YOSH SHARQSHUNOS DIPLOMATLAR / МОЛОДЫЕ ДИПЛОМАТЫ-ВОСТОКОВЕДЫ
901 subscribers
347 photos
100 videos
31 files
161 links
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzuridagi “Yosh sharqshunos diplomatlar” klubi
Download Telegram
📎Tashqi ishlar vazirligining rahbariyat bo'limi haqida infografik malumot

🔵 Baxtiyor Saidov - Vazir
🔵Bahromjon A'loyev - Vazirning birinchi o'rinbosari
🔵Madrahimov Muzaffarvek - Vazir o'rinbosari
🔵Bobur Usmanov - Vazir o'rinbosari
🔵Abdullayev Olimjon - Vazir o'rinbosari
🔵Ismatulla Ergashev - O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg'oniston bo'yicha Maxsus vakili


💠 "Yosh sharqshunos diplomatlar" klubi matbuot xizmati.

😎 Telegram | 😎 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥6👏3🤝2
📎Tashqi ishlar vaziri maslahatchilari tarkibi haqida infografik malumot.

🔵Yigitaliyev Shuhratjon - Tashqi ishlar vaziri maslahatchisi
🔵Azizov Shavkat - Tashqi ishlar vaziri maslahatchisi
🔵Aminova Munira - Tashqi ishlar vaziri maslahatchisi


💠 "Yosh sharqshunos diplomatlar" klubi matbuot xizmati.

😎 Telegram | 😎 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥6🤝4
O‘zbekiston Respublikasida mustaqillik yillaridan buyon faoliyat yuritgan Tashqi ishlar vazirlari

1. Mahmudova Shahlo Nasimovna (1991-1992). O‘zbekistonning BMTga a’zo bo‘lish jarayonida va xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinishining ilk qadamlarida ishtirok etgan.

2. Abdurazzoqov Ubaydulla Abbosovich (1992-1993). O‘zbekistonning ko‘plab xorijiy poytaxtlarda ilk elchixonalari ochilishiga katta hissa qo’shgan

3. Safoyev Sodiq Solihovich (1993-1994). G‘arb davlatlari va xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarni mustahkamlashda katta rol o‘ynagan.

4. Komilov Abdulaziz Hafizovich (1994-2003). O‘zbekistonning ko‘p vektorli tashqi siyosat tamoyillarini ishlab chiqqan.

5. Safoyev Sodiq Solihovich (2003-2005). Hozirda Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritmoqda.

6. G’aniyev Elyor Majidovich (2005-2006). Rahbarlik davri unchalik ijobiy bo‘lmagan voqealar bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelgan. TIVga kelishi bilan bir qator bo‘shatishlarni amalga oshirgan.

7. Norov Vladimir Imomovich (2006-2010). Vazirlikdan tashqari, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (SHHT) Bosh kotibi lavozimida ham ishlagan.

8. G’aniyev Elyor Majidovich (2010-2012). Tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha mutaxassis hisoblangan.

9. Komilov Abdulaziz Hafizovich (2012-2022). O‘zbekiston tarixida eng uzoq muddat (qariyb 20 yil) vazirlik qilgan shaxs.

10. Norov Vladimir Imomovich (aprel 2022- 30 dekabr 2022). Rossiya-Ukraina urushi boshlangan bir paytda O‘zbekistonning betaraf va muvozanatli tashqi siyosatini davom ettirishga harakat qilgan.


11. Saidov Baxtiyor Odilovich (2022-hozirgacha). O‘zbekistonning ochiqlik siyosati, qo‘shni davlatlar bilan munosabatlarni yaxshilash va dunyoning yirik davlatlari bilan strategik sheriklikni yangi bosqichga olib chiqishda katta hissa qo’shib kelmoqda.

💠 "Yosh sharqshunos diplomatlar" klubi matbuot xizmati.

😎 Telegram | 😎 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥54👍32👏1👌1🕊1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Laziz Shavkatovich Qudratov — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri. U mamlakat iqtisodiyoti, tashqi savdo va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish tizimida ko‘p yillardan buyon muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelayotgan yuqori salohiyatli davlat arbobidir.


📌 Muvaffaqiyat xronikasi va qisqa biografiya:

Tavalludi: 1981-yil 19-iyunda Toshkent shahrida tug‘ilgan.
Ma'lumoti: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti hamda Yaponiyaning nufuzli Xosey (Hosei) universitetini tamomlagan.

