Toshkentda turk xalqiga gumanitar yordam yigʻish boshlandi
Turkiyaning janubi-sharqiy viloyatlarida roʻy bergan kuchli zilzila oqibatida talafot koʻrgan hududlarga Oʻzbekistondan insonparvarlik yordam yuboriladi.
Kerakli mahsulotlarni yigʻish Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasi koʻmagida tashkil qilinmoqda.
Turkiyaga yuboriladigan insonparvarlik yordami uchun zarur mahsulotlar roʻyxatiga bolalar va kattalar uchun qishki kiyimlar, chodir, yotoq, isitish vositalari, generatorlar, chidamli oziq-ovqat konservalari, chaqaloqlar boʻtqasi va tagliklari, tozalash va gigiyena vositalari kiritilgan.
Gumanitar yordam berish istagida boʻlganlar quyidagi manzilga borishlari mumkin:
Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Bobur koʻchasi, 30-uy. Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti texnoparki.
🔎 Joylashuv
@oriftolib

Qay biri toʻgʻri?
________________, ishlaydi, boʻlmasa, ochiq havoga direktor boʻlib oʻtiraveradi.

Anonymous Quiz
51%
Xushiga kelsa
49%
Hushiga kelsa
Amaliyot: aniqlikka intiling
Xabardan:
Oʻzbekiston Prezidentining tegishli farmoyishi bilan Markaziy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni general-mayor Oybek Saidov Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Muharrirlardan biri bot orqali yozib qoldi: “Qaysi vazirlik ekanini yozmagan. Garchi ziyolilar va jurnalistlar bilsak-da, koʻpchilik qaysi vazirlik ekanini bilmasligi mumkin”.
Haqiqatan, shunday. Garchi qaysi vazirlik nazarda tutilayotganini mantiqan tushunish imkoni bor boʻlsa-da, ilk oʻrinda aniq-tiniq aytish kerak: Mudofaa vazirligi. Keyingi jumlalarda vazirlik deb ishlatish mumkin.

“Baxtli”, “hayotdan zavqlanuvchi” maʼnolariga ega ism qaysi?
Anonymous Quiz
53%
Komron
22%
Barno
25%
Mushtariy
Rangtasvir
Bu soʻz tasviriy sanʼat turini; biror qattiq yuzada rangli ashyolar, masalan, boʻyoqlar yordamida badiiy asar yaratish usulini va shu yoʻl bilan yaratilgan badiiy asarni anglatadi:
Festivalda mamlakatimizning 250 dan ortiq iqtidorli yosh ijodkorlari rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik, amaliy sanʼat, dizayn va boshqa sanʼat turlari boʻyicha sara ijod namunalari bilan ishtirok etdilar.
Gazetadan.
Rangtasvir juft soʻz emas, qoʻshma soʻz. Uni chiziqcha bilan yozish xato.
📌 Demak:
Rangtasvir ✅
Rang-tasvir ❌

Suqsurday qiz: suqsur nima?
Suqsur soʻziga badiiy adabiyotda, soʻzlashuvda uchrab turamiz:
Koʻkqamish koʻlidan suqsur uchirdim,
Suqsurni izlagan lochin boʻlaman.
«Alpomish».
Suqsur – oʻrdaksimonlar oilasiga mansub, patlari uzun va ingichka qush. Bu qush chiroyli boʻlgani uchun oʻxshatish vositaga ham aylangan. Suqsurdek soʻzi shu qush kabi chiroyli, qaddi-qomati kelishgan degan maʼnoga ega: suqsurday qiz, suqsurdek goʻzal, suqsurday bola, suqsurdek yigit.
Suqsur soʻzi suxsur shaklida ham ishlatiladi.

Hayot va qahva piyolasi
Obroʻli bir oliy oʻquv yurtini tamomlagan, hozir yaxshi joylarda ishlaydigan bir guruh sobiq talabalar ustozlarini yoʻqlab kelishdi. Suhbat asnosida gap ishga koʻchdi va ular qiyinchiliklar koʻpligidan, turli muammolardan shikoyat qilishdi.
Professor mehmonlarga qahva taklif qildi, roziliklarini olgach, oshxonaga yoʻnaldi va birozdan soʻng patnis koʻtarib chiqdi. Unga turli xil – chinni, shisha, plastik va billur piyolalar terilgan edi. Ayrimlari oddiy, ayrimlari qimmatbaho edi.
Shogirdlari piyolalarni olib boʻlgach, professor ularga yuzlanib dedi:
– Eʼtibor beringlar, hammalaring qimmatbaho va zeb-ziynatli piyolalarni oldinglar. Oddiy va arzonlari patnisda qoldi. Bu aslida siz uchun meʼyordagi holat – eng yaxshisini istaysiz. Biroq shu bilan birga bu kayfiyat barcha muammolaringiz va tashvishlaringizning ildizi hamdir. Yodingizda boʻlsin, piyola hech qachon qahvaning taʼmini oʻzgartirib, yaxshilab qoʻymaydi. Qimmatbaho piyolalar baʼzida ichidagi qahvaning asl koʻrinishini yashiradi ham. Hammalaring istagan narsa aslida qahva edi, piyola emas. Lekin sizlar ongli ravishda chiroyli idishlarni tanladinglar, keyin kimga qanaqasi tushdiykan deb bir-birlaringning piyolalaringga eʼtibor qaratdinglar.
Tasavvur qiling, hayot bu – qahva; ish, pul, vaziyat, jamiyat kabilar esa piyoladir. Ular tirikchilikni taʼminlash vositalari xolos. Qanday piyolaga ega boʻlishimiz hayotimizning mohiyati va asl sifatini oʻzgartirmaydi. Baʼzida faqat piyolalarga eʼtibor berib, qahvaning taʼmidan lazzatlanishni unutib qoʻyamiz.
👉 Ibratli hikoyalardan
“Maʼrifat” gazetasida chop etilgan.

