Forwarded from Oliy Majlis Senati
Oliy Majlis Senati Raisi bo‘lajak sharqshunoslar bilan samimiy muloqot qildi
____________
Председатель Сената Олий Мажлиса искренне побеседовала с будущими востоковедами
Senat.uz | Facebook | Instagram | Youtube | X| Virtual murojaat | Yoshlar parlamenti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6❤3⚡1
Forwarded from Oliy Majlis Senati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabalari, yosh tadqiqotchilari, “Sharqshunos tahlilchilar” va “Yosh sharqshunos diplomatlar klubi” a’zolari hamda professor-o‘qituvchilari bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazdi.
Senat.uz | Facebook | Instagram | Youtube | X| Virtual murojaat | Yoshlar parlamenti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥9🥰4❤3⚡1
Fors ko‘rfazida harbiy keskinlashuv:
🔊 7-may kuni Eronning janubidagi Bandar Abbos va Qeshm oroli hududida kuchli portlashlar sodir bo‘ldi. Eron havo mudofaasi ikki noma’lum dronni urib tushirganini ma’lum qildi.
🔵 AQSh va Eron o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri otishma bo‘lgan. Fox News ma’lumotiga ko‘ra, AQSh Qeshm va Bandar Abbos portlariga havo zarbalari bergan, biroq bu urushning qayta boshlanishi emasligi ta’kidlanmoqda. Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusi esa AQShning Eron tankeriga tajovuzidan so‘ng raketa zarbalari berilganini va dushman zarar ko‘rganini aytmoqda.
BAA ustidan tergov boshlandi — Eron manbalariga ko‘ra, hujumlarda ishlatilgan dronlar BAA hududidan havoga ko‘tarilgan bo‘lishi mumkin. Agar bu tasdiqlansa, Eron BAAga nisbatan keskin javob choralarini qo‘llash bilan tahdid qilmoqda.
Isroil o‘zining voqealarga aloqasi yo‘qligini bildirgan. Biroq keyingi ma’lumotlarda Eron Minoob shahridagi harbiy-dengiz bazasiga berilgan zarbalarda Isroilning aloqadorligi haqida da’volar ham paydo bo‘ldi.
💠 "Yosh sharqshunos diplomatlar" klubi matbuot xizmati.
😎 Telegram | 😎 Instagram

📎 Eslatib o‘tish kerak — shu kunning o‘zida AQSH va Eron 14-mayga qadar sulhga erishish imkoniyati haqida muzokaralar olib borayotgani xabar qilingan edi. Biroq yuzaga kelgan harbiy to‘qnashuvlar diplomatik jarayonni murakkablashtirmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍5🔥5⚡1
Kaspiy: Eron urushida kuchayib borayotgan strategik yo‘lak
✅ Hormuz bo‘g‘ozi qamalda. Dunyo neftining 25% va gazining 20% oqimi to‘xtagan. Bunday sharoitda Eron o‘zining shimolidagi Kaspiy dengizi orqali muqobil savdo yo‘laklarini faollashtirishga majbur bo‘lmoqda.
Oddiy vaqtda Eron savdosining 90% Fors ko‘rfazi orqali o‘tsa, urush tufayli bu ko‘rsatkich 95% ga qisqargan. Endi Kaspiy — Yevropa va Osiyo o‘rtasidagi asosiy tranzit arteriyasiga aylangan.
✅ Harbiy tahdidlar Kaspiyga yetib kelgan.
19-martda Isroil Eronning Kaspiydagi eng yirik porti Bandar Anzaliga zarba berib, Eronning Kaspiy flotining katta qismini yo‘q qilgan. 1-aprelda esa port infratuzilmasiga navbatdagi zarbalar berilgan. Maqsad — Eronning yagona muqobil yo‘lagiga zarba berish.
📈 Rossiya–Eron savdosi keskin oshgan
The New York Times ma'lumotiga ko'ra, Kaspiy orqali bug'doy, makkajo'xori, ozuqa va kungaboqar yog'i yetkazilmoqda. Eronning to'rtta porti sutka bo'yi ishlamoqda. Kemalar transponderlarini o'chirib, yashirin harakatlanmoqda.
Rossiya–Eron savdosi 2024-yilda $4,8 mlrd (16% o'sish) bo'lgan bo'lsa, 2026-yilda 10 million tonnadan oshishi kutilmoqda. Rossiya Yelabugada ishlab chiqarilgan "Shahed" dronlarini Astraxan portidan Bandar Anzaliga yetkazib bermoqda.
