🎓 OTM Bugun | Oliy ta'lim yangiliklari
3.94K subscribers
76 photos
4 videos
5 files
24 links
🎓 OTM Bugun | Oliy ta'lim axborot portali

• OTM yangiliklari
• Qabul va grant
• Stipendiyalar
• Universitetlar va imkoniyatlar

📍 @OTM_Bugun
🤝 Hamkorlik: @syx18
Download Telegram
🎓 #RASMAN | OTMlarda yangi o‘quv yili qachon boshlanishi ma’lum qilindi

2026/2027-o‘quv yili uchun darslarning boshlanish sanalari e’lon qilindi.

🏛 Oliy ta’lim muassasalarida:

🎓 1-kurs talabalari — 7-sentyabrdan

🎓 2-kurs va undan yuqori bosqich talabalari — 14-sentyabrdan

🏫 Akademik litsey va texnikumlarda esa yangi o‘quv yili 2-sentyabrdan boshlanadi.

⚡️ Demak, bu yil OTMlarda barcha kurslar bir kunda o‘qishni boshlamaydi.

📌 ESLATMA

1-kursga yangi qabul qilingan talabalar 7-sentyabr, yuqori kurslar esa 14-sentyabr sanasini eslab qoling.

📢 Talaba bo‘lgan tanishlaringizga yuborib qo‘ying!

🚀 @OTM_bugun
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11
⚡️ PEREVOD NATIJALARI BUGUN E’LON QILINISHI KUTILMOQDA

Xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlarini topshirgan talabgorlar diqqatiga!

📊 19–20-avgust kunlari o‘tkazilgan test sinovlarida 35 464 nafar talabgor ishtirok etgan.

📢 Ma’lumotlarga ko‘ra, perevod test natijalari bugun — 21-avgust kuni e’lon qilinishi kutilmoqda.

⚠️ MUHIM

Hozircha natijalar rasman e’lon qilingani haqida xabar yo‘q. “Bugun chiqadi” degan ma’lumot — kutilayotgan muddat.

Natijalar rasman ochilishi bilan alohida xabar beramiz.

🚀 @OTM_bugun
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8❤3
🔥 #RASMAN | VAKANT O‘RINLARGA QO‘SHIMCHA TANLOV BOSHLANDI!

2026/2027-o‘quv yili qabuli bo‘yicha talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar uchun vakant o‘rinlarga qo‘shimcha tanlov boshlandi.

🏛 Jami 80 ta OTMda 31 808 ta vakant o‘rin mavjud.

👤 Kimlar qatnasha oladi?

✅ 56,7 va undan yuqori ball olgan, ammo talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar;

✅ qabulning ikkinchi bosqichida OTM va yo‘nalish tanlamagan abituriyentlar.

📅 Ariza topshirish:
22-avgust — 28-avgust

📲 Ariza onlayn:

my.uzbmb.uz


❗️ Abituriyent faqat o‘zi test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos vakant yo‘nalishlarni tanlashi mumkin.

🏆 Qabul abituriyentlarning to‘plagan ballari ketma-ketligi asosida amalga oshiriladi.

💳 Talabalikka tavsiya etilganlar bazaviy to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.

⚠️ MUHIM

Bu super-kontrakt emas. Bu — OTMlarda mandatdan keyin bo‘sh qolgan o‘rinlar uchun alohida qo‘shimcha tanlov.

📢 Mandatda kira olmagan tanishlaringizga yuborib qo‘ying — bu ular uchun yana bir imkoniyat!

🚀 @OTM_bugun
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
⚡️ #RASMAN | PEREVOD TEST NATIJALARI E’LON QILINDI

Xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test natijalari e’lon qilindi.

📊 19–20-avgust kunlari test topshirgan talabgorlar o‘z natijalarini onlayn tekshirishi mumkin.

📲 Natijani tekshirish:
my.uzbmb.uz

Saytdagi “O‘qishni ko‘chirish (xorijiy va nodavlat) — Natija” bo‘limiga kiring.

🔐 Natijani ko‘rish uchun pasport ma’lumotlari va JSHSHIR talab qilinadi.

⚠️ ESLATMA

Kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan talabgorlarning natijalari OTM tomonidan tegishli ma’lumotlar Agentlikka taqdim etilgach shakllantiriladi.

📢 Perevod topshirgan tanishlaringizga yuborib qo‘ying!

🚀 @OTM_bugun
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
⚡️ PEREVODDA YETARLI BALL OLOLMAGANLAR HAM O‘QISHINI KO‘CHIRISHI MUMKIN

Xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish testida o‘tish baliga yeta olmagan talabalar uchun ham imkoniyat mavjud.

📌 Agar to‘plagan ballingiz belgilangan minimal balldan kam bo‘lmasa, qo‘shimcha yoki tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishni ko‘chirish mumkin.

💰 O‘tish baliga qancha yetmaganiga qarab:

1,05 ballgacha — bazaviy kontraktning 1,5 baravari

1,05–2,05 ballgacha — 2 baravari

2,05–3,05 ballgacha — 2,5 baravari

3,05–4,05 ballgacha — 3 baravari

📌 O‘tish baliga 4 balldan ko‘proq yetmagan, ammo minimal balldan past tushmagan talabalar ham tabaqalashtirilgan kontrakt asosida ko‘chirilishi mumkin.

⚠️ MUHIM

Bunday holatda tabaqalashtirilgan kontrakt miqdorini OTM rahbari belgilaydi. Birinchi o‘quv yili uchun belgilangan summaning kamida 50 foizi to‘langach, talaba tegishli buyruq asosida qabul qilinadi.

🎓 Demak, perevod testida o‘tish baliga yetmagan bo‘lsangiz ham, imkoniyat butunlay tugamagan.

📢 Perevod topshirgan tanishlaringizga yuborib qo‘ying!

🚀 @OTM_bugun
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤16
⚡️ TDIUda kontrakt narxlari 10–20 foizga oshiriladi

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlari yo‘nalishlarga qarab 10 foizdan 20 foizgacha oshirilishi ma’lum qilindi.

Bu haqda universitet rektori ma’lum qilgan.

❗️ Super-kontrakt miqdori esa hozircha belgilanmagan. Uning summasi universitet Ilmiy kengashi tomonidan talab va kelib tushgan arizalar hisobga olingan holda alohida belgilanadi.

🚀 @OTM_bugun
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎5❤2
⚡️ O‘zDJTUda super-kontrakt narxini oshirmaslik rejalashtirilmoqda

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun super-kontrakt miqdorini oshirmaslik rejalashtirilmoqda.

Bu haqda universitet rektori ma’lum qilgan.

❗️ Hozircha 2026/2027-o‘quv yili uchun yo‘nalishlar kesimidagi yakuniy super-kontrakt summalari rasman e’lon qilinmagan.

Shuning uchun “super-kontrakt oshirilmaydi” deganda, hozircha universitet rahbariyatining rejalashtirilayotgan qarori nazarda tutilmoqda.

🚀 @OTM_bugun
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6
🔥 Abituriyentlar eng ko‘p qaysi OTM va yo‘nalishlarni tanlagani ma’lum bo‘ldi

2026/2027-o‘quv yili qabuli bo‘yicha abituriyentlar eng ko‘p tanlagan OTMlar:

🥇 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
🥈 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🥉 O‘zbekiston Milliy universiteti

📚 Eng ko‘p tanlangan yo‘nalishlar:
• Davolash ishi
• Iqtisodiyot
• Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili

📊 Bu yil o‘rtacha o‘tish ballari:
Grant — 134,6 ball
Kontrakt — 93,7 ball

Shuningdek, 233 935 nafar abituriyent 56,7 balldan past natija qayd etgan.

🚀 @OTM_bugun
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8
#Apellatsiya

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlari yuzasidan apellatsiya arizalari qabul qilinmoqda


📝 Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlaridan respublikadagi davlat va nodavlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlardan apellatsiya arizalari qabul qilinmoqda.

💼 Apellatsiya arizalari 27-avgustga qadar (shu kuni ham) my.uzbmb.uz sayti orqali (talabgorning shaxsiy kabinetida) onlayn tarzda qabul qilinadi.

✅ Talabgor apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlashtirilmagan bo‘lishi lozim.

📨 Apellatsiya arizasini bergan talabgorga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

⛳ Talabgor xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va ruxsatnoma bilan Bilimni baholash agentligiga kelishi lozim.

🚀 @OTM_bugun
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5
⚡️ Imtiyozli diplom bilan bitirganlarga malaka toifasi attestatsiyasiz beriladi

2026-yildan bakalavriatni imtiyozli diplom bilan tamomlab, birinchi marta ta’lim tashkilotiga ishga kirayotgan bitiruvchilarga ikkinchi malaka toifasi attestatsiyadan o‘tmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri beriladi.

Ariza pedagog.uzedu.uz platformasi orqali yuboriladi.

❗️ Magistraturani barcha fanlar va attestatsiyadan 90–100 ball bilan tamomlagan hamda birinchi marta ta’lim tashkilotiga ishga kirayotgan bitiruvchilarga birinchi malaka toifasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri berish imkoniyatini joriy etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

❤️ @OTM_bugun
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
⚡️ Vakant o‘rinlarga ariza topshirish bugun yakunlanadi

2026/2027-o‘quv yili uchun OTMlarda qolgan 31 808 ta vakant o‘ringa qo‘shimcha tanlovda qatnashish uchun arizalar qabuli bugun — 28-avgust soat 23:59 da yakunlanadi.

Tanlovda kirish imtihonida 56,7 va undan yuqori ball to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar qatnashishi mumkin.

❗️ Abituriyentlar fanlar majmuasiga mos 5 tagacha ta’lim yo‘nalishini tanlashi mumkin. Qabul ballar ketma-ketligi asosida bazaviy to‘lov-kontrakt bo‘yicha amalga oshiriladi.

Ariza: my.uzbmb.uz⁠

❤️ @OTM_bugun
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3
⚡️ Doktorantlar stipendiyasi 1-sentabrdan 7% oshadi

2026-yil 1-sentabrdan stajyor-tadqiqotchilar va doktorantlar stipendiyasi 7 foizga oshiriladi. Bu oliy ta’limdan keyingi ta’lim bosqichidagi tadqiqotchilarga tegishli. Yangi miqdorlar 233-son qarorga muvofiq, MHTEKM (1 360 000 so‘m) ga nisbatan belgilangan.

Yangi oylik miqdorlar:
— stajyor-tadqiqotchi — 4,760 koeffitsiyent, 6 473 600 so‘m;
— tayanch doktorantura (PhD) — 5,377, 7 312 720 so‘m;
— doktorantura (DSc) — 6,870, 9 343 200 so‘m.

PF-98-son farmonga ko‘ra, 2027-yilda ustuvor ilmiy ixtisosliklarga qabul qilingan 1-kurs PhD/DSc doktorantlariga bazaviy stipendiyaning 1,7 baravari to‘lanadi: PhD — 12 431 624 so‘m (+5 118 904), DSc — 15 883 440 so‘m (+6 540 240). Bu oshirish stajyor-tadqiqotchilarga va avvalgi yillarda qabul qilingan 2–3-kurs doktorantlariga tatbiq etilmaydi.

❗️ Muhim: stipendiya faqat davlat byudjeti hisobidan tahsil oladiganlarga to‘lanadi. 1,7× oshirish faqat 2027-yil ustuvor ixtisoslik 1-kursiga.

🚀 @OTM_bugun
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6
❓ Birinchi kurs talabalarini universitetdagi dastlabki kunlarda nimalar kutmoqda?

Yangi o‘quv yilining ilk kunlarida birinchi kurs talabalari uchun odatda tanishuv va yo‘naltiruvchi darslar tashkil etiladi.

Bu jarayonda talabalar fakultet, ta’lim yo‘nalishi, dars jarayoni, universitetning ichki tartib-qoidalari hamda mavjud imkoniyatlar bilan tanishtiriladi.

Shuningdek, talabalar guruhlarga ajratiladi va ularga tyutor biriktiriladi. O‘qish jarayoni, hujjatlar, universitetdagi tadbirlar yoki boshqa tashkiliy masalalarda tyutorga murojaat qilish mumkin.

💡 Birinchi kun uchun maslahat: auditoriyalar, dekanat, kutubxona, oshxona, sport zali va boshqa kerakli joylarning qayerdaligini oldindan bilib oling. Katta universitetlarda kerakli auditoriyani topishning o‘zi dastlab biroz vaqt olishi mumkin.

❗️ Muhim: dars jadvali, guruh raqami va universitetning rasmiy Telegram kanali yoki axborot tizimini birinchi kundanoq aniqlab oling. Muhim e’lonlarning aksariyati shu manbalar orqali beriladi.

🚀 @OTM_bugun
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤12
Forwarded from Хожисаид
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nega yangi xususiy universitetlar ochilmayapti yoki mavjudlari tengsiz raqobatga duch kelmoqda, degan savolga javobni ushbu videodan olishingiz mumkin.


🚀 @OTM_bugun
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Talimdagi Yangiliklar 24
⚡️Oliy ta'lim va maktabgacha ta'lim vazirligi birlashtirildi

Ikki ta'lim vazirligi birlashtirilgani sababli Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo'ng'irotboy Sharipov hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Karimova Eʼzozxon Gapirjonovna ham lavozimidan ozod qilingan.

Yangi vazirlik uchun kim rahbarlik qilishi hozircha e'lon qilinmadi.

Sardor Radjabov vazir boʻlarmikin a-?

✅Axmadjanoov

✅ Taqdimot, referat va slaydlarni 2 daqiqada tayyorlang: @Tezz_slaydlar_bot

🤩 Kanalga obuna bo'ling👇🏻
https://t.me/+_KEB856ucjZhZjUy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Forwarded from Хожисаид
🔥 Sifatli slaydlar endi yanada arzon!

Nega oddiy taqdimot uchun ortiqcha pul to‘lashingiz kerak?

@Tezz_Slaydlar_Bot bilan vaqtingizni ham, pulingizni ham tejang!

✅ Boshqalardan 10 baravargacha arzon
✅ Mavzuga mos rasmlar bilan boyitilgan
✅ Ishonchli manbalarga asoslangan ma’lumotlar
✅ Foydalanilgan adabiyotlar va manbalar
✅ Bir necha daqiqada tayyor taqdimot

‼️ Bizning maqsadimiz — sifatli taqdimotlarni har bir talaba uchun hamyonbop qilish!
Mavzuni siz tanlang, qolganini bizga qo‘ying.

✈️ @Tezz_Slaydlar_Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Forwarded from Oliy ta’lim yangiliklari (Хожисаид)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Prezident farmoni: Erkinjon Turdimov bosh vazirning birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri etib tayinlandi. Saida Mirziyoyevaga sohadagi yangi vazifalarni samarali tashkillashtirish yuklatildi


🔘 xushnudbekuz

✅ Taqdimot, referat va slaydlarni 2 daqiqada
tayyorlang: @Tezz_slaydlar_bot

😀 @OTM_Edu — kanaliga obuna boling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4
Forwarded from Uzbekona.Dev
🇺🇿 Yangi o‘zbek alifbosi — endi kompyuteringizda!

Yangi lotin alifbosiga o‘tish, kirill va lotin yozuvlari o‘rtasida matnlarni o‘girish endi oson va BEPUL!

💻 Kompyuteringizga hoziroq yuklab oling!
Windows va macOS uchun. Word, Excel, PowerPoint va boshqa dasturlarda ishlaydi.

🤖 Telegram bot: Matn yoki hujjat yuboring — kerakli alifboga o‘girib beradi.

🆓 Dastur ham, bot ham mutlaqo bepul!

👇 Hoziroq yuklab oling va foydalanishni boshlang!

🌐 Sayt: https://alifbo.uzbekona.dev
🤖 Bot: https://t.me/krillcha_lotincha_bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1