Oshigʻingman Robbim
1 subscriber
86 photos
5 videos
98 links
Robbim butkul oshiqman
Borligʻimsan
Mehribonimsan
Yagonamsan
Suyanchigʻimsan
Koʻrguvchim
Eshitguvchim
Tushunguvchimsan
Download Telegram
Robbim, qalbimdagi ishqga yolgʻiz Oʻzing guvohsan… Bu bandangga boʻlgan ishqni Sen menga berding… Sen Oʻzing meni hammadan yaxshi tushunasan.

Robbim, qalbingning xastaligiga aylangan bu ishqni, qalblarga shifo boʻlgan Oʻzingni ishqing bilan davola…

Yolvorib soʻrayman roziman qalbimdan bu ishqni chiqarib yubor...
Robbiyim
Robbiiiiiiiim
Yaaa Robbim
Menga sezdirmay ozor bermay qalbimdan asta chiqarib yubor
👍1
Robbim, U tavbalar ila meni tashlab Senga qaytdi. Men tavbalar qilsamda, yana unga qaytyapman. Oxirgi soʻngisi deyapmanu, yutqazib boryapman. Senga ulugʻ qabul tavba bilan qayta olmayapman.
Robbim, U Sen bergan ilm ila quvvatga toʻlib Sen tomon bormoqda. Men esa hissiyotlarga yengilib, Sen tomon qadam bosolmayapman. U mening qalbimni ilm va hayot yoʻlidagi ulugʻ sinoviga aylandi. Holatlar oʻzgarishi qalbni oʻzgartirmadi.

Robbim, Uni tavba ila rizqlantirib Oʻzingga qaytarganing, va ilm berib Oʻzingga yaqinlashtirib qalbini quvvatga toʻldirganing kabi Meni ham Oʻzing tomon bur…!

Allohim, bilasanki maqsadlarim ulkan… Ilm olmogʻim, bermogʻim Sening yoʻlingda xizmat qilmogʻim lozim… Iltimos Robbim menga yordam ber… Qalbimni ruhimni Oʻzingga bogʻla…

https://t.me/oshigingman_Robbim
Robbim, Sen har narsaga qodirsanki…qalbga Sen solganingni hech kim chiqara olmas, Sen chiqarganingni hech kim sola olmas…
Yaa Robbim, mening qalbimdan Sening ishqingdan meni uzoqlashtirayotgan har qanday muhabbatni chiqarib yubor…!

https://t.me/oshigingman_Robbim
Allohim, iltimos yonimda boʻl… yolgʻiz qoldirma… Butkul qutulay bu tuygʻudan… qayta chalinmayin bu xastalikka… iltimos Robbim…
Robbiyim, mening Robbiyim… Goʻzal Robbiyim… Menga bir nazar solgin… Senga ne qadar muhtoj ekanligimga bir bora nazar solgin…menga shuning oʻzi kifoya…bir Nazaringni oʻzi kifoya…

Robbiyim meni…meni Robbiyim, bu dunyoda ilm yoki tarki dunyo ila Senga yeta olmas ekanman. Dunyoni meni Sendan ayirgan firoq deya atadim…Oʻlimni visol deya nomlab, firoqga sabr ektmoqqa qaror qildim…Visolingga tezroq yetmoq tiladim…

Robbiyim, bu olam ichra Sendan oʻzga kimga kelaman. Insonlar ichra sukut qilib Senga kelib soʻzlarman… Ular ichra kulib turib, Senga kelib yigʻlayman… Ular ichra magʻrur turib Senga kelib taslim boʻlarman… Robbiyim meni Seni juda juda sogʻinarman…
Seni Robbiyim Seni juda sogʻindim……….
Robbim, yiqildimki turolmayapman o‘zimga o‘zim o‘ralashib qoldim...
Robbim, meni ham chaqirsayding Baytingga... hammasin tashlab ketardim huzuringga...
Robbiyim, bir jon bir jonni shunday suyishi ham mumkinmi...?
Nega bunchalik og‘ir...
Robbiyim, men batamom yutkazdim... meni bag‘ringga ol iltimos...
Men kichkinaman Robbiyim kichkina... meni ham olib ket oldingga...
Robbiyim, borliqdagi barcha meni Senga itaradi...
Sendan boshqa hech kimim yoʻqligini eslatadi. Allohim, qalblai xasta bandang Oʻzingni shifoyingga muhtoj. Meni qabul et. Iltimos...
Robbim
Yordam ber Allohim
Robbim, tòkilib ketyapman. Tòkilib ketyapman Allohim. Hammasi qachon tugarkina...
Qalbim, Ruhim xatto jismim ham charchadi...
Allohim Senga zaifligimdan, qorqoqligimdan shikoyat qilaman...
Allohim meni Òzingga qaytar. Qaytargingki boshqa Òzingdan ketmay... Meni Òzing bilan shu qadar mashģul etki, insonlarning sòzlariyu amallari menga ozor yetkazmasin...

https://t.me/oshigingman_Robbim