YOSH SHARQSHUNOS DIPLOMATLAR / МОЛОДЫЕ ДИПЛОМАТЫ-ВОСТОКОВЕДЫ
900 subscribers
349 photos
100 videos
31 files
163 links
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzuridagi “Yosh sharqshunos diplomatlar” klubi
Download Telegram
🇺🇿🇺🇸 Yangi hamkorlik bosqichi boshlandi

2026-yil 6-aprel kuni Saida Mirziyoyeva boshchiligidagi delegatsiyaning AQSHga tashrifi doirasida muhim uchrashuvlar va muzokaralar bo‘lib o‘tdi.Vashington shahrida mamlakatlarning ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan Amerika-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi rasman o‘z faoliyatini boshladi. Kengash qo‘shma biznes tashabbuslari uchun mustahkam institutsional asos yaratishga qaratilgan.

Ushbu tashrif O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishda muhim qadam bo‘ldi.Uchrashuv yakunida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.


🤝 Tomonlar o‘zaro ishonch va sheriklik ruhida kelgusidagi loyihalarni birgalikda rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

"Yosh sharqshunos diplomatlar" klubi matbuot xizmati.
Rasmiy
sahifalar: Telegram|Instagram
🔥54
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌 Adolat ustiga qurilgan saltanat asoschisi

9-aprel — buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavallud topgan kun. U nafaqat qudratli imperiya asoschisi, balki kuchli siyosat yuritgan dono hukmdor sifatida tarixda muhim o‘rin egallaydi.

Amir Temurning siyosati avvalo adolat, tartib-intizom va markazlashgan boshqaruvga asoslangan edi. U davlatni mustahkamlash uchun qat’iy qonunlar joriy qilgan, har bir ishda intizomni ustuvor qo‘ygan. Uning mashhur “Kuch — adolatda” degan g‘oyasi bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.

Sohibqiron tashqi siyosatda ham yuksak strateg bo‘lib, diplomatiya va harbiy qudratni uyg‘unlashtira olgan. Natijada uning davrida Movarounnahr ilm-fan, savdo va madaniyat markaziga aylangan.

Bugun biz buyuk ajdodimiz merosini o‘rganib, undan saboq olishimiz — kelajak taraqqiyotining muhim omilidir.


"Yosh sharqshunos diplomatlar" klubi matbuot xizmati.
Rasmiy
sahifalar: Telegram|Instagram
🔥71
2026-yil 9-aprel kuni Markaziy Osiyo xalqaro institutida Turkiya Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Ufuk Ulutashning ochiq ma'ruzasi bo'lib o'tdi.

Mazkur tadbirda Yosh sharqshunos diplomatlar klubi a’zolari ham faol ishtirok etdilar. Ular ma’ruza davomida dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan muhim bilimlarga ega bo‘lish bilan birga, elchi bilan ochiq muloqot qilish, savollar berish va fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
13🔥7👏3💯2🤩1
📍 Buxoroda oliy darajadagi muzokaralar: aniq natijalar va tashrif tafsilotlari

Bugun Buxoro shahrida Shavkat Mirziyoyev va Qasim-Jomart Toqayev o‘rtasida uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

🤝 Asosiy voqealar:
• Ikki davlat rahbarlari tor doirada va kengaytirilgan tarkibda muzokaralar o‘tkazdi
• Savdo-iqtisodiy hamkorlikni oshirish, tovar ayirboshlash hajmini kengaytirish masalalari muhokama qilindi
• Transport va logistika yo‘laklarini rivojlantirish, xususan, mintaqaviy tranzit imkoniyatlarini kuchaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi
• Madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash, ta’lim va yoshlar almashinuv dasturlarini kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi


🏛 Tashrif doirasida:
• Prezidentlar Buxoro tarixiy markaziga tashrif buyurib, shaharning boy madaniy merosi bilan tanishdilar
• Delegatsiyalar o‘rtasida norasmiy muloqotlar ham o‘tkazildi, bu esa ishonch muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qildi

📌Bu uchrashuv ikki davlat o’rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni yanada rivojlantirdi.
🔥83😍2
📆Aprel oyining I chorak diplomatik dayjesti

Hurmatli Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabalari va “Yosh sharqshunos diplomatlar” klubi a’zolari!

E’tiboringizga joriy yilning aprel oyining I choragi davomida O‘zbekistonning xalqaro maydondagi muhim diplomatik faoliyatiga oid asosiy voqealar dayjestini taqdim etamiz.



