Qur'on qalblarga shifo
1 subscriber
2 videos
Qur'onni nafaqat yodlash, balki amalda foydalanish ham zarur
Download Telegram
Channel created
#Bismillah
بِسْمِ ٱللَّٰهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Тафсири Ҳилол

Фатҳ сураси

٤. هُوَ ٱلَّذِىٓ أَنزَلَ ٱلسَّكِينَةَ فِى قُلُوبِ ٱلْمُؤْمِنِينَ لِيَزْدَادُوٓا۟ إِيمَٰنًا مَّعَ إِيمَٰنِهِمْ وَلِلَّهِ جُنُودُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَكَانَ ٱللَّهُ عَلِيمًا حَكِيمًا

4. У иймонларига иймон зиёда бўлиши учун мўминлар қалбига сокинликни нозил этган Зотдир. Ва осмонлару ернинг лашкари Аллоҳникидир. Ва Аллоҳ билувчи ва ҳикматли Зотдир.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Тафсири Ҳилол

Анфол сураси

٢. إِنَّمَا ٱلْمُؤْمِنُونَ ٱلَّذِينَ إِذَا ذُكِرَ ٱللَّهُ وَجِلَتْ قُلُوبُهُمْ وَإِذَا تُلِيَتْ عَلَيْهِمْ ءَايَٰتُهُۥ زَادَتْهُمْ إِيمَٰنًا وَعَلَىٰ رَبِّهِمْ يَتَوَكَّلُونَ

2. Албатта, Аллоҳ зикр қилинса, қалблари титрагувчи, оятлари тиловат этилса, иймонларини зиёда қилгувчи ва Роббларига таваккул қилгувчиларгина мўминлардир.
Assalomu alaykum

Bu kanal ochilishidagi niyyatim, turli xil tashvishlar bilan band boʻlgan hayotimizda oz boʻlsada ilohiy kitob "Qur'on" uchun vaqt ajratish, uni nafaqat chiroyli ohangda oʻqish, balki, ma'nolarini tushungan holda uni hayotimizga tadbiq etishdan iborat.

Albatta, bu ish barchamizga manfaatli boʻladi deb oʻylayman.
#diqqat!
InshaAlloh, bu yerda hech qanday noqonuniy ma'lumotlar, umuman olganda taqiqlangan hech bir narsa uzatilmaydi.

Bu kanalda hozircha faqat shayx Muhammadsodiq Muhammadyusuf hazratlari tomonidan yozilgan "Tafsiri hilol" asaridan olingan oyatlar tafsiri berib boriladi.
#reja
InshaAlloh, har kuni bir oyatning tafsirini oʻrganish.
Ulug' oyda boshlayotgan bu ishimizni, O'zi bardavom va manfaatli aylasin
1-sura Fotiha surasi
#Fotiha


Makkada nozil bo‘lgan. 7 oyatdan iborat.

Bu suraning bir necha nomi bo‘lib, shulardan biri «Fotiha», ya'ni «ochuvchi» deganidir. Zero, Qur'oni Karim ushbu sura ila ochiladi. «Fotiha» surasi juda ham fazilatli sura bo‘lib, bu haqda bir qancha rivoyatlar keltirilgan.

Imom Ahmad ibn Hanbal rivoyat qilgan hadisi sharifda:

«Ubay ibn Ka'b Payg‘ambar alayhissalom huzurlarida «Fotiha» surasini o‘qidilar, shunda hazrat:

«Mening jonim tasarrufida bo‘lgan Zot bilan qasam ichamanki, Tavrotda ham, Injilda ham, Zaburda ham, Furqonda (Qur'onda) ham bunga o‘xshash tushirilmagan», dedilar.

#Tafsiri_Hilol
«Fotiha» surasi oyatlarining tafsiriga kirishishdan oldin, Qur'oni Karimga oid eng mashhur ikki istiloh: oyat va sura so‘zlarining lug‘aviy va istilohiy ma'nolari ila tanishib olsak, maqsadga muvofiq bo‘ladi.

«Oyat» so‘zining bir necha lug‘aviy ma'nosi bor:

1. «Mo‘jiza».

Alloh taolo «Baqara» surasida: «Bani Isroildan so‘ragin, Biz ularga qancha ochiq-oydin oyat – mo‘jiza bergan emasmiz», degan.

2. «Belgi-alomat».

