬Facebook  📹 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍52🔥1👏1