Karyera boshlanishi: Mehnat faoliyatini 2003-yilda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida oddiy lavozimlardan boshlagan.

Mas'uliyatli mehnat yo‘li:
➡️2010–2014-yillar: O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasida savdo-iqtisodiy masalalar bo‘ichicha maslahatchi.
➡️2014–2016-yillar: Xorijiy investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlovchi «O‘zinfoinvest» agentligi direktori.
➡️2017–2019-yillar: Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari.
➡️2019–2022-yillar: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari hamda Strategik rivojlanish agentligi bosh direktori.
➡️2022-yil 30-dekabrdan: O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri.


Laziz Qudratov boshchiligidagi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi yirik xalqaro biznes-forumlar tashkil etish, xorijiy kompaniyalar kapitallarini o‘zlashtirish va yangi sanoat quvvatlarini ishga tushirishga javobgardir. U zamonaviy fikrlaydigan, bir necha xorijiy tillarni mukammal biladigan yangi avlod yetakchilaridan biri hisoblanadi.


💠 "Yosh sharqshunos diplomatlar" klubi matbuot xizmati.

😎 Telegram | 😎Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥12👍5🥰2🎉2🕊1🤝1
🇨🇳🇺🇸Pekinda AQSH prezidenti Donald Tramp va Xitoy raisi Si Szinping o‘rtasida 2017 yildan beri birinchi davlat tashrifi doirasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Ikki soatdan ortiq davom etgan uchrashuvda asosiy mavzular – Tayvan, Eron va savdo masalalari edi.

🔺 Tramp o‘z nutqida Si Szinpingni “buyuk yetakchi” deb atab, ikki davlat munosabatlari “avvalgidan ham yaxshiroq bo‘lishini” aytdi. Biroq uchrashuv yakunlariga ko‘ra, tomonlar o‘rtasida jiddiy kelishuvlarga erishilmadi.

Asosiy kelishmovchiliklar:
Tayvan: Si Szinping Trampni Tayvan mustaqilligiga olib boruvchi har qanday qadam ikki davlat o‘rtasida to‘qnashuvga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirdi. Tramp esa Tayvanga qurol yetkazib berish bo‘yicha aniq javob bermadi va “9500 mil masofaga urush olib borishni xohlamasligini” aytdi.

Eron: Tramp Si Szinping Eronga qurol yetkazib bermaslikka va’da berganini, ammo neft sotib olishni davom ettirishini aytdi. Xitoy esa Eron masalasida aniq yordam taklif qilmadi.

Savdo va texnologiyalar: Tomonlar qishloq xo‘jaligi, aviatsiya va energiya sohalarida hamkorlikni muhokama qildi, ammo keng qamrovli kelishuvlarga erishilmadi.


🔺 Pekin sammiti ikki davlat o‘rtasidagi chuqur kelishmovchiliklarni yashirmadi. Tayvan masalasi – asosiy to‘siq bo‘lib qolmoqda. Si Szinpingning ogohlantirishi keskin va aniq edi. Tramp esa harbiy majburiyatlardan qochishga harakat qildi.

🔺 Eron masalasida Xitoy Vashington kutgan darajada faol vositachi rolini o‘ynamadi. Savdo va texnologiyalar sohasida esa oldinga siljish bo‘lmadi – Trampning kutilgan “g‘alabasi” amalga oshmadi.

💠 Umuman, sammit ikki kuch markazi o‘rtasidagi munosabatlar keskinligicha qolayotganini, “strategik raqobat” davom etayotganini ko‘rsatdi. Asosiy masalalarda murosaga erishilmagan holda, uchrashuvni faqat diplomatik protokol va kommunikatsiya kanallarini ochiq saqlash nuqtai nazaridan baholash mumkin.

💠 Yosh sharqshunos diplomatlar klubi matbuot xizmati.

😎 Telegram | 😎 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥53👍2
🔊Trampning Pekinga tashrifidan keyingi eng qiziq detal — muzokaralar emas, xavfsizlik protokoli bo‘ldi.

🔵 AQSh delegatsiyasi Air Force One bortiga chiqishdan oldin Xitoy tomonidan berilgan barcha narsalarni — akkreditatsiya kartalari, delegatsiya nishonlari va bir martalik telefonlargacha axlatga tashlab ketgan.