Ozarbayjon — nozik muvozanat ustasi.
✅ AQSH bilan yaqinlashuv va "Abraham kelishuvlari" istiqboli
Rasman Ozarbayjon neytral. Boku Isroildan Eronning shimoli-g'arbiy qismiga zarba bermaslikni talab qilib, o'z etnik aholisini himoya qilgan.
Urush fonida Ozarbayjonning Kaspiy orqali tranzit savdosi 500% ga oshgan. Bokudagi port xavfsiz yo'lakka aylangan.
💠 "Yosh sharqshunos diplomatlar" klubi matbuot xizmati.
😎 Telegram | 😎 Instagram
Oddiy vaqtda Eron savdosining 90% Fors ko‘rfazi orqali o‘tsa, urush tufayli bu ko‘rsatkich 95% ga qisqargan. Endi Kaspiy — Yevropa va Osiyo o‘rtasidagi asosiy tranzit arteriyasiga aylangan.
19-martda Isroil Eronning Kaspiydagi eng yirik porti Bandar Anzaliga zarba berib, Eronning Kaspiy flotining katta qismini yo‘q qilgan. 1-aprelda esa port infratuzilmasiga navbatdagi zarbalar berilgan. Maqsad — Eronning yagona muqobil yo‘lagiga zarba berish.
The New York Times ma'lumotiga ko'ra, Kaspiy orqali bug'doy, makkajo'xori, ozuqa va kungaboqar yog'i yetkazilmoqda. Eronning to'rtta porti sutka bo'yi ishlamoqda. Kemalar transponderlarini o'chirib, yashirin harakatlanmoqda.
Rossiya–Eron savdosi 2024-yilda $4,8 mlrd (16% o'sish) bo'lgan bo'lsa, 2026-yilda 10 million tonnadan oshishi kutilmoqda. Rossiya Yelabugada ishlab chiqarilgan "Shahed" dronlarini Astraxan portidan Bandar Anzaliga yetkazib bermoqda.
Ozarbayjon — nozik muvozanat ustasi.
✔️ Ozarbayjon Kaspiydagi uchinchi yirik kuch sifatida eng murakkab diplomatiyani olib bormoqda:✔️ Eron bilan 400 milya chegara va 20 mln etnik ozarbayjon Eron shimoli-g'arbida yashaydi✔️ Isroil bilan mustahkam hamkorlik — Isroil neftining 40% Ozarbayjondan
Rasman Ozarbayjon neytral. Boku Isroildan Eronning shimoli-g'arbiy qismiga zarba bermaslikni talab qilib, o'z etnik aholisini himoya qilgan.
Urush fonida Ozarbayjonning Kaspiy orqali tranzit savdosi 500% ga oshgan. Bokudagi port xavfsiz yo'lakka aylangan.
Xulosa
Kaspiy dengizi Eron urushida ikkinchi, ammo strategik jihatdan o'sib borayotgan frontga aylandi. Isroil va AQSH Rossiya–Eron iqtisodiy va harbiy oqimini uzishga harakat qilmoqda. Biroq harbiy zarbalar savdo oqimini butunlay to'xtata olmadi — aksincha, u yanada yashirin va tartibsiz shaklga o'tdi.
Ozarbayjon esa o'zining betarafligi va uch tomonlama aloqalari bilan mintaqadagi eng nozik muvozanatni saqlab turibdi. Agar urush uzoq davom etsa, Boku Kaspiy xavfsizligi arxitekturasida hal qiluvchi o'yinchiga aylanishi mumkin.
Asosiy xavf: Kaspiyning harbiylashuvi (dron urushlari, port infratuzilmasini nishonga olish) mintaqani yangi beqarorlik markaziga aylantirishi ehtimoli.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5❤3👍3⚡2🕊1😍1
Hurmatli Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabalari va “Yosh sharqshunos diplomatlar” klubi a’zolari!
E’tiboringizga joriy yilning may oyining I choragi davomida O‘zbekistonning xalqaro maydondagi muhim diplomatik faoliyatiga oid asosiy voqealar dayjestini taqdim etamiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏6⚡2❤2👍2🤝2🕊1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍3👏1
🔵 Baxtiyor Saidov - Vazir🔵 Bahromjon A'loyev - Vazirning birinchi o'rinbosari🔵 Madrahimov Muzaffarvek - Vazir o'rinbosari🔵 Bobur Usmanov - Vazir o'rinbosari🔵 Abdullayev Olimjon - Vazir o'rinbosari🔵 Ismatulla Ergashev - O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg'oniston bo'yicha Maxsus vakili
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥6👏3🤝2
🔵 Yigitaliyev Shuhratjon - Tashqi ishlar vaziri maslahatchisi🔵 Azizov Shavkat - Tashqi ishlar vaziri maslahatchisi🔵 Aminova Munira - Tashqi ishlar vaziri maslahatchisi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥6🤝4
O‘zbekiston Respublikasida mustaqillik yillaridan buyon faoliyat yuritgan Tashqi ishlar vazirlari
1. Mahmudova Shahlo Nasimovna (1991-1992). O‘zbekistonning BMTga a’zo bo‘lish jarayonida va xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinishining ilk qadamlarida ishtirok etgan.
2. Abdurazzoqov Ubaydulla Abbosovich (1992-1993). O‘zbekistonning ko‘plab xorijiy poytaxtlarda ilk elchixonalari ochilishiga katta hissa qo’shgan
3. Safoyev Sodiq Solihovich (1993-1994). G‘arb davlatlari va xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarni mustahkamlashda katta rol o‘ynagan.
4. Komilov Abdulaziz Hafizovich (1994-2003). O‘zbekistonning ko‘p vektorli tashqi siyosat tamoyillarini ishlab chiqqan.
5. Safoyev Sodiq Solihovich (2003-2005). Hozirda Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritmoqda.
6. G’aniyev Elyor Majidovich (2005-2006). Rahbarlik davri unchalik ijobiy bo‘lmagan voqealar bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelgan. TIVga kelishi bilan bir qator bo‘shatishlarni amalga oshirgan.
7. Norov Vladimir Imomovich (2006-2010). Vazirlikdan tashqari, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (SHHT) Bosh kotibi lavozimida ham ishlagan.
8. G’aniyev Elyor Majidovich (2010-2012). Tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha mutaxassis hisoblangan.
9. Komilov Abdulaziz Hafizovich (2012-2022). O‘zbekiston tarixida eng uzoq muddat (qariyb 20 yil) vazirlik qilgan shaxs.
10. Norov Vladimir Imomovich (aprel 2022- 30 dekabr 2022). Rossiya-Ukraina urushi boshlangan bir paytda O‘zbekistonning betaraf va muvozanatli tashqi siyosatini davom ettirishga harakat qilgan.
11. Saidov Baxtiyor Odilovich (2022-hozirgacha). O‘zbekistonning ochiqlik siyosati, qo‘shni davlatlar bilan munosabatlarni yaxshilash va dunyoning yirik davlatlari bilan strategik sheriklikni yangi bosqichga olib chiqishda katta hissa qo’shib kelmoqda.

🔥5⚡4👍3❤2👏1👌1🕊1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tavalludi: 1981-yil 19-iyunda Toshkent shahrida tug‘ilgan.
Ma'lumoti: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti hamda Yaponiyaning nufuzli Xosey (Hosei) universitetini tamomlagan.
Karyera boshlanishi: Mehnat faoliyatini 2003-yilda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida oddiy lavozimlardan boshlagan.
Mas'uliyatli mehnat yo‘li:
➡️ 2010–2014-yillar: O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasida savdo-iqtisodiy masalalar bo‘ichicha maslahatchi.➡️ 2014–2016-yillar: Xorijiy investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlovchi «O‘zinfoinvest» agentligi direktori.➡️ 2017–2019-yillar: Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari.➡️ 2019–2022-yillar: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari hamda Strategik rivojlanish agentligi bosh direktori.➡️ 2022-yil 30-dekabrdan: O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri.
Laziz Qudratov boshchiligidagi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi yirik xalqaro biznes-forumlar tashkil etish, xorijiy kompaniyalar kapitallarini o‘zlashtirish va yangi sanoat quvvatlarini ishga tushirishga javobgardir. U zamonaviy fikrlaydigan, bir necha xorijiy tillarni mukammal biladigan yangi avlod yetakchilaridan biri hisoblanadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥12👍5🥰2🎉2🕊1🤝1
Asosiy kelishmovchiliklar:
Tayvan: Si Szinping Trampni Tayvan mustaqilligiga olib boruvchi har qanday qadam ikki davlat o‘rtasida to‘qnashuvga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirdi. Tramp esa Tayvanga qurol yetkazib berish bo‘yicha aniq javob bermadi va “9500 mil masofaga urush olib borishni xohlamasligini” aytdi.
