Orif Tolib
10.5K subscribers
969 photos
91 videos
5 files
1.72K links
Soʻz. Tahrir. Savodxonlik.

Reklama boʻyicha:
👉 https://bit.ly/3nHSpI6
Murojaat uchun:
👉 @oriftolib_xatlar_bot
Donat:
👉 8600572904072506
👉 tirikchilik.uz/oriftolib

Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.
Download Telegram
Orif Tolib
Uslubiy xatolar Uslubiy xatolar matn uslubiga xos jihatlar va kommunikativ moslik prinsiplarining buzilishidir. Bunday xatolarga tavtologiya, pleonazm, soʻz takrori, nutq shtamplari, adabiy tilga xos boʻlmagan soʻzlarni oʻrinsiz qoʻllash kabilar kiradi. …
Pleonazm

2️⃣ Pleonazm – maʼno takrori yoki maʼno ortiqchaligidir.

Baxillik – yomon illat.

Bu turdagi xatolar juda koʻp uchraydi. Hatto ommaviy axborot vositalari, kitob va qoʻllanmalarda ham bot-bot koʻzga tashlanadi. Bunday birikma va jumlalarning muharrir nigohidan oʻtib ketishiga uning xato ekanini bilmaslik sabab boʻladi. Yuqoridagi jumla mazmuniga eʼtibor qarataylik. Illatning yaxshisi boʻladimi? Yoʻq, albatta. Uning har qanday koʻrinishi yomon.

Kasallik, ayb, jinoyat kabi maʼnolarni ifodalovchi bu soʻz koʻchma maʼnoda meʼyoriylikni buzuvchi salbiy narsa, qusur, kamchilik mazmunini tashiydi. Demak, oʻzi salbiylik maʼno qirrasiga ega soʻzga yana xuddi shu maʼnodagi soʻzni tirkash oʻrinsiz.

Biror illat ajratib koʻrsatilgandagina yomon soʻzidan foydalanish mumkin:

Baxillik – eng yomon illat.

Birinchi misoldagi jumlani esa quyidagicha tahrirlash zarur:

Baxillik – illat.

Ezgu fazilat, narvondan yuqoriga koʻtarildi, gapini qayta takrorladi, noqonuniy brakonyerlar qoʻlga olindi, ortga chekindi, bugungi kunda, ertalabki nonushta kabi soʻz va iboralarda maʼnodagi ortiqchalik – pleonazm bor.

@oriftolib
Aytganim ham masal

Mashhur rus masalchisi Ivan Krilov juda koʻngilchan boʻlganidan muallifi xafa boʻlmasin deb boʻshroq asarlarni ham maqtab qoʻyavergan. Bir safar isteʼdodsiz bir shoir kitobiga oʻzi kirishsoʻz yozib, asariga Krilov yaxshi baho berganini qistirib oʻtadi.

– Koʻrdingmi, Ivan Andreyevich, sening bagʻrikengligingdan foydalanibdi, – deydi yozuvchiga bir doʻsti kuyinib. – Endi doim shu gapni aylantirib yuraveradi.

– Parvo qilma, – deb javob beradi Krilov. – Axir mening yozganim ham, aytganim ham masal. Buni hamma biladi!

👉 Mashhurlar hayotidan

@oriftolib
Husiylarmi yoki husiychilar?

Yamandagi harbiylashgan guruh nomi yirik saytlar va kanallarda ham xato qoʻllanyapti.

Vikipediya maʼlumotlariga koʻra, husiylar – shia zaydiylarining harbiylashtirilgan guruhi. Guruh oʻz asoschisi va ilk rahbari Husayn al-Husiy sharafiga nomlangan. Arabcha nomi: husiyyun. Oʻzbekchasi – husiylar. Bu soʻzga -chi qoʻshimchasini qoʻshish esa mutlaqo ortiqcha.

📌 Demak:

Husiylar
Husiychilar

@oriftolib
Orif Tolib
Pleonazm 2️⃣ Pleonazm – maʼno takrori yoki maʼno ortiqchaligidir. Baxillik – yomon illat. Bu turdagi xatolar juda koʻp uchraydi. Hatto ommaviy axborot vositalari, kitob va qoʻllanmalarda ham bot-bot koʻzga tashlanadi. Bunday birikma va jumlalarning muharrir…
Soʻz takrori

3️⃣ Soʻz takrori bir soʻzni ketma-ket oʻrinsiz qayta ishlatishdir:

Oʻqituvchi oldin mavzuni tushuntirdi, keyin savollarga javob berib, tushuntirish berib oʻtdi.

