Orif Tolib
10.5K subscribers
969 photos
91 videos
5 files
1.72K links
Soʻz. Tahrir. Savodxonlik.

Reklama boʻyicha:
👉 https://bit.ly/3nHSpI6
Murojaat uchun:
👉 @oriftolib_xatlar_bot
Donat:
👉 8600572904072506
👉 tirikchilik.uz/oriftolib

Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.
Download Telegram
Metis, mulat, sambo va kreol: farqi nimada?

Turli adabiyotlarda bu soʻzlarga duch kelamiz. Ular nimani anglatadi?

Sarlavhadagi soʻzlarning isteʼmolga kirishi istilochilik davri bilan bogʻliq.

Metis – turli irqqa, masalan, yevropaliklar bilan hindularga mansub er-xotindan bunyodga kelgan avlod; duragay.

Mulat – oq tanli (yevropeoid irqiga mansub)lar va qora tanlilardan tugʻilgan avlod, nasl.

Sambo – hindular va qora tanlilar nikohidan tugʻilgan avlod.

Kreol – istilochilik davrlarida Amerika, Afrika va Osiyoda turli irq va millatlar qoʻshilishidan paydo boʻlgan avlod.

Ushbu soʻzlar hududlarga koʻra turlicha maʼno tashishi mumkin. Masalan, Oʻrta Osiyoda mongoloid va yevropeoid irqiga mansublardan tugʻilganlar metis deb ataladi.

@oriftolib
“Ittifoqo” nima degani?

Bu soʻz asosan badiiy uslubda ishlatiladi. Asli arabcha bu soʻz kutilmaganda, tasodifan, toʻsatdan maʼnolarini anglatadi:

Ittifoqo uchrashib qoldik.

Ittifoqo bu masalaga eʼtibor qaratdi.

Bu soʻzdan soʻng koʻpincha vergul qoʻyishadi. Aslida vergul kerak emas.

@oriftolib
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
14%
Bahuzir
86%
Bahuzur
Qay biri toʻgʻri?

Hindistondagi shtat – ...
Anonymous Quiz
53%
Gujarot
47%
Gujorat
Sulola nomi qanday yoziladi?

Sulolalar nomini yozishda turli nashrlar, hatto lugʻat va ensiklopediyalarda ham xilmaxilliklar, chalkashliklar uchrab turadi.

2013-yilgi imlo lugʻati sulolalar nomini kichik harfda yozgan boʻlsa, milliy ensiklopediya baʼzan kichik, baʼzan bosh harflar bilan bergan. Xoʻsh, qay biri toʻgʻri?

Sulolalar nomi millat, elat, qavm nomiga oʻxshaydi va ularni kichik harf bilan yozish kerak: hoshimiylar, abbosiylar, umaviylar, temuriylar, qoraxoniylar, usmonlilar kabi.

❗️ Ammo bu soʻzlarning baʼzilari jumla ichida bosh harfda ham yozilishi mumkin. Bunda ular davlat nomini bildiradi: Abbosiylar xalifaligi, Umaviylar davlati, Temuriylar davlati, Usmonli sultonligi kabi.

📌 Demak:

Amir Temur Temuriylar davlati va temuriylar sulolasining asoschisidir.

Usmon Gʻoziy Usmonlilar davlati va usmonlilar sulolasining asoschisidir.

@oriftolib
Qay biri toʻgʻri?

Sevgi dardidan mening ham boʻldi rangim ________. E. Vohidov, “Muhabbatnoma”.
Anonymous Quiz
23%
Kahrabo
66%
Qahrabo
12%
Ikkovi ham toʻgʻri.
Togʻ va qir: farqi nimada?

Togʻ
va qir soʻzlari nima maʼnoni anglatishini, bu ikkisining farqini deyarli bilamiz. Qir past, togʻ baland boʻladi. Lekin aynan necha metr balandlikkacha qir, necha metrdan soʻng togʻ sanaladi?