📌 Sabab esa oddiy: kiberjosuslik xavfi.

Tashrif davomida delegatsiya a’zolariga shaxsiy telefonlardan foydalanish taqiqlangan, qurilmalar esa signal bloklovchi maxsus sumkalarda saqlangan.


💠Bu holat AQSh–Xitoy munosabatlarida diplomatik tabassumlar ortida hamon chuqur strategik ishonchsizlik saqlanayotganini ko‘rsatadi.

💠 Yosh sharqshunos diplomatlar klubi matbuot xizmati.

😎 Telegram | 😎 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥64👏3🤝1
🔊Turkiston shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammiti bo‘lib o‘tdi.

🔺 Tadbirda Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkiya prezidentlari hamda TDT bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev qatnashdi. Prezident nutqining avvalida Turkistonda sammitning yuksak darajada tashkil etilgani uchun Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayevga, TDTdagi samarali raisligi uchun esa Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevga tashakkur izhor etdi, va Turkistonda barpo etilayotgan Turkiy sivilizatsiya markazi qurilishi boshlanishini ham muhim ramziy voqea sifatida baholadi.

🔵 Sammitning markaziy mavzusi raqamli rivojlanish va sun’iy intellekt bo‘ldi. Mirziyoyev TDT doirasida sun’iy intellekt bo‘yicha strategik hamkorlik tarmog‘ini shakllantirish, “Raqamli turkiy koridor” konsepsiyasini ishlab chiqish va Toshkentda Turkiy davlatlar texnologiyalar forumini o‘tkazishni taklif qildi. Shuningdek, data markazlarni bog‘lash, raqamli infratuzilmani kengaytirish va yagona raqamli makon yaratish zarurligi qayd etildi.

🔵 Yoshlar siyosati doirasida Prezident Shavkat Mirziyoyev “5 million sun’iy intellekt yetakchilari” dasturi yuqori baholandi. 1 milliondan ortiq yoshlar boshlang‘ich ko‘nikmalarga ega bo‘lgani ta’kidlandi. Prezident O‘zbekiston va Qozog‘iston tashabbusi bilan tuzilayotgan Qo‘shma venchur jamg‘armasiga TDT davlatlarini qo‘shilishga chaqirdi. Transport yo‘nalishida esa “E-Permit” tizimini to‘liq ishga tushirish, “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘lini “O‘rta koridor” bilan bog‘lash, bojxona va tranzit jarayonlarini raqamlashtirish masalalari ilgari surildi.

🔵 Ekologiya va xavfsizlik bo‘yicha 2027-yilni “Tabiatni asrash yili” deb e’lon qilish, iqlim monitoringi tizimini joriy etish va transchegaraviy suv resurslarini boshqarishda sun’iy intellektdan foydalanish taklif qilindi. Xavfsizlik masalasida esa terrorizm, ekstremizm va kibertahdidlarga qarshi kurashda hamkorlikni kuchaytirish, shu maqsadda Kiberxavfsizlik va raqamli infratuzilmani himoya qilish bo‘yicha Turkiy alyans tuzish tashabbusi bildirildi.

🔵 Sammit doirasida Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Turkiy davlatlar tashkilotini harbiy ittifoqqa aylantirish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlamasligini ma’lum qildi. U TDTni “geosiyosiy loyiha ham, harbiy tashkilot ham emas” deb ta’riflab, uni savdo, iqtisodiy, yuqori texnologiyali, raqamli va madaniy-gumanitar hamkorlikni mustahkamlovchi noyob platforma sifatida baholadi. Shu bilan birga, u turkiy dunyo ichida ishonchni mustahkamlash va ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish Qozog‘iston uchun ustuvor vazifa bo‘lib qolishini ta’kidladi.

Turkiston sammiti Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi hamkorlik amaliy bosqichga o‘tayotganini ko‘rsatdi. Bu safar asosiy e’tibor madaniy ramziylikdan ko‘ra raqamli iqtisodiyot, sun’iy intellekt, logistika va kiberxavfsizlik kabi strategik yo‘nalishlarga qaratildi.

