Ichki alamni yuqoriga ko‘tarib, unga muqaddas muhr qo‘yasan.
«Xudo buni istamadi.»
So'rama bu she'rning muallifini.
Uni azob yozgan, uni dard yozgan.
Kirib, sevaman deb aytishga qo'rqib,
Eshiging tagida turgan mard yozgan!
So'rama bu she'rning muallifini,
Yomg'irday ivigan, bulutday to'zgan.
"Nimaga kirmadim, nega aytmadim",
Uni afsus yozgan, pushaymon yozgan!
So'rama bu she'rning muallifini,
Gapingni aytaman o'zini ko'rsam.
Bechora siqilib yuruvdi o'zi,
Senga yoqqanidan bo'ladi xursand.
So'rama bu she'rning muallifini,
Bechora shoirda nima o'ching bor?
She'r o'qi, kulsang kul, yig'lasang yig'la,
Muallifi bilan nima ishing bor.
So'rama bu she'rning muallifini,
Uni sog'inch yozgan, uni vaqt yozgan.
Kirib, sevaman deb ayta olmagan,
Eshiging tagida qolgan baxt yozgan!
© ...

💔1
Ishqiy qissalarning barchasi roʻyo,
Menimcha sevgi deb hech kim oʻlmagan.
Lekin yaralgandan beri bu dunyo,
Seni sogʻinishdek azob boʻlmagan.
Soxta maddohlikning bari behuda
Hamma ham dardingni koʻrmaydi baham.
Qoshingni chimirib qaraganingda ,
Yoqimli manglaying chiziqlari ham.
Qanchalar qadrdon bu yangi nigoh,
Koʻrdimmi koʻksimga mehr toʻladi.
Ismingni xotirdan chiqarish gunoh,
Xatto suratingni sevsa boʻladi.
Menimcha sevgi deb hech kim oʻlmagan.
Lekin yaralgandan beri bu dunyo,
Seni sogʻinishdek azob boʻlmagan.
Soxta maddohlikning bari behuda
Hamma ham dardingni koʻrmaydi baham.
Qoshingni chimirib qaraganingda ,
Yoqimli manglaying chiziqlari ham.
Qanchalar qadrdon bu yangi nigoh,
Koʻrdimmi koʻksimga mehr toʻladi.
Ismingni xotirdan chiqarish gunoh,
Xatto suratingni sevsa boʻladi.
Seni uchratsam,
Kulib yuboraman deb o'ylagandim,
Nega kulish esimga tushmayapti?
Seni uchratsam,
Yig'lasam kerak deb o'ylagandim.
Nega endi turibman?
Nega yuragim muzlagan?
Seni uchratsam,
Yer tortish kuchini yo'qotadi, deb o'ylagandim.
Nega yer qa'riga
tortmoqda
meni?
Seni uchratsam,
Uchib ketaman deb o'ylagandim.
Qayga uchay? Osmon negadir
oyog'imning ostida
chil - parchin.
Seni uchratsam,
Aqldan ozaman deb o'ylagandim -
nega aqlim bunchalar joyida?
Beharakat -
qilt etmaydi...
Menga nima bo'lgan?..
Men kimman?
Yo sen boshqamisan?
Yo odamni tashlab ketsa,
ro'y beradimi
shunday hol?
Usmon Azim

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qaytmaslikni vaqtdan oʻrgan.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
the joy of seeing art in everything
Men senga aytmasdim yaxshi koʻrishim,
Toʻgʻrisi bu soʻzga sigʻmasdi haddim.
Yaxshi koʻrganiga yaxshi koʻrishni,
Aytib qoʻyish shart deb eshitgan edim.
Aytdim oʻsha soʻzni, qabul qil yo ot ,
U sening oʻz ishing farqi yoʻq menga.
Men uchun muhimi bir hadis hukmi ,
Qalbiy izhorimni yetkazdi senga.
X. Hamidov
Toʻgʻrisi bu soʻzga sigʻmasdi haddim.
Yaxshi koʻrganiga yaxshi koʻrishni,
Aytib qoʻyish shart deb eshitgan edim.
Aytdim oʻsha soʻzni, qabul qil yo ot ,
U sening oʻz ishing farqi yoʻq menga.
Men uchun muhimi bir hadis hukmi ,
Qalbiy izhorimni yetkazdi senga.
X. Hamidov
❤1
Tushunib yetdim. Birga boʻlmaymiz sen bilan. Sen meniki, men esa seniki boʻlmayman.
Duolar oʻzgartirgan hayotimizni. Birovning duosi. Birovning seni soʻrab qilgan duolari seni mendan ayiradi. Tunda, hamma uxlaganda — parvardigoriga tilangan oʻsha odamnikisan sen.
Sen qattiq urunishlar uchun tuhfasan.
© I.K

