YOSH SHARQSHUNOS DIPLOMATLAR / МОЛОДЫЕ ДИПЛОМАТЫ-ВОСТОКОВЕДЫ
900 subscribers
348 photos
100 videos
31 files
162 links
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzuridagi “Yosh sharqshunos diplomatlar” klubi
Download Telegram
🤝 Toshkent va Anqara: harbiy hamkorlikning yangi bosqichi

2026-yil 23-aprel kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mudofaa vaziri Shuhrat Xolmuhamedovning Turkiya bilan harbiy hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha hisobotini tingladi. Uchrashuvda Turkiya Qurolli Kuchlarining yuqori martabali vakili ham ishtirok etgan.

Oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish doirasida ikki mamlakat mudofaa idoralari o‘rtasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Xususan, harbiy-texnik hamkorlik izchil rivojlanayotgani, idoralararo aloqalar kengayib borayotgani, qo‘shma tadbirlar va harbiy mutaxassislar tayyorlashga alohida e’tibor qaratildi.

📌 Eslatib o‘tamiz: 2026-yil yanvar oyida Anqarada O‘zbekiston va Turkiya mudofaa vazirlari tomonidan harbiy tibbiyot sohasidagi hamkorlik bitimi hamda 2026 yilga mo‘ljallangan harbiy hamkorlik rejasi imzolangan edi.


Ta'kidlanishicha, Turkiya bilan strategik aloqalarni rivojlantirish O‘zbekistonning tashqi siyosatida mustaqil va pragmatik yo‘nalishni kuchaytiradi. Bu jarayon mamlakatning an’anaviy hamkorlar bilan aloqalarini saqlab qolgan holda, yangi kuch markazlari bilan hamkorlikni faol kengaytirishga qaratilgan uzoq muddatli strategiyaning ifodasi sifatida baholanmoqda.

💠 "Yosh sharqshunos diplomatlar" klubi matbuot xizmati.

😎 Telegram | 😎 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥10👍3👏21😍1
AQSh butun dunyo bo‘ylab Xitoy faoliyatini kuzatish uchun diplomatlar tarmog‘ini kengaytirmoqda.

Vashington dunyo bo‘ylab AQSh diplomatik tarmog‘ini shakllantirib, u yerga Xitoy faoliyatini kuzatishga ixtisoslashgan mutaxassislarni joylashtirmoqda. Panamadan Yaponiyagacha, Pragadan Abidjangacha (Kot-d’Ivuarning eng yirik shahri) AQSh elchixonalariga aniq vazifa bilan mutaxassislar yuborilmoqda: Pekinning global harakatlarini batafsil tahlil qilish va joylarda AQShning bu boradagi qarashlarini ilgari surish. Bu haqda Intelligence Online xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, ushbu tarmoqni rivojlantirish uchun yiliga taxminan 5 million dollar ajratilgan. 2025 yil oxiriga kelib dastur rasmiy shaklga ega bo‘lib, yanada aniq vazifalar belgilangan. Xitoy bo‘yicha mintaqaviy ofitserlar o‘z hududlarida Xitoy hukumatining siyosiy, harbiy, texnologik va iqtisodiy faoliyati haqida ma’lumot to‘plash va tahlil qilish bilan shug‘ullanadi.

Dasturga diplomat Brandon Borkovich rahbarlik qilmoqda. U Xitoyda, jumladan Pekin va Guanchjouda ishlagan tajribaga ega. E’tibor asosan Xitoyning muhim tashabbuslariga, jumladan Bir kamar, bir yo‘l loyihasiga, shuningdek global xavfsizlik va rivojlanish sohasidagi tashabbuslarga qaratilgan.

Manbaga ko‘ra, 2026 yilga borib dasturda taxminan 20 nafar mutaxassis faoliyat yuritadi. Ular AQSh Davlat departamentining turli mintaqaviy yo‘nalishlariga taqsimlanadi: Afrika, Sharqiy Osiyo va Tinch okeani mintaqasi, Yevropa va Yevroosiyo, Yaqin Sharq, Markaziy va Janubiy Osiyo, G‘arbiy yarim shar hamda xalqaro tashkilotlar.


💠 "Yosh sharqshunos diplomatlar" klubi matbuot xizmati.

😎 Telegram | 😎 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥64👍2👏2😍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tramp Karl III Oq uyga tashrifi chog‘ida uning yelkasiga qoqib, diplomatik protokolni buzdi.

Norasmiy qoidaga ko‘ra: qirollik oilasi a’zolariga birinchi bo‘lib qo‘l tekkizish mumkin emas.

Tramp britaniyalik qirolga qo‘l berib ko‘rishib, suratga tushganidan so‘ng, ular rafiqalari bilan birga AQSh prezidentining rasmiy qarorgohiga yo‘l olayotgan paytda unga tegdi.

💠 "Yosh sharqshunos diplomatlar" klubi matbuot xizmati.

😎 Telegram | 😎 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁74🔥4😍21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😁 Yosh sharqshunos diplomatlar klubi a’zolari “Qalb diplomatiyasi” konferensiyasida faol ishtirok etdi.

💼 Yangi bilimlar, muloqot va global imkoniyatlar sari qadam!


***
🌐 Members of the Young Orientalist Diplomats Club actively participated in the “Diplomacy of the Heart” conference.

💼 A step toward new knowledge, dialogue, and global opportunities!


💠 "Yosh sharqshunos diplomatlar" klubi matbuot xizmati

😎 Telegram | 😎 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7👏6👍32
🟦🟦🟦 #ШҲТ_соати

Халқ дипломатияси ва ёшлар: Марказда “Ёш шарқшунос дипломатлар” билан мулоқот

🗣Жорий йилнинг 30 апрель куни Марказда Тошкент давлат шарқшунослик университетининг “Ёш шарқшунос дипломатлар” клуби аъзолари учун маҳорат дарси ташкил этилди.

Мазкур дарсдан кўзланган асосий мақсад – ёшларнинг халқаро муносабатлар, дипломатия ва халқ дипломатияси соҳаларидаги билим ва кўникмаларини янада бойитиш, шунингдек, ШҲТ доирасида амалга оширилаётган ташаббуслар билан яқиндан таништиришдан иборат бўлди.

Унда Марказ директори Қ.Собиров ёшларга халқ дипломатияси, Марказ фаолиятининг асосий йўналишлари, амалга оширилаётган лойиҳалар ва халқаро ҳамкорлик доирасидаги ташаббуслар ҳақида батафсил маълумот берди. Шунингдек, у ёшларнинг халқаро муносабатлар ва дипломатия соҳасида билим ва кўникмаларини ошириш муҳимлигини алоҳида таъкидлади.


🔘Шу билан бирга, “Ёш шарқшунос дипломатлар” клуби аъзолари томонидан клуб фаолияти, унинг асосий мақсад ва вазифалари, амалга оширилаётган лойиҳалар ва уларда талабаларнинг иштирокига қаратилган ташаббуслар юзасидан тақдимот ўтказилди.

➡️Учрашув якунида бундай учрашувлар ёшларнинг халқаро майдонда фаол иштирокини таъминлаш, уларнинг интеллектуал салоҳиятини ривожлантириш ҳамда халқ дипломатиясини мустаҳкамлашда муҳим аҳамият касб этиши таъкидланди.

😎Telegram|📷Instagram|😇Facebook|😉YouTube|🌐scocenter.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11🔥9👍7🕊21😍1
Toshkent va Praga o‘rtasida "Texnologik ko‘prik" Ko‘ksaroydagi muzokaralarning muhim yakunlari.

✔️Joriy yilning 30-aprel kuni Ko‘ksaroy qarorgohi O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasidagi munosabatlarda yangi sahifa ochilishiga guvoh bo‘ldi. Prezident Shavkat Mirziyoyev va Bosh vazir Andrey Babish o‘rtasidagi uchrashuv shunchaki diplomatik protokol emas, balki ikki davlatning iqtisodiy pragmatizmga asoslangan strategik yurishi sifatida baholanmoqda.

Nega bu tashrifga siyosatshunoslar yuqori baho bermoqda⁉️
🟡 Eksport uchun "Viza":
Chexiyada O‘zbekistonning birinchi sertifikatlash filiali tashkil etilishi — bu bizning sanoatimiz uchun Yevropa bozoriga eshik ochadigan kalitdir. Toshkentda quriladigan “Yevro-6” laboratoriyasi esa avtomobilsozlikdagi standartlarimizni yangi bosqichga olib chiqadi.

🟡Milliardlik marra:
Davlat rahbari tomonidan savdo hajmini 1 milliard dollarga yetkazish vazifasi qo‘yildi. Bu raqam ortida o‘nlab yangi zavodlar, ish o‘rinlari va texnologik transfer yotibdi. Ayniqsa, geologiya va farmatsevtika sohalaridagi kelishuvlar O‘zbekiston uchun hayotiy muhim yo‘nalishlardir.

😀Logistika va transport:
Toshkent ko‘chalarida chex elektropoyezdlarini ko‘rish va Praga tomon to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchish imkoniyatixalqlarimizni yanada yaqinlashtiruvchi real qadamlar bo‘ldi.


Muzokaralar yakunida imzolangan Kengaytirilgan hamkorlik deklaratsiyasi va Faxriy mehmonlar xiyobonidagi daraxt ekish marosimi — bu uzoq muddatli va barqaror sheriklikning ramzidir.

💠 "Yosh sharqshunos diplomatlar" klubi matbuot xizmati.

😎 Telegram | 😎 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥10😍52
#Harbiy_xavfsizlik_va_mudofaa_universiteti

⚡️Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “Yosh sharqshunos diplomatlar” va “Sharqshunos tahlilchilar” intellektual klublarining talabalari Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetiga tashrif buyurishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti “Harbiy xavfsizlik va boshqaruv” kafedrasi hamda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi o‘rtasida 2026-2027-yillar uchun tasdiqlangan hamkorlik rejasiga asosan 1-may kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “Yosh sharqshunos diplomatlar” va “Sharqshunos tahlilchilar” intellektual klublarining talabalari Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetiga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida talabalar universitet faoliyati, taʼlim jarayoni hamda yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ular oliygoh tarixiga bagʻishlangan muzeyni ham koʻzdan kechirib, universitetning tashkil topishi, rivojlanish bosqichlari hamda harbiy taʼlim tizimiga oid qimmatli eksponatlar bilan tanishdilar.
Uchrashuv davomida mehmonlarga harbiy mutaxassislar tayyorlash tizimi, taʼlim jarayonidagi yangiliklar va universitetda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil maʼlumotlar berildi. Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob oldilar.
Mazkur tashrif yoshlarning harbiy taʼlimga boʻlgan qiziqishini yanada oshirib, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qildi.


➡️Universitet rasmiy sahifalari:

📱 Telegram |📱 Instagram |📱 Facebook |🇺🇿 akad.uz |📱YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8👍5👏521
💼 Diplomatik missiya va elchixonalar soni bo'yicha top 10 ta mamlakat.

💠 "Yosh sharqshunos diplomatlar" klubi matbuot xizmati.

😎 Telegram | 😎 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥9😍64
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔺 Xalq Diplomatiyasi va yoshlar: Markazda "Yosh sharqshunos diplomatlar" bilan muloqot.

💠 "Yosh sharqshunos diplomatlar" klubi matbuot xizmati.

😎 Telegram | 😎 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
13🥰6🔥5👏1
Xitoy Afrikaning 53 davlati uchun boj to‘lovlarini bekor qildi.

🔺Xitoy rahbari Si Tszinpin 2026-yil fevral oyida 39-chi Afrika Ittifoqi sammitida 53 Afrika davlatlarining tovarlariga boj olinmasligini e’lon qildi.

✔️Si o‘z murojaatida Xitoy 2026-yil 1-maydan boshlab Xitoy bilan diplomatik aloqada bo‘lgan 53 Afrika davlati uchun nol tarif rejimini to‘liq joriy etishini ma’lum qildi. Qaror 1-maydan kuchga kiradi va 2028-yil 30-aprelgacha amal qiladi. Imtiyoz Tayvan bilan diplomatik aloqalarini saqlab qolgan Esvatiniga tatbiq etilmaydi.

Ilgari Xitoyning bojsiz savdo siyosati Afrikaning eng kam rivojlangan 33 davlatlarinigina qamrab olgan edi. Endi bu doira deyarli butun qit’aga kengaytirilmoqda.


👍Xitoy–Afrika savdo hajmi 2025-yilda 348 milliard dollarga yetdi. Xitoyning eksporti (225 mlrd dollar) importdan (123 mlrd dollar) sezilarli darajada yuqori.

Xitoyning ushbu qarori savdo profitsitini kamaytirish va Afrikadagi iqtisodiy ta’sirni kuchaytirishga qaratilgan. Biroq boj imtiyozlari Afrikaning eksport tarkibini o‘zgartirish va qayta ishlash sanoatini rivojlantirish muammosini hal qilmaydi.


💠 "Yosh sharqshunos diplomatlar" klubi matbuot xizmati.

😎 Telegram | 😎 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥4👏31😍1