YOSH SHARQSHUNOS DIPLOMATLAR / МОЛОДЫЕ ДИПЛОМАТЫ-ВОСТОКОВЕДЫ
900 subscribers
349 photos
100 videos
31 files
163 links
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzuridagi “Yosh sharqshunos diplomatlar” klubi
Download Telegram
Forwarded from Baxtiyor Saidov
Antaliya shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining norasmiy yig‘ilishini o‘tkazdik va hamkorligimizning muhim sohalari, jumladan, transport, energetika, “yashil” transformatsiya, raqamlashtirish va innovatsiyalar yo‘nalishlariga alohida to‘xtaldik.

Shuningdek, tashkilotning institutsional rivoji, “TDT plyus” formati doirasida aloqalarimizni kengaytirish, tashqi sheriklar bilan amaliy va tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr almashdik.

Biz mintaqaviy hamkorligimizni mustahkamlash, iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish va umumiy masalalarni hal qilish uchun birgalikda ishlashni davom ettiramiz.

***

An informal meeting of the Council of Foreign Ministers of the Organisation of Turkic States was held in Antalya, with particular attention paid to key areas of our cooperation, including transport, energy, the green transition, digitalisation and innovation.

Exchanged views on the institutional development of the Organisation, expanding cooperation within the “OTS Plus” framework, and establishing practical and systematic cooperation with external partners.

We intend to continue working together to strengthen regional cooperation, stimulate economic growth and address common challenges.

***

В Анталье провели неформальное заседание Совета министров иностранных дел Организации тюркских государств и уделили особое внимание ключевым направлениям нашего сотрудничества, включая транспорт, энергетику, «зелёную» трансформацию, цифровизацию и инновации.

Обменялись мнениями по вопросам институционального развития Организации, расширения взаимодействия в рамках формата «ОТГ плюс», установления практического и системного сотрудничества с внешними партнёрами.

Мы намерены продолжать совместную работу по укреплению регионального сотрудничества, стимулированию экономического роста и решению общих задач.

X | Facebook | Instagram | Telegram
🔥8👍42
🔹17-aprel kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Moskvada Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishida ishtirok etdi.
Kun tartibiga global va mintaqaviy xavfsizlik (Yaqin Sharq va Hormuz bo‘g‘ozidagi kuchaygan vaziyat) hamda amaliy hamkorlik — savdo, “yashil” energetika va ekologiya masalalari kiritilgan.

Yig‘ilish chog‘ida B.Saidov Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazdi.
Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida oʻzaro investitsiyalarni ragʻbatlantirish va ishbilarmonlik aloqalarini faollashtirish chora-tadbirlarini muhokama qilingan va mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashilgan.

Bir vaqtning o‘zida "Markaziy Osiyo + Rossiya" formatida iqtisodiyot, energetika, ekologiya va mintaqaviy xavfsizlikka urg‘u berilgan tashqi ishlar vazirlari o'rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Xulosa qilib aytganda, ushbu uchrashuvlar O‘zbekistonning mintaqaviy va xalqaro maydondagi faol diplomatik ishtirokini yana bir bor namoyon etdi.

***

🔹17 апреля министр иностранных дел Узбекистана Бахтиёр Саидов принял участие в заседании Совета министров иностранных дел Содружества Независимых Государств в Москве.
В повестку дня были включены вопросы глобальной и региональной безопасности (обострение ситуации на Ближнем Востоке и в Ормузском проливе), а также практического сотрудничества — торговля, «зелёная» энергетика и экология.

В ходе встречи Б. Саидов провёл двусторонние переговоры с министром иностранных дел России Сергеем Лавровым.
Стороны обсудили меры по стимулированию взаимных инвестиций и активизации деловых связей между Узбекистаном и Россией, а также обменялись мнениями по региональным и международным вопросам.

Одновременно состоялась встреча министров иностранных дел в формате «Центральная Азия + Россия», в рамках которой особое внимание было уделено вопросам экономики, энергетики, экологии и региональной безопасности.

В заключении можно сказать, что данные встречи вновь продемонстрировали активное участие Узбекистана в региональной и международной дипломатии.

😎 Telegram | 😎 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥9👏32
Hormuz bo‘g‘ozi bo‘yicha muzokaralar: natija va oqibatlar

Hormuz bo‘g‘ozining vaqtincha ochilishi mintaqadagi qisqa muddatli deeskalatsiya bilan bog‘liq bo‘ldi. Xususan, Isroil-Livan yo‘nalishidagi 10 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi harbiy bosimni pasaytirib, Eronga dengiz logistikasini cheklangan tarzda tiklash imkonini berdi. Shu sababli, bo‘g‘oz ochilishi strategik emas, balki taktik va vaqtinchalik qadam sifatida baholandi.

Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi bayonotiga ko‘ra, harakat faqat tijorat kemalari uchun va qat’iy nazorat ostida ruxsat etilgan. Amalda bu “to‘liq ochiq yo‘l” emas, balki boshqariladigan tranzit rejimini anglatadi. Tehron shu orqali iqtisodiy faollikni tiklash bilan birga strategik nazoratni ham saqlab qolishga harakat qilmoqda.

Biroq bu jarayon AQSh siyosati bilan zid ravishda kechmoqda. AQSh tomoni bo‘g‘oz ochilganini tan olgan bo‘lsa-da, Eron bilan bog‘liq dengiz logistikasiga nisbatan bosimni kamaytirmadi. Natijada klassik blokadadan ko‘ra selektiv iqtisodiy izolyatsiya modeli yuzaga kelmoqda.

Shu bilan birga, yadroviy muzokaralar vaziyatning asosiy belgilovchi omili bo‘lib qolmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, Eron uran boyitishni 5 yilga to‘xtatishni taklif qilgan, AQSh esa kamida 20 yil talab qilmoqda. Ushbu farq muzokaralardagi asosiy to‘siq bo‘lib turibdi, biroq diplomatik kanallar hali ham ochiq.

Ekspertlar ta’kidlashicha, bo‘g‘oz atrofidagi zid bayonotlar global dengiz tashuvchilarini hamon ehtiyotkorlikka majbur qilmoqda. Yirik logistika kompaniyalari, jumladan “Maersk”, xavfsizlik to‘liq kafolatlanmaguncha ushbu yo‘nalishdan foydalanishga shoshilmayapti.

Vaziyat keskinlashuvi fonida Eron harbiy-dengiz kuchlari ayrim tijorat kemalariga harakatni to‘xtatish haqida radio ogohlantirishlar yuborgan. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, kemalarga yo‘nalishni o‘zgartirish tavsiya qilingan. Bu esa amalda bo‘g‘ozning to‘liq ochiq emasligini yana bir bor ko‘rsatadi.

Eron rasmiylari AQShni blokada siyosatini davom ettirishda ayblab, agar bosim saqlanib qolsa, Hormuz bo‘g‘ozi ochiq qolmasligini bildirgan. Parlament spikeri Muhammad Boqir Qolibof ham shu mazmunda bayonot berib, bo‘g‘ozdan o‘tish faqat Eron belgilagan qoidalar asosida amalga oshirilishini ta’kidladi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh bilan muzokaralarning navbatdagi bosqichi ham kechiktirilmoqda. Eron tomoni Vashingtonning talablarini ortiqcha deb hisoblab, shartlar qayta ko‘rib chiqilmaguncha muzokaralarni davom ettirmasligini bildirgan.

Eng muhim jihat - vaziyat yana keskinlashib, Hormuz bo‘g‘ozi qayta yopilgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Eron harbiylari strategik suv yo‘li orqali o‘tishni vaqtincha cheklayotgani aytilmoqda. Bu esa global ta’minot zanjirlari uchun yangi xavflarni yuzaga keltirmoqda.

Shunga qaramay, qisqa muddatli ochilish davrida bozorlar reaksiyasi kuzatildi. Neft narxlari vaqtincha pasayib, logistika xavflari qisqa muddatga kamaydi. Biroq hozirgi vaziyat yana noaniq bosqichga qaytgan.

Xulosa qilib aytganda, Hormuz bo‘g‘ozi atrofidagi holat barqarorlashgan emas. Aksincha, bu deeskalatsiya va bosim siyosati bir vaqtda amal qilayotgan murakkab geosiyosiy modeldir. Agar muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlansa yoki harbiy keskinlik yana oshsa, bo‘g‘ozning uzoq muddatga yopilishi ehtimoli yuqori bo‘lib qolmoqda.

"Yosh sharqshunos diplomatlar" klubi tahlil bo'limi.

😎 Telegram | 😎 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥92👍2👏2🤝1
Hormuz bo‘g‘ozi: vaziyat keskinlashmoqda

Eron Islom inqlobi muhofizlari korpusi (IRGC) bayonotiga ko‘ra, Hormuz bo‘g‘oziga yaqinlashish dushman bilan hamkorlik sifatida baholanishi va qoidani buzgan har qanday kema nishonga olinishi mumkin. Rasmiylarga ko‘ra, bo‘g‘oz dengiz blokadasi bekor qilinmaguncha yopiq qoladi.

Shu bilan birga, Eron parlamenti spikeri Muhammad Boqir Qolibof mamlakat Isroil va AQShga ishonmasligini, zarurat tug‘ilganda harbiy harakatlarni qayta boshlashga tayyor ekanini ta’kidladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh va Eron o‘rtasidagi muzokaralar kelgusi haftaga rejalashtirilmoqda. Al Jazeera manbalariga ko‘ra, uchrashuv Pokistonda o‘tkazilishi mumkin va bu borada xavfsizlik choralarining keskin kuchaytirilgani kuzatilmoqda.

Shu bilan birga, mintaqadagi keskinlik faqat Hormuz bilan cheklanib qolmayapti. Yaman husiylari AQSh siyosati davom etsa, Bob al-Mandeb bo‘g‘ozini ham yopish ehtimoli borligini ma’lum qilgan. Ushbu bo‘g‘oz global energiya ta’minotida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, Fors qo‘ltig‘idan chiqadigan yuklarning katta qismi aynan shu yo‘nalishdan o‘tadi.

Diplomatik frontda esa vaziyat murakkabligicha qolmoqda. Pokiston tomoni AQSh–Eron muzokaralariga nisbatan optimizmni pasaytirganini bildirgan, chunki Tehron yadroviy dastur bo‘yicha o‘z “qizil chiziqlari”dan voz kechishni istamayapti.

AQSh prezidenti Donald Tramp esa o‘z bayonotlarida Eronga bosimni kuchaytirishda davom etmoqda. U muzokaralar muvaffaqiyatsiz tugasa, mamlakat infratuzilmasiga zarba berilishi mumkinligini ochiq aytgan.

Shu bilan birga, Eron rasmiy axborot manbalari hozircha AQSh bilan muzokaralarning yangi bosqichi bo‘yicha aniq qaror yo‘qligini bildirgan. Ta’kidlanishicha, dengiz blokadasi saqlanib qolayotgan bir paytda muzokaralarni davom ettirish masalasi ochiq qolmoqda.

"Yosh sharqshunos diplomatlar" klubi tahlil bo'limi.

😎 Telegram | 😎 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥75👍2
📣 Aprel oyining II chorak diplomatik dayjesti

Hurmatli Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabalari va “Yosh sharqshunos diplomatlar” klubi a’zolari!

E’tiboringizga joriy yilning aprel oyining II choragi davomida O‘zbekistonning xalqaro maydondagi muhim diplomatik faoliyatiga oid asosiy voqealar dayjestini taqdim etamiz.


📌 2026-yil 14-aprel kuni Dehli shahrida O‘zbekiston va Hindiston vakillari Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagi dolzarb sheriklik masalalarini muhokama qildi va O‘zbekiston TIV rahbari hamda AQSh Davlat kotibi yordamchisi o‘rinbosari muzokaralar chog‘ida energetika sohasidagi hamkorlik barqaror iqtisodiy rivojlanishni taʼminlashda muhim o‘rin tutishini taʼkidladilar.


📌 2026-yil 15-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining birinchi oʻrinbosari Sergey Kiriyenko boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.


📌 2026-yil 15-aprel kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Norvegiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi Xelen Sand Andresenni qabul qildi, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari va Norvegiya elchisi konsullik-huquqiy masalalar va migratsiya sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar va O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon Aʼloyev Eron elchisi Muhammad Ali Iskandariy bilan uchrashuv o‘tkazdi.

📌 2026-yil 17-aprel kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Moskvada bugun bo‘lib o‘tgan MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etdi va O‘zbekiston va Rossiya TIV rahbarlari Moskvada uchrashdi.


📌 2026-yil 18-aprel kuni Moskvada “Markaziy Osiyo + Rossiya” formatidagi tashqi ishlar vazirlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, Antaliya diplomatik forumida ishtirok etayotgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Iordaniya Bosh vazir o‘rinbosari, tashqi ishlar va ekspatriatlar masalalari bo‘yicha vaziri Ayman Safadi bilan va Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

📌 2026-yil 19-aprel kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Antaliya shahrida Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramov bilan uchrashdi, Bangladesh tashqi ishlar vaziri Xalilor Rahmon bilan uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi, Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan muzokara o‘tkazdi va Ruan tashqi ishlar vaziri Olivye Ndxungirexe bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida Qo‘shma kommyunike imzoladi.

💠 "Yosh sharqshunos diplomatlar" klubi matbuot xizmati.

😎 Telegram | 😎 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥9👏3👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Diplomatiya terminlarini tushunishni istaysizmi⁉️

Atigi 1 daqiqada farqlarni bilib oling!

1️⃣ Diplomat — davlatning xalqaro maydondagi "yuzi".
2️⃣ Elchi — davlat rahbarining boshqa mamlakatdagi oliy vakili.
3️⃣ Konsul — chet eldagi vatandoshlarimizning asosiy himoyachisi.

⁉️Siz uchun qaysi yo‘nalish qiziqroq?
⚪️Siyosiy muzokaralar (Elchixona)
⚪️Fuqarolar bilan ishlash (Konsullik)
⚪️Xalqaro tashkilotlarda faoliyat (Diplomatiya)

💠 "Yosh sharqshunos diplomatlar" klubi matbuot xizmati.

😎 Telegram | 😎 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1577👍1🥰1💯1
Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030: yangi imkoniyatlar ochilmoqda.

Yoshlar ishlari agentligi xabar berishicha, bugun Prezidentimiz tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan qabul qilingan yangi Farmon va Qarordagi eng muhim tashabbuslar bilan tanishing:

🎓 20 ming nafar yosh tadbirkor Harvard, Stanford va London Business School kabi nufuzli ta’lim muassasalari dasturlari asosida o‘qitiladi;

💰 1 000 nafar tadbirkorga 500 million so‘mgacha imtiyozli ssuda ajratiladi (6 oylik imtiyozli davr bilan);

C1 darajadagi sertifikatga ega yoshlar uchun davlat xizmatlari to‘lovlari 50% ga kamaytiriladi;

🛫 B2 sertifikatga ega yoshlar uchun xorijga chiqish pasporti boji 50% ga arzonlashadi;

🏠 Har yili kamida 10 mingta yosh oila imtiyozli ipoteka bilan ta’minlanadi;

📚 Oyiga 10 mingdan ortiq kitob sotadigan tadbirkorlarga 1 milliard so‘mgacha ssuda ajratiladi;

🏫 Chekka hududlarda til markazi ochayotgan yoshlarga 300 million so‘mgacha foizsiz ssuda beriladi;

🏆 “Yilning eng faol yosh xodimi” tanlovi g‘oliblari bo‘lgan 100 nafar yosh har yili mukofotlanadi;

😀 Volontyorlik loyihalari uchun 100 million so‘mgacha grant ajratiladi;

📖 “TOP-100 kitobxon” tanlovi o‘tkazilib, g‘oliblar rag‘batlantiriladi;

✈️ Nodavlat ta’lim markazlari o‘qituvchilari xorijda stajirovka o‘taydi;

👥 “Yoshlar bilan bir kun” loyihasi orqali 10 ming nafar yosh tajriba almashadi;

📊 Xususiy ta’lim markazlari uchun soliq stavkalari 1% etib belgilanadi (2031-yilgacha);

🎉 Har yili “Yoshlik – hayotning oltin davri” festivali o‘tkaziladi;

🧾 Xususiy ta’lim markazlariga mustaqil dastur asosida ta’lim berishga ruxsat beriladi;

🏢 Davlat tashkilotlarida yoshlar uchun pullik stajirovka tizimi joriy etiladi;

😀 Har hududda “Yoshlar sayilgohi” ko‘chalari tashkil etiladi;

📈 Yosh mutaxassislarning lavozimda ko‘tarilish ulushi 30% ga oshiriladi;

😀 Eng yaxshi yosh ijodkorlar Prezident mukofoti bilan taqdirlanadi;

🏗 Yoshlar infratuzilmasi uchun majburiy minimal standartlar joriy etiladi;

🔺Kasbiy volontyorlik yo‘nalishlari joriy etiladi;

📝 Yosh tadbirkorlarga bepul biznes-rejalar tayyorlab beriladi;

👨‍👩‍👧‍👦 Yosh oilalar uchun maxsus hududiy forumlar o‘tkaziladi;

🧑‍💻 Zamonaviy kasblarni o‘qigan yoshlarning xarajatlari qoplab beriladi;

🌐 Xalqaro sertifikat tizimlari qo‘llab-quvvatlanadi;

🎯 100 ming nafar yosh zamonaviy kasblarga o‘qitiladi;

🏠 Mahallalarda yoshlar loyihalari soni 2 mingtaga yetkaziladi;

😀 Milliy kibersport musobaqalari o‘tkazilib, 50 ming yosh qamrab olinadi;

😀 Yoshlar uchun 24/7 bepul psixologik koll-markazlar tashkil etiladi;

🏫 Maktablarda “Kasblar olami” dasturi joriy etiladi;

🌎 “Avlodlar muloqoti” xalqaro yoshlar kongressi o‘tkaziladi;

💼 Har yili 600 ming nafar yoshning bandligi ta’minlanadi.

😀 Prezidentimiz “Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasi loyihasi bilan tanishdi va bu yoshlar siyosatini tizimli rivojlantirishga qaratilgan ilk kompleks hujjat ekani ta’kidlandi.

💠 "Yosh sharqshunos diplomatlar" klubi matbuot xizmati.

😎 Telegram | 😎 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏11🔥8👍3🆒32🎉2🕊1
Hormuz bo‘g‘ozida tanglik: AQSh–Eron munosabatlari yana taranglashdi.

AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh harbiy-dengiz kuchlari Eronning “deyarli samolyot tashuvchisidek og‘ir” Touska kemasini qo‘lga olganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, kema Hormuz bo‘g‘ozidan chiqqanidan ko‘p o‘tmay ushlangan.

Ushbu bayonot ortidan Eron davlat televideniyesi rasmiy Tehron hozircha Vashington bilan keyingi muzokaralarni davom ettirish niyatida emasligini bildirdi.

Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IRGC) AQShni o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini buzishda va “dengiz qaroqchiligi”da ayblab, tez orada javob berilishini ma’lum qildi. Bayonotga ko‘ra, AQSh kuchlari O'mon ko‘rfazida Eron savdo kemalaridan biriga hujum qilib, uning navigatsiya tizimini ishdan chiqargan va bortga dengiz piyodalarini tushirgan.

Al Jazeera manbalariga ko‘ra, Eron tomoni Trampning muzokaralar haqidagi bayonotlari va real vaziyat o‘rtasida katta tafovut borligini ta’kidlab, AQSh tomonidan “aldov siyosati” olib borilayotganini qayd etgan.

Shu bilan birga, Eron parlamenti spikeri Muhammad Boqir Qolibof yakuniy kelishuvga hali ancha uzoq ekanini bildirib, AQSh bilan muzokaralar fonida ham Hormuz bo‘g‘ozi yopiq qolishi mumkinligini istisno etmadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Eron portlariga qo‘yilgan blokadani bekor qilmaguncha vaziyat o‘zgarmaydi.

Diplomatik jarayonlar ham noaniq qolmoqda. Pokistondagi manbalarga ko‘ra, AQSh va Eron o‘rtasidagi muzokaralar masalasida yaqin soatlarda aniq siljish kuzatilmayapti.

Shu bilan birga, Reuters manbalariga ko‘ra, Eron muzokaralarda ishtirok etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, biroq yakuniy qaror hali qabul qilinmagan. Pokiston esa vositachilik qilib, AQSh blokadasini yumshatish va muzokaralarni tiklashga harakat qilmoqda.

CNN ma’lumotlariga ko‘ra, Eron muzokaralarda sanksiyalarni yumshatish va muzlatilgan aktivlardan kamida 20 milliard dollarni qaytarishni talab qilmoqda. Bunga javoban Tehron boyitilgan uran zaxiralari bo‘yicha murosaga borishi mumkinligi aytilmoqda, biroq uzoq muddatli cheklovlarni rad etmoqda.

Shu fonda Donald Tramp keskin bayonot berib, agar kelishuvga erishilmasa, “ko‘plab bombalar portlashi” mumkinligini aytdi va asosiy talab sifatida Eronning yadroviy qurolga ega bo‘lmasligini yana bir bor ta’kidladi.

Eronning Tasnim agentligi esa Trampning bayonotlariga qaramay, Tehronning muzokaralarda ishtirok etish bo‘yicha pozitsiyasi hozircha o‘zgarmaganini bildirdi.

💠 "Yosh sharqshunos diplomatlar" klubi matbuot xizmati.

😎 Telegram | 😎 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥5💯431🆒1
🇺🇿🤝🇷🇺 O‘zbekiston–Rossiya hamkorligi yangi bosqichda.

Joriy yilning 20-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida o‘tayotgan “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida Rossiya delegatsiyasiga boshchilik qilayotgan Rossiya Federatsiyasi hukumati raisining birinchi o‘rinbosari Denis Manturovni qabul qildi.

Uchrashuvda Tatariston, Boshqirdiston respublikalari, Leningrad, Kirov, Irkutsk va Omsk viloyatlari hamda Rossiyaning qator yetakchi kompaniyalari rahbarlari ham ishtirok etdi.

Suhbat avvalida yuqori martabali mehmon O‘zbekiston yetakchisiga Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Davlat rahbari 35 mamlakatdan 10 mingdan ortiq biznes vakillari qatnashayotgan oltinchi “INNOPROM” ko‘rgazmasi yuqori darajada tashkil etilganini alohida ta’kidladi.

Uchrashuvda, avvalo, savdo-iqtisodiy sohada erishilgan kelishuvlarni amaliyotga joriy etish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar savdo hajmi barqaror o‘sib borayotganini, sanoat, tinch atom, energetika, transport, metallurgiya va kimyo kabi tarmoqlarda qo‘shma loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotganini qayd etdi.

Shuningdek, tovar ayirboshlash hajmini saqlab qolish, sanoat zonalari doirasida kooperatsiya loyihalarini jadallashtirish hamda hududlar va tadbirkorlar o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, energiya samaradorligi, suv xo‘jaligi, kiberxavfsizlik va sun’iy intellekt kabi istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha yangi tashabbuslar qo‘llab-quvvatlandi.

Bundan tashqari, texnika yo‘nalishidagi qo‘shma oliy ta’lim muassasalari negizida iqtisodiyotning muhim tarmoqlari uchun malakali muhandis kadrlar tayyorlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida Rossiya hududlari va kompaniyalari vakillari tomonidan turli sohalarda yangi investitsiya loyihalari bo‘yicha aniq takliflar taqdim etildi.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya Prezidenti Administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Sergey Kiriyenko boshchiligidagi delegatsiyani ham qabul qilgan edi.

💠 "Yosh sharqshunos diplomatlar" klubi matbuot xizmati.

😎 Telegram | 😎 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9😍4👏32💯2
🇺🇿🤝🇬🇼
O‘zbekiston yangi davlat bilan diplomatik aloqalarni yo‘lga qo‘ydi

O‘zbekiston Respublikasi G‘arbiy Afrikada joylashgan Gvineya-Bisau Respublikasi bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi. Shu tariqa, mazkur davlat O‘zbekiston bilan rasmiy aloqalar yo‘lga qo‘ygan 168-davlatga aylandi.

Tomonlar xalqaro tashkilotlar, xususan, BMT va uning ixtisoslashgan tuzilmalari doirasida hamkorlikni yanada mustahkamlashdan o‘zaro manfaatdor ekanini ta’kidladi.

Shuningdek, ikki tomonlama aloqalarni kengaytirish va o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarni aniqlash bo‘yicha hamkorlikni faollashtirishga kelishib olindi.

Ma’lumot uchun, Gveniya-Bisau Gʻarbiy Afrikada joylashgan boʻlib , U Atlantika okeani sohilida joylashgan va shimoldan Senegal, janub va sharqdan esa Gveniya bilan chegaradosh. Mamlakat poytaxti Bisau shahri hisoblanadi.


💠"Yosh sharqshunos diplomatlar" klubi matbuot xizmati.

😎 Telegram | 😎 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9🔥6👏3😍1🗿1
🤝 Muzokaralar haqida muzokaralar.

Vashington va Tehron o‘rtasidagi tinchlik muzokaralarining yangi raundi to‘g‘risida ziddiyatli xabarlar tarqalmoqda.

AQSh manbalariga ko‘ra, prezident Tramp o‘zining maxsus elchisi Stiv Uitkoff va kuyovi Jared Kushnerni 27 aprel kuni Islomoboda Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Araqchi bilan uchrashish uchun yubormoqda. Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Levitt muzokaralarda “ilgarilash” kuzatilayotganini tasdiqlagan.

Biroq Eron tarafi bu ma’lumotlarni rad etmoqda. “Tasnim” agentligining xabariga ko‘ra, Araqchi Pokistonga AQSh vakillari bilan emas, balki mintaqaviy masalalarni muhokama qilish uchun borgan. Eron TIV vakili Ismoil Bag‘oiy esa 27 aprelga hech qanday uchrashuv rejalashtirilmaganini ma’lum qilgan.

AQSh vitse-prezidenti Jey Di Vens bu safar delegatsiyada emas. Vensning qayd etishicha, Eron parlament spikeri Qolibaf muzokaralarda qatnashmagani uchun uning kelishi ma’nosiz. Biroq u ijobiy siljish bo‘lsa, istalgan vaqtda Islomobodga uchishga tayyor.

Vashington muzokaralarga tayyorgarlik ko‘rayotgani va Tehronning rad javobi o‘rtasidagi ziddiyat ikki tomonning asl niyatlariga oydinlik kiritmayapti. AQSh o‘z shartlarini qabul qildirish uchun iqtisodiy va harbiy bosimni kuchaytirgan holda diplomatik yo‘lakni ochiq saqlamoqchi. Eron esa ichki va tashqi auditoriya oldida “majburan muzokaraga o‘tirmaslik” pozitsiyasini namoyish qilib, aslida vositachilar orqali norasmiy aloqani davom ettirishi mumkin. Islomobod esa har ikki tomon uchun ham maqbul vositachiga aylanish imkoniyatini qo‘ldan boy bermayapti. Biroq hozircha bu – “muzokara oldidagi muzokara” holati, aniq natijagacha masofa uzoq.


💠 "Yosh sharqshunos diplomatlar" klubi matbuot xizmati

😎 Telegram | 😎 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥10👍6😍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💼 Taniqli diplomat va Afg‘oniston bo‘yicha ekspert: Ismatulla Irgashev

✔️ Ismatulla Raimovich Irgashev — O‘zbekiston tashqi siyosatida, ayniqsa Markaziy Osiyo mintaqasi barqarorligini ta’minlashda muhim o‘rin tutuvchi diplomat.
1960-yil 24-sentyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1982-yilda Toshkent davlat universitetini (hozirgi O‘zMU) "Sharqshunos-filolog, dari va ingliz tillari o‘qituvchisi" mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Fors, ingliz va turk tillarini mukammal biladi.

💼 Mehnat faoliyati:
➡️ Diplomatik faoliyatini Tashqi ishlar vazirligi (TIV) tizimida boshlab, uzoq yillar davomida mas’uliyatli lavozimlarda ishlagan:
➡️ 1996–1999: O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari;
➡️ 1999–2003: O‘zbekistonning Xitoy, Mo‘g‘uliston va KXDRdagi Favqulodda va Muxtor elchisi;
➡️ 2004–2012: O‘zbekistonning Ozarbayjondagi Favqulodda va Muxtor elchisi;
➡️ 2017-yildan hozirgacha: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili.


🇦🇫 Afg‘oniston yo‘nalishidagi faoliyati:
🟡 Ismatulla Irgashev O‘zbekistonning Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘l bilan tartibga solish, qo‘shni davlat bilan iqtisodiy va gumanitar aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha strategiyasini xalqaro maydonda faol ilgari surib kelmoqda.
🟡 U "Tolibon" muvaqqat hukumati bilan muloqot qilish, Afg‘onistonda iqtisodiyotni tiklash va xalqaro hamjamiyatni bu jarayonga jalb qilishda asosiy diplomat hisoblanadi.


💠 "Yosh sharqshunos diplomatlar" klubi matbuot xizmati.

😎 Telegram | 😎 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10👍7🔥7👏1😍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔺TDShU huzuridagi “Sharqshunos tahlilchilar” intellektual klubi tashabbusi hamda O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi bilan hamkorlikda “Siyosiy tahlilchi kadrlar tayyorlashning dolzarb masalalari” mavzusida Sharqshunos tahlilchilarning I Respublika forumi yuqori saviyada tashkil etildi.

Mazkur forum doirasida zamonaviy xalqaro munosabatlar sharoitida siyosiy tahlilchilarning o‘rni va ahamiyati, ularni tayyorlashning institutsional asoslari, analitik kompetensiyalarni rivojlantirish, shuningdek, mintaqaviy va global jarayonlarni chuqur tahlil qilish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Ishtirokchilar tomonidan ilmiy-analitik yondashuvlarni takomillashtirish, yosh mutaxassislarning salohiyatini oshirish hamda amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlashga qaratilgan taklif va tashabbuslar ilgari surildi.


💼 Forum ishida “Yosh Sharqshunos Diplomatlar” klubi vakillari ham faol ishtirok etib, yosh diplomatlar va tahlilchilar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish, zamonaviy diplomatiya va tahliliy faoliyat uyg‘unligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.

💠 "Yosh sharqshunos diplomatlar" klubi matbuot xizmati.

😎 Telegram | 😎 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10💯6😍43🔥21
📣 Aprel oyining III chorak diplomatik dayjesti

✔️E’tiboringizga joriy yilning aprel oyining III choragi davomida O‘zbekistonning xalqaro maydondagi muhim diplomatik faoliyatiga oid asosiy voqealar dayjestini taqdim etamiz.

📌 2026-yil 20-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu kunlarda Toshkent shahrida oʻtayotgan “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat koʻrgazmasida Rossiya delegatsiyasiga boshchilik qilayotgan Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining birinchi oʻrinbosari Denis Manturovni qabul qildi, Toshkent shahrida O‘zbekiston va XXR tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi va O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Xitoy tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Lyu Binni qabul qildi.

📌 2026-yil 21-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda boʻlib turgan Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesusni qabul qildi, Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan Prezident Ostona shahriga keldi.

📌2026-yil 22-aprel kuni Oʻzbekiston Prezidenti Ostona shahridagi “EXPO” xalqaro koʻrgazmalar markazida tashkil etilgan Mintaqaviy ekologik sammit koʻrgazmasidagi milliy pavilyonlar bilan tanishdi, Markaziy Osiyoda iqlim va ekologiya muammolarini hal qilish boʻyicha yangi tashabbuslarni ilgari surdi, Oʻzbekiston Prezidenti UNEP bilan ekologik hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi va Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi taʼsischi davlatlari rahbarlari kengashi majlisida Shavkat Mirziyoyev nutq so'zladi.

📌 2026-yil 23-aprel kuni O‘zbekiston elchisi Muhsinxo‘ja Abduraxmonov Yaponiyaning sobiq Bosh vaziri Fumio Kishida bilan uchrashdi va O‘zbekiston elchixonasi vakillari AQSH Milliy geografiya jamiyati (National Geographic Society)ning hamkorlik bo‘yicha katta direktori Rayan Aleksandr bilan uchrashuv o‘tkazdi.

📌 2026-yil 24-aprel kuni O‘zbekiston elchisi Nodir G‘aniyev Fransiya Milliy kosmik tadqiqotlar markazi (“CNES”) rahbari Fransua Jak bilan uchrashuv o‘tkazdi va Moskva shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar tashqi siyosat idoralari rahbarlari o‘rinbosarlari darajasida SHHTning xalqaro faoliyati va mintaqaviy xavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi.

📌 2026-yil 25-aprel kuni O‘zbekiston diplomatlari Rossiyaning Vologda viloyatiga tashrif buyurdi va O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yaponiyaning “Aso Shoji” kompaniyasi prezidenti Masaxiro Aso bilan uchrashdi.

📌 2026-yil 26-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va mamlakatimizning Tokio shahridagi elchixonasi koʻmagida Yaponiyaning “Proud Partners”, “Izumi Logistics” hamda “Company Action” kompaniyalari bilan qator muzokaralar oʻtkazildi.


💠 "Yosh sharqshunos diplomatlar" klubi matbuot xizmati.

😎 Telegram | 😎 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6👍5👏31😍1
🤝 Toshkent va Anqara: harbiy hamkorlikning yangi bosqichi

2026-yil 23-aprel kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mudofaa vaziri Shuhrat Xolmuhamedovning Turkiya bilan harbiy hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha hisobotini tingladi. Uchrashuvda Turkiya Qurolli Kuchlarining yuqori martabali vakili ham ishtirok etgan.

Oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish doirasida ikki mamlakat mudofaa idoralari o‘rtasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Xususan, harbiy-texnik hamkorlik izchil rivojlanayotgani, idoralararo aloqalar kengayib borayotgani, qo‘shma tadbirlar va harbiy mutaxassislar tayyorlashga alohida e’tibor qaratildi.

📌 Eslatib o‘tamiz: 2026-yil yanvar oyida Anqarada O‘zbekiston va Turkiya mudofaa vazirlari tomonidan harbiy tibbiyot sohasidagi hamkorlik bitimi hamda 2026 yilga mo‘ljallangan harbiy hamkorlik rejasi imzolangan edi.


Ta'kidlanishicha, Turkiya bilan strategik aloqalarni rivojlantirish O‘zbekistonning tashqi siyosatida mustaqil va pragmatik yo‘nalishni kuchaytiradi. Bu jarayon mamlakatning an’anaviy hamkorlar bilan aloqalarini saqlab qolgan holda, yangi kuch markazlari bilan hamkorlikni faol kengaytirishga qaratilgan uzoq muddatli strategiyaning ifodasi sifatida baholanmoqda.

💠 "Yosh sharqshunos diplomatlar" klubi matbuot xizmati.

😎 Telegram | 😎 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥10👍3👏21😍1