Олий таълим янгиликлари // Oliy ta'lim yangiliklari
2.9K subscribers
227 photos
23 videos
27 files
537 links
Фойдали маълумот ва тавсиялар - ишончли ахборот
Download Telegram
#Qabul2021
Ta’lim yo‘nalishlarini davlat buyurtmasi parametrlari tillar kesimida tasdiqlanganidan so‘ng tanlash mumkin bo‘ladi

🔰 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021-2022-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida” qarori bilan 2021-2022-o‘quv yili uchun davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi.

📌 Mazkur qarorda maqsadli qabul parametrlari va davlat buyurtmasi parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti besh kun muddatda O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanishi belgilangan.

👨🏻‍💻 Maqsadli qabul parametrlari va davlat buyurtmasi parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng Davlat test markazining my.dtm.uz saytida 1 kun davomida texnik ishlar olib borilib (oldindan e’lon qilingan holda), qabul parametrlari tizimga kiritiladi.

📣 Shundan so‘ng abituriyentlar ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari mumkin bo‘ladi. Tizimga ta’lim yo‘nalishlarini tanlash imkoniyati qo‘shilganidan so‘ng Davlat test markazining rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2021
⚡️ Maqsadli qabul parametrlari va davlat buyurtmasi parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi

🔰 O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan maqsadli qabul parametrlari va davlat buyurtmasi parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

👨🏻‍💻 Tasdiqlangan maqsadli qabul parametrlari va davlat buyurtmasi parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti Davlat test markazining my.dtm.uz saytiga joylashtirildi.

Endilikda abituriyentlar my.dtm.uz saytining “Qabul-2021” bo‘limi orqali fanlar majmuasi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlashlari mumkin.

📆 Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish joriy yilning 22-iyuliga qadar (22-iyul kuni ham) davom etadi.

❇️ Mazkur muddat davomida abituriyentlar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘ladigan bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini tizimga kiritishlari mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube