#Teatrga_tashrif
✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Buyuk davlat arbobi va sarkarda, ilm-fan, madaniyat va sanʼat homiysi Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida” 2026-yil 5-fevraldagi PQ–46-son qarori ijrosi yuzasida O‘zbek Milliy akademik drama teatri jamoasi Samarqandga tashrifi amalga oshirildi.
✅ Ulug‘ sarkarda, adolat va qudrat timsoli — Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim asari asosida sahnalashtirilgan "ADOLAT FASLI" ("Amir Temur") spektakli O‘zbek Milliy akademik drama teatrining mahoratli aktyorlari tomonidan ijro etildi.
✅ Mazkur spektaklga universitetdan 200 dan ortiq talaba-yoshlari va mas'ullari tashrif buyurib, teatr san’atining go‘zalligini va insoniy tuyg‘ularning samimiy ifodasini o‘zida his etishdi. Aktyorlar mahorati va musiqiy bezaklar kechani unutilmas xotiraga aylantirdi.
✅ SamDVMCHBU Axborot xizmati
➡️ Bizni kuzatib boring !!
🌐 Sayt ✅ Telegram 🌐 Instagram 💬 Facebook 📹 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4👏2❤1🔥1
#TAVALLUD_MUBORAK
💥 Bugun, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Iqtisodiyot va menejment kafedrasi mudiri Rajabov Navruzbek Azimjonovichning tavallud kuni.
💐 Hurmatli Navruzbek Azimjonovich, Sizga fakultet va universitet jamoasi nomidan sizga uzoq umr, sihat-salomatlik, ilmiy va kasbiy faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilaymiz!
💐 Farzandlaringiz, shogirdlaringiz kamolini ko'rib, oilangiz, yaqinlaringiz, jamoangiz orasida hamisha sevimli, ardoqli bo'lib yuring!
💥 TUG'ILGAN KUNINGIZ MUBORAK BO'LSIN!
✅ SamDVMCHBU Axborot xizmati
➡️ Bizni kuzatib boring !!
🌐 Sayt ✅ Telegram 🌐 Instagram 💬 Facebook 📹 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16👏9🔥5❤3
#bizning_faxrimiz
✅ Talabamiz yana bir yutuqni qo‘lga kiritdi!
✅ Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Iqtisodiyot fakulteti 3-bosqich talabasi Abduzoirov Sarvarbek Sanjar o‘g‘li nufuzli “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovining Surxondaryo viloyati, Qiziriq tumani bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
✅ Tanlov yakunlariga ko‘ra, u eng yuqori natija ko‘rsatgan ishtirokchilar qatoridan joy olib, viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
✅ Ushbu yutuq talabamizning bilimga chanqoqligi, intilishi va yuqori salohiyatidan dalolat beradi.
👏 Sarvarbekni ushbu muvaffaqiyati bilan samimiy tabriklaymiz va keyingi bosqichlarda ham omad tilaymiz!
✅ SamDVMCHBU Axborot xizmati
➡️ Bizni kuzatib boring !!
🌐 Sayt ✅ Telegram 🌐 Instagram 💬 Facebook 📹 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7👏4❤1🔥1
Forwarded from Yoshlar.edu.uz
⚜️“Sohibqiron” onlayn viktorinasida qatnashib, qimmatbaho sovg‘alar yutib oling!
G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi:
🥇1-o‘rin (3 nafar) – Aqlli ko‘zoynak;
🥈2-o‘rin (3 nafar) – Led stol lampasi;
🥉3-o‘rin (3 nafar) – Airpods Pro 2.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
#TAVALLUD_MUBORAK
💥 Bugun Iqtisodiyot fakulteti Buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi assistenti Narziyeva Guzal Baxtiyorovnaning tavallud kuni.
💐 Hurmatli Guzal Baxtiyorovna, Sizga fakultet va universitet jamoasi nomidan mustahkam sogʻlik, quvonchlarga toʻla uzoq va farovon umr, kasb-faoliyatingizga muvaffaqiyat hamda fakultet va universitet ravnaqi yoʻlida amalga oshirayotgan faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz!!!
💥 YANA BIR BOR TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO'LSIN!
✅ SamDVMCHBU Axborot xizmati
➡️ Bizni kuzatib boring !!
🌐 Sayt ✅ Telegram 🌐 Instagram 💬 Facebook 📹 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏9👍6🔥4❤3
#Seminar_trening
✅ Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk markazi davlat muassasasi tomonidan “Jismoniy va yuridik shaxslarning intellektual mulk sohasidagi (ixtirolar va foydali modellar) murojaatlarini ko‘rib chiqish va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish” hamda “Ixtiro talabnomasida analog va eng yaqin analog tushunchasi” mavzularida seminar-trening tashkil etildi.