Shuning uchun xatolarga yoʻl qoʻymaslik uchun matnni diqqat bilan tahrirlash zarur.


Jumlalarda ajratib koʻrsatilgan soʻzlarda keraksiz qaytariqlar bor. Ularni quyidagicha berish oʻrinli:

Oʻqituvchi oldin mavzuni tushuntirdi, keyin savollarga javob berdi.

Shuning bois xatolarga yoʻl qoʻymaslik uchun matnni diqqat bilan tahrirlash zarur.


Agar shu bois sabab bogʻlovchisini olib tashlash matn mazmuniga zarar yetkazmasa, uni ham qisqartirish mumkin.

@oriftolib
Pul har narsaga qodirligini aytayotgan odam pul uchun har narsaga qodir.

Benjamin Franklin

@oriftolib
Qay biri toʻgʻri?

Ozod qiluvchi, qutqaruvchi – ...
Anonymous Quiz
5%
Xoloskor
85%
Xaloskor
10%
Xalaskor
Naim amaki gʻaddorroq-ku, lekin otamdan hayiqardi. (Murod Muhammad Doʻst, “Galatepaga qaytish”.)

Jumladagi “gʻaddor” soʻzining maʼnosi nima?
Anonymous Quiz
36%
Mehr-shafqatsiz, berahm
30%
Ayyor, tulkiday hiylagar
34%
Baquvvat, chayir
Diqqat bilan oʻqish sizni dunyoning eng oqil va ijodkor mutafakkirlari bilan hamsuhbat qiladi.

Robin Sharma
“Oʻlsang, kim yigʻlaydi?” kitobidan iqtibos

@oriftolib
Taqataq va taqa-taq

Talaffuzi bir, ammo imlosida farq boʻlgan bu ikki soʻz turli maʼnoga ega.

🟢 Taqataq soʻzi ikki xil mazmunda qoʻllanadi:

1️⃣ Hammasi birdan, bitta ham qolmasdan; yoppasiga.

Uylarning eshiklari, derazalari taqataq yopiq.
Oybek, “Tanlangan asarlar”.

2️⃣ Butunlay, tamoman.

Toʻrani koʻrib, hamma taqataq toʻxtar, ikki bukilib taʼzim qilardi.

J. Sharipov, “Xorazm”.

🟢 Taqa-taq esa taqlid soʻz. Bir meʼyordagi tez harakatdan, urilishdan hosil boʻladigan ovoz, shovqinni ifodalash uchun ishlatiladi:

Poyezdning taqa-taqi kishini mudratardi.

@oriftolib
Orif Tolib
Soʻz takrori 3️⃣ Soʻz takrori bir soʻzni ketma-ket oʻrinsiz qayta ishlatishdir: Oʻqituvchi oldin mavzuni tushuntirdi, keyin savollarga javob berib, tushuntirish berib oʻtdi. Shuning uchun xatolarga yoʻl qoʻymaslik uchun matnni diqqat bilan tahrirlash zarur.…
Nutq shtamplari va kanselyarizmlar

4️⃣ Navbatdagi uslubiy xato turi nutq shtamplari va kanselyarizmlardir.

🟢 Kanselyarizm – rasmiy uslubga xos soʻzlar, soʻz birikmalari va gap qurilishining boshqa uslublarda ishlatilishidir. Masalan:

Tinglovchilar maʼruzani maʼlumot uchun qabul qildilar.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz.

Maʼruza rasmiy majlisdagi hisobot emas, u maʼlumot uchun qabul qilinmaydi. Noqulayliklar esa keltirilmaydi, yuqoridagi jumlada keltirilgan soʻzidan umuman voz kechish kerak.

Rasmiy uslubga xos nutq shtamplarini badiiy, publitsistik yoki axboriy matnlarda qoʻllash ularning hissiy-emotsional taʼsirini yoʻqqa chiqaradi, boʻyoqdorligini kamaytiradi.

🟢 Nutq shtamplari – eskirgan, boʻyoqdorligini yoʻqotgan soʻz, ibora va jumlalardir. Masalan, matnda bugunlik kunda, maqsadga muvofiq, shuni taʼkidlash oʻrinliki, shu oʻrinda aytib oʻtish joizki, sir emaski, tizimli ishlar, ob-havo noqulay kelganligi sababli kabi qolip iboralarni ishlatish uning taʼsirchanligini pasaytiradi, originalligiga zarar yetkazadi.

Kalka tarjimalar, tilni yaxshi bilmaslik va uquvsizlik oqibatida yuzaga kelgan qolip ifodalar ham bor: toʻlovni amalga oshirdi, zarbani amalga oshirdi, qattiq qoʻnishni amalga oshirdi, boʻlib hisoblanadi, katta rol oʻynaydi, muhim rol bajaradi, dorini qabul qildi, vaksina qabul qildi, dush qabul qildi, doʻstingiz bilan ulashing.

Nutq shtampining yanglish qoʻllanishiga bir misol:

Oila jamiyatning asosiy boʻgʻini boʻlib hisoblanadi.

Yuqoridagi gapda boʻlib hisoblanadi iborasi ortiqcha, hisoblanadi soʻzini qoldirish ham tahrir nuqtayi nazaridan maʼqullanmaydi. Jumlaning loʻnda va toʻgʻri shakli:

Oila – jamiyatning asosiy boʻgʻini.
Oila jamiyatning asosiy boʻgʻinidir.


❗️ Jumladagi jamiyatning asosiy boʻgʻini ifodasini ham bemalol nutq shtampi deyish mumkin. Qoʻllanaverib iyigʻi chiqqan, ohorini butkul yoʻqotgan.

@oriftolib
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ehsoningizga ulugʻ ajrlar yozilsin

Xayriya mavzusida deyarli yozmayman. Lekin buni yozmasam boʻlmaydi.

Siz videoda koʻrgan yigitning onasi – ustozimiz. Yigirma yillar burun litseyda bizga dars berishgan. U paytlari Foziljon onasining ortidan chopib yurgan yoshgina bola edi.

Bugun oilaning boshiga sinov tushgan: Foziljonga 2018-yili tarqoq skleroz tashxisi qoʻyilgan. U Hindistonda operatsiya qilinishi uchun 35 ming AQSH dollari miqdorida mablagʻ kerak. Yaqinda Foziljonga yordam berish uchun telegramda @saxovat12 nomli guruh ham ochilibdi.

Baʼzan ehson niyatida yurganlar munosib odam topolmay ham qoladi. Men shu yigit chin koʻngildan qilingan ehsonga – yaxshilikka munosib ekaniga guvohlik beraman.

💳Karta raqamlari:

9860082595808294
Bemor Foziljon Rasulov nomida (Humo)

5614682714884337
Onasi Gulbahorxon Mamajonova nomida (Uzkard)

🟢 Manzil:
Fargʻona viloyati, Uchkoʻprik tumani, Uchkoʻprik shaharchasi, Mulkobod koʻchasi, 24-uy.

@oriftolib
Qatorda noring boʻlsa, yuking yerda qolmaydi.

Maqoldagi “nor” soʻzining lugʻaviy maʼnosi nima?
Anonymous Quiz
11%
Arava, yuk ortish moslamasi
79%
Erkak tuya
10%
Karvon yoʻlboshchisi
Portdan oʻtib kelgan pasport

Pasport soʻzi tarkibidagi port shunchaki tasodif emas. Birinchi pasportlar Italiyada paydo boʻlgan. Rassarorto soʻzi lotincha passare – oʻtish, portus – port, bandargoh soʻzlaridan tuzilgandi. Kemalar port orqali oʻtishiga imkon beruvchi ruxsatnomani pasport deb atashgan.

Atama fransuz tiliga mamlakat chegarasini kesib oʻtish ruxsatnomasi maʼnosida kirgan. Soʻng shaxsni tasdiqlovchi hujjat yoki yashash guvohnomasini ifodalashga oʻtgan.

Oʻzbek tiliga ruschadan, ruschaga esa XVIII asr boshlarida nemis yoki fransuzchadan oʻzlashgan. U koʻp vaqtlar pas shaklida ishlatilgan. Pashport yoki pachport shaklida ham qoʻllangan.

Pasport soʻzidan dunyoning juda koʻp tillari ayrim tovush oʻzgarishlari bilan foydalanadi.

@oriftolib
Orif Tolib
Koʻzimda yosh bilan koʻrdim Bu xabarga oldinroq koʻzim tushgandi-yu, oʻtkazib yuborgandim. Lekin Shuhrat akaning izohini oʻqib, videoni koʻrishga qaror qildim: tul qolgan, endi ayol boshi bilan yetti norasida qizni “Kombi” haydab boqayotgan Oʻgʻiloy Eshqulova…
Tadbirkordan yangi “Damas”

Jurnalist Shuhrat Shokirjonov yozyapti:

“Olis Nurobod tumanining Sahoba qishlogʻida yashovchi, turmush oʻrtogʻi ogʻir kasallikdan vafot etgach, 7 qizini bir oʻzi “Kombi” mashinasida tirikchilik qilib boqayotgan Oʻgʻiloy Eshqulovaga samarqandlik saxovatpesha tadbirkor, “Yuksalish group” rahbari Anvar Temirov yap-yangi “Damas” avtomobilini sovgʻa qildi.

Bundan tashqari, tadbirkorlar otasiz oʻsayotgan 7 nafar qizlarni barchasi voyaga yetgunga qadar qizlarning oʻqishlari va oilaning taʼminotini ham oʻz zimmalariga olishdi.

Saxovatpesha yosh tadbirkorlarimiz koʻpaysin”.

Batafsil:
👉 t.me/shokirjonov/7409

@oriftolib
Qudaning oshi bilan qudagʻayni siylabdi

Maqoldagi qudagʻay soʻzi bilan xotin quda, er va xotinning ota-onalari va ularning yaqin qarindoshlarining hammasi nazarda tutiladi. Bu soʻz hozirgi tilimizda asosan ayol quda maʼnosida qoʻllanadi.

🟢 Maqolning izohi

Bu maqolni ayyor, makkor, hiylagar, ustomon, birovning doʻppisini birovga, birovning oʻz toʻnini aylantirib kelib oʻziga kiygizadigan, birovlarning narsasi va mablagʻi bilan birovlarni siylab, koʻnglini olib, oʻzini yaxshi, saxiy odam qilib koʻrsatuvchi, shuning evaziga obroʻ-eʼtibor qozonuvchi va hokazo uchar odamlarga nisbatan achchiq kinoya, istehzo yoki hazil-mutoyiba tarzida qoʻllaydilar.

“Hikmatnoma” kitobi asosida

@oriftolib
Eng qisqa xat

Fikrni imkon qadar loʻnda ifodalash yozuvchining mahoratini koʻrsatadi. Atoqli fransuz yozuvchisi Viktor Hyugo eng qisqa xat muallifi sifatida ham eʼtirof etiladi. U “Xoʻrlanganlar” romani sotuvi qanday ketayotganini bilish niyatida kitob doʻkoni egasiga xat yozadi. Maktub birgina belgidan iborat edi:

“?”

Sotuvchi hamma narsani anglaydi va xuddi shunday loʻnda javob yozadi:

“!”

Roman haqiqatan ham juda tez sotiladi va yozuvchiga 400 ming frank qalamhaqi olib keladi.

👉 Mashhurlar hayotidan

@oriftolib
Forwarded from Alisher Sadullaev
Xullas, hammaga rahmat. Kitob o'qiyapsizlar ekan.

Endi “Mutolaa” ilovasida yana qanday qulayliklar boʻlishini istar edingiz?​​

“Mutolaa” ilovasi kundan-kunga rivojlanib, qulay platformaga aylanib bormoqda. Ayniqsa, shu yaqin kunlarda qoʻshilgan funksiyalar kitobxonlarga yoqadi degan umiddamiz.

1. Audiokitoblarni “tovushbezakli” va “tovushbezaksiz” eshitish funksiyasi. Endi kitobni istasangiz musiqa va turli qoʻshimcha ovoz effektlari bilan yoki, istasangiz, faqat sof ovozda eshitishingiz mumkin.

2. Qidiruv va filtr funksiyalari qulaylashtirildi. Endi oʻzingizga kerakli kitobni janrga, yoshga, muallifga va reytingga qarab topish imkoni mavjud.

3. Mutolaaxonam boʻlimi takomillashtirildi. Bunda sizning ayni vaqtda oʻqiyotgan kitoblaringiz tartib bilan turadi. Bundan tashqari, siz oʻqib boʻlgan kitoblar va oʻqishni reja qilgan kitoblaringiz roʻyxati ham mavjud. Yuklab olgan kitoblaringizni ham shu joydan topasiz. Quyida esa “Javon” turadi.

4. Har bir kitobxonning oʻz kitob javoni boʻladi. Endi “Mutolaa” ilovasi orqali oʻz kitob javoningizni “yasashingiz” mumkin. Javonni nomlab, ularga oʻqigan yoki oʻqishni niyat qilgan kitoblaringizni joylab boring.

5. Shaxsiy statistika! Endi siz kitobxonlik boʻyicha shaxsiy natijalaringizni kuzatib borishingiz mumkin. Qancha kitob oʻqidingiz, qancha vaqt sarfladingiz va h.k.

https://t.me/bolalar_yozuvchisi/881