Oʻquvchilar uchun tanlov
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika taʼlim markazi Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan 10–11-fevral kunlari soat 11:00 dan 20:00 ga qadar oʻquvchilar oʻrtasida onlayn tanlov eʼlon qildi.
Onlayn tanlov ikki yoʻnalishda oʻtkaziladi:
👉 Ona tili.
👉 Navoiy ijodi (9–11-sinflar).
Ona tili boʻyicha tanlov ikki bosqichda boʻladi:
1️⃣-bosqich – savodxonlik testi (umumiy).
2️⃣-bosqich – oʻqib tushunish koʻnikmasini baholovchi testlar (5–6-sinflar, 7–8–9-sinflar va 10–11-sinflar).
13-fevral kuni har bir yoʻnalishda yuqori ball toʻplagan 10 ta ishtirokchidan 3 nafari qurʼa tashlash (random) orqali aniqlanadi va 3 ta oʻringa “Asaxiy Books” internet doʻkonining 20 talik eng koʻp sotilgan kitoblar toʻplami sovgʻa qilinadi.
Tanlov @rtmtestrobot boti orqali oʻtkaziladi.
Aytgancha, sahifamizni muntazam kuzatib borayotgan oʻquvchilar savodxonlik boʻyicha testlarni yechishda muammoga duch kelmaydi. Oʻzimizning bogʻdan 😉.

Ertalab _____larni olib, yoʻlga tushdik.
Ertalab _____larni olib, yoʻlga tushdik.
Anonymous Quiz
58%
Toʻrvaxalta
24%
Toʻrva xalta
19%
Toʻrva-xalta
Amaliyot: toʻlov tekin boʻlmaydi
Bugun OAVda chiqqan xabarning sarlavhasi va matnidan bir jumla:
↘️
Endilikda maktab darsliklarining ijara toʻlovlari doimiy ravishda bepul boʻladi
Endilikda maktab darsliklarining ijara toʻlovlari doimiy ravishda bepul boʻladi va ayni damda buning mexanizmi ishlab chiqilishi boʻyicha davlat rahbari tomonidan topshiriq berilgan.
↗️
Oʻzi toʻlov boʻlsa, u yana qanaqasiga bepul yoki tekin boʻladi? Bu oʻrinda toʻlov soʻzi toʻlanadigan pul, mablagʻni anglatadi. Toʻlanadigan pul bepul boʻladi deganga oʻxshab qolgan. Uslubiy gʻaliz.
Xoʻsh, nima deyish kerak? Ijara bepul yoki tekin boʻlishi mumkin, darslik tekin berilishi mumkin, ijara uchun toʻlov undirilmasligi mumkin va hokazo. Endilikda soʻzini ham endi shaklida qoʻllagan afzal. Loʻndaroq. Ega bor joyda majhul nisbat ortiqcha. Mazmun tashimaydigan soʻz va iboralardan esa voz kechish kerak. Doimiy ravishda iborasiga qay darajada ehtiyoj bor – buni ham oʻylab koʻrish zarur.
📌 Demak:
Endi maktab darsliklarining ijarasi doimiy ravishda bepul boʻladi
Endi maktab darsliklarining ijarasi doimiy ravishda bepul boʻladi. Davlat rahbari buning mexanizmini ishlab chiqish boʻyicha topshiriq bergan.
Yoki:
Endi maktab darsliklari ijarasi uchun pul toʻlanmaydi
Endi maktab darsliklarining ijarasi tekin boʻladi. Davlat rahbari buning mexanizmini ishlab chiqish boʻyicha topshiriq bergan.
👉 Bu jumlalarni yana qanday shaklda loʻnda va tushunarli ifodalash mumkin? Variantingizni izohlarda qoldiring.
✅ Nasib qilsa, “Tahrir va korrektura” kurslarida ham shunga oʻxshash misollar bilan ishlaymiz.

