Orif Tolib
11.3K subscribers
1.12K photos
101 videos
8 files
1.92K links
Soʻz. Tahrir. Savodxonlik.

Reklama boʻyicha:
👉 is.gd/elonlar

Boshqa sahifalarimiz:
👉 taplink.cc/oriftolib

Muallif haqida:
👉 oriftolib.uz/?p=575

Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.
Download Telegram
Qay biri toʻgʻri?

Kosa tagida ...
Anonymous Quiz
50%
Nim kosa
50%
Nimkosa
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
80%
Liq toʻla
20%
Liqtoʻla
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
68%
Tim qora
32%
Timqora
Timqorami yo tim qora: qay biri toʻgʻri?

“Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars eʼlon qilindi. Unda toʻq, jiqqa, tim, liq, lang, och, nim soʻzlari imlosi haqida gap borgan.

Timqorami yoki tim qora?
Liqtoʻlami yoki liq toʻla?
Nimkosami yoki nim kosa?
Jiqqahoʻlmi yoki jiqqa hoʻl?

👉 https://youtu.be/wSdi1om5S-U

@oriftolib
​​Doʻstingizga ulashing, doʻstingiz bilan emas

#Soʻragan_edingiz

✳️ Savol:

Ulashish soʻzini qanday qoʻllash kerak? Doʻstingga ulash yoki doʻsting bilan ulash?

🔰 Javob:

Kopirayter va SMMchilar Share with friends iborasi tarjimasida baʼzan xatoga yoʻl qoʻyyapti. Bu ibora ruschada Поделиться с друзьями shakliga ega. Inglizchadagi kabi ruschada ham bilan maʼnosidagi predlog ishlatilgan. Ammo oʻzbekchada bilan koʻmakchisini qoʻllash til tabiatiga teskari va uslubiy gʻalizlik keltirib chiqaradi.

❗️ Ulashish soʻziga bogʻlangan soʻz joʻnalish kelishigini, yaʼni -ga qoʻshimchasini olishi kerak: doʻstingizga ulashing, doʻstlaringizga ulashing.

Bilan koʻmakchisini baham koʻrish, oʻrtoqlashish, boʻlishish soʻzlari bilan qoʻllash toʻgʻri: doʻstingiz bilan boʻlishing, doʻstingiz bilan baham koʻring, doʻstingiz bilan oʻrtoqlashing.

📌 Demak:

Doʻstlaringizga ulashing, yaqinlaringizga ulashing, guruhdagilarga ulashing, tanishlarga ulashing

Doʻstlaringiz bilan ulashing, yaqinlaringiz bilan ulashing, guruhdagilar bilan ulashing, tanishlar bilan ulashing

🟢 Maqolani doʻstlaringizga ulashing va tilimiz xatolardan xoli boʻlishiga hissa qoʻshing.

🔄 Mavzuga aloqador:
🔹 Read between the lines
🔹 Kalka va kalkalash
🔹 Oʻqiganim kitob va oʻqigan kitobim
🔹 “Svejiy” soʻzining tarjimasi haqida
🔹 Oʻzbekchasini unutganlar uchun mitti lugʻat

@oriftolib
Qay biri toʻgʻri?

... yoʻqolib ketish xavfi ostida.
Anonymous Quiz
26%
Axalteke otlari
41%
Axaltekin otlari
33%
Axaltaka otlari
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
42%
“Iliada” dostoni
58%
“Illiada” dostoni
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Timqorami yo tim qora? | 🔟-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari

👉 YouTubeʼda koʻrish

@oriftolib
​​Bugunlik kunda, bugungi kunda, bugun

Ogʻzaki tilda baʼzan soʻz va qoʻshimchalarni isrof qilamiz. Bu esa yozuvga ham koʻchib oʻtadi:

Bugunlik kunda til masalasiga bepisand qaralyapti.
Bugungi kunda til masalasiga bepisand qaralyapti.

Bugungi kunda iborasini ayniqsa ommaviy axborot vositalari sevib ishlatadi. Lekin bunday qoʻllamaslik kerak.

⚠️ Nimasi xato? Mazmun takrori va ortiqcha soʻz qoʻllash bor. Bugun soʻzi tarkibida kun soʻzi boʻlgani uchun yana kun deyish shartmas. Soʻz oʻzgarib, yangilanib ketgan-ku, deysizmi? Hatto shu holatda ham kun soʻzi alohida mazmun tashimayapti-da.