“Raqamli turkiy koridor”, Kiberxavfsizlik bo‘yicha Turkiy alyans, “E-Permit” tizimi hamda “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘lini O‘rta koridor bilan bog‘lash tashabbuslari TDTning iqtisodiy va texnologik integratsiyasini chuqurlashtirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Qosim-Jomart To‘qayevning TDT harbiy blok emasligi haqidagi bayonoti esa tashkilotning asosiy yo‘nalishi iqtisodiy, transport va gumanitar hamkorlik bo‘lib qolishini yana bir bor tasdiqladi. Umuman, Turkiston sammiti TDTni geosiyosiy ittifoqdan ko‘ra mintaqaviy iqtisodiy va texnologik platforma sifatida shakllantirish tendensiyasini namoyon etdi.


💠 "Yosh sharqshunos diplomatlar" klubi matbuot xizmati.

😎 Telegram | 😎 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥42
📎O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-18-may kunlari Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida bo‘lib o‘tgan Butunjahon urbanizatsiya forumining 13-sessiyasida ishtirok etdi. Davlatimiz rahbari BMTning Aholi punktlari bo‘yicha dasturi (UN-Habitat) shafeligida tashkil etilgan nufuzli anjumanning Yetakchilar sammitida nutq so‘zladi.

🔺 Forumda 100 dan ortiq mamlakatdan 4 mingga yaqin ishtirokchi, jumladan, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Serbiya, Bolgariya, Gruziya, Qozog‘iston rahbarlari va BMT tuzilmalari vakillari qatnashdi.

💠 Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida XXI asr o‘rtalariga kelib dunyo aholisining qariyb 70 foizi shaharlarda yashashini ta’kidlab, bugungi kunda 3 milliard inson birlamchi yashash sharoitlaridan mahrum ekanini qayd etdi. Ularning bir milliarddan ziyodi norasmiy turar joylarda, 300 milliondan ortiq odam esa umuman boshpanaga ega emas.

📉 O‘zbekiston bo‘yicha prognozlarga ko‘ra, yaqin 15 yil ichida aholi 38 milliondan 50 milliongacha, urbanizatsiya darajasi esa 51 foizdan 65 foizga yetadi. Mamlakatda so‘nggi o‘n yilda qurilayotgan uy-joylar soni 10 barobar oshib, 2025-yilda 238 ming xonadonga yetdi. Aholini arzon uy-joy bilan ta’minlash dasturlariga har yili 2 mlrd dollar ajratilmoqda.

📌 Prezident beshta asosiy tashabbusni ilgari surdi:
🔵 Mutanosib urbanizatsiya – kichik va o‘rta shaharlarni uyg‘un rivojlantirish tamoyilini joriy etish.

🔵 “Aqlli va xavfsiz shaharlar alyansi” – sun’iy intellekt va raqamli transformatsiya sohasida xalqaro texnologiya va tajriba almashish platformasi.

🔵 2027-yilda Samarqandda uy-joy qurilishini moliyalashtirish bo‘yicha xalqaro forum o‘tkazish.

🔵 BMT-Habitatning “Yashil shahar” xalqaro mukofotini ta’sis etish.

🔵 Butunjahon urbanizatsiya forumining 15-sessiyasini 2030-yilda “Yangi Toshkent”da o‘tkazish.


🔵 Forum doirasida Prezident Mirziyoyev Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashdi. Yil boshidan ikki mamlakat o‘rtasida savdo hajmi 40 foizdan ziyodga oshgan. Qurilish, tog‘-kon sanoati, energetika va turizm sohalarida kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich bilan uchrashuvda mashinasozlik, kimyo, farmatsevtika va turizm sohalarida hamkorlik dasturini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.

📌 Bokudagi sammit O‘zbekistonning urbanizatsiya bo‘yicha xalqaro maydondagi pozitsiyasini kuchaytirdi. “Yangi Toshkent” loyihasining global platformada taqdim etilishi va forum tashabbusi – bu mamlakatning jarayonlarda ishtirokchi emas, balki kun tartibini belgilovchi sifatida namoyon bo‘lishidir.


💠 "Yosh sharqshunos diplomatlar" klubi matbuot xizmati.

😎 Telegram | 😎 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥64👍2
🔊Pekinda ketma-ket ikki yirik tashrif - avval AQSH Prezidenti Donald Tramp tashrifi, oradan ko‘p o‘tmay Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning qabul qilinishi Xitoy diplomatiyasining bugungi asosiy strategiyasini yaqqol ko‘rsatdi: Pekin global qarama-qarshilik markazida turib, bir vaqtning o‘zida ham Vashington, ham Moskva bilan aloqalarni ushlab qolishga urinmoqda.