Binobarin atmosferani pokiza tutmoq uchun barcha davlatlar hamjihat ish olib borishlari kerak. (“Fan va turmush”)
Jumladagi “binobarin” soʻzining maʼnosi nima?
Jumladagi “binobarin” soʻzining maʼnosi nima?
Anonymous Quiz
27%
Shunga qaramay
51%
Shu sababli
21%
Oxir-oqibatda
Yangi dars: -illa va -dir qoʻshimchalari imlosi
“Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars eʼlon qilindi. Unda -illa va -dir qoʻshimchalari imlosi tushuntirilgan.
👉 https://youtu.be/4A6teaXmGJw

Hazir boʻling: “hazir” nima degani?
Hazir arab tilidan oʻzlashgan, asliyatda ehtiyotkor; hushyor; ehtiyotkorlik bilan ish tutadigan kabi maʼnolarni anglatadi. Oʻzbek tilida mustaqil qoʻllanmaydi. Faqat hazir boʻlmoq shaklida ishlatiladi va u soʻzlashuv tiliga xos. Ibora ehtiyot boʻlmoq, oʻzini saqlamoq maʼnosiga ega:
Bahor oylari tut pishganda men ustiga chiqib qoqardim. Pastda boʻlsa:
-Hoy, bolam, hazir boʻl! Koʻzingga qara! – deyishib oyim bilan dadam chodir tutib turishardi.
H. Nazir, “Koʻkterak shabadasi”.

Zilzila oʻchogʻi, epitsentr, gipotsentr
Milliy ensiklopediyaga koʻra, yer poʻsti yoki yuqori mantiya qatlamidagi zilzila paydo boʻlgan maʼlum bir hajm zilzila oʻchogʻi, uning markazi deb hisoblangan nuqta esa gipotsentr, gipotsentrning yer yuzasidagi proyeksiyasi zilzila epitsentri deyiladi. Epitsentr va gipotsentr oraligʻidagi masofa zilzilaning yer yuzidan chuqurligini koʻrsatadi.
👉 Soddaroq tushuntiraman: yer tagida zilzila yuzaga kelgan joy – zilzila oʻchogʻi, shu oʻchoqning markazi – gipotsentr, shu gipotsentrning tepasida, yer yuzasidagi joy – epitsentr.
Epitsentr yer ostida yoki suv ostida boʻlishi mumkin. Epitsentrni aniqlash uchun seysmik stansiyalarning qaydlaridan foydlaniladi. Eng koʻp vayrongarchilik ana shu epitsentr va uning yaqinida yuz beradi. OAV epitsentr va gipotsentr tushunchalarini koʻpincha yanglishtiradi. Shu sababli “Zilzila epitsentri falon kilometr chuqurlikda” mazmunidagi jumlalar qoʻllanadi. Aslida bu gipotsentrdir.
Zilzila oʻchogʻi Oʻrta Osiyo hududida aksariyat hollarda yer sathidan 5–50 km chuqurlikda joylashgan boʻladi. Yer sharining maʼlum hududlarida zilzila oʻchogʻi 200–300, hatto 700 km gacha chuqurlikda boʻlishi ham mumkin.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
-illa va -dir qoʻshimchalari imlosi | 3️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
Magnituda va ball: farqi nimada?
Bu ikki tushuncha koʻpincha farqlanmaydi va bu OAVlarda ham kuzatiladi. Aslida ikkisi ikki xil tushuncha.
Zilzila magnitudasi – zilzila payti seysmik toʻlqinlar shaklida ajralib chiqadigan energiya oʻlchovi. Magnitudaning ilk shkalasini 1935-yili amerikalik olim Charlz Rixter taklif etgan, shu sababli magnituda darajasi Rixter shkalasi deb ataladi.
Rixter shkalasi 1 dan 9,5 gacha oraliqda boʻladi. Bunda seysmograf yoki seysmometr qayd qilgan tebranishlar hisobga olinadi. Bu tushunchani koʻpincha zilzila intensivligi shkalasi bilan adashtirishadi.
Zilzila sodir boʻlganda dastlab uning magnitudasi aniq boʻladi, chunki uni seysmograf qayd etadi. Intensivlik shkalasi esa keyinroq – zilzila oqibatlari aniq boʻlgach, oʻrnatiladi.
Zilzila intensivligi shkalasi – yer yuzidagi silkinishlar kuchi oʻlchovidir. Bunda yer ostidagi qalqinishlar emas, aynan yer yuzasidagi tebranishlar hisobga olinadi. Bu shkala ballda oʻlchanadi. Turli mamlakatlarda turlicha uslublar qoʻllanadi. AQSH, Yevropa va Rossiyada 12 ballgacha boʻlgan shkala qoʻllanadi, biroq ularning har biri alohida uslubga asoslanadi. Yaponiyada meteorologiya agentligining 7 ballik shkalasi amal qiladi.