☑️ Toʻgʻrisi qanaqa? Bugunlik kunda, bugungi kunda birikmalari oʻrnida bugun soʻzini ishlatish yetarli. Jumla loʻndalashyapti, maʼnoga esa ziyon-zahmat yetayotgani yoʻq.

Hozirgi vaqtda, hozirgi kunda, hozirgi zamonda kabi iboralarni ham aksariyat holatlarda hozir deb tahrirlash mumkin.

📌 Demak:

Bugun
Bugunlik kunda, bugungi kunda

🔄 Mavzuga aloqador:
🔹 Agar va agarda
🔹 Hozir va hozirda
🔹 Amaliyot: loʻnda ifodalang
🔹 Amaliyot: toʻlov tekin boʻlmaydi

@oriftolib
Gʻisht, tuproq, tosh va shu kabi yuklarni tashish uchun ishlatiladigan ish quroli – ...
Anonymous Quiz
10%
Zambur
8%
Zambir
82%
Zambil
Nomdagi xatolik

Atoqli fantast yozuvchi Rey Bredberi romaniga “Farengeyt boʻyicha 451 daraja” degan nom qoʻyadi. U asar mazmun-mundarijasidan kelib chiqib shunday nom tanlaydi. Chunki shu haroratda qogʻoz oʻz-oʻzidan yonib ketadi.

Biroq qogʻoz Farengeyt (toʻgʻrirogʻi – Fahrenhayt) emas, Selsiy boʻyicha 450 darajadan sal oshiqroq haroratda olovlanadi. Adib nom qoʻyishda oʻt oʻchirish xizmati xodimi bilan maslahatlashgan va u harorat koʻrsatkichlarini chalkashtirgani uchun yozuvchi ham xatoga yoʻl qoʻygan.

@oriftolib
Zero buni barchamiz bilishimiz kerak.

Jumladagi “zero” soʻzining maʼnosi nima?
Anonymous Quiz
24%
Aytgancha, darvoqe
35%
Chunki, negaki
41%
Shunga qaramay, shunday boʻlsa-da
​​Kechagina yozilganga oʻxshaydi

Mashhur fantast adib Rey Bredberining “Farengeyt boʻyicha 451 daraja” romani kitobsiz jamiyat haqida hikoya qiladi. Faqat koʻngilochar mashgʻulotlar bilan ovora, qulogʻi turli musiqa-yu yallalar, koʻzi televizorga band boʻlgan odamlarni nimalar kutadi? Ular tez orada oson boshqariladigan, his va tafakkurdan uzoq, turish-turmushi isteʼmolchilikdan iborat ommaga aylanadi-qoʻyadi. Shu maʼnoda, Rey Bredberining ushbu asari kechagina yozilganga oʻxshaydi.

Televizor koʻradiganlarni kitob oʻqiydiganlar boshqaradi degan gapni oʻqigan-eshitgan boʻlsangiz kerak. Salohiyatli har qanday kitob bizni qaysidir jihatdan oʻstirishi aniq. Rey Bredberining “Farengeyt boʻyicha 451 daraja” romani shunday asarlardan. U bizni hayotga boshqa rakursdan nazar solishga oʻrgatadi.

Kitobni oʻzbekchada oʻqimoqchi boʻlsangiz, Asaxiy Booksʼdan topasiz:

👉 http://asaxiy.uz/u/63c278a9d20d9

@oriftolib
​​“Zero” nima degani?

Bu soʻzni asosan ilmiy, badiiy va publisistik matnlarda uchratamiz. Kitobiy uslubga xos.

Zero forschadan oʻzlashgan, oʻzbekchada chunki, negaki maʼnosiga ega.

Ergashtiruvchi bogʻlovchi vazifasida keluvchi bu soʻzdan soʻng vergul qoʻllash koʻp uchraydi. Hatto izohli lugʻat ham aksariyat oʻrinlarda vergul ishlatgan. Lekin bu xato.

⚠️ Nimasi xato?

Bogʻlovchilardan soʻng vergul qoʻyilmaydi. Masalan, zero soʻzining vazifadoshi chunki soʻzidan soʻng vergul ishlatmaymiz:

Ilmga intilishimiz kerak, chunki najot faqat ilm-maʼrifatda.
Chunki najot faqat ilm-maʼrifatda.

Birinchi jumlada vergul ikki sodda gapni ajratish uchun qoʻllanyapti.

☑️ Toʻgʻrisi qanaqa?

