Orif Tolib
10.5K subscribers
969 photos
91 videos
5 files
1.72K links
Soʻz. Tahrir. Savodxonlik.

Reklama boʻyicha:
👉 https://bit.ly/3nHSpI6
Murojaat uchun:
👉 @oriftolib_xatlar_bot
Donat:
👉 8600572904072506
👉 tirikchilik.uz/oriftolib

Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.
Download Telegram
Boʻriga oʻxshash hayvon, chiyaboʻri – ...
Anonymous Quiz
13%
Shogʻol
81%
Shoqol
5%
Shaqal
Qay biri toʻgʻri?

Astronomik asbob nomi – ...
Anonymous Quiz
23%
Usturlab
77%
Usturlob
“Bu” va tire

Bu koʻrsatish olmoshi bilan koʻp tire ishlatiladi. Masalan:

Bu – kitobning alohida beti.

Bunday paytlarda bu ot kesimli gapning egasi boʻlib keladi. Bu olmoshi baʼzan egani izohlaydi. Nimagadir, balki rus tilidan tarjimalar taʼsiridadir, bunday holatlarda olmoshdan oldin tire qoʻyish urf boʻlgan.

❗️ Ammo tireni koʻrsatish olmoshidan keyin qoʻyish toʻgʻri. Solishtiring:

Bu – kitobning alohida beti.
Sahifa bu – kitobning alohida beti.


Agar tireni bu olmoshidan oldin qoʻysak, sahifa aynan koʻrsatilayotgan, ishora qilinayotgan kitobning beti boʻlib qoladi:

Sahifa – bu (aynan mana shu) kitobning alohida beti.

Koʻp hollarda olmoshning bahridan bemalol kechvorish mumkin:

Sahifa – kitobning alohida beti.

Tireni koʻrsatish olmoshlaridan oldin qoʻllash holatlari kitoblar, ensiklopediyalar va hatto darsliklarda ham uchraydi. Odatlanilgan xatoni tushunish va toʻgʻrilash qiyin boʻladi. Biroq baribir toʻgʻrilash kerak.

📌 Demak:

Biologiya bu – hayot haqidagi fan.
Biologiya – bu hayot haqidagi fan.

Toʻgʻri savol berish bu – masalaning yarim yechimi.
Toʻgʻri savol berish – bu masalaning yarim yechimi.

@oriftolib
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
48%
Handaq
52%
Xandaq
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
81%
Munchoq
8%
Moʻnchoq
11%
Ikkovi ham toʻgʻri.
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
23%
Vaakum
54%
Vakuum
23%
Vakum
Forwarded from “Yoshlik” jurnali
#Ibratli_hikoya

Ikki nuqtayi nazar

Bir mashhur poyabzal firmasi mahsulotlarini issiq iqlimli o‘lkalardan biriga sotish bo‘yicha loyiha qabul qildi. Ikki xodim bozorni o‘rganish uchun ushbu mamlakatga jo‘nadi. Ular alohida holda viloyatlarga yo‘l oldi. Mahalliy bozor va istiqboldagi xarid imkoniyatini o‘rgana boshlashdi.

Bir necha kun o‘tdi va tahlilchilardan biri qaytib keldi:

– U yerda hech kim poyabzal kiymas ekan. Bu bozorni egallayman deb behuda vaqt sarflamaslik kerak!

Ikkinchi tahlilchi haliyam viloyatlarni kezib yurar, sherigining xulosasidan bexabar edi. Biroz vaqt o‘tib firmaga undan faks-xabar keldi:

– Do‘stlar! Mo‘ljaldagi ekport hajmini uch barobarga ko‘paytirish kerak. Bu joylarda hali hech kim oyoqkiyim kiymas ekan!

Bir vaziyat kimgadir yengib bo‘lmas to‘siq bo‘lib ko‘rinsa, kimgadir beqiyos imkoniyatlar eshigi vazifasini o‘taydi. Hayotda imkonlarni ilg‘ab, ulardan foydalana olganlargina yutadi.

Orif Tolib

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali
Bu qaysi soʻz?

U asliyatda otning oq qashqasi; gajak, kokil degan maʼnolarni anglatadi. Biroq oʻzbekchada tamom boshqa maʼnoda qoʻllanadi. Maʼnosi oʻzgarib ketgan boʻlsa-da, joyi asliyatdagidan koʻp ham oʻzgarmagan – u koʻpincha peshona yoki boshda boʻladi.

Gap qaysi soʻz haqida ketyapti?

Variantingizni izohlarda qoldiring.

@oriftolib
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
55%
Zurriyod
45%
Zurriyot
Men nima deyman-u, qoʻbizim nima deydi?!

Men sevadigan maqollardan biri. Baʼzi maqollar vaziyatni oʻta aniq, badiiy boʻyoqlarda ifodalaydi. Bu maqol ana shundaylardan.

Milliy ensiklopediyaga koʻra, qoʻbiz – torli cholgʻu. Oʻrta asr manbalarida, jumladan, Mahmud Qoshgʻariy, Navoiy, Bobur, Darvishali Changiy va boshqalarning asarlarida qoʻbiz turkiy xalqlarning eng sevimli torli-tirnama musiqa cholgʻusi sifatida taʼriflangan. Hozirgi doʻmbiraga yaqin shakldagi qoʻbiz qirgʻizlarda qoʻmuz, xakaslarda xomis nomi bilan saqlangan. Oʻzbek, qozoq, qoraqalpoqlarda qoʻbiz torli-kamonli cholgʻu sifatida mashhur.