Milliy ensiklopediyaga koʻra, qir atrofidagi yerlardan biroz koʻtarilib turgan, yassi yoki salgina gumbazsimon balandlik, tepalik, platolardir. Uning mutlaq balandligi 200 metrdan 500 metrgacha deb qabul qilingan. Baʼzan bundan ham baland boʻlgan usti yassi past togʻlar ham qir deyilishi mumkin.

Togʻlar esa yer yuzasining tevarak-atrofdagi tekisliklardan yakka yoki qator koʻtarilib turgan baland joylaridir.

300 metrdan baland qir va adirliklar togʻ sanalishi mumkin.

Togʻlarning balandligi boʻyicha umum qabul qilingan aniq oʻlchov yoʻq. Masalan, Buyuk Britaniyada 610 metrdan baland tabiiy balandliklar togʻ deb hisoblanadi. AQSHning Oklahoma shtatidagi Skot togʻi esa 251 metr balandlikka ega xolos.

Hisob-kitoblarga koʻra, Yevrosiyo materigining 33 foizi, Janubiy Amerikaning 19 foizi, Shimoliy Amerikaning 24 foizi, Afrikaning 14 foizi togʻ bilan qoplangan. Yer yuzasining 24 foizini togʻlar egallagan.

@oriftolib
1️⃣ Pulim boʻlsagina, oʻqiy olaman!
2️⃣ Oʻqisamgina, pul topa olaman!

Siz qaysi toifadansiz?

Hozirgi kunda hatto matn yozib ham pul ishlasa boʻladi. Buning uchun kopirayting sohasini yaxshilab oʻrganish kerak.

Agar siz:

– kopirayting sohasiga qiziqsangiz;
– yozgan matningizdan ilk bor daromad olishni istasangiz;
– oʻzingizni ikki gapni qoʻshib yoza oladigan savodli (boʻlishga intilayotgan) inson deb hisoblasangiz, “Toʻgʻri kopirayting” nomli kursda oʻqishingiz kerak.

Kurs shakli: onlayn
Kurs davomiyligi: 1 oy (12 ta dars + imtihon).
Kurs narxi: 1 mln soʻm.
👉 5 iyungacha toʻlov qilganlarga 25%, yaʼni 250 000 soʻm chegirma qilinadi.

Darslarni @xatoliklar kanali asoschisi Abduazim Rustamxoʻjayev oʻtadi. Tafsilotlarni bilish uchun va toʻlov masalasida @Copywriting_Supportʻga yozishingiz mumkin.
Shunday yomgʻirda azza-bazza uzoqdan keldi.

👉 “Azza-bazza” nima degani?
Anonymous Quiz
57%
Zoʻrga
29%
Ataylab
14%
Shalabbo boʻlib
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
71%
Tennis raketkasi
29%
Tennis roketkasi
Forwarded from IT taʼlim
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'zbek tilini bilmaydigan xalqaro ekspert qanday qilib "Ona tili va o'qish savodxonligi" darsligini tayyorlash jarayonlarida qatnashdi?

Cambridge University Press hamda Oxford University Press nashriyoti muallifi, ona tili va o'qish savodxonligi fani bo'yicha xalqaro ekspert Syuzan Ianuzzi bilan bo'lgan suhbatning to'liq videosi tez orada You Tube sahifamizda e'lon qilinadi.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
86%
Batareya
14%
Batereya
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
73%
Moʻgʻuliston
27%
Moʻgʻiliston
Qizim

Dada, deysan takror va takror,
Erkaginam, jonim, shoʻx qizim.
Senga qanday maza – dadang bor,
Mening esa dadam yoʻq, qizim.

Otasizlik xoʻp ogʻir ekan,
Jon-jonimga sanchilar tikan.
Mendan rozi boʻldilarmikan,
Bular savol emas, oʻq, qizim.

Jon boʻgʻzimga tiqilib turar,
Yetmish marta yiqilib, turar.
Faqat menga tikilib turar –
Armonlarning koʻzi loʻq, qizim.

Taqdir deya, demagayman “gʻing”,
Lek bir dardim boʻladi ming-ming.
Men shoʻrlikka achchiq qismatning
Qilganlari doim doʻq, qizim.

