YOSH SHARQSHUNOS DIPLOMATLAR / МОЛОДЫЕ ДИПЛОМАТЫ-ВОСТОКОВЕДЫ
900 subscribers
349 photos
100 videos
31 files
163 links
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzuridagi “Yosh sharqshunos diplomatlar” klubi
Download Telegram
2026-yil 9-aprel kuni Markaziy Osiyo xalqaro institutida Turkiya Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Ufuk Ulutashning ochiq ma'ruzasi bo'lib o'tdi.

Mazkur tadbirda Yosh sharqshunos diplomatlar klubi a’zolari ham faol ishtirok etdilar. Ular ma’ruza davomida dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan muhim bilimlarga ega bo‘lish bilan birga, elchi bilan ochiq muloqot qilish, savollar berish va fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
13🔥7👏3💯2🤩1
📍 Buxoroda oliy darajadagi muzokaralar: aniq natijalar va tashrif tafsilotlari

Bugun Buxoro shahrida Shavkat Mirziyoyev va Qasim-Jomart Toqayev o‘rtasida uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

🤝 Asosiy voqealar:
• Ikki davlat rahbarlari tor doirada va kengaytirilgan tarkibda muzokaralar o‘tkazdi
• Savdo-iqtisodiy hamkorlikni oshirish, tovar ayirboshlash hajmini kengaytirish masalalari muhokama qilindi
• Transport va logistika yo‘laklarini rivojlantirish, xususan, mintaqaviy tranzit imkoniyatlarini kuchaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi
• Madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash, ta’lim va yoshlar almashinuv dasturlarini kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi


🏛 Tashrif doirasida:
• Prezidentlar Buxoro tarixiy markaziga tashrif buyurib, shaharning boy madaniy merosi bilan tanishdilar
• Delegatsiyalar o‘rtasida norasmiy muloqotlar ham o‘tkazildi, bu esa ishonch muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qildi

📌Bu uchrashuv ikki davlat o’rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni yanada rivojlantirdi.
🔥83😍2
📆Aprel oyining I chorak diplomatik dayjesti

Hurmatli Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabalari va “Yosh sharqshunos diplomatlar” klubi a’zolari!

E’tiboringizga joriy yilning aprel oyining I choragi davomida O‘zbekistonning xalqaro maydondagi muhim diplomatik faoliyatiga oid asosiy voqealar dayjestini taqdim etamiz.



📌2026-yil 7-aprel kuni Shavkat Mirziyoyev Valentina Matviyenko bilan telefon orqali muloqot qilib, uni tavallud kuni bilan tabrikladi va parlamentlararo hamkorlik masalalarini muhokama qildi,
Vashingtonda Saida Mirziyoyeva va Serjio Gor ishbilarmonlik masalalarini muhokama qildi va O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Madridda Ispaniya tashqi ishlar, Yevropa Ittifoqi va xalqaro hamkorlik vaziri Xose Manuel Albares bilan uchrashdi.

📌2026-yil 8-aprel kuni Qatar poytaxtidagi “Katara Cultural Village” majmuasida mazkur markaz direktori Xolid bin Ibrohim Al-Sulaytiyga “O‘zbek madaniyati elchisi” faxriy unvonini topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi va Rossiya bosh prokurori Aleksandr Gutsan O‘zbekistonga tashrif buyurdi — yangi hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

📌2026-yil 9-aprel kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov O‘zbekiston-Portugaliya biznes forumida ishtirok etdi va Pokiston Bosh vaziri o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri, senator Muhammad Isʼhoq Dar telefon orqali mintaqadagi vaziyatni muhokama qildilar.

📌2026-yil 11-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev amaliy tashrif bilan Oʻzbekistonga keldi, birgalikda Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi, Oʻzbekiston – Qozogʻiston doʻstlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish hamda mustahkamlashning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi, Buxoro viloyati hokimligi situatsion markazi faoliyati bilan tanishdilar, Buxoroning dunyoga mashhur yodgorliklari – Ark qoʻrgʻoni, Poi Kalon va Labi Hovuz ansambllarini ziyorat qildi va Buxorodagi sammiti yakunlandi.


"Yosh sharqshunos diplomatlar" klubi matbuot xizmati.
Rasmiy
sahifalar: Telegram|Instagram
6👏5🔥41💯1🆒1
📌 Fattoh Teshaboyev — tajribali diplomat va davlat arbobi

Fattoh Gʻulomovich Teshaboyev (1939-yil 18-oktabr, Toshkent — 2005, Toshkent) — sovet va oʻzbek davlat arbobi, mustaqil Oʻzbekiston tashqi siyosatini shakllantirishda muhim oʻrin tutgan diplomatlardan biri. Toshkent davlat sharqshunsolik universiteti bitiruvchisi. 1962-yilda mehnat faoliyatini boshlagan bo‘lib, dastlab Toshkent davlat universitetida hind filologiyasi kafedrasida o‘qituvchi sifatida ishlagan. Keyinchalik Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasining Falsafa va huquq institutida katta ilmiy xodim lavozimida faoliyat yuritgan.

Xalqaro faoliyati:
1969–1984-yillarda SSSRning Hindistondagi elchixonasida xizmat qilgan. Bu davrda u katta iqtisodchi sifatida ish boshlagan va Bombey (Hindiston) shahrida SSSR do‘stlik jamiyatlari ittifoqining konsuli hamda madaniy markazi direktori lavozimigacha ko‘tarilgan.

Davlat boshqaruvidagi faoliyati:
— 1984-yildan O‘zSSR Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasida instruktor;
— 1985–1989-yillarda O‘zbekistonning xorijiy davlatlar bilan do‘stlik va madaniy aloqalar jamiyati prezidiumi raisi;
— 1989-yildan O‘zbekiston SSR Prezidenti Devonida davlatlararo aloqalar bo‘limi mudiri.
— 1991–1997-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari;
— 1993-yildan O‘zbekistonning AQSHdagi Favqulodda va Muxtor elchisi hamda BMTdagi doimiy vakili;
— 1997-yilda Buyuk Britaniyadagi elchi etib tayinlangan.

🌐 2000–2004-yillarda u BMT tizimida faoliyat yuritib, doimiy vakil maslahatchisi hamda BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy koordinatori sifatida xizmat qilgan.


Fattoh Teshaboyev — O‘zbekiston diplomatiyasi rivojiga katta hissa qo‘shgan nafaqat tajribali diplomat, balki sharqshunos olim sifatida ham va xalqaro maydonda mamlakat manfaatlarini munosib himoya qilgan tajribali davlat arboblaridan biri sifatida ham munosib iz qoldirgan shaxsdir.


"Yosh sharqshunos diplomatlar" klubi matbuot xizmati.

😎 Telegram | 😎 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
24💯14🔥12👍10🥰9🎉9🤩2
Eron va AQSh o‘rtasidagi to'xtab qolgan sulh yoxud Eronning qat'iy ultimatumi

2026-yil 8-aprel Toshkent vaqti bilan soat 5:00 da Tramp o'zining Truth Social ijtimoiy tarmog'ida Shahboz Sharif tomonidan taklif etilgan 2 haftalik sulhga rozi bo'lganini aytgan.

Muzokaralar Islomobodda o‘tkazilib, ikki tomon delegatsiyalari kamida ikki marotaba uchrashgan.
Uchrashuvlarda asosiy muhokama qilingan masalalar — harbiy keskinlikni vaqtincha to‘xtatish, Yaqin Sharqdagi harbiy faollikni kamaytirish va keyingi muzokaralar uchun vaqtdan yutish bo‘lgan. Tomonlar to‘liq kelishuv emas, balki “vaqtinchalik sulh” formatiga rozi bo‘lgan.
Bu tashabbusni Shahboz Sharif ilgari surgan va u sulh muddatini 2 haftaga uzaytirishni taklif qilgan. Uning asosiy maqsadi — vaziyatni keskinlashishdan olib chiqish va diplomatik yo‘lni ochiq qoldirish bo‘lgan. Muzokaralar davomida asosiy e'tibor Hormuz bo'g'ozi va Eronning 10 Banddan iborat quyidagi talablariga qaratilgan

Tajovuz qilmaslik va’dasi.

Eronning Hormuz bo‘g‘ozi ustidan
nazoratini saqlab qolish.

Uranni boyitishga rozilik.

Barcha asosiy sanksiyalarni bekor qilish.

Barcha ikkilamchi sanksiyalarni bekor qilish.

BMT Xavfsizlik Kengashining barcha rezolyutsiyalarini bekor qilish.

MAGATE Boshqaruvchilar Kengashining barcha rezolyutsiyalarini bekor qilish.

Eronga kompensatsiya to‘lash.
AQSh jangovar kuchlarini mintaqadan olib chiqish.

Livandagi Hizbullohga qarshi urushni ham o‘z ichiga olgan barcha jabhalarda urushning tugashi.


Shu bilan birga, Donald Tramp tomonidan Eronga qo‘yilgan ultimatumi ham muhokamalar fonida qolgan. U Eron tomondan ma’lum talablarning bajarilishini kutayotganini bildirgan, ammo muzokaralar boshlanishi bilan bu bosim vaqtincha yumshagan.
AQSh tomoni esa bir vaqtning o‘zida harbiy dengiz kuchlarini Yaqin Sharqda shay holatga keltirgan — bu esa muzokara bilan birga bosim siyosati ham davom etayotganini ko‘rsatadi. AQSh ning asosiy ultimatumi quyidagilardan iborat:
Eron o‘z hududida uranni boyitishni to‘liq to‘xtatishi kerak.