Alloh taolo «Baqara» surasida: «Albatta, uning mulkining oyat-belgisi, sizlarga Robbingizdan ichida sakina bor tobut kelishidir», degan.

3. «Ibrat».

Alloh taolo «Baqara» surasida: «Albatta, bunda oyat – ibrat bordir», degan.

4. «Ajoyib ish».

Alloh taolo «Mu'minun» surasida: «Va Biz Ibn Maryamni va uning onasini oyat – ajoyib ish qildik», degan.

5. «Burhon, dalil».

Alloh taolo «Rum» surasida: «Osmonlaru yerning yaratilishi va tillaringizu ranglaringizning turli bo‘lishi Uning oyat-dalillaridandir», degan.

6. «Jamoat».

Arabiy tilida, qavm o‘zining oyati, ya'ni jamoasi bilan chiqdi, degan gap bor.

7. Qur'on oyati.

Ulamolar istilohida esa oyat deb Qur'on surasi tarkibiga kirgan, boshlanishi va tugashi belgili so‘zlar toifasiga aytiladi.

Shu bilan birga, Qur'oni Karimning har bir oyati yuqoridagi lug‘aviy ma'nolarni o‘z ichiga olgan bo‘ladi. Ha, Qur'oni Karimning har bir oyati mo‘jiza, ibrat, ajoyib ish, belgi-alomat, harf va so‘zlar jamoasi va Alloh taoloning qudrati dalilidir.

Qur'oni Karimning har bir oyati, uning avvali va oxiri haqidagi ilmi Alloh taolodan Jabroil alayhissalom o‘rgangan. U kishidan Payg‘ambar alayhissalom, u zotdan esa musulmonlar o‘rganganlar.

Qur'oni Karimdagi eng qisqa oyat «Ya Sin» bo‘lib, ikki harfdan iboratdir.

Eng uzun oyat esa «Baqara» surasidagi «Qarz oldi-berdi» oyati (283-oyat) dir.

Oyatlarni bir-biridan ajrata bilish, ularning boshlanish va tugash joylarini anglab yetish ma'nolarini yaxshi tushunib yetishga va boshqa bir qancha ishlarda yordam beradi.

Qur'oni Karimda oyat so‘zi ko‘plab takrorlangan. Oyat so‘zi ba'zi bir joylarda yuqorida zikr qilingan ma'nolarning hammasini, ikkinchi bir joyda ikki-uchtasini, uchinchi joyda esa faqat bittasini ifoda etib kelgan. Ushbu nozik farqni anglab yetilgandagina ma'no to‘g‘ri tushuniladi.

#Tafsiri_Hilol
«Sura» so‘zi lug‘atda qo‘rg‘on, manzil va sharaf ma'nolarini anglatadi.

Ulamolarimiz istilohida esa sura – Qur'on oyatlarining boshlanishi va tugashi belgilangan mustaqil toifasidir.

Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, Qur'on oyatlarining qo‘rg‘on ila o‘ralgandek bir toifasiga sura deyiladi.

Qur'oni Karimdagi eng qisqa sura «Kavsar» surasi bo‘lib, uch oyatdan, eng uzun sura «Baqara» surasi bo‘lib, 286 oyatdan iboratdir.

#Tafsiri_Hilol
#Fotiha surasi

١. ٱلْحَمْدُ لِلَّهِ رَبِّ ٱلْعَٰلَمِينَ

1. Barcha maqtov, shukrlar olamlarning tarbiyachisi Allohga bo‘lsin.

Olamlarni yaratgani uchun ham, ularning tarbiyachisi bo‘lgani uchun ham, ulardagi barcha jonzotlarga hayot, rizqu ruz beruvchi bo‘lgani uchun ham Alloh barcha hamdu sanolarga sazovordir.

#Tafsiri_Hilol
001.mp3
Al Husary
Qurʼondan oyat:

Fotiha surasi, 1 - oyat

الْحَمْدُ لِلَّهِ رَبِّ الْعَالَمِينَ

1. Hamd olamlarning Robbi – Аllohgadir.

#Islom_uz
#Fotiha surasi

٢. ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ


2. U Rohman va Rohiymdir.


«Rohman» sifati faqat Allohga xos bo‘lib barchaga – kofirga ham, mo‘minga ham mehribon va ne’mat beruvchi ma’nosini anglatadi. Rohman sifatini Alloh taolodan boshqa hech kimga nisbatan ishlatib bo‘lmaydi.

