Олий таълим янгиликлари // Oliy ta'lim yangiliklari
3.1K subscribers
226 photos
23 videos
27 files
536 links
Фойдали маълумот ва тавсиялар - ишончли ахборот
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#Qabul_2022|#Magistratura

⚡️
Magistraturaga qabul boshlandi

▶️ 2022-yil 1-iyuldan respublika OTM magistratura mutaxassisliklariga qabul qilish uchun hujjatlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish jarayoni boshlandi.

✔️ 2022/2023-oʻquv yili uchun davlat OTMning magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy http://magistr.edu.uz veb-sayti orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

❗️Eslatib oʻtamiz, 2022/2023-oʻquv yilidan boshlab magistraturaga qabul abituriyentning bakalavriat diplom bali oʻrtacha koʻrsatkichi hamda xorijiy tilni bilish darajasi boʻyicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikat bali asosida, ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Qoʻshimcha imtihon oʻtkazilmaydi.

➡️Shu oʻrinda, magistratura mutaxassisliklari hamda oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga tanlovlarda milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin boʻladi.

👉@eduuz
Forwarded from Edu.uz
#Qabul_2022

Davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha Davlat komissiyasi qarori bilan Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan fuqarolarni sirtqi va kechki taʼlim shakliga suhbat natijalariga koʻra tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish uchun tavsiya etish huquqiga ega boʻlgan vazirlik, idora va yirik birlashmalari roʻyxati tasdiqlandi.

Bunda, roʻyxatda keltirilgan tashkilotlar tavsiyanomasiga ega boʻlgan talabgorlar 2022-yil 8-avgustdan 22-avgustgacha (shu kuni ham) Davlat test markazining maxsus elektron tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtkaziladi.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube