Олий таълим янгиликлари // Oliy ta'lim yangiliklari
2.85K subscribers
227 photos
23 videos
27 files
537 links
Фойдали маълумот ва тавсиялар - ишончли ахборот
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
Рўйхат (pdf.io).pdf
716.6 KB
⚡️ДИҚҚАТ! МУҲИМ

📌 Техникум битирувчилари олий таълим муассасаларининг 2-босқичидан ўқишни давом эттириши мумкин бўлган ўз соҳасига мос бакалавриат таълим йўналишлари рўйхати тасдиқланди.

❗️Ушбу рўйхат орқали техникум битирувчилари олий таълим муассасаларининг қайси бакалавриат таълим йўналишларида ўқишни давом эттиришлари мумкинлигини билиш мумкин.

✔️ Маълумот учун, 2022/2023 ўқув йили қабулидан бошлаб техникумларда ўрта махсус профессионал таълим дастурларини муваффақиятли тамомлаган битирувчилар мос бакалавриат таълим йўналишлари бўйича кириш имтиҳонларисиз якка тартибдаги суҳбат орқали олий таълим муассасаларида 2-босқичдан ўқишини давом эттириш ҳуқуқига эга.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#ШАРҲ

Қабул квоталари камаймайди, аксинча 28 фоиздан 38 фоизга етказилади

Маълумки, Иқтисодий тараққиёт ва камбағалликни қисқартириш вазирлиги томонидан 2022/2023 ўқув йилида республика олий таълим муассасаларига ўқишга қабул қилишнинг давлат буюртмаси параметрлари тўғрисидаги Президент қарори лойиҳаси жамоатчилик муҳокамаси учун эълон қилинди.

Унда кўзда тутилаётган айрим ўзгаришлар ижтимоий тармоқлар, жумладан “Qalampir.uz” интернет нашрида “ОТМга қабул ўринлари камайтирилмоқда” мазмунида нотўғри талқин қилинмоқда.

Аслида қандай?

Лойиҳага кўра, 2022/2023 ўқув йили учун давлат буюртмаси параметрлари жами 123 460 (бакалавр – 112 378, магистратура учун – 11 082) нафар этиб белгиланмоқда.

Алоҳида эътибор қаратиш лозимки, бу кўрсаткичларда молиявий ва академик мустақиллик берилган 36 та олий таълим муассасасининг тўлов-контракт асосида ўқишга қабул параметрлари кўзда тутилмаган.

Агарда ушбу параметрларни ҳам қўшиб ҳисобласак, 2021/2022 ўқув йилига нисбатан қабул квоталари 10 фоизга оширилиб, ўтган йилги 180 минг кўрсаткич бу йил 200 мингга етказилиши кутилмоқда.

Демак, қабул ўринлари камаймайди, аксинча оширилади.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#Qabul_2022|#Magistratura

⚡️
Magistraturaga qabul boshlandi

▶️ 2022-yil 1-iyuldan respublika OTM magistratura mutaxassisliklariga qabul qilish uchun hujjatlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish jarayoni boshlandi.

✔️ 2022/2023-oʻquv yili uchun davlat OTMning magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy http://magistr.edu.uz veb-sayti orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

❗️Eslatib oʻtamiz, 2022/2023-oʻquv yilidan boshlab magistraturaga qabul abituriyentning bakalavriat diplom bali oʻrtacha koʻrsatkichi hamda xorijiy tilni bilish darajasi boʻyicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikat bali asosida, ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Qoʻshimcha imtihon oʻtkazilmaydi.

➡️Shu oʻrinda, magistratura mutaxassisliklari hamda oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga tanlovlarda milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin boʻladi.

👉@eduuz
Forwarded from Edu.uz
#Qabul2022
#magistratura

⚡️Magistratura va doktoranturaga hujjat topshirishda talab etiladigan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ROʻYXATI

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Stop_korrupsiya

U davrlar o'tib ketdi

📹 Soʻnggi yillarda oliy taʼlimdagi islohotlar korrupsiya ildiziga bolta urmoqda

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#Qabul_2022

Davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha Davlat komissiyasi qarori bilan Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan fuqarolarni sirtqi va kechki taʼlim shakliga suhbat natijalariga koʻra tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish uchun tavsiya etish huquqiga ega boʻlgan vazirlik, idora va yirik birlashmalari roʻyxati tasdiqlandi.

Bunda, roʻyxatda keltirilgan tashkilotlar tavsiyanomasiga ega boʻlgan talabgorlar 2022-yil 8-avgustdan 22-avgustgacha (shu kuni ham) Davlat test markazining maxsus elektron tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtkaziladi.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
📌Toʻlov-shartnomalarni olish toʻliq raqamlashtirildi

Ma’lumki, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida barcha jarayonlar raqamlashtirilib, abituriyentlar va talabalarga qulay sharoitlar yaratilmoqda.

Endilikda, birinchi bosqichga tavsiya etilgan talabalar ham yangi o‘quv yilining birinchi kunidan boshlab to‘lov-shartnomalarni elektron shaklda, ortiqcha ovoragarchiliklarsiz onlayn olishlari mumkin.

Buning uchun vazirlikning kontrakt.edu.uz platformasidan foydalangan holda shartnomani osongina yuklab olish talab etiladi.

