MILLIY TESTGA VA ATTESTATSIYAGA TAYYORGARLIK.O'ZBEK TILI VA ADABIYOTI
1.06K subscribers
6.29K photos
1.19K videos
4.71K files
3.73K links
#DTM testlari kalitlari
#Yangi darsliklar asosidagi testlar
#Attestatsiyaga oid barcha yangiliklar
#Ta'lim-tarbiyaga oid reklamalar bizning kanalda
Download Telegram
#ona_tili
RITORIK SO‘ROQ GAPLAR USLUBIYATI

Topshiriq. Berilgan so‘roq gaplarni javob talab qilishi yoki qilmasligiga ko‘ra farqlang.

1. Bu kishi kimingiz bo‘ladir, bek aka? (Abdulla Qodiriy) 2. Mehmonlar qanaqa kishilar ekan, tanidingmi? (Abdulla Qodiriy) 3. Bu gaplarni kim bilmaydi deysiz? (Erkin A’zam) 4. Safar hayotini kim bilmaydi? Ayniqsa, betartib, to‘polon jamoaviy safarlarni! (Erkin A’zam) 5. Nega shoshilmasin? Butun ishlari chala. Sobirjonga issiq ovqat qilmasa bo‘ladimi? (O‘. Umarbekov) 5. Buni ko‘rgan qaysi ota tinch yuradi? (Tohir Malik) 6. Endi yaxshi bo‘lib qayerga borardim, jiyanim? – ozib ketgan qo‘llarini arang uzatdi Muhammadjon aka so‘rashmoq uchun. (Ulug‘bek Hamdam)


🎀☆☆☆☆☆☆🎀
Ona tiliga va adabiyotiga oid qiziqarli ma'lumotlar 👇👇
https://t.me/attestatsiya_onatilioson
#Ona_tili_vaqti

🔖Tilimizda tovushlar raqamlarda

O'zbek tilida 29ta fonema bor.
6ta unli:
2t tor unli,
2ta keng unli,
2ta o'rta keng unli,
3ta lablangan unli,
3ta lablanmagan unli
3ta old qator unli
3ta orqa qator unli
23ta UNDOSH BOR:
5TA lab undoshi
17ta til undoshi
10ta til oldi
1ta til o'rta
3ta til orqa
3ta chuqur til orqa
1ta bo'g'iz undoshi
11ta portlochi
11ta sirg'aluvchi
1ta qorishiq
13ta jarangli
10ta jarangsiz
5ta sonor(ovozdor)
18ta shovqinli
3ta burun undoshi
1ta yon undosh.
1ta titroq undosh
22ta sof undosh.
#Ona_Tili

-a qo'shimchasi

1) Ot yasaydi (so'z yasovchi): jizza, sharshara;
2) Sifat yasaydi ( so'z yasovchi): to'la;
3) Fe'l yasaydi (so'z yasovchi): tuna, sana;
4) Kelasi zamon shakli(sintaktik shakl yasovchi): yozaman;
5) Ravishdosh shakli(lug'aviy shakl yasovchi): yoza-yoza charchadim;
6) Yuklama: kelasan-a.
#ona tili

Savol-javob

📌Quyidagi gapda nechta tobe bog'lanish mavjud?
Ishlarni qanday taqsimlash faqat sizning didingizga, aqlingizga bo'gliq.J 7 ta
1) aqlingizga bogʻliq;
2) didingizga bogʻliq;
3) sizning didingizga;
4) sizning aqlingizga;
5) qanday taqsimlash;
6) ishlarni taqsimlash,
7) taqsimlash bog'liq
📌kalit so'z "tobe bog'lanish"

📌 Kelgusi avlod zakovati va shijoatiga ishonmagan jamiyatning ichi mo'rtdir.
Ushbu gapda grammatik bogʻlanish nechta? J: 8 ta
1) jamiyatning ichi moʻrtdir;
2) ishonmagan jamiyat;
3) shijoatiga ishonmagan;
4) zakovatiga ishonmagan;
5) avlodning zakovati;
6) avlodning shijoati;
7) kelgusi avlod
8) zakovati va shijoati.
📌kalit so'z grammatik bog'lanish

📌Quyidagi gapda nechta soʻz birikmalari mavjud? Hovli etagidagi uyasidan eti borib
suyagiga yopishgan qari it chayqalib-chayqalib chiqib keldi. J: 5 ta
1) chayqalib-chayqalib chiqib keldi;
2) qari it;
3) eti borib suyagiga yopishgan it;
4) uyasidan chiqib keldi;
5) hovli etagidagi uyasidan.