Biroq ikki tashrif atmosferasi va ritorikasi bir-biridan keskin farq qildi.

🔵 Trampning Pekindagi muzokaralari asosan savdo, texnologik raqobat va geosiyosiy bosimlar fonida o‘tdi. Uchrashuvlarda ehtiyotkor pragmatizm va sovuq diplomatik hisob-kitob sezildi. Putin tashrifi esa aksincha, strategik yaqinlik va siyosiy uyg‘unlik ruhida tashkil etildi. Si Tszinpin Rossiya rahbarini yana “eski do‘st” deb atadi, Putin esa Xitoy maqoli bilan javob berdi: “Bir kun ko‘rishmasang, go‘yo uch kuz o‘tgandek bo‘ladi”.


🔵 Ikki tomon “Ko‘p qutbli dunyoning shakllanishi va yangi tipdagi xalqaro munosabatlar to‘g‘risida”gi deklaratsiyani imzoladi. Muzokaralarda energetika, atom sanoati, yuqori texnologiyalar, transport yo‘laklari, milliy valyutalarda hisob-kitoblar va “Sibir kuchi–2” loyihasi markaziy mavzulardan biri bo‘ldi. Moskva va Pekin ritorikasida “xalqaro adolat”, “strategik barqarorlik”, “gegemoniyaga qarshi turish” kabi iboralar qayta-qayta tilga olindi.

📌 Muhim jihatlardan biri shundaki, Tramp bilan muzokaralarda Si Tszinpin ehtiyotkor va muvozanatli pozitsiyani saqlagan bo‘lsa, Putin bilan uchrashuvlarda ancha ochiq siyosiy yaqinlik namoyon bo‘ldi. Ayniqsa, Yaqin Sharqdagi vaziyat, “o‘rmon qonunlari”ga qaytish xavfi va global xavfsizlik masalalarida Moskva va Pekin pozitsiyalari deyarli bir xil ohangda yangradi.


🔵 Moskva uchun Pekin — G‘arb bosimi va sanksiyalar fonida eng muhim iqtisodiy hamda geosiyosiy tayanchlardan biri. Xitoy uchun esa Rossiya energiya resurslari, xavfsizlik va AQSH bilan uzoq muddatli strategik raqobatda muhim sherik hisoblanadi.

🔵 May oyidagi ushbu ikki tashrif Xitoyning endilikda shunchaki iqtisodiy markaz emas, balki global siyosiy muvozanatni shakllantirayotgan asosiy diplomatik platformalardan biriga aylanganini yana bir bor ko‘rsatdi.

💠 "Yosh sharqshunos diplomatlar" klubi matbuot xizmati.

😎 Telegram | 😎 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥41🥰1
📎Shavkat Mirziyoyev futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasini 2026-yilgi jahon chempionatiga kuzatish marosimida ishtirok etdi.

🔔 Tadbirda futbolchilar, murabbiylar va muxlislar tabriklanib, terma jamoaga katta ishonch bildirildi.

🔵 Prezident sportchilarimizga omad tilab, xalq doimo ular bilan ekanini taʼkidladi. Marosim yakunida esdalik surati olinib, konsert dasturi hamda nazorat uchrashuvi oʻtkazildi.

💠 "Yosh sharqshunos diplomatlar" klubi matbuot xizmati.

😎 Telegram | 😎 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥43👍1🥰1
✔️O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabalari uchun ochiq muloqot tashkil etildi.

Uchrashuv davomida «Yosh sharqshunos diplomatlar» klubi a'zolari ham ishtirok etishdi. Talabalar parlament faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi.


📰Xususan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Dilorom Fayziyeva yoshlar bilan suhbat olib borib, qonunlarni ishlab chiqish mexanizmlari, parlament diplomatiyasining ahamiyati hamda O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, Qonunchilik palatasi qo‘mitalarining xalqaro hamkorlikdagi o‘rni yuzasidan ham fikr almashildi.

💭Davra suhbati jarayonida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol qantashishdi. Tadbir yakunida esa bunday uchrashuvlarni kelgusida ham davom ettirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

💠 "Yosh sharqshunos diplomatlar" klubi matbuot xizmati.

😎 Telegram | 😎 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6👍3👏2