«Rohiym» sifati esa xosroq bo‘lib, qiyomat kuni faqat mo‘minlarga rahm qiluvchi ma’nosini anglatadi va Allohdan o‘zgalarga, jumladan, Payg‘ambar alayhissalomga nisbatan ham ishlatiladi.


«Allohning xulqi bilan xulqlaninglar!» degan asarga asoslanib, ulamolarimiz, bu oyatni o‘qigan har bir kishi rahmli bo‘lishga urinmog‘i lozim, deydilar.

#Tafsiri_Hilol
001.mp3
Al Husary
Qurʼondan oyat:

Fotiha surasi, 2 - oyat

الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ

2. U Rohman va Rohiymdir.

#Islom_uz
#Fotiha surasi

٣. مَٰلِكِ يَوْمِ ٱلدِّينِ

3. U qiyomat kunining podshohidir.

Ushbu oyati karimada qiyomat kuni Yavmiddin deb nomlangan. Din soʻzi arabchada hisob, jazo, mukofot maʼnolarini bildiradi. Yavmiddin – qiyomat kunida barcha bandalar qayta tiriltirilib, hisob-kitob qilinadi. Yaxshiga mukofot, yomonga jazo beriladi. Bu oyatni oʻqiganda qiyomatni eslab, oʻsha dahshatli kunda faqat Allohning Oʻzi hukm chiqarishi, oʻsha yerda uyalib qolmaslikni oʻylab, unga tayyorgarlik koʻrishga ahd qilinadi.

#Tafsiri_Hilol
001.mp3
Al Husary
Qurʼondan oyat:

Fotiha surasi, 3 - oyat

مَالِكِ يَوْمِ الدِّينِ

3. Jazo-mukofot kunining egasidir.

#Islom_uz
#Fotiha surasi

٤. إِيَّاكَ نَعْبُدُ وَإِيَّاكَ نَسْتَعِينُ

4. Sengagina ibodat qilamiz va faqat Sendangina yordam soʻraymiz.

Bizda «ibodat» deganda faqat namoz oʻqish, roʻza tutish, zikr, Qurʼon qiroati kabi narsalar tushuniladigan boʻlib qolgan. Toʻgʻri, bular ulkan ibodatlar, lekin aslida Allohga manzur boʻlgan har bir ish ibodatdir. Demak, inson oʻz hayotida Allohning aytganini qilib yursa, ibodatda yurgan boʻladi. Alloh halol rizq top, deb buyurganmi, demak, halol rizq topish harakatida yurganlar ibodatda boʻladilar. Albatta, halol rizq topish ibodat ekan, deb boshqa farz, vojib va sunnat amallar tark qilinmaydi. Masalan, namoz va roʻzani tark qilishga hech kimning haqqi yoʻq. Xullasi kalom, «Iyyaaka naʼbudu» «faqat Sening aytganingni qilamiz» maʼnosini anglatadi. Bu esa banda tarafidan Allohga berilgan ulkan vaʼdadir. Alloh taolo barchamizni ushbu vaʼdaning ustidan chiqadiganlardan qilsin.

«Iyyaaka nastaʼiyn» ham xuddi shunday faqat Allohdangina yordam soʻrash maʼnosini anglatadi. Odatda biror ishga qattiq urinib, kuchi yetmay qolgan taqdirda yordam soʻrashga arablar «istiʼona» soʻzining turli koʻrinishlarini ishlatadilar. Ushbu oyati karimada «Iyyaaka nastaʼiyn», deyilishi ham, oʻzimiz imkoni boricha harakat qilib, imkonini topa olmay qolganimizda, faqat Sendangina yordam soʻraymiz, degan maʼnoni bildiradi. Harakat qilmay, dangasa boʻlib yotib olgan holda birovdan yordam soʻralmaydi. Mulohaza qilsangiz, ikkala ishda ham – ibodat qilishda ham va yordam soʻrashda ham birlik emas, koʻplik lafzi ishlatilyapti, bu esa Islomda jamoatchilik, koʻpchilik bilan boʻlish ruhini aks ettiradi.

#Tafsiri_Hilol
001.mp3
Al Husary
Qurʼondan oyat:

Fotiha surasi, 4 - oyat

إِيَّاكَ نَعْبُدُ وَإِيَّاكَ نَسْتَعِينُ

4. Faqat Sengagina ibodat qilamiz va faqat Sendangina yordam soʼraymiz.