📌 Chol asta choʻkkaladi-da, sharti ketib, parti qolgan itning boshini siladi. J: 4 ta
1) boshini siladi;
2) itning boshi;
3) sharti ketib, parti qolgan it;
4) asta choʻkkaladi
#ona_tili_vaqti

Oʻxshash soʻroqlar

❗️Gap boʻlaklarida ham oʻxshash soʻroqlar bor. Masalan, toʻldiruvchi va holda:
👉 nima uchun? — hol
👉 nlma uchun? — toʻldiruvchi
Gapda ikkalasini ajratish qiyin emas:
👉 Otim uchun egar oldim — toʻldiruvchi
👉 Oʻqiganim uchun talaba boʻldim — hol
Oson yoʻli, hol boʻlganda "uchun"ni, -dan chiqish kelishigi bilan almashtirish mumkin, toʻldiruvchi boʻlganda esa yoʻq.
Hol va aniqlovchida:
👉 Tez(qanday) yugurdi — hol
👉 Yaxshi(qanday) odam — aniqlovchi
Farqi: Aniqlovchining feʼl bilan uncha oldi-berdisi yoʻq, hol esa apoq-chapoq. Demak qanday soʻrogʻi harakat-holat(feʼl)ning qandayligini koʻrsatayotgan boʻlsa demak u hol, aks holda aniqlovchi boʻladi. Taqqoslang:
👉U juda sekin oʻqiydi — hol
👉U beozor odam — aniqlovchi
Hol oʻz nomi bilan harakatning hol-ahvolini koʻrsatadi, aniqlovchi esa ot va otlashgan soʻzlarning belgisini yoki egasini aniqlaydi
#Ona_tili_sabogi

Tutuq belgisi bilan farqlanuvchi baʼzi paronimlar:

qal’a (imorat) – qala (fe’l)                                 
da’vo (arz, murojaat) – davo (shifo)
san’at (kino, qo‘shiq, ism) – sanat (fe’l)           
she’r (lirik janr) – sher (hayvon)
sa’va (qush) – sava (savala, urmoq fe’li)          
ta’rif (maqtov) – tarif (bir xil narx)
tal’at (yuz, chehra) – talat (fe’l)                        
ta’na (gina) – tana (gavda)
sur’at (tezlik) – surat (tasvir)
#ona_tili_qisqacha
#juda_kerakli

✔️So‘z birikmasi tarkibidagi tobe va hokim so‘zning hech qanday qo‘shimchalarsiz faqat ohang va ma’nosiga ko‘ra bog‘lanishi bitishuvli bog‘lanish deyiladi: tez yurmoq
☝️☝️ESDA SAQLANG:
Ravish tarkibida ayrim kelishiklar yaxlitlanib qolgan bo‘lib, ularga turlanish sifatida qaralmaydi va bitishuvli birikma hosil qiladi: zimdan (qay tarzda) kuzatmoq; harbiychasiga (qay tarzda)ko‘rishmoq. Bularga boshqaruvli birikma sifatida qaralmaydi, bular bitishuvli birikma hisoblanadi

⚡️⚡️Bilan ko‘makchisi ayrim birikmalarda o‘z vazifasini yo‘qati, bunday birikmalar ham bitishuvli aloqa hisoblanadi: zavq bilan(qay tarzda) so‘zlamoq, chunki nima bilan soʻzlamoq deb soʻroq berib boʻlmaydi

✔️Bitishuvli bog‘lanishda so‘z tartibiga ham amal qilinadi. Ayrim so‘z birikmalarida tobe so‘z bilan hokim so‘z o‘rni almashtirilsa, gapga aylanadi: Muhandis akam- so‘z birikmasi;
Akam muhandis- gap
#Ona_tili_vaqti

O'zbek tilida xatoliklar asosan 4 turga bo'linadi:
1. Imloviy.
2. Punktuatsion.
3. Paronimlik (so'z qo'llash bilan bog'liq uslubiy xatolik).
4. Kelishiklarni noto'g'ri qo'llash bilan bog'liq uslubiy xatolik.

