Orif Tolib
11.4K subscribers
1.11K photos
102 videos
8 files
1.91K links
Soʻz. Tahrir. Savodxonlik.

Reklama boʻyicha:
👉 is.gd/elonlar

Boshqa sahifalarimiz:
👉 taplink.cc/oriftolib

Muallif haqida:
👉 oriftolib.uz/?p=575

Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.
Download Telegram
Forwarded from Bolalar yozuvchisi
“Taʼlim! Taʼlim! Taʼlim!” deydilar...

AQSHda Garvard, MIT, Stenford kabi nufuzli taʼlim dargohlari mavjud.

Aynan AQSHda 2022 yil natijasiga koʻra yil davomida nashr etilgan bolalar kitoblari soni jami kitoblarning sonini 1/3 qismini tashkil etdi.

AQSHda bolajonlarning soni esa butun aholining 20%ini tashkil qiladi.

Yaʼni taʼlim tizimi, oliy taʼlim rivojlangan AQSHda bolalar adabiyotiga ehtiyoj va eʼtibor kattalar adabiyotidan ham yuqori ekan.

Chunki bolalar adabiyoti rivojlanmagan mamlakatda taʼlim sohasi rivojlana olmaydi!

Oʻzbekistonda bugun taʼlimga qancha eʼtibor qilmaylik, bolalar adabiyoti rivojlanishiga eʼtibor berilmasa, taʼlim oqsoq qolaveradi.

Oʻzbekistonda bugun bolalar adabiyotini rivojlantirish uyushmasi, bolalar kutubxonalari uyushmasi kabi bolalar adabiyotini rivojlantirishga eʼtibor va kuch sarflaydigan tashkilotlar talab etiladi.

© Dinara Muminova
​​Sheʼriy lahza

Bugun tunda kelarmish bahor...

Derazangdan moʻralab asta,
Gul yuzingdan boʻlib shikasta,
Uzun qishga siltab qoʻlini,
Ham qalbingdan boshlab yoʻlini,
Toʻqqiz oyki, yelarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor...

Qor-u muzni suvga gʻarq qilib,
Izgʻirinni butkul tark qilib,
Eshitgandek mening nolamni,
Guldastaga oʻrab olamni –
Tushda boshing silarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor...

Goʻzallikni eltib jahonga,
Sano aytib har oʻtgan onga,
Jamolingga boʻlib mahliyo,
Istarangdan olgancha ziyo –
Bizga iqbol tilarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor...

Unutilar xazonrez kuzak,
Tabassuming yuzingga bezak.
Mehrlaring menga ogʻdirib,
Yomgʻirlarin yerga yogʻdirib,
Suvlarini elarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor...

Hissiyotga toʻldirib dilni,
Kengaytirib kichik koʻngilni,
Duolarga ijobat yetib,
Tabiatni chamanzor etib,
Baxtimizdek kularmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor...

Masʼud Maxsudov

@oriftolib
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Koʻmakchilar imlosi | 8️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari

👉 YouTubeʼda koʻrish

@oriftolib
Bosh muftiy emas, muftiy

Muftiy soʻzi arabchada fatvo beruvchi degan maʼnoni anglatadi. Izohli lugʻatga koʻra, musulmonlarda oliy lavozimli ruhoniy: shariat qonunlarini talqin qiluvchi, shariat va huquq masalalari yuzasidan hukm chiqaruvchi, fatvo beruvchi lavozimli ulamodir.

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi muftiy sanaladi. Mamlakatimizda bir necha muftiy faoliyat yuritmaydi, muftiy bitta. Shunday ekan, bosh muftiy deyish xato boʻladi.

Oʻzbekiston musulmonlari idorasining viloyat boʻlimlari vakillik, Qoraqalpogʻiston boʻlimi qoziyot deb ataladi. Vakillikning rahbari – vakil, qoziyot rahbari – qozi. Qoraqolpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, shahar va tumanlar boʻlimlari rahbarlari tegishli hududning bosh imom-xatibi hisoblanadi.

Demak, jurnalistlar turli xabar va reportajlarni tayyorlashda yuqorida sanalgan atamalarga eʼtiborli boʻlishlari kerak.

