Orif Tolib
10.2K subscribers
939 photos
86 videos
5 files
1.67K links
Soʻz. Tahrir. Savodxonlik.

Reklama boʻyicha:
👉 https://bit.ly/3nHSpI6
Murojaat uchun:
👉 @oriftolib_xatlar_bot
Donat:
👉 8600572904072506
👉 tirikchilik.uz/oriftolib

Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“H” va “X”ni qanday oson farqlash mumkin? | 4️⃣7️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari

👉 YouTubeʼda koʻrish

@oriftolib
Tarixda qolish

Bernard Shou elga tanilib, obroʻ-eʼtibor qozongan payt. Kunlarning birida koʻchada uni bir velosipedchi urib yuboradi. Xayriyatki, hech kim ogʻir jarohat olmaydi. Ikkovlari ham qattiq qoʻrqib ketishadi xolos. Velosiped mingan kishi yugurib kelib, yozuvchidan toʻxtovsiz uzr soʻray boshlaydi. Ammo Shou uning uzrini qabul qilmaydi:

– Omadi kulmagan odam ekansiz-da, ser! Yana ozgina gʻayrat qilganingizda, mening qotilim sifatida tarixda qolardingiz.

@oriftolib
Forwarded from “Yoshlik” jurnali
#shukuh

RAMAZON

Ulug‘ niyat bilan umrim bezatsang,
Xatoim tong va shom qadar tuzatsang,
O‘ttizta kuningda sabr o‘rgatsang,
Nafsimga o‘ttizta dor qil, Ramazon.

O‘zing bag‘ishlagin ruhimga shifo,
Rabbim nurlaridan etma mosuvo,
Ruhimning ozig‘i – ibodat, duo,
Ko‘nglim halovatga yor qil, Ramazon.

Imon-u ixlosda barchani teng qil,
Gunohi kamaysin, savobin ming qil,
Odamzot fe’lini yanada keng qil,
Yomonning yo‘lini tor qil, Ramazon.

Tangrim marhamati tugab-bitmasdir,
Bir nazar qilsa gar, shu o‘zi basdir,
Tong-u shom orasi ilohiy darsdir,
Saflarda meni ham bor qil, Ramazon.

Shodi OTAMUROD

14.03.2024

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
“Taalluqli”ga ham taalluqli

Taalluqli soʻzi oʻzagidagi taalluq soʻzi ham arabchadan oʻzlashgan. Taalluqli soʻzi aloqasi bor, daxldor, tegishli kabi maʼnolarni anglatadi. Talaffuziga mos yozilmaydi. Uni taluqli, taaluqli yoki talluqli shaklida yozish xatodir:

Mahkamov boshliqning ogʻzigʻa koʻz tikib, ishga taalluqli biror muhim gap kutardi. (“Mushtum”).

@oriftolib
Imlosi qiyin soʻzlar (1-qism)

“Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars eʼlon qilindi. Lavhada imlosi qiyin va yozishda koʻp xato qilinadigan soʻzlar imlosidagi eʼtiborli jihatlar tushuntirilgan.

Soʻzlar:
🔹 yanada
🔹 afv
🔹 Qizil kitob
🔹 shuʼba
🔹 buhron

👉 https://youtu.be/eva-oP_hEtg

@oriftolib
“Vakuum”da saqlanadigan ikki “u”

Asli-nasli lotincha boʻlgan vakuum soʻzi ham imlomizga oʻzbekcha talaffuzga mos shaklda kirmagan. Biz uni vakum deb aytamiz, lekin bunday yoza olmaymiz. Vakuum gazning atmosfera bosimidan past bosimdagi holatidir:

Vakuum bosim birligi bilan oʻlchanadi.

@oriftolib
Qaytimini oling

Hajviy asarlari bilan nom qozongan chex yozuvchisi Yaroslav Hashek Bavariyaga sayohat qiladi. Safar payti mahalliy tansiq taom – sosiska yeyishni koʻngli tusab qoladi.

Stansiyalarning birida perronda daydib yurgan bir bolani chaqiradi va deydi:

– Mana, senga 40 pfenning. Ikkita sosiska ol. Bittasini oʻzing ye, ikkinchisini menga olib kel.

Poyezd joʻnashiga bir daqiqacha qolganda haligi bolakay yoʻl-yoʻlakay chaynalgancha vagonga yugurib keladi. Gashekka 20 pfenning uzatadi va deydi:

Faqat bitta sosiska qolgan ekan. Uni oʻzim yedim. Manavi 20 pfenning sizning sosiskangizning puli.

👉 Mashhurlar hayotidan

@oriftolib
Maqol qaysi qatorda toʻgʻri yozilgan?
Anonymous Quiz
51%
Yaxshiga yondash, yomondan qoch.
49%
Yaxshiga yondosh, yomondan qoch.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Imlosi qiyin soʻzlar (1-qism) | 4️⃣8️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari

👉 YouTubeʼda koʻrish

@oriftolib
“Birpas”da past yoʻq

Birpas soʻzi qisqa vaqt, biroz, sal, andak kabi maʼnolarda qoʻllanadi. Erkin Vohidov bu soʻzning kelib chiqishini pos soʻziga bogʻlab, qiziqarli xulosalar qilgan edi. Chunki lugʻatlarda pos kechaning sakkizdan biri deb izohlangan. Bu anchagina vaqtni anglatadi. Birpas esa kichik vaqt, bir necha soniya yoki daqiqa. Navoiy asarlari lugʻatidan bir qiziq maʼlumotni topdim: pos soʻzi eski tilimizda lahza, daqiqa maʼnosida ham ishlatilgan oʻrinlar bor ekan.

Birpas soʻzini birpast shaklida yozish uchrab turadi. Taxminimcha, soʻzdagi pas qismi past soʻzi bilan adashtiriladi. Pastni talaffuzga mos shaklda pas deb yozish xato, demak, birpasni ham birpast shaklida yozishim kerak deb xulosa qilingan boʻlishi mumkin. Biroq birpas soʻzi oʻzagida past soʻzi yoʻq:

Mansur tagʻin birpas oʻylanib turdi-yu, indamay chiqib ketdi.
Oʻ. Hoshimov, “Qalbingga quloq sol”.

@oriftolib
​​Qilgan ishing oʻzingga qaytadi

Quyidagi hikoyani koʻpchilik afsona deb hisoblaydi. Bu voqea balki boʻlgandir, balki toʻqimadir. Lekin unda katta ibrat borligi aniq.

Yigirmanchi asr boshlari. Shotlandiyalik bir dehqon daladan qaytayotib bir botqoqlik yonidan oʻtadi. Uning qulogʻiga kimningdir yordam soʻrab baqirayotgan tovushi eshitiladi. Dehqon ovoz kelgan tomonga shoshib yoʻl oladi va vahshatli botqoqlik qaʼriga choʻkib borayotgan bolani koʻradi. Bola qutulishga urinib chiranar, lekin bu urinishlar uni yanayam ichkari tortardi. Dehqon katta bir daraxt shoxini sindirib oladi va botqoqqa ehtiyotkorlik bilan yaqinlashib, shoxni bolaga uzatadi. U bir amallab xavfsiz joyga chiqadi. Bechora gapira olmas, tishlari takillar, oʻzi dagʻ-dagʻ qaltirar edi. Lekin qoʻrquv ortda qolgan, xavfdan ozod boʻlgandi.

– Bizning uyga boramiz. Oʻsha yerda qurinib, oʻzingga kelib olasan, oʻgʻlim, – deydi unga dehqon.

– Yoʻq, yoʻq... – deb rad etadi bola, – meni dadam kutyapti. Rosa xavotir olayotgan boʻlsa kerak.

Soʻng dehqonga koʻzlarida mehr-minnatdorlik bilan boqib, yugurganicha yoʻlga tushadi.

Ertasiga ertalab dehqonning eshigi oldiga otlari turli zeb-ziynatlar bilan bezatilgan arava kelib toʻxtaydi. Undan qimmatbaho kiyimlar kiygan bir kibor kishi tushib keladi.

– Kecha mening oʻgʻlimni qutqargan kishi sizmi? – deb soʻraydi u dehqondan.

– Ha, men, – deb javob beradi dehqon.

– Sizga qancha berishim kerak?

– Meni xafa qilyapsiz, taqsir. Siz mendan umuman qarzdor emassiz. Men oʻzini inson deb hisoblaydigan kishi qilishi kerak boʻlgan ishni qildim xolos.