Keling, ularga birma-bir to'xtalib o'tamiz.
1. 👉Imloviy xato - ko'pchilikka ayonki, noto'g'ri yozilgan so'zlar imloviy xatoliklar sirasiga kiradi. Masalan, ilim, mexr va hokazo.
2. 👉Punktuatsion xato deyilganda 10 ta tinish belgi bilan bog'liq bo'lgan xatoliklar tushuniladi. Masalan, Bizning qarorimiz shu, hasharda hamma faol qatnashsin. Yuqoridagi gapda shu ko'rsatish olmoshidan keyin ikki nuqta qo'yilishi kerak.
3. 👉Paronimlik (so'z qo'llash bilan bog'liq uslubiy xatolik) esa bir so'z o'rnida shu so'z talaffuz va imlo jihatdan yaqin bo'lgan boshqa so'zni qo'llash tushuniladi. Masalan, Men kecha soat 22:00 da uhladim. Ushbu gapda uhlamoq(uh demoq) va uxlamoq(yotib dam olmoq) so'zlarining ma'nosini ziyrak abituriyent allaqachon anglagan bo'lsa kerak.
4. 👉 Qo'shimchalarni noto'g'ri qo'llash bilan bog'liq uslubiy xatolik so'zlashuv uslubida juda keng tarqalgan. Masalan, Oyimlar uyga o'tiribdilar gapini aslida Oyimlar uyda o'tiribdilar tarzida ishlatish maqsadga muvofiq. Yoki buxoroli yigit birikmasini buxorolik yigit tarzida qo'llashimiz kerak.
❗️❗️❗️Testlarda mana shu jihatlarga asosiy e'tibor berishimiz kerak.
Ayrim testlarda paronimlik xatolik, ayrim testlarda imloviy xatolik, ayrim testlarda esa punktuatsion xatolik so'raladi. Ayrim testlarda ham imloviy, ham punktuatsion xatolik so'raladi. Masalan, uning hayoli kimda ekanligini bilmayman gapini ko'pchilik abituriyentlar e'tiborsizlik natijasida imloviy xatolik deb o'ylashadi.(Ayrim o'quvchilarimdan nega bu tarzda javob berdingiz deb so'rasam, -Ustoz xayoli so'zi xato yozilgan-ku deya javob berishadi).
Aslida o'y ma'nosida chuqur til orqa yozilishi to'g'ri. AMMO SHUNI YODDA TUTISHIMIZ KERAKKI, IMLOVIY XATOLIKKA HISOBLASHIMIZ UCHUN, O'ZBEK TILIDA SIZ IMLOVIY XATO DEB HISOBLAYOTGAN SO'ZNING YOZILISHI UMUMAN MAVJUD BO'LMASLIGI LOZIM. Vaholanki, hayoli (ibo, iffat) so'zining yozilish holati (garchi ma'nosi to'g'ri kelmasa ham) mavjud. Shuning uchun bu so'z paronimlarni xato qo'llash bilan bog'liq uslubiy xatolik sirasiga kiradi.
Ukam sher yodlash maxsadida kitob sotib oldi gapida ham imloviy xatolik, ham punktuatsion xatolik mavjud.
Men ilim olishga qiziqaman gapi esa ilim so'zi imloviy xatolik sirasiga kiradi, boisi ilim degan so'zning yozilish holati o'zbek tilida uchramaydi.
#ona_tili_vaqti

👩‍🏫👩‍💻QUYIDAGI SO’ZLARDA URGU SO’Z MA’NOSINI FARQLASHI MUMKIN
⚡️akadémik (ot) – akademík (sifat)
⚡️botànik (ot) – botanìk (sifat)
⚡️bòg‘lar (fe’l) – bog‘làr (ot)
⚡️ètik (sifat) – etìk (ot)
gùllar (fe’l) – gullàr (ot)
hòzir (ravish) – hozìr (sifat)
krèdit (ot, kirim-chiqim yoziladigan daftarning o‘ng tomoni) – kredít (ot, mablag‘)
kundà (ot) – kúnda (ravish)
lírik (ot) – lirík (sifat)
lògik (ot) – logík (sifat)
mòda(ot, rasm, odat) – modà (ot, jonivorning urg‘ochisi)
🌟òlma(fe’l) – olmá(ot)
🌟òrgan (ot, tashkilot yoki a’zo) – orgán (ot, musiqa asbobi)
🌟qayísh (ot, taom yoki tasma) – qàyish (fe’l, harakat)
🌟qo’́llar (fe’l) – qo‘llár (ot)
🌟sinòptik (ot, ob-havoni kuzatuvchi) – sinoptík (sifat, ob-havo sharoitlariga oid)
💫sòya (ot, o‘simlik) – soyà (ot, ko‘lanka)
💫túgma (fe’l) – tugmá (ot)
💫xotìncha (ravish, xotinchasiga) – xotinchà (ot, kichkina xotin)
💫yángi(ravish) – yangí(sifat)
💫shahàrcha (ravish, shaharliklarga xos) – shaharchà (ot, kichik shahar)
💫chòg‘lar (fe’l, harakatga da’vat qilish) – chog‘làr (ot, damlar, paytlar)
💫chòra (ot, iloj) – chorà (ot,
#Ona_tili

⚠️ LEKSIKOLOGIYA ⚠️

SO‘ZNING ATASH MA’NOSI

So‘zlarning borliqdagi qanday narsa-hodisalar, belgi-xususiyatlar, harakat-holatlarni bildirishi uning atash ma’nosi sanaladi.

Faqat mustaqil so‘zlargina atash ma’nosiga ega bo‘ladi.
Olmoshlar bundan mustasno. Ular atash ma’nosiga ega bo‘lgan so‘zlarga ishora qiladi.

BIR MA’NOLI VA KO‘P MA’NOLI SO‘ZLAR

So‘zlar bir ma’noli va ko‘p ma’noli so‘zlarga bo‘linadi.
O‘n, Toshkent, Mirzacho‘l singari aniq bir ma’noni ifodalash uchun qo‘llanilgan so‘zlar bir ma’noli so‘zlar sanaladi.
Nutqiy jarayonda ikki va undan ortiq ma’noda qo‘llanuvchi so‘zlarga ko‘p ma’noli so‘zlar deyiladi.

SO‘ZNING O‘Z VA KO‘CHMA MA’NOLARI

So‘zlarning nutq jarayoniga bog‘liq bo‘lmagan atash ma’nosi o‘z ma’no sanaladi.
So‘zning nutqda boshqa so‘zlarga bog‘lanib hosil qiladigan yondosh ma’nosi ko‘chma ma’no hisoblanadi. M a s a l a n:
Odamning qulog‘i – o‘z ma’noda, qozonning qulog‘i – ko‘chma ma’noda.
O‘z va ko‘chma ma’no birikib, ko‘p ma’noli so‘zni hosil qiladi.
#ona_tili_vaqti

👩‍🏫👩‍💻QUYIDAGI SO’ZLARDA URGU SO’Z MA’NOSINI FARQLASHI MUMKIN
⚡️akade‌mik (ot) – akademi‌k (sifat)
⚡️bota‌nik (ot) – botani‌k (sifat)
⚡️bo‌g‘lar (fe’l) – bog‘la‌r (ot)
⚡️e‌tik (sifat) – eti‌k (ot)
gu‌llar (fe’l) – gulla‌r (ot)
ho‌zir (ravish) – hozi‌r (sifat)
kre‌dit (ot, kirim-chiqim yoziladigan daftarning o‘ng tomoni) – kredi‌t (ot, mablag‘)
kunda‌ (ot) – ku‌nda (ravish)
li‌rik (ot) – liri‌k (sifat)
lo‌gik (ot) – logi‌k (sifat)
mo‌da(ot, rasm, odat) – moda‌ (ot, jonivorning urg‘ochisi)
🌟o‌lma(fe’l) – olma‌(ot)
🌟o‌rgan (ot, tashkilot yoki a’zo) – orga‌n (ot, musiqa asbobi)
🌟qayi‌sh (ot, taom yoki tasma) – qa‌yish (fe’l, harakat)
🌟qo’‌llar (fe’l) – qo‘lla‌r (ot)
🌟sino‌ptik (ot, ob-havoni kuzatuvchi) – sinopti‌k (sifat, ob-havo sharoitlariga oid)
💫so‌ya (ot, o‘simlik) – soya‌ (ot, ko‘lanka)
💫tu‌gma (fe’l) – tugma‌ (ot)
💫xoti‌ncha (ravish, xotinchasiga) – xotincha‌ (ot, kichkina xotin)
💫ya‌ngi(ravish) – yangi‌(sifat)
💫shaha‌rcha (ravish, shaharliklarga xos) – shaharcha‌ (ot, kichik shahar)
💫cho‌g‘lar (fe’l, harakatga da’vat qilish) – chog‘la‌r (ot, damlar, paytlar)
💫cho‌ra (ot, iloj) – chora‌ (ot,
#Ona_tili

⚠️ LEKSIKOLOGIYA ⚠️

SO‘ZNING ATASH MA’NOSI

So‘zlarning borliqdagi qanday narsa-hodisalar, belgi-xususiyatlar, harakat-holatlarni bildirishi uning atash ma’nosi sanaladi.

Faqat mustaqil so‘zlargina atash ma’nosiga ega bo‘ladi.
Olmoshlar bundan mustasno. Ular atash ma’nosiga ega bo‘lgan so‘zlarga ishora qiladi.

BIR MA’NOLI VA KO‘P MA’NOLI SO‘ZLAR

So‘zlar bir ma’noli va ko‘p ma’noli so‘zlarga bo‘linadi.
O‘n, Toshkent, Mirzacho‘l singari aniq bir ma’noni ifodalash uchun qo‘llanilgan so‘zlar bir ma’noli so‘zlar sanaladi.
Nutqiy jarayonda ikki va undan ortiq ma’noda qo‘llanuvchi so‘zlarga ko‘p ma’noli so‘zlar deyiladi.

SO‘ZNING O‘Z VA KO‘CHMA MA’NOLARI

So‘zlarning nutq jarayoniga bog‘liq bo‘lmagan atash ma’nosi o‘z ma’no sanaladi.
So‘zning nutqda boshqa so‘zlarga bog‘lanib hosil qiladigan yondosh ma’nosi ko‘chma ma’no hisoblanadi. M a s a l a n:
Odamning qulog‘i – o‘z ma’noda, qozonning qulog‘i – ko‘chma ma’noda.
O‘z va ko‘chma ma’no birikib, ko‘p ma’noli so‘zni hosil qiladi.
#ona_tili_vaqti

Oʻxshash soʻroqlar

❗️Gap boʻlaklarida ham oʻxshash soʻroqlar bor. Masalan, toʻldiruvchi va holda:
👉 nima uchun? — hol
👉 nlma uchun? — toʻldiruvchi
Gapda ikkalasini ajratish qiyin emas:
👉 Otim uchun egar oldim — toʻldiruvchi
👉 Oʻqiganim uchun talaba boʻldim — hol
Oson yoʻli, hol boʻlganda "uchun"ni, -dan chiqish kelishigi bilan almashtirish mumkin, toʻldiruvchi boʻlganda esa yoʻq.
  Hol va  aniqlovchida:
👉 Tez(qanday) yugurdi — hol
👉 Yaxshi(qanday) odam — aniqlovchi
Farqi: Aniqlovchining feʼl bilan uncha oldi-berdisi yoʻq, hol esa apoq-chapoq. Demak qanday soʻrogʻi harakat-holat(feʼl)ning qandayligini koʻrsatayotgan boʻlsa demak u hol, aks holda aniqlovchi boʻladi. Taqqoslang:
👉U juda sekin oʻqiydi — hol
👉U beozor odam — aniqlovchi
Hol oʻz nomi bilan harakatning hol-ahvolini koʻrsatadi, aniqlovchi esa ot va otlashgan soʻzlarning belgisini yoki egasini aniqlaydi
#ona_tili

KO'CHIRMA GAPLARNI
O'ZLASHTIRMA GAPGA
AYLANTIRISH


Ko'chirma gap egasi — o'zlashtirma gapda qaratqich aniqlovchiga o'zgaradi.

Ko'chirma gap kesimi — o'zlashtirma gapda tushum kelishigidagi sifatdosh yoki harakat nomi bilan ifodalangan to'ldiruvchiga o'zgaradi.

🔁Muallif gapining kesimi vazifasidagi dedi so'zi aytdi so'ziga almashtiriladi.

🔚Muallif gapining egasi o'zlashtirma gap egasi bo'lib gap boshida keladi.

⤵️MASALAN:

"Mehmon keldi", — dedi ukam.
⬇️⬇️⬇️
🔰1. Ko'chirma gap egasi: mehmon

🔰2. Ko'chirma gap kesimi: keldi

🔰3. Muallif gapi kesimi: dedi

🔰4. Muallif gapi egasi: ukam.


‼️O'zlashtirma gapga aylatirilganda:

Ukam mehmoning kelganini aytdi.
⬇️⬇️⬇️
Bu gap quyidagicha ko'rinishda bo'ladi:
🔰1. O'zlashtirma gap egasi: ukam ( ko'chirma gapda muallif gapining egasi bo'lgan edi )

🔰2. O'zlashtirma gapning qaratqich aniqlovchisi: mehmonning ( ko'chirma gapning egasi bo'lgan edi )

🔰3. O'zlashtirma gapning vositasiz to'ldiruvchisi: kelganini ( ko'chirma gap kesimi bo'lgan edi ) Sabriya

🔰4. O'zlashtirma gapning kesimi: aytdi ( ko'chirma gapda muallif gapining egasi bo'lgan.
🌟🌟#Ona_tili_vaqti

🔥 OMONIM ASOSGA OMONIM QO’SHIMCHA QO’SHILISHI NATIJASIDA HOSIL BO’LGAN OMONIMLAR.


🔥🔥 1. Kechik ( fe’l ) – Kechik ( ot )
     1) kech ( ravish ) + ik ( so’z yasovchi) = kechik ( fe’l: darsga kechik );
     2) kech ( fe’l ) + ik ( so’z yasovchi ) = kechik ( daryoning kechigi );

🔥🔥 2. Tildir ( fe’l ) – Tildir ( ot )
     1) til ( fe’l ) + dir ( orttirma nisbat – lug’aviy shakl yasovchi ) = tildir ( fe’l: yuragingni bevafoga  tildir );
     2) til ( ot ) + dir ( kesimlik shakli – bog’lama – sintaktik shakl yasovchi ) = tildir ( ot: insonlar o’rtasidagi aloqa vositasi tildir );

🔥🔥 3. Terim ( ot ) – Terim ( ot )
     1) ter ( fe’l ) + im ( so’z yasovchi ) = terim ( ot: paxta terimi boshlandi );
     2) ter ( ot ) + im ( egalik qo’shimchasi – sintaktik shakl yasovchi ) = terim ( ot: issiqdan terim suv kabi oqdi)   

https://t.me/osonmavzuonatili
#ona_tili

♻️ALOHIDA SO‘Z TURKUMLARI

Ma’noviy xususiyatlari.

📌 So‘zlovchining bildirgan fikriga qo‘­shimcha munosabatini ifodalovchi so‘z guruhi modal dеyiladi. Bu so‘zlar sirasi tabiatiga ko‘ra 2 ga bo‘linadi:

1) sof modal so‘z: albatta, chamasi, aftidan, tabiiy, mazmuni, ehtimol;

2) modal ma’noli so‘z: bor, yo‘q, kеrak, darkor, zarur, lozim, mumkin, iborat.

Modal boshqa turkumlardan o‘sib chiqib, alohida bir guruhni hosil qilgan:

1) otdan: ehtimol, chog‘i, chamasi, mayli, go‘rga/go‘r, mazmuni, haqiqatdan, haqiqatda, darhaqiqat, darvoqе, filhaqiqat, aslida, aftidan, xayriyat, vassalom;

2) sifatdan: shubhasiz, shеkilli, rost/rosti, to‘g‘ri/to‘g‘risi/ to‘g‘rirog‘i, so‘zsiz, tabiiy/tabiiyki, ma’lumki, muhaqqaq, ochig‘i;

3) ravishdan: albatta, rostdan, chindan, avvalo, zotan, umu­­man;

4) bog‘lovchidan: balki;

5) olmoshdan: o‘z­-o‘zidan, har qalay;

6) fе’ldan: kеl/kеling, qo‘y/qo‘ying/qo‘yingki, hoynahoy, dеmak, dеylik, olaylik;

7) sintaktik birlikdan: har holda, haytovur, ishqilib, bari bir, nafsilambiriga.

♻️Ma’no turlari. Sof modal ifodalaydigan ma’nosiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi:

🔹1) fikrning aniqligini bildiradigan modal: darhaqiqat, darvoqе, haqiqatan/haqiqatdan (ham), rost, to‘g‘ri/to‘g‘risi, rostdan, chindan;

🔹2) fikrning noaniqligini bildiruvchi modal: balki, ehtimol, chamasi, aftidan, mazmuni.

🟣 Morfologik xususiyatlari:

1) o‘zgarmasligi;
2) ma’noli qismga ajralmasligi.

🟣 Sintaktik vazifasi. Modal gap bo‘lagi bilan sintaktik aloqaga kirishmaydi.

🌀Sof modal:

1) kirish so‘z: 1. Bu, shubhasiz, bizning yutug‘imiz. 2. Tabiiy, bir kun oldin ekkan hafta burun o‘radi. 3. Balki, bu biz bilmagan yangi elеmеntdir.

2) so‘z­-gap:

– Bеmorni kasalxonaga yotqizish kеrakmi?
– Albatta.
– Majlis bir soatda tugarmikin?
– Ehtimol.

📌Modal ma’noli so‘zlar:

1) kеsim: Kitob bor. Daftar yo‘q;
2) kеsimning tarkibiy qismi: Bugun borishim kеrak. Kitobning kеragi yo‘q;
3) sifatlovchi­-aniqlovchi: Yo‘q narsani yo‘ndirib bo‘lmaydi.

📌 Otlashsa: bor, yo‘q, kеrak so‘zlari otning sintaktik vazifasini bajaradi: Bor maqtansa topilar, yo‘q maqtansa chopi­lar.
@QIZIQARLI_ONA_TILII kanali
#ona_tili_vaqti
📒📒📒URG'U HAQIDA📒📒📒

❗️❗️So'z tarkibidagi biror bo'g'inning yoki gapdagi so'zlardan birining boshqalariga nisbatan kuchliroq, cho'ziqroq aytilishiga urg'u deyiladi: Bola', bolalar.

Urg'u ikki xil bo'ladi:
•gap urg'usi
•so'z urg'usi.

Gap urg'usi-ma'no urg'usi yoki mantiqiy urg'u(LOGIK FRAZAVIY URG'U) ham deyiladi. Gapda so'zlovchining e'tibori qaratilgan bo'lak kesim oldida joylashadi va mantiqiy urg'u oladi: Kesimdan oldin kelgan bo'lak gap urg'usini oladi. Mustasno holatlar:

1. Undaimali gaplarda gap urg'usini UNDALMA oladi. M: ANVAR menga qarab yubor
. 2. uratilgan bolakli gaplarda Gap urg'usini ajratilgan bo'lak oladi.
3.Gap urg'usini so'roq olmoshi oladi. M. Kim darsga kelmadi?



Kecha Samarqanddan Toshkentga samolyotda bordim


Men Samarqanddan Moskvaga samolyotda kecha keldim - payt holi mantiqiy urg'u olgan.

Men Samarqanddan samolyotda keldim - to'ldiruvchi mantiqiy urg'u olgan.

So'z urgusi-so'zdagi bo'g'inlardan biriga tushadi. O'zbek tilida asosan so'z urg'usi oxirgi bo'g'inda bo'ladi: qala'm-qalamdón.
-qalamdondà. Urg'u so'zning o'zbekcha yoki chetdan o'zlashgan ekanini anglatuvchi grammatik ma'no turidir. Chunki o'zbek tiliga arab, fors-tojik, rus va boshqa yevropa tillaridan o'zlashgan so'zlarda urg'u barqaror o'ringa ega. Bu urg'uning o'sha tillardagi ahamiyati bilan bog'liqdir. Masalan: albá tta, afsù ski, astronò miya, antè nna, á tom, á rmiya, aviá tsiya, auditò riya, á mmo, á slo, do imo, dotsent, è htimol,gazè ta, hami sha, há tto, konstitù tsiya, lè kin, matematika, muhi m, muni s, ò braz, pá rta, pò yezd, programma, respù blika, rù chka, zè ro (bog'lovchi), vodorò d, va h.k.