Zero bogʻlovchisidan keyin ham vergul qoʻllamaslik kerak:

Ilmga intilishimiz kerak, zero najot faqat ilm-maʼrifatda.
Zero najot faqat ilm-maʼrifatda.

Hamma shunday yozyapti-ku, deyish yo koʻz oʻrgangan narsani maʼqullayverish dalil emas, xatoda davom etishga sabab xolos.

@oriftolib
U uni asabiylashtirardi...

Ingliz, rus yoki boshqa bir slavyan tilidan oʻzbek tiliga matn tarjima qilganda yosh tarjimonlarda koʻp uchraydigan xatolardan biri asl tilda rod bilan (he/she, on/ona, il/elle) ifodalangan olmoshlarning hammasini u deb tarjima qilishdir. Grammatik jihatdan hech qanday xato yoʻq, lekin oʻzbek kitobxoni oʻqiganda tushunmovchilik boʻladi.

He irritated her/ Он раздражал её degan gapni oʻqiganimizda oʻgʻil bola/erkak kishi qizning/ayolning asabiga tekkanini tushunamiz, lekin oʻzbek tiliga U uni asabiylashtirardi deb tarjima qilsak, kim kimning asabiga teggani uncha ochiqlanmaydi-da. Bunday oʻrinlarda oʻsha qahramonlarning ismini, agar ismi hali nomaʼlum boʻlsa, jinsini koʻrsatib ketganimiz maʼqulroq boʻladi. Masalan, Yigit Letitsiyani asabiylashtirardi yoki hech boʻlmaganda U qizni asabiylashtirardi kabi.

Shoshmasang-chi sahifasidan

@oriftolib
​​Axaltaka otlari haqida

Milliy ensiklopediyaga koʻra, axaltaka – salt miniladigan qadimiy ot zotlaridan biri. Salt minish arava qoʻshmay, yuksiz minishni anglatadi.

Bu ot zotini Janubiy Turkmanistondagi Axaltaka vohasida yashagan turkmanlarning taka qabilasi yetishtirgan. Axaltaka ot zoti quruq issiq iqlimga moslashgani, nihoyatda chopqirligi bilan ajralib turadi. U poygada 1000 metr masofani 1 minut 05 sekundda bosib oʻtadi.

2012-yili dunyoda 6600 ta axaltaka oti borligi aniqlangan.

Bu ot nomi “Manas”, “Qoʻrqut ota” kabi xalq dostonlarida ham tilga olingan.

Axaltaka soʻzi taka qavmi yashaydigan voha degan maʼnoga ega.

Taka yoki teke turkman qabilalaridan birining nomi. Bu qavm XIX asrning boshida boshqa turkman qabilalari bilan aralashib, turkman xalqi tarkibiga singib ketgan.

❗️ Axaltaka soʻzini oʻzbekchada axaltekin yoki axalteke shaklida yozish uchrab turadi. Birinchisi rus tili taʼsirida boʻlsa, ikkinchisi turkmancha sababli. Lekin bu soʻz oʻzbekchada axaltaka shaklida qoʻllanadi. Eʼtiborli manbalar, masalan, milliy ensiklopediyada soʻz ayni shaklda berilgan.

@oriftolib
Oʻqiladigan kitoblar

Xadradagi “Azon kitoblari” doʻkoni tomonga yoʻlim tushib qoldi. Shoshayotganim uchun oldin moʻljallab qoʻygan kitoblarimnigina sotib oldim:

“Dunyoni tebratgan 7 buyuk”
“Gʻoyam”
“Alvido, Vatan!”
Oʻlsang kim yigʻlaydi?

“Azon kitoblari” yaxshi asarlarni nashr etyapti. Xudo xohlasa, bu kitoblardan keyin boshqalarini ham sotib olaman.

👉 Hozir aksariyat nashriyotlarning telegram kanallari bor. Oʻshalardan kerakli kitoblarni tanlab, sotib olish mumkin. Bevosita nashriyotdan olish arzonga tushadi. Tejalgan pulga yana boshqa kitob xarid qilish mumkin. Vaqtingiz kam boʻlsa, yetkazib berish xizmati ham bor.

❇️ Ora-orada doʻst va yaqinlarga kitoblar hadya qilib turing. Ham ilm ulashasiz, ham quvonch.

Yuqoridagi kitoblarni oʻqiganlar bormi? Taassurotlaringiz haqida izohlarda yozing.

@oriftolib
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
25%
Zalvarli
62%
Zalvorli
13%
Ikkovi ham toʻgʻri.