– Yoʻq, men bu yaxshilikni eʼtiborsiz qoldira olmayman. Oʻgʻlim men uchun juda qadrli. Istagan pulingizni ayting.

– Bu mavzuda ortiq gaplashishni istamayman. Salomat boʻling.

Dehqon ortiga buriladi. Shu payt ostonada uning oʻgʻli paydo boʻladi.

– Bu sizning oʻgʻlingizmi? – deb soʻraydi kibor mehmon.

– Ha, – deydi dehqon faxrlanib, oʻgʻlining boshini silarkan.

– Keling, bundoq qilamiz. Men oʻgʻlingizni oʻzim bilan Londonga olib ketaman va uning oʻqishiga homiylik qilaman. Agar u otasiga oʻxshagan halol odam boʻlsa, bu qarordan siz ham, men ham afsuslanmaymiz.

Oradan bir necha yil oʻtadi. Dehqonning oʻgʻli oldin maktabni, soʻng tibbiyot universitetini tugatadi. Uning nomi penitsillin ixtirochisi sifatida tez orada butun dunyoga taniladi. Bu mashhur olimning ismi Aleksandr Flemingdir.

Aleksandr Flemingning oliy taʼlim olishiga sababchi boʻlgan kishining nomi esa lord Randolf Cherchilldir. Uning oʻgʻli keyinchalik Angliya bosh vaziri boʻladi va butun dunyoga Uinston Cherchill nomi bilan taniladi. Bu mashhur siyosatchi nutqlaridan birida: “Qilgan ishing oʻzingga qaytadi”, degandi. Haqiqatan shunday. Bunga hayotdan juda koʻp misol topish mumkin.

👉 Ibratli hikoyalardan

@oriftolib
Forwarded from Alisher Sadullaev
⚡️Sizlar bilan ajoyib yangilikni bo'lishmoqchiman. "Mutolaa" ilovasi yuklab olishlar bo'yicha Google Playning O'zbekiston ta'lim chartida 3-o'ringa chiqib oldi. Maqsadimiz — shu yilning o'zida 1 million kitobxonga bepul audio va elektron kitoblarni taqdim qilish. Oldimizda kitobxonlikni rivojlantirish uchun katta marralar bor, birgalikda kitobxon millatga aylanish nasib qilsin.

Mutolaa qilish uchun ilovani yuklab oling:

Play Market | App Store

@alisher_sadullaev
Noshir, muharrir, mualliflik huquqi bo‘yicha mutaxassis, adabiy agentmisiz?

6–20-oktyabr kunlari Germaniyadagi Frankfurt kitob yarmarkasiga borishni istaysizmi? Yo‘q, deysizmi? Unda "ha" deydiganlarga yuboring! :)

Mana bu ma’lumotni ko‘ring va bepul sayohat yutib olish imkonidan foydalaning! Ingliz tilini bilish sharti borligini nazarda tuting. Arizalar 30-aprelgacha qabul qilinadi.

https://www.buchmesse.de/en/fellowship-and-grant-programmes/frankfurt-fellowship?fbclid=IwAR1bpMChlgcWazefr2DPS0kCA1lqL787yf-6TKBCUuJMn4BJ65AOEb_fL6g_aem_AR_GPaANYiNgxPUGhzuw2-ZDz3BzCpPMEgEdPdO2DQ84b1CJEgKnXzJp7AjdOL4YVZ8IeCsfjlWNtnoSMHRl_sDH

Manba:
👉 Mitti ko‘prik

@oriftolib
Imlosi qiyin soʻzlar (2-qism)

“Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars eʼlon qilindi. Lavhada imlosi qiyin va yozishda koʻp xato qilinadigan soʻzlar imlosidagi eʼtiborli jihatlar tushuntirilgan.

Soʻzlar:
🔹 milodiy
🔹 koʻngilchan
🔹 koʻngilchang
🔹 aks sado
🔹 ohanrabo

👉 https://youtu.be/xwZg4bqa6bU

@oriftolib
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Imlosi qiyin soʻzlar (2-qism) | 4️⃣9️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari

👉 YouTubeʼda koʻrish

@oriftolib