Eron: Tramp Si Szinping Eronga qurol yetkazib bermaslikka va’da berganini, ammo neft sotib olishni davom ettirishini aytdi. Xitoy esa Eron masalasida aniq yordam taklif qilmadi.
Savdo va texnologiyalar: Tomonlar qishloq xo‘jaligi, aviatsiya va energiya sohalarida hamkorlikni muhokama qildi, ammo keng qamrovli kelishuvlarga erishilmadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5❤3👍2
Tashrif davomida delegatsiya a’zolariga shaxsiy telefonlardan foydalanish taqiqlangan, qurilmalar esa signal bloklovchi maxsus sumkalarda saqlangan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6❤4👏3🤝1
Turkiston sammiti Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi hamkorlik amaliy bosqichga o‘tayotganini ko‘rsatdi. Bu safar asosiy e’tibor madaniy ramziylikdan ko‘ra raqamli iqtisodiyot, sun’iy intellekt, logistika va kiberxavfsizlik kabi strategik yo‘nalishlarga qaratildi.
“Raqamli turkiy koridor”, Kiberxavfsizlik bo‘yicha Turkiy alyans, “E-Permit” tizimi hamda “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘lini O‘rta koridor bilan bog‘lash tashabbuslari TDTning iqtisodiy va texnologik integratsiyasini chuqurlashtirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Qosim-Jomart To‘qayevning TDT harbiy blok emasligi haqidagi bayonoti esa tashkilotning asosiy yo‘nalishi iqtisodiy, transport va gumanitar hamkorlik bo‘lib qolishini yana bir bor tasdiqladi. Umuman, Turkiston sammiti TDTni geosiyosiy ittifoqdan ko‘ra mintaqaviy iqtisodiy va texnologik platforma sifatida shakllantirish tendensiyasini namoyon etdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥4❤2
🔵 Mutanosib urbanizatsiya – kichik va o‘rta shaharlarni uyg‘un rivojlantirish tamoyilini joriy etish.🔵 “Aqlli va xavfsiz shaharlar alyansi” – sun’iy intellekt va raqamli transformatsiya sohasida xalqaro texnologiya va tajriba almashish platformasi.🔵 2027-yilda Samarqandda uy-joy qurilishini moliyalashtirish bo‘yicha xalqaro forum o‘tkazish.🔵 BMT-Habitatning “Yashil shahar” xalqaro mukofotini ta’sis etish.🔵 Butunjahon urbanizatsiya forumining 15-sessiyasini 2030-yilda “Yangi Toshkent”da o‘tkazish.
Shuningdek, Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich bilan uchrashuvda mashinasozlik, kimyo, farmatsevtika va turizm sohalarida hamkorlik dasturini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.
📌 Bokudagi sammit O‘zbekistonning urbanizatsiya bo‘yicha xalqaro maydondagi pozitsiyasini kuchaytirdi. “Yangi Toshkent” loyihasining global platformada taqdim etilishi va forum tashabbusi – bu mamlakatning jarayonlarda ishtirokchi emas, balki kun tartibini belgilovchi sifatida namoyon bo‘lishidir.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6❤4👍2
Biroq ikki tashrif atmosferasi va ritorikasi bir-biridan keskin farq qildi.
🔵 Trampning Pekindagi muzokaralari asosan savdo, texnologik raqobat va geosiyosiy bosimlar fonida o‘tdi. Uchrashuvlarda ehtiyotkor pragmatizm va sovuq diplomatik hisob-kitob sezildi. Putin tashrifi esa aksincha, strategik yaqinlik va siyosiy uyg‘unlik ruhida tashkil etildi. Si Tszinpin Rossiya rahbarini yana “eski do‘st” deb atadi, Putin esa Xitoy maqoli bilan javob berdi: “Bir kun ko‘rishmasang, go‘yo uch kuz o‘tgandek bo‘ladi”.
📌 Muhim jihatlardan biri shundaki, Tramp bilan muzokaralarda Si Tszinpin ehtiyotkor va muvozanatli pozitsiyani saqlagan bo‘lsa, Putin bilan uchrashuvlarda ancha ochiq siyosiy yaqinlik namoyon bo‘ldi. Ayniqsa, Yaqin Sharqdagi vaziyat, “o‘rmon qonunlari”ga qaytish xavfi va global xavfsizlik masalalarida Moskva va Pekin pozitsiyalari deyarli bir xil ohangda yangradi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥4❤1🥰1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4❤3👍1🥰1