Orif Tolib
11.3K subscribers
1.11K photos
102 videos
8 files
1.92K links
Soʻz. Tahrir. Savodxonlik.

Reklama boʻyicha:
👉 is.gd/elonlar

Boshqa sahifalarimiz:
👉 taplink.cc/oriftolib

Muallif haqida:
👉 oriftolib.uz/?p=575

Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.
Download Telegram
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
12%
Funktsiya
82%
Funksiya
5%
Funksya
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
32%
Koeffitsiyent
43%
Koeffitsient
25%
Koeffisient
Gʻalchani izzat qilsang, chorigʻi bilan toʻrga chiqadi.

Ushbu maqoldagi “gʻalcha” soʻzi qanday maʼnoni anglatadi?
Anonymous Quiz
11%
Manman, kibrli
26%
Surbet, betgachopar
63%
Gap-soʻzni tezda uqmaydigan
Forwarded from Shokir Tursun qarashlari
Kimdir "poldnik"ning oʻzbekchasini bilmasa. Bizning maktabda shunaqa nomlanadi. Hamma oʻquvchi tilidan ruscha "poldnik" soʻzini chiqarib tashlash harakatidamiz.

P.S.: rasm "Sodiq school" maktabida olingan.

@birgap
Orif Tolib
Kimdir "poldnik"ning oʻzbekchasini bilmasa. Bizning maktabda shunaqa nomlanadi. Hamma oʻquvchi tilidan ruscha "poldnik" soʻzini chiqarib tashlash harakatidamiz. P.S.: rasm "Sodiq school" maktabida olingan. @birgap
Nashriyotda biz ham shu soʻzni qoʻllardik. Bunda soat 15:00–16:00 lar orasida boʻlib oʻtadigan super yengil vazndagi tamaddi nazarda tutilardi.

Xalq tilida bor soʻz va iboralardan unumli foydalanish kerak. Qoʻllab-quvvatlayman.

Menimcha, tolmachoy deb qoʻshib yozgan yaxshiroq. Bitta tushunchani anglatyapti-ku.

@oriftolib
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
72%
Mars sayyorasi
28%
“Mars” sayyorasi
Bu qaysi soʻz?

Bu soʻz asliyatda soʻl qoʻl bilan kamon otuvchi degan maʼnoni anglatadi. Oʻzbek tilida kamon otish mazmuni yoʻqolgan. Lekin qadimda bu kasb egalari uchun kamon otish ham muhim boʻlgan. Ular koʻpincha usta jangchi boʻlgan.

Gap kim haqida? Yuqorida qaysi soʻz taʼriflanyapti?

Oʻz variantingizni izohlarda qoldiring.

@oriftolib
Koreya Respublikasining norasmiy nomi – ...
Anonymous Quiz
24%
Shimoliy Koreya
45%
Janubiy Koreya
31%
Bu davlat hozir mavjud emas.
Qay biri toʻgʻri?

Chiroq yana oʻchdi. Hamma yoq ...
Anonymous Quiz
6%
Qarongʻu
65%
Qorongʻu
29%
Qorongʻi
Orif Tolib
Bu qaysi soʻz? Bu soʻz asliyatda soʻl qoʻl bilan kamon otuvchi degan maʼnoni anglatadi. Oʻzbek tilida kamon otish mazmuni yoʻqolgan. Lekin qadimda bu kasb egalari uchun kamon otish ham muhim boʻlgan. Ular koʻpincha usta jangchi boʻlgan. Gap kim haqida? Yuqorida…
Chavandoz

Gap chavandoz soʻzi haqida edi. Forschada chapandoz shaklida boʻlgan va chap qoʻl bilan oʻq otuvchi; chapdast; mohir maʼnolarini ifodalagan bu soʻz oʻzbekchaga chavandoz shaklida kirgan. U oʻzbek tilida ikki xil maʼnoda qoʻllanadi:

1️⃣ Ot choptirish, uloq chopish, otda oʻynash sanʼatini egallagan odam.

Ikki chavandoz yonma-yon ot yoʻrttirib kelardi.
H. Gʻulom, Mashʼal.

2️⃣ Koʻchma maʼnoda: ilgʻor, peshqadam.

Ilm-fan yoʻlida mohir chavandoz boʻlavering, kashfiyotlaringiz shuhrat-u shon topaversin.
Gazetadan.

Hozir koʻchma maʼnoda qoʻllash kam uchraydi.

@oriftolib
... daraxtining egilgani – singani,
Er yigitning uyalgani – oʻlgani.
Maqolda qaysi soʻz tushib qolgan?
Anonymous Quiz
31%
Terak
34%
Eman
35%
Sarv
Egniga engil bitmagan shoʻrpeshona, toʻpori, qashshoq dehqon... (Komil Yashin, “Hamza”)

Yuqoridagi jumlada qoʻllangan “engil” soʻzining maʼnosi nima?
Anonymous Quiz
25%
Yengil bosh kiyim, doʻppi
52%
Kiyim, libos
23%
Kuyovlik sarposi
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
49%
Imij
51%
Imidj
Quyidagi soʻzlarning qaysi bori aslan ruscha?
Anonymous Quiz
41%
Adyol
15%
Qirol
25%
Sistema
19%
Variant
Qay biri toʻgʻri?

Izgʻirin sovuqlarda mana shu kurtkasi ...
Anonymous Quiz
81%
Joniga oro kirdi.
19%
Joniga ora kirdi.
Oʻz koʻmochiga kul tortmoq: “koʻmoch” nima?

Bu iboraga badiiy asarlarda, baʼzan soʻzlashuvda duch kelamiz. U oʻz manfaati uchun ishlamoq; oʻziga oʻzi qaygʻurmoq mazmunini anglatadi:

Har kim oʻz koʻmochiga kul tortar.
Maqol.

Iborada qoʻllangan koʻmoch soʻzi issiq kulga koʻmib pishiriladigan nonni bildiradi:

Sizni bir oz mazaliroq non bilan mehmon qilmoqchi boʻlib, koʻmoch xamiriga bir kosa sut qoʻshdim.
S. Ayniy, “Qullar”.

❗️ Koʻmoch soʻzi koʻmach shakliga ham ega:

Har kim oʻz koʻmachiga oʻzi kul tortadigan... bir zamonda inson bolasi ota-onasidan bemahal ajralar ekan, unga bundan ogʻir kulfat yoʻq.
P. Tursun, “Oʻqituvchi”.

Lekin tilda koʻproq koʻmoch varianti ishlatiladi.

📷 Suratda taygaliklar koʻmochi.

@oriftolib
Qalb qozoni qaynamas, qaynasa ham quyulmas.

Ushbu maqoldagi “qalb” soʻzining maʼnosi nima?
Anonymous Quiz
33%
Nopok, qallob
56%
Yurak, koʻngil
12%
Nosoz, butun emas
Qay biri toʻgʻri?

Tinch turgan qayiq birdan ...
Anonymous Quiz
21%
Qalqdi
58%
Qalqidi
21%
Ikkovi ham toʻgʻri.