✅ Seminarni kirish so‘zi bilan ochgan mas’ul xodimlar tadbirning maqsadi, intellektual mulk sohasidagi dolzarb masalalar hamda ixtiro va foydali modellarni rasmiylashtirish jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berdilar.
✅ SamDVMCHBU Axborot xizmati
➡️ Bizni kuzatib boring !!
🌐 Sayt ✅ Telegram 🌐 Instagram 💬 Facebook 📹 You tube
✅ Shundan so‘ng, Intellektual mulk markazi direktorining birinchi o‘rinbosari M. Mansurov so‘zga chiqib, mamlakatimizda intellektual mulkni himoya qilish tizimi, ixtirochilar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va amaliy jarayonlar haqida fikr bildirdi.✅ Navbatdagi ma’ruzachi, Ixtirolar va foydali modellar bo‘limi boshlig‘i I. Abduqodirov ixtiro talabnomalarini tayyorlashda analog va eng yaqin analog tushunchalarining ahamiyati, ekspertiza jarayonidagi asosiy talablarga to‘xtalib o‘tdi.✅ Shuningdek, Mualliflik huquqi obyektlarini deponentlash hamda EHM uchun dastur va ma’lumotlar bazalari bo‘limi boshlig‘i J. Shamshetov mualliflik huquqi obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish, dasturiy mahsulotlarni himoyalash tartibi yuzasidan muhim tavsiyalar berdi.✅ Tadbir davomida professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va magistrantlardan iborat ko‘plab ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar oldilar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍2🔥1👏1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥2👏2
#Bitiruvchilar_bandligi
✅ Joriy yilning 7-aprel kuni universitet rektori, professor Xudaynazar Yunosov rahbarligida “Iqtisodiyot” fakultetining 110 nafar bitiruvchi yoshlari bilan hamda bitiruvchilarga “Ustoz-shogird” tamoyili asosida ma’sul kafedra professor-oʻqituvchilar ishtirokida uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
✅ Tashkil etilgan uchrashuvda bitiruvchilar oʻqishni tamomlagandan soʻng soha mutaxassisi sifatida mehnat faoliyatini davom ettirish boʻyicha oldiga maqsad qilib olgan ish joylarini aniqlashga hamda mehnat bozorida oʻz oʻrnini topishga bagʻishlangan suhbat olib borildi.
✅ Talabalarga ta’lim yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda iqtisodiy tarmoq sohalarida zamonaviy raqobatbardosh kadrlarga bo‘lgan talabning yuqoriligi bundan tashqari tadbirkorlik faoliyatini keng yo‘lga qo‘yish maqsadida O‘z milliy bank AJ Kelajakka qadam dasturi doirasidagi imtiyozli kredit mablag‘laridan foydalanib tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan holda o‘zi va atrofidagi tenqurlarini ham ishga joylashtirish imkoniyatlari yuzasidan zarur boʻlgan koʻrsatma, maslahat va ma’lumotlar berildi.
✅ SamDVMCHBU Axborot xizmati
➡️ Bizni kuzatib boring !!
🌐 Sayt ✅ Telegram 🌐 Instagram 💬 Facebook 📹 You tube
✅ Yigʻilishda ishtirok etgan bitiruvchi talaba yoshlarni kasbiy mehnat faoliyati davom ettirishga, ularni ish bilan ta’minlashga qaratilgan, kasbiy ko‘nikmalarini oshirish hamda hozirgi rivojlanayotgan zamonda mehnat bozori talablariga raqobatbardosh mutaxassis sifatida shakllantirish masalalariga alohida takidlab oʻtildi. Rektor tomonidan barcha yoshlarga yaratilayotgan keng koʻlamli imkoniyatlar, davlat siyosatida darajasida etibor berilayotgan yoshlar masalasining bugungi kundagi bosqichlari toʻgʻrisida hamda oliy ta’lim tizimidagi barcha bitiruvchilar uchun yaratib berilgan keng islohotlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.✅ Shuningdek suhbat davomida bitiruvchilarning ishga joylashish darajasi toʻgʻrisida, tadbirkorlik faoliyatini boshlash va xorijda malaka oshirish, oʻqishini davom ettirish yuzasidan yaratilgan imkoniyatlari yuzasidan fikr almashdilar. Uchrashuv davomida bitiruvchi talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mas’ullar tomonidan munosabat bildirib o‘tildi. Talabalar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.✅ Tadbir yakunida talaba yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda kasbiy rivojlanishiga ko‘maklashish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤3👏2🔥1