Nimadir yozgim kelyapti.
Oʻzimni kimgadir tushuntirgim kelyapti. Oʻzimni tushungim kelyapti.
Juda koʻp narsalar hayolimda.
Hayollar markazida sen turasan. Bu ogʻir — aylanib aylanib senga qaytadi, boʻynimda tosh osilib turgandek yerga egilib qoladi boshim. Yer yuzi tomoqqa tiqilgandek boʻladi. Nimadir qiziydi, yonadi.

Bugun juda qiziq voqea boʻldi. Men bir necha soniyaga bu dunyoni tugatdim. Lahza ichida olamni tark etdim.
Osmondagi ulkan, oppoq bulutga tikila turib, nahotki, deb oʻyladim.
— nahotki, hozir qiyomat boshlansa? Nahotki, hozir olam oʻz sirlarini oshkor etib, hammasi — hamma-hammasi toʻkilib poyimga tushsayu, farishtalar birdan uvvos solib, dunyoni boshiga koʻtarsa. Nahotki?!
Ajib holat. Men oʻz hayollarimni boshqara olmadim. Men hayollarim tomonidan boshqarildim. Men qoʻrqdim, men hayron qoldim, men xavotir oldim.

Go’dak edik, g’amga parvo qilmas edik,
Yot ko’zlarni nazarga ham ilmas edik.
O’rganmadik bir-birimiz avaylashni,
U paytlari o’rganishni bilmas edik.
U paytlari ishq shunchaki o’yin edi,
Na ishqda, na ishqsizlikda tayin edi.
Salomlashmay yursak hamki ikkimiz jim,
Sen bilan jim xayrlashish qiyin edi.
Keyin seni o’ylash o’zi rohat bo’ldi,
Bir lahzada lahzalar ham soat bo’ldi.
Salomlashmay yurganimiz dil og’ritsa,
Xayrlashmay ayrilish ham odat bo’ldi.
Onang aytdi: “Qizim bo’ying yetdi endi,
Yoshliklaring, sho’xliklaring o’tdi endi”.
Men kechikdim, ikkimizga yot bir odam
Salomlashmay bilagingdan tutdi endi.
Ulgurganlar davronini sursin, go’zal,
Biz kabilar peshonadan ko’rsin, go’zal.
Salom dema tasodifan yuz ko’rishsak,
Xayr dema, xudo xayring bersin go’zal.
R.J

Men Grafik dizaynerman.
Bu o'z-o'zidan tabiiy ravishda paydo bo'lgani uchungina shu yerdaman, hozir. "Yaxshi soqqa borligi", "kelajakda rosa talab kuchli bo'ladi", "amallab o'rganib ol, bo'ldi keyin boy bo'lib ketasan" degan gaplarni umuman hayolimga keltirmaganman. Shunchaki kimdir qilayotgan ishlarni men ham qila olishimni o'zimga isbotlash uchungina shu narsani o'rganganman, boshida.
Hozir o'zimni dizayner sifatida emas, Photoshopni biladigan kimdir sifatida ish qilyapman. Ijod qilish tushunchasi endi ishlash tushunchasi bilan almashgan.
Noliyotganim yo'q, hammasiga shukr. Ammo, bitta narsa — qachondir men vizual artistga aylanaman, yana. Qachonlardir o'zim his qilgan joyga qaytaman.
Men odamlarga vizual yechimlar berishim kerak, ularni hayratlantirishim, ko'zlarini quvontiruvchi dizaynlar qilishim kerak. Bu meni komfortim.