Shuningdek, belgilangan o‘tish balini to‘play olmagan, ammo tabaqalashtirilgan to‘lov-shartnoma asosida o‘qish istagini bildirgan talabgorlar uchun ham kontrakt.edu.uz platformasi orqali onlayn ariza berish va shartnomani onlayn rasmiylashtirishga yangi o‘quv yilining birinchi kunidan boshlab imkoniyat beriladi.

Platforma orqali ariza berish hamda shartnomani rasmiylashtirish jarayonlarini masofaviy amalga oshirish tartibi va muddatlari bo‘yicha batafsil ma’lumot beriladi.

2022-yil 5-sentabrdan boshlab barcha bosqich talabalari (bakalavr, magistr, superkontrakt) to‘lov-shartnomani onlayn yuklab, to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
Forwarded from Edu.uz
Фанлар мажмуа 2023-2024.pdf
445.3 KB
#абитуриентга_қулайлик

⚡️2023/2024 ўқув йили бакалавриат қабули учун имтиҳон фанлари мажмуаси тасдиқланди

Олий
ва ўрта махсус таълим вазирлиги томонидан абитуриентларга қулайлик яратиш мақсадида олий таълим муассасалари бакалавриат таълим йўналишлари ва уларга мос тест синови (касбий (ижодий) имтиҳон) топшириладиган фанлар мажмуаси белгиланган тартибда қабул бошланишидан 6 ой олдин тасдиқланди.

2023/2024 ўқув йили қабул параметрлари тасдиқланганда янги ташкил этилган таълим йўналишлари фан мажмуалари қўшимча тасдиқланади.

Маълумот ўрнида, Президентнинг 279-сон қарори билан Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигига бакалавриат таълим йўналишларига мос келувчи имтиҳон фанлари мажмуасини тасдиқлаш ваколати берилган.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#talabaga_yengillik

⚡️Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 20-yanvarga qadar uzaytirildi

Davlat komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq 2022/2023-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari, magistratura mutaxassisliklariga toʻlov-kontrakt jumladan, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar, oʻqishi koʻchirilgan (koʻchirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar oʻqishi uchun toʻlov haqini oʻtkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati 2023-yilning 20-yanvari etib belgilandi.

➡️Shuningdek, qaror bilan 2022-yil 10-dekabrdan keyin kontraktini toʻlaganlarning toʻlovi ham inobatga olinadigan boʻldi.
✍️✍️✍️

⚡️Срок оплаты контрактов на обучение в вузах продлён до 20 января 2023 года

На основании соответствующего решения Государственной комиссии срок оплаты контрактов в высших образовательных учреждениях для абитуриентов, рекомендованных к обучению на платно-контрактной основе по программам бакалавриата высших учебных заведений, специальностей магистратуры на 2022/2023 учебный год, а также для студентов по дифференцированным ставкам, переводящихся (восстанавливающих) и возобновляющих обучение, продлён до 20 января 2023 года.

➡️Также согласно решению будет учтена оплата, осуществленная после 10 декабря 2022 года.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
#Magistratura_2022_2023

⚡️Magistraturaga qabul natijalari tasdiqlandi

🌎2022/2023-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga yanvar oyi qabuli bo‘yicha http://magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlarning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi.

Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan davlat oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklariga yanvar oyidagi qabul natijalari tasdiqlandi.

☝️Talabgorlar magistraturaga qabul natijalarini magistr.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabineti orqali bilib olishlari mumkin.

〰️〰️〰️

⚡️Утверждены итоги приема в магистратуру

🌎Полностью рассмотрены заявления зарегистрировавшихся онлайн через электронную систему http://magistr.edu.uz для зимнего приема в магистратуру государственных высших образовательных учреждений на 2022/2023 учебный год.

Итоги зимнего приема в магистратуру государственных высших образовательных учреждений утверждены соответствующим заключением Государственной комиссии по координации процессов приема на учебу в государственные высшие образовательные учреждения.

☝️О результатах приема в магистратуру абитуриенты могут узнать через личный кабинет на платформе magistr.edu.uz.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
#sertifikat

2023/2024-o‘quv yilidan boshlab magistratura hamda doktoranturaga hujjat topshirishda talab etiladigan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlandi.

Avvalgi ro‘yxat 👉bu yerda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Bakalavr_kvota_grant2023.pdf
27.8 MB
#qabul2023
#kvota_bakalavr

2023/2024-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga BAKALAVRIYATNING KUNDUZGI TA’LIM SHAKLI davlat bo‘yicha buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish bo’yicha kvota

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
Magistr__kvota_grant2023.pdf
22.9 MB
#qabul2023
#kvota_magistr

2023/2024-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalari MAGISTRATURASIga davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish bo’yicha kvota

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#qabul2023

⚡️Magistratura qabul natijalari e’lon qilinmoqda

2023/2024-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha http://magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan 20 054 nafar fuqaroning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi.

Ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlardan 9 074 nafarining hujjati belgilangan talab darajasida bo‘lmaganligi sababli asoslantirilgan holda rad etildi. Talab darajasida bo‘lgan 10 980 nafar talabgor arizasi tanlovda ishtirok etdi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, 6 393 nafar talabgor o‘qishga tavsiya etildi. Shundan:

davlat granti — 3 238 nafar;
to‘lov-kontrakt — 3 155 nafar.

To‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan talabgorlarning 2 160 nafarini xotin-qizlar tashkil etadi.

Talabgorlar natijalarni http://magistr.edu.uz elektron tizimi orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

Eslatma: Prezident qaroriga asosan, oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichiga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt summasi davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM