MILLIY TESTGA VA ATTESTATSIYAGA TAYYORGARLIK.O'ZBEK TILI VA ADABIYOTI
1.14K subscribers
6.29K photos
1.19K videos
4.71K files
3.73K links
#DTM testlari kalitlari
#Yangi darsliklar asosidagi testlar
#Attestatsiyaga oid barcha yangiliklar
#Ta'lim-tarbiyaga oid reklamalar bizning kanalda
Download Telegram
📌Ismlar – egalik, kelishik qo‘shimchalari bilan o‘zgarish xususiyatiga ega bo‘lgan so‘zlar

📌Lug‘aviy shakl – ismlarning ko‘plik, kichraytirish-erkalash, qiyoslash ma’nolarini bildiruvchi qo‘shimchalarga ega bo‘lgan shakli
munosabat shakli – ismlarning egalik, kelishik, -man, -miz, -san, -siz, -dir qo‘shimchalariga ega bo‘lgan shakli.

📌Egalik qo‘shimchalari – ismlarga qo‘shilib, asos qismda ifodalangan narsa, belgi-xususiyat, harakat-holatlarning uch shaxsdan
biriga qarashliligini bildirgan qo‘shimchalar

📌Kelishik shakllari – ismlarni boshqa so‘zlarga tobelantirib bog‘lash uchun xizmat qiluvchi shakllar

📌Turlanish – ismlarning egalik qo‘shimchalari bilan shaxs va sonda hamda kelishik qo‘shimchalari bilan o‘zgarishi
▫️qaratqich – qaratqich kelishigi shaklidagi so‘z
▫️qaralmish – qaratqich bog‘lanib kelgan so‘z
https://t.me/osonmavzuonatili
🔰TALAFFUZDA RO'Y BERADIGAN TOVUSH ORTISH HODISALARI🔰

🖍 PROTEZA-so'z boshida tovush ortishi.
Stol=istol, stul=istul, stakan=istakan

🖍 EPENTEZA-so'z o'rtasida tovush ortishi.
Traktor=tiraktor, fikr=fikir, hukm=hukum,uzr=uzur, oila=oyila, soat=soxat, sinf=sinif.

🖍EPITEZA-so'z oxirida tovush ortishi.
Tank=tanka, bank=banka, disk=diska

🖍PROKOPA-bunda so'z boshida ba'zan unli yoki undosh tovush tushib qoladi.
Yog'och-og'och, tirik-irik.

🖍 SINKOPA-bu hodisa asosan o'zlashma so'zlar talaffuzi jarayonida yuzaga kelib, so'z o'rtasi va oxiridagi keng unlilar tor unlilar kabi talaffuz qilinadi.
Traktor-traktir, direktor-direktir, doktor-duxtir.

🖍ANAKOPA-so'z o'zagidagi oxirgi unli yoki undoshning tushish hodisasidir.
Do'st-do's, go'sht-go'sh, gazeta-gazet, smena-smen.

🖍ELIZIYA-unli bilan tugaydigan va unli bilan boshlandigan ikki so'zning qo'shilishi natijasida unli tovushdan birining tushib qolish hodisasidir.
❇️Bunda bir necha holat kuzatiladi:
a) Birinchi so'z oxiridagi unli tushib qoladi.
🖇Yoza olmoq-yozolmoq
🖇Bera olmoq-berolmoq
b) Unli bilan boshlanuvchi ikkinchi so'zning bosh unlisi tushadi.
🖇Borar ekan-borarkan
🖇Borar emish-borarmish
🖇Borar edi-borardi
c)So'zlar tarkibida bir yo'la ham unli, ham undosh tovushlarning tushib qishi ELIZIYAning murakkab shaklini yuzaga keltiradi.
🖇Abdusalom-Absalom,
🖇Olib kel-opke.

🖍 REDUKTSIYA-so'zning birinchi bo'g'inida biror unlining, odatda tor unlining kuchsiz talaffuz etilish hodisasi.
Pishiq, pishak, qiliq

❇️Ba'zan so'zga biror affiks qo'shilishi natijasida, o'zakdagi tor unli kuchsizlanib, tushib qolishi ham mumkin.
🖇Burun-burni
🖇O'g'il-o'g'li
🖇Singil-singlim

🖍 SANDXI HODISASI-fe'llar bilan bog'lamalarning ixchamlashuvi(birikuvi) natijasida tovush tushishi.
Ishlar+edi=ishlardi
Borgan+emish=borganmish
Borar+
ekan=borarkan
https://t.me/osonmavzuonatili
🔘iboraning ichki uzvi - ibora tarkibidagi so'zlar
🔘iboraning tashqi uzvi - asl ma'nosi

🔰Iboralarning shakl va ma'no munosabatiga ko'ra turlari :
Sinonim iboralar
Antonim iboralar
Omonim iboralar
Paronim iboralar

🔰SINONIM IBORALAR
💢1.ipidan ignasigacha - miridan sirigacha - qilidan quyrug'igacha
💢2.Asabiga tegmoq - g'ashini keltirmoq - jahlini chiqarmoq
💢3.To'ydan oldin nog'ora chalmoq - podadan avval chang chiqarmoq
💢4.Boshida danak chaqmoq - boshida yong'oq chaqmoq
💢5.Hash-pash deguncha - ko'z ochib yumguncha
💢6.Ikki oyog'ini bir etikka tiqib olmoq - oyog'ini tiramoq
💢7.Do'ppisi yarimta - dunyoni suv bossa to'pig'iga chiqmaydi
💢8.Dimog'i shishmoq - burni ko'tarilib qolmoq
💢9.Boshi ko'kka yetmoq - do'ppisini osmonga otmoq - og'zi qulog'ida - og'zining tanobi qochmoq - qo'yi mingga yetmoq - terisiga sig'may ketmoq
💢10.Og'ziga tolqon solmoq - mum tishlamoq - og'iz ochmaslik - og'zida qatiq ivitmoq
💢11.Sariq chaqalik - bir pullik

🔰ANTONIM IBORALAR
💢Qo'y og'zidan cho'p olmagan - yerga ursa ko'kka sapchiydi
💢Qo'li uzun - qo'li kalta
💢Oqko'ngil - ichi qora
💢Qo'li ochiq - qishda qor bermas, yuvundisini itga bermas
💢Dunyoga kelmoq - dunyodan ketmoq
💢Tili uzun - tili kalta

🔰Paronim iboralar - tarkibidagi bir so'z va ma'no jihatidan farq qiluvchi frazalar.
💢Yuragi tars yorildi - yuragi qoq yorila yozdi
💢Payiga tushmoq - payini qirqmoq
💢Yetti uxlab tushida ko'rmaslik - yetti uxlab tushiga kirmaslik
💢Ep ko'rmaslik - ep bilmaslik

🔰OMONIM IBORALAR

Ko'z yummoq - indamaslik
Ko'z yummoq - vafot etmoq
🟢So'z birikmasi - charchaganidan ko'z yumib oldi
Boshiga ko'tardi - shovqin soldi
Boshiga ko'tardi - E'zozlamoq
🟢So'z birikmasi - ukasini boshiga ko'tardi
Bosh ko'tarmoq - o'smoq, unmoq
Bosh ko'tarmoq - isyon qilmoq
🟢So'z birikmasi - yostiqdan bosh ko'tardi
Boshini yemoq - halok qilmoq
Boshini yemoq - ko'p meva qilmoq
🟢So'z birikmasi - mevaning boshini yedi
Gap tegmoq - So'kish eshitmoq
Gap tegmoq - navbat tegmoq
Gapida turmoq - va'dasini bajarmoq
Gapida turmoq - qaysarlik qilmoq
Iziga tushmoq - zimdan ta'qib qilmoq
Iziga tushmoq - yaxshilanmoq
Ichagi uzildi - kuldi
Ichagi uzildi - och qolmoq, ochiqmoq
🔘Jon bermoq - astoydil, fidoyi bo'lmoq
🔘Jon bermoq - vafot etmoq
💥Joni bor - tirik
💥Joni bor - asosli, daliliy, haq gap
💫Joni chiqmoq - asabiylashmoq
💫Joni chiqmoq - o'lmoq
💣Ko'nglini ochmoq - xursand bo'lmoq
💣Ko'nglini ochmoq - dardini aytmoq
🚀Ko'ngli bo'shadi - yig'ladi
🚀Ko'ngli bo'shadi - xo'rligi keldi
🌈Qo'l ko'tarmoq - urmoq
🌈Qo'l ko'tarmoq - ovoz bermoq
🌈Qo'l ko'tarmoq - taslim bo'lmoq
🔥Ustidan chiqmoq - bajarmoq
🔥Ustidan chiqmoq - duch kelmoq
O'ng kelmoq - Chin bo'lmoq, amalga oshmoq
O'ng kelmoq - qulay, foyda
🌀So'z bermoq - va'da
🌀So'z bermoq - navbat
💧Og'zini ochmoq - gapirmoq
💧Og'zini ochmoq - hayron qoldirmoq
🗯Yuragini yormoq - dardini aytmoq
🗯Yuragini yormoq - qo'rqitmoq
🧑‍🏫O'tib ketmoq - ta'sir qilmoq
🧑‍🏫O'tib ketmoq - vafot etmoq
🟢So'z birikmasi - ortda qoldirmoq
https://t.me/osonmavzuonatili
⚡️ Attestatsiyaning 2 ta bosqichi ham bir vaqtda kompyuterda amalga oshiriladi

Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun attestatsiyaning birinchi bosqichida – pedagogning mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasini aniqlash maqsadida 40 ta test topshirig‘i beriladi.

Har bir to‘g‘ri bajarilgan test topshirig‘i 2 ball bilan baholanib, test sinovlari uchun jami 80 ball beriladi.

Ikkinchi bosqichda – pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida ilg‘or pedagogik uslub va texnologiyalarni (“sase study” uslubi, loyihalar uslubi, hamkorlikda o‘qitish, “amaliy o‘yin”, interfaol taʼlim uslubi va boshqalar) qo‘llash bo‘yicha 10 ta topshiriq beriladi.

Bunda har bir to‘g‘ri berilgan javob 2 ball bilan baholanib, jami 20 ball beriladi. Har ikkala bosqich ham bir vaqtda kompyuter dasturlari orqali amalga oshiriladi
https://t.me/osonmavzuonatili