Eron o‘z yadroviy ob
y
ektlari, jumladan, Natanz va Fordodagi uranni boyitish zavodlarini, Isfahondagi tadqiqot markazi hamda yadro yoqilg‘isini ishlab chiqarish zavodini demontaj qilishi kerak.

Eron o‘zidagi yuqori darajada boyitilgan uran zaxirasini Xalqaro atom energetikasi agentligiga topshirishi kerak.

Eron o‘z ballistik raketalari soni va uchish masofasini cheklashi kerak.

Eron Yaqin Sharqdagi proksi-guruhlari, jumladan, Livandagi «Hizbulloh», Yamandagi «Ansar Alloh» (husiychilar), Iroqdagi «Kataib Hizbulloh» hamda falastinliklarning Hamas guruhlarini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishi kerak.

Eron Hormuz bo‘g‘ozini ochishi va kemalar to‘liq erkin suzishini ta’minlashi kerak.



AQShning hozirgi holati shunday: sulh bor, muzokara bor, lekin aniq kelishuv yo‘q. 

Kelishuv boshlanganidan 2 kun o'tib, 11-aprel kuni AQSh vitse prezidenti J.D. Vens  Eron bilan bo'lib o'tgan 21 soatlik muzokaralar o'xshamaganini va AQSh delegatsiyasi Islomobodni tark etishini bildirgan. Bu paytda esa AQShning 2 ta kemasi allaqachon Hormuz bo'g'oziga qarab siljiyotgan edi. Bu vaziyat klassik “bosim va muzokara” modelini eslatadi: bir tomondan diplomatik jarayon davom etmoqda, ikkinchi tomondan esa harbiy va siyosiy bosim vositalari saqlanib qolmoqda. Ayniqsa, Hormuz bo‘g‘ozi atrofidagi keskinlik global iqtisodiyot va energetika xavfsizligiga bevosita  ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Islomoboddagi kelishuv haqida Eronning tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi  o'zining X sahifasida shunday deydi: So'ngi 47 yilgi muzokaralar davomida AQSh bilan yaxshi munosabatlar o'rnatishga intilib keldik lekin Islomoboddagi memorandum davomida ular bizga maksimal talablar bilan blokada qo'ydi. Hech qanday saboq olishmadi.

Al Jazeera taqdim etgan malumotlarga qaraganda sulh davomida Steve Witkoff va Abbos Aroqchi o'rtasida jismoniy ziddiyatga ham duch kelingan.
Bundan ko'rinib turibdiki yana qayta sulhga qaytish bu juda qiyin masala. Xattoki bu yerda Pokistonning vositachiligi ham ahamiyatsiz bo'lib qolmoqda.

Eron AQSh kelishuvi hali noaniq bo‘lib, vaziyat keskinligicha qolmoqda.
👍1816😍14🔥13💯63👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌 Xorijdagi vatandoshlar uchun yangi qulaylik.

Xorijda yashab kelayotgan yoki vaqtincha bo‘lib turgan fuqarolar uchun my.gov.uz portali orqali yana bir qulay xizmat joriy etildi. Endi konsullik xizmatlaridan foydalanish uchun uzun navbatlarda kutish talab etilmaydi.

Avval elchixonaga bevosita borib navbat olish zarur bo‘lgan bo‘lsa, endilikda barcha jarayonlarni onlayn tarzda amalga oshirish mumkin.
Xizmatdan foydalanish uchun quyidagi 3 qadamni bajarish kifoya:
my.gov.uz portaliga kiring va “Elchixona (konsullik) qabuliga yozilish” xizmatini tanlang.
• Sizga kerakli bo‘lgan konsullik okrugini va xizmat turini belgilang.
• Taqvimdan o‘zingizga mos bo‘sh kun va soatni tanlab, navbat varaqasini oling.

‼️Eng muhimi, mazkur xizmat mutlaqo bepul.

"Yosh sharqshunos diplomatlar" klubi matbuot xizmati.

😎 Telegram | 😎 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1814🎉7💯7🥰6😍4👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔹 Kecha “Yosh sharqshunos diplomatlar” klubining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir mehmoni — tajribali diplomat Madaminbek Razzoqov bo‘lib, u diplomatik sohada karyera qurish, xalqaro tashkilotlarda faoliyat yuritish va bu yo‘ldagi shaxsiy tajribalari bilan samimiy o‘rtoqlashdi. Eng e’tiborlisi, uchrashuv davomida nafaqat nazariy bilimlar, balki real hayotda duch kelinadigan vaziyatlar, muammolar va ulardan chiqarilgan xulosalar haqida ochiq va jonli suhbat bo‘lib o‘tdi.

📌 Uchrashuv davomida quyidagi muhim jihatlar yoritildi:
• Diplomatik xizmatga kirishning amaliy yo‘llari
• Diplomatlar orasida uchraydigan eng keng tarqalgan xatolar
• Xalqaro muhitda ishlash uchun zarur ko‘nikmalar
• Shaxsiy tajriba asosidagi real voqealar va saboqlar
• Karyera boshlash va uni rivojlantirish bo‘yicha aniq tavsiyalar

Bunday uchrashuvlar yoshlar uchun katta motivatsiya va amaliy bilim manbai bo‘lib xizmat qilmoqda.

"Yosh sharqshunos diplomatlar" klubi matbuot xizmati.

😎 Telegram | 😎 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥134👍4🤝2👏1
Forwarded from Baxtiyor Saidov
Antaliya shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining norasmiy yig‘ilishini o‘tkazdik va hamkorligimizning muhim sohalari, jumladan, transport, energetika, “yashil” transformatsiya, raqamlashtirish va innovatsiyalar yo‘nalishlariga alohida to‘xtaldik.

Shuningdek, tashkilotning institutsional rivoji, “TDT plyus” formati doirasida aloqalarimizni kengaytirish, tashqi sheriklar bilan amaliy va tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr almashdik.

Biz mintaqaviy hamkorligimizni mustahkamlash, iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish va umumiy masalalarni hal qilish uchun birgalikda ishlashni davom ettiramiz.

***

An informal meeting of the Council of Foreign Ministers of the Organisation of Turkic States was held in Antalya, with particular attention paid to key areas of our cooperation, including transport, energy, the green transition, digitalisation and innovation.

Exchanged views on the institutional development of the Organisation, expanding cooperation within the “OTS Plus” framework, and establishing practical and systematic cooperation with external partners.

We intend to continue working together to strengthen regional cooperation, stimulate economic growth and address common challenges.

***

В Анталье провели неформальное заседание Совета министров иностранных дел Организации тюркских государств и уделили особое внимание ключевым направлениям нашего сотрудничества, включая транспорт, энергетику, «зелёную» трансформацию, цифровизацию и инновации.

Обменялись мнениями по вопросам институционального развития Организации, расширения взаимодействия в рамках формата «ОТГ плюс», установления практического и системного сотрудничества с внешними партнёрами.

Мы намерены продолжать совместную работу по укреплению регионального сотрудничества, стимулированию экономического роста и решению общих задач.

X | Facebook | Instagram | Telegram
🔥8👍42
🔹17-aprel kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Moskvada Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishida ishtirok etdi.
Kun tartibiga global va mintaqaviy xavfsizlik (Yaqin Sharq va Hormuz bo‘g‘ozidagi kuchaygan vaziyat) hamda amaliy hamkorlik — savdo, “yashil” energetika va ekologiya masalalari kiritilgan.

Yig‘ilish chog‘ida B.Saidov Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazdi.
Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida oʻzaro investitsiyalarni ragʻbatlantirish va ishbilarmonlik aloqalarini faollashtirish chora-tadbirlarini muhokama qilingan va mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashilgan.

Bir vaqtning o‘zida "Markaziy Osiyo + Rossiya" formatida iqtisodiyot, energetika, ekologiya va mintaqaviy xavfsizlikka urg‘u berilgan tashqi ishlar vazirlari o'rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Xulosa qilib aytganda, ushbu uchrashuvlar O‘zbekistonning mintaqaviy va xalqaro maydondagi faol diplomatik ishtirokini yana bir bor namoyon etdi.

***

🔹17 апреля министр иностранных дел Узбекистана Бахтиёр Саидов принял участие в заседании Совета министров иностранных дел Содружества Независимых Государств в Москве.
В повестку дня были включены вопросы глобальной и региональной безопасности (обострение ситуации на Ближнем Востоке и в Ормузском проливе), а также практического сотрудничества — торговля, «зелёная» энергетика и экология.

В ходе встречи Б. Саидов провёл двусторонние переговоры с министром иностранных дел России Сергеем Лавровым.
Стороны обсудили меры по стимулированию взаимных инвестиций и активизации деловых связей между Узбекистаном и Россией, а также обменялись мнениями по региональным и международным вопросам.

Одновременно состоялась встреча министров иностранных дел в формате «Центральная Азия + Россия», в рамках которой особое внимание было уделено вопросам экономики, энергетики, экологии и региональной безопасности.

В заключении можно сказать, что данные встречи вновь продемонстрировали активное участие Узбекистана в региональной и международной дипломатии.

😎 Telegram | 😎 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥9👏32