@oriftolib
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
39%
Begimot
61%
Begemot
Hammayoq yoki hamma yoq: qay biri toʻgʻri?

“Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars eʼlon qilindi. Unda hamma, har, hech, bir, qay, u, bu, shu, oʻsha soʻzlari imlosi haqida gap borgan.

Hamma yoq yoki hammayoq?
Har kim yoki harkim?
U yoqdan yoki uyoqdan?
Bir muncha yoki birmuncha?

👉 https://youtu.be/OHU8dMn4zSw

@oriftolib
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
62%
Birmuncha
38%
Bir muncha
Konchilikda, geologik qidirish va shu kabi ishlarda yerni teshish, parmalash uchun ishlatiladigan asbob, parma – ...
Anonymous Quiz
35%
Burgʻi
47%
Burgʻu
18%
Ikkovi ham toʻgʻri.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hammayoq yoki hamma yoq? | 9️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari

👉 YouTubeʼda koʻrish

@oriftolib
Qay biri toʻgʻri?

Kosa tagida ...
Anonymous Quiz
50%
Nim kosa
50%
Nimkosa
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
79%
Liq toʻla
21%
Liqtoʻla
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
68%
Tim qora
32%
Timqora
Timqorami yo tim qora: qay biri toʻgʻri?

“Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars eʼlon qilindi. Unda toʻq, jiqqa, tim, liq, lang, och, nim soʻzlari imlosi haqida gap borgan.

Timqorami yoki tim qora?
Liqtoʻlami yoki liq toʻla?
Nimkosami yoki nim kosa?
Jiqqahoʻlmi yoki jiqqa hoʻl?

👉 https://youtu.be/wSdi1om5S-U

@oriftolib
​​Doʻstingizga ulashing, doʻstingiz bilan emas

#Soʻragan_edingiz

✳️ Savol:

Ulashish soʻzini qanday qoʻllash kerak? Doʻstingga ulash yoki doʻsting bilan ulash?

🔰 Javob:

Kopirayter va SMMchilar Share with friends iborasi tarjimasida baʼzan xatoga yoʻl qoʻyyapti. Bu ibora ruschada Поделиться с друзьями shakliga ega. Inglizchadagi kabi ruschada ham bilan maʼnosidagi predlog ishlatilgan. Ammo oʻzbekchada bilan koʻmakchisini qoʻllash til tabiatiga teskari va uslubiy gʻalizlik keltirib chiqaradi.

❗️ Ulashish soʻziga bogʻlangan soʻz joʻnalish kelishigini, yaʼni -ga qoʻshimchasini olishi kerak: doʻstingizga ulashing, doʻstlaringizga ulashing.

Bilan koʻmakchisini baham koʻrish, oʻrtoqlashish, boʻlishish soʻzlari bilan qoʻllash toʻgʻri: doʻstingiz bilan boʻlishing, doʻstingiz bilan baham koʻring, doʻstingiz bilan oʻrtoqlashing.

📌 Demak:

Doʻstlaringizga ulashing, yaqinlaringizga ulashing, guruhdagilarga ulashing, tanishlarga ulashing

Doʻstlaringiz bilan ulashing, yaqinlaringiz bilan ulashing, guruhdagilar bilan ulashing, tanishlar bilan ulashing

🟢 Maqolani doʻstlaringizga ulashing va tilimiz xatolardan xoli boʻlishiga hissa qoʻshing.

🔄 Mavzuga aloqador:
🔹 Read between the lines
🔹 Kalka va kalkalash
🔹 Oʻqiganim kitob va oʻqigan kitobim
🔹 “Svejiy” soʻzining tarjimasi haqida
🔹 Oʻzbekchasini unutganlar uchun mitti lugʻat

@oriftolib
Qay biri toʻgʻri?

... yoʻqolib ketish xavfi ostida.
Anonymous Quiz
26%
Axalteke otlari
41%
Axaltekin otlari
33%
Axaltaka otlari
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
42%
“Iliada” dostoni
58%
“Illiada” dostoni