Sogʻinch gʻamga alamni ular,
Tigʻ panjasi yuragim tilar,
Oʻlganimning kunidan kular
Bu koʻz, ammo bagʻrim choʻgʻ, qizim.

Men dadangman – dadamdan nishon,
Dadam sharaf, dadajonim shon.
Tushadilar jannatga, ishon,
Bundan juda koʻnglim toʻq, qizim.

Dada, deysan takror va takror,
Erkaginam, jonim, shoʻx qizim.
Qanday maza senga – dadang bor,
Mening esa dadam yoʻq, qizim.

Botirjon Ergashev

@oriftolib
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
53%
Mashina bamferi
47%
Mashina bamperi
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
80%
Chotqol tizmasi
20%
Chatqol tizmasi
Forwarded from “Yoshlik” jurnali
“Yoshlik”ning qadrli o‘quvchilari, Siz uchun yana bir qulaylik!

Endi “Yoshlik” mobil ilovasini telefoningizga o‘rnatib, jurnalning barcha sonlarini o‘qish imkoniga egasiz!

1.
Telefon raqamingizni kiritasiz.
2. Agar hali ro‘yxatdan o‘tmagan raqam bo‘lsa, ism-familya va parol kiritish so‘raladi va o‘sha telefon raqamga sms yuboriladi.
3. Xabardagi raqamni kiritish orqali ro‘yxatdan o‘tasiz.
4. Ilovada jurnal sonlari roʻyxati bilan tanishasiz.
5. Agar avval ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsangiz, o‘sha telefon raqam orqali avval qo‘ygan parolingizni terib ilovaga kira olasiz.

Batafsil 👉 https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.greatsoft.yoshlik
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
47%
Pantomima
53%
Pantomimo
Xolos: vergul kerakmi yoki yoʻq?

Bu soʻzdan oldin yoki keyin vergul ishlatish juda urf boʻlgan. Lekin doʻppini bir chetga qoʻyib, bundoq oʻylab koʻrilsa, bu soʻz vergul talab qilmasligi ayon boʻladi. Xolos – yuklama. Ayiruv yuklamasi. Faqat, yolgʻiz, -gina kabi ayiruv-chegaralov yuklamalariga sinonim. Maʼnodoshlari bilan vergul ishlatmagan kabi bu soʻz-yuklama bilan ham vergul qoʻllamaslik kerak.

Xolos soʻzi bori-yoʻgʻi, faqat, faqatgina maʼnolarini anglatadi:

Shoirlar aldaydi bizni, jonginam,
Bahor doim emas, uch oydir xolos.

A. Oripov.

Ikromjon oʻz ishlari qolib, Esh polvondan gapirardi xolos.
S. Ahmad, Ufq.

Yuqoridagi ikki jumladagi xolos oʻrnida sinonimlarini ishlatib koʻraylik:

Bahor doim emas, uch oyginadir. Bahor doim emas, faqat uch oydir.

Ikromjon oʻz ishlari qolib, Esh polvondangina gapirardi. Ikromjon oʻz ishlari qolib, faqat Esh polvondan gapirardi.


Yuqoridagi jumlalarda vergul kerak emasligi aniq-tiniq koʻrinib turibdi.

Xolos soʻzi ana xolos iborasi tarkibida ham uchraydi. Bu ibora taajjubni, hayratlanishni ifodalaydi. Bu holatda ham vergul mutlaqo ortiqcha:

Ana xolos! Chin oshiqning gapi emas bu.
K. Yashin, Hamza.

📌 Demak:

Eslatib qoʻydim xolos.
Eslatib qoʻydim, xolos.

Ana xolos! Buyogʻi necha puldan tushdi endi?
Ana, xolos! Buyogʻi necha puldan tushdi endi?

🔄 Mavzuga aloqador:
👉 Ammo, lekin, biroq va vergul
👉 Boshlab: vergul kerakmi yoki yoʻq?
👉 Odatda: vergul kerakmi yoki yoʻq?
👉 Esa: vergul kerakmi yoki yoʻq?

@oriftolib