“Hikmatnoma” kitobida yozilishicha, ushbu maqol toʻgʻri maʼnoda qoʻbizning kuyi qoʻshiqning kuyiga yaxshi joʻr boʻla olmaganini ifoda etadi. Majozan esa bir odam bir odamga dard-hasratini aytsa, undan maslahat yo madad soʻrasa, u odam unga yordam bergisi kelmay, oʻzini goʻllikka solib, goʻyo uning aslida nima demoqchi boʻlayotganini fahmlamagan boʻlib, gapni boshqa yoqqa burishi, fikrini chalgʻitishini ifoda etadi.

Hayotda bilib yo bilmay talmovsiraydigan, siz bogʻdan kelsangiz, togʻdan keladigan odamlar uchraydi. Ularning xatti-harakati ana shu maqolda mujassam. Birov fikringni anglamagan va shu holida oʻzicha javob bergan yoki sharhlagan paytda ham ayni shu maqolni ishlatish juda oʻrinli boʻladi.

@oriftolib
Orif Tolib
Bu qaysi soʻz? U asliyatda otning oq qashqasi; gajak, kokil degan maʼnolarni anglatadi. Biroq oʻzbekchada tamom boshqa maʼnoda qoʻllanadi. Maʼnosi oʻzgarib ketgan boʻlsa-da, joyi asliyatdagidan koʻp ham oʻzgarmagan – u koʻpincha peshona yoki boshda boʻladi.…
Gʻurra

Bu soʻz arabchadan kirgan, asliyatda otning oq qashqasi; gajak, kokil degan maʼnoni anglatadi. Biroq oʻzbekchada tamom boshqa maʼnoda qoʻllanadi. Maʼnosi oʻzgarib ketgan boʻlsa-da, joyi asliyatdagidan koʻp ham oʻzgarmagan – u peshona yoki boshda hosil boʻlgan qattiq shishni anglatadi.

Peshonamni ham gʻurra qildi-ya, ertagacha gʻurra yozilib ketsa goʻrga edi, shu turqu tarovat bilan odamlarga qanday koʻrinaman?
S. Ahmad, Hukm.

Qutluqxoʻja... yoshligida oʻz mahallasidagi bolalarga bosh boʻlib, ularni qoʻshni mahalla bolalariga qarshi “urush”ga olib borar, har vaqt burni qonab, peshonasi gʻurra boʻlib qaytardi.
M. Osim, Oʻtror.

@oriftolib
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
23%
Noʻxot
63%
Noʻxat
14%
Ikkovi ham toʻgʻri.
Begonalashgan tabaka

Tobaki degan soʻzimiz bor. Uning qismati ajoyib. Tob oʻzak soʻzining qizitish, kuydirish maʼnolaridan kelib chiqqan toba (yassi qozoncha, biz uni tova, tava deymiz), toblanish, obu tob, tobiga keltirish singari kalimalar koʻp. Tobaki deb tobada pishirilgan yoki umuman qovurilgan taom aytiladi.

Xullas, tobaki degan soʻz “safarga chiqib”, Rossiyaga bordi va oʻris boʻlib qaytdi. Meliboy – Misha, Safarboy – Sasha, Ergashboy Erik boʻlib qaytgani kabi Tobaki degan nomini Tabaka qilib keldi. Tobada pishgan taom ekani esidan chiqdi va qovurilgan joʻjaga aylandi. Biz ham oʻzimizning “bolamiz”ni tanimay, Tabaka deb chaqiradigan boʻldik.

Erkin Vohidov

@oriftolib
“Obyektivka”dan voz kechiladi

Prezident kechagi majlisda: “Bundan buyon rahbarlik lavozimlariga nomzodlar mahallada odamlar bilan ishlagan, ularning muammosini oʻz koʻzi bilan koʻrib, hal qilgan kadrlar orasidan tanlab olinadi”, deya taʼkidlagan.

Shuning uchun 1 noyabrdan:

🔹 eski namunadagi “obyektivka”dan voz kechilib, ilgʻor IT-texnologiyalar asosida xodimning malakasi va salohiyati, erishgan natijalarini baholaydigan tizimga oʻtiladi;

🔹 xodimni baholashda qaysi oliygohni bitirgani yoki qayerda ishlagani emas, qanday bilim-tajribaga egaligi va koʻrsatgan natijalari asosiy mezon boʻlishi shart.

Ishga qabul qilishda soʻraladigan hujjatlarning aksariyati ortiqchaligi, obyektivkaga oʻxshash maʼlumotnomalar ish beruvchiga qiziq boʻlgan jihatlarni aks ettirmasligi haqida oldinroq yozgan edim:

👉 Ishga kirishda soʻraladigan hujjatlarning koʻpi – ortiqcha qogʻozbozlik

@oriftolib
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
16%
Shaxrixon
76%
Shahrixon
8%
Shahrihon
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
42%
Parallelepiped
58%
Parallelopiped