Quyidagi hollarda urg'u so'z oxiriga tushmaydi:

1. -ma - fe'lning bo'lishsiz shakli qo'shimchasi urg'u olmaydi.

M:: borma, qarama. Lekin-ma

Sifat va ot yasovchi bo'lganda urg'u oladi: tortma (ot):

yig'ma (sifat).

2 -man, -san, -miz, -siz-fe'lning shaxs-son qo'shimchalari urg'u olmaydi: boraman, bormayman. Lekin-siz so'z yasovchi qo'shimchasi urg'u oladi (asosdan anglashilgan narsaga ega bo'lmaganlik ma'nosida): mevasiz, odobsiz, gulsi'z

3. -cha-day, -dek- ravish yasovchi qo'shimchalari urg'u olmaydi: ruscha, qishloqcha, muzday, birdek. Lekin-cha-otlarda kichraytirish, erkalatish qo'shimchasi urg'u oladi: qishloqcha

(ot), qishloqcha (ravish).

4. Qo'shimcha-yuklamalar urg'u olmaydi: bugunoq, senmi, senchi. Jumladan, -ku, -da, -gina, -oq, -yoq, -mi, -chi yuklamalari urg'u olmaydi. Lekin-gina otlardagi erkalatish qo'shimchasi urg'u oladi: qizgina (yuklama), qizgina (ot). Qizimgina (chegaralasa, urg'u olmaydi), qizginam(erkalash ma'nosi bo'lsa,urg'u oladi)
5. Sonlardagi ma'no turlarini yasovchi qo'shimchalar urg'u olmaydi: beshta, ikkov, ikkovlon, o'ninchi, beshtacha,to'rttadan, oltita. 6. Ayrim olmoshlarda urg'u oxiriga tushmaydi: hämma, jami, yaIpi, ba ri, ba'zi
7. Ayrim ravishlarda urg'u oxiriga tushmaydi: hamisha, aslo,tezda, qahramonlarcha, asosan, taxminan, vijdonan. 8. Ayrim bog'lovchilarda: ammo, chunki, toki, zero, lekin, garchi. 9. Ill-shaxs buyruq-istak mayli fe'llarida ham urg'u oxiriga tushmaydi: o'qi, qara, kelsin, o'qisin. 10. Fe'l yasovchi -la qo' shimchasi 'R' QO'SHIMCHASI (gul+la+r) urg'u olmaydi.

11. So'roq olmoshiga qo'shiluvchi-dir urg'u olmaydi (kim+dir)

12 Komakchi(bilan, uchun, kabi, singari)lar urg'u olmaydi. Urg'u ko'makchidan oldin kelgan so'zning oxirgi bo'g'iniga tushadi: M: sen bilan, hayoti uchun

So'z urg'usining vazifalari:

1.So'zdagi bo'g'inlardan biriga tushadi, urg'uli bo'g'in boshqalariga nisbatan kuchliroq, cho'ziqroq talaffuz qilinadi.

2.Shakldosh so'zlarda ma'no farqlash vazifasini bajaradi bunda shakldosh (omonim) so zlarda urg'u yordamida ma'no farqlanadi:

Hozir keldi (payt ma'nosida qachon keldi?) Hozir bo'ldi (tayyor,

shay ma'nosida), boglar (ot) boglar (tel),

kunda kelmoq (ravish), kunda toblanmoq (ot).

3. So'zning fonetik tarkibini uyushtirish
Juma  muborak boʻlsin
https://t.me/osonmavzuonatili
#Ona_tili_vaqti

O'zbek tilida xatoliklar asosan 4 turga bo'linadi:
1. Imloviy.
2. Punktuatsion.
3. Paronimlik (so'z qo'llash bilan bog'liq uslubiy xatolik).
4. Kelishiklarni noto'g'ri qo'llash bilan bog'liq uslubiy xatolik.

Keling, ularga birma-bir to'xtalib o'tamiz.
1. 👉Imloviy xato - ko'pchilikka ayonki, noto'g'ri yozilgan so'zlar imloviy xatoliklar sirasiga kiradi. Masalan, ilim, mexr va hokazo.
2. 👉Punktuatsion xato deyilganda 10 ta tinish belgi bilan bog'liq bo'lgan xatoliklar tushuniladi. Masalan, Bizning qarorimiz shu, hasharda hamma faol qatnashsin. Yuqoridagi gapda shu ko'rsatish olmoshidan keyin ikki nuqta qo'yilishi kerak.
3. 👉Paronimlik (so'z qo'llash bilan bog'liq uslubiy xatolik) esa bir so'z o'rnida shu so'z talaffuz va imlo jihatdan yaqin bo'lgan boshqa so'zni qo'llash tushuniladi. Masalan, Men kecha soat 22:00 da uhladim. Ushbu gapda uhlamoq(uh demoq)  va uxlamoq(yotib dam olmoq)  so'zlarining ma'nosini ziyrak abituriyent allaqachon anglagan bo'lsa kerak.
4. 👉 Qo'shimchalarni noto'g'ri qo'llash bilan bog'liq uslubiy xatolik so'zlashuv uslubida juda keng tarqalgan. Masalan, Oyimlar uyga o'tiribdilar gapini aslida Oyimlar uyda o'tiribdilar tarzida ishlatish maqsadga muvofiq. Yoki buxoroli yigit birikmasini buxorolik yigit tarzida qo'llashimiz kerak.
❗️❗️❗️Testlarda mana shu jihatlarga asosiy e'tibor berishimiz kerak.
Ayrim testlarda paronimlik xatolik, ayrim testlarda imloviy xatolik, ayrim testlarda esa punktuatsion xatolik so'raladi. Ayrim testlarda ham imloviy, ham punktuatsion xatolik so'raladi. Masalan, uning hayoli kimda ekanligini bilmayman gapini ko'pchilik abituriyentlar e'tiborsizlik natijasida imloviy xatolik deb o'ylashadi.(Ayrim o'quvchilarimdan nega bu tarzda javob berdingiz deb so'rasam, -Ustoz xayoli so'zi xato yozilgan-ku deya javob berishadi).
Aslida o'y ma'nosida chuqur til orqa yozilishi to'g'ri. AMMO SHUNI YODDA TUTISHIMIZ KERAKKI, IMLOVIY XATOLIKKA HISOBLASHIMIZ UCHUN, O'ZBEK TILIDA SIZ IMLOVIY XATO DEB HISOBLAYOTGAN SO'ZNING YOZILISHI UMUMAN MAVJUD BO'LMASLIGI LOZIM. Vaholanki, hayoli (ibo, iffat) so'zining yozilish holati (garchi ma'nosi to'g'ri kelmasa ham) mavjud. Shuning uchun bu so'z paronimlarni xato qo'llash bilan bog'liq uslubiy xatolik sirasiga kiradi.
Ukam sher yodlash maxsadida kitob sotib oldi gapida ham imloviy xatolik, ham punktuatsion xatolik mavjud.
Men ilim olishga qiziqaman gapi esa ilim so'zi imloviy xatolik sirasiga kiradi, boisi ilim degan so'zning yozilish holati o'zbek tilida uchramaydi.
https://t.me/osonmavzuonatili
#ona_tili_qisqacha

📌-dir qo‘shimchasining xususiyatlari:

👉agar -dir so‘roq olmoshi bilan qo‘llansa u holda gumon olmoshi hisoblanadi:

Kimdir , nimadir, qandaydir.


👉agar so‘roq olmoshiga emas fe’llarga qo‘shilsa gumon yuklamasi, borgandir, kelgandir kabi

👉agar fe’l bo‘lmagan so‘zlarga qo‘shilib gapning oxirida kelsa, bog‘lama vazifasini bajaradi: Dunyoda eng vafodor do‘st -onadir;
Akam talabadir

👉fe’l asosidan keyin kelib, boshqa shaxs yoki narsa tomonidan bajarilgan harakat yoki holatni bildirib kelsa orttirma nisbat shakli ma’nosida keladi: kuldirdi, yozdirdi

❗️❗️-dir shakli faqat nisbat ma‘noaida kelsa urg‘u oladi, boshqa holatlarda urg‘u olmaydi!
https://t.me/osonmavzuonatili
#ona tili

📌"​Har" olmoshi va -lar

Har olmoshidan keyingi ot yoki feʼlni koʻplikda qoʻllash holatlari uchrab turadi. Bu, albatta, xato. Oʻzbek tili tabiatiga zid.

Har olmoshi zamirida koʻplik maʼnosi boʻlsa-da, aniq shaxs yoki narsa-buyumni alohidalab, belgilab koʻrsatadi. Bunda undan keyingi ot ham, feʼl ham birlikda boʻlishi kerak:

Har bir kishi buni bilishi kerak.
Har bir kishilar buni bilishlari kerak.

Baʼzan har soʻzi oʻzidan keyingi ot bilan birga umumiylikni ifodalaydi. Bunda ot birlikda ham, koʻplikda ham kelishi mumkin:

Har narsani gapiraverma!
Har narsalarni gapiraverma!

Lekin bu shakl asosan ogʻzaki tilga xos va kamdan kam uchraydi.

📌 Demak:

Tadbirda har bir oʻquvchi qatnashdi.
Tadbirda har bir oʻquvchilar qatnashdilar
Tadbirda har bir oʻquvchilar qatnashdi
Tadbirda har bir oʻquvchi qatnashdilar