📌2026-yil 7-aprel kuni Shavkat Mirziyoyev Valentina Matviyenko bilan telefon orqali muloqot qilib, uni tavallud kuni bilan tabrikladi va parlamentlararo hamkorlik masalalarini muhokama qildi,
Vashingtonda Saida Mirziyoyeva va Serjio Gor ishbilarmonlik masalalarini muhokama qildi va O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Madridda Ispaniya tashqi ishlar, Yevropa Ittifoqi va xalqaro hamkorlik vaziri Xose Manuel Albares bilan uchrashdi.

📌2026-yil 8-aprel kuni Qatar poytaxtidagi “Katara Cultural Village” majmuasida mazkur markaz direktori Xolid bin Ibrohim Al-Sulaytiyga “O‘zbek madaniyati elchisi” faxriy unvonini topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi va Rossiya bosh prokurori Aleksandr Gutsan O‘zbekistonga tashrif buyurdi — yangi hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

📌2026-yil 9-aprel kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov O‘zbekiston-Portugaliya biznes forumida ishtirok etdi va Pokiston Bosh vaziri o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri, senator Muhammad Isʼhoq Dar telefon orqali mintaqadagi vaziyatni muhokama qildilar.

📌2026-yil 11-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev amaliy tashrif bilan Oʻzbekistonga keldi, birgalikda Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi, Oʻzbekiston – Qozogʻiston doʻstlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish hamda mustahkamlashning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi, Buxoro viloyati hokimligi situatsion markazi faoliyati bilan tanishdilar, Buxoroning dunyoga mashhur yodgorliklari – Ark qoʻrgʻoni, Poi Kalon va Labi Hovuz ansambllarini ziyorat qildi va Buxorodagi sammiti yakunlandi.


"Yosh sharqshunos diplomatlar" klubi matbuot xizmati.
Rasmiy
sahifalar: Telegram|Instagram
6👏5🔥41💯1🆒1
📌 Fattoh Teshaboyev — tajribali diplomat va davlat arbobi

Fattoh Gʻulomovich Teshaboyev (1939-yil 18-oktabr, Toshkent — 2005, Toshkent) — sovet va oʻzbek davlat arbobi, mustaqil Oʻzbekiston tashqi siyosatini shakllantirishda muhim oʻrin tutgan diplomatlardan biri. Toshkent davlat sharqshunsolik universiteti bitiruvchisi. 1962-yilda mehnat faoliyatini boshlagan bo‘lib, dastlab Toshkent davlat universitetida hind filologiyasi kafedrasida o‘qituvchi sifatida ishlagan. Keyinchalik Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasining Falsafa va huquq institutida katta ilmiy xodim lavozimida faoliyat yuritgan.

Xalqaro faoliyati:
1969–1984-yillarda SSSRning Hindistondagi elchixonasida xizmat qilgan. Bu davrda u katta iqtisodchi sifatida ish boshlagan va Bombey (Hindiston) shahrida SSSR do‘stlik jamiyatlari ittifoqining konsuli hamda madaniy markazi direktori lavozimigacha ko‘tarilgan.

Davlat boshqaruvidagi faoliyati:
— 1984-yildan O‘zSSR Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasida instruktor;
— 1985–1989-yillarda O‘zbekistonning xorijiy davlatlar bilan do‘stlik va madaniy aloqalar jamiyati prezidiumi raisi;
— 1989-yildan O‘zbekiston SSR Prezidenti Devonida davlatlararo aloqalar bo‘limi mudiri.
— 1991–1997-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari;
— 1993-yildan O‘zbekistonning AQSHdagi Favqulodda va Muxtor elchisi hamda BMTdagi doimiy vakili;
— 1997-yilda Buyuk Britaniyadagi elchi etib tayinlangan.

🌐 2000–2004-yillarda u BMT tizimida faoliyat yuritib, doimiy vakil maslahatchisi hamda BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy koordinatori sifatida xizmat qilgan.


Fattoh Teshaboyev — O‘zbekiston diplomatiyasi rivojiga katta hissa qo‘shgan nafaqat tajribali diplomat, balki sharqshunos olim sifatida ham va xalqaro maydonda mamlakat manfaatlarini munosib himoya qilgan tajribali davlat arboblaridan biri sifatida ham munosib iz qoldirgan shaxsdir.


"Yosh sharqshunos diplomatlar" klubi matbuot xizmati.

😎 Telegram | 😎 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
24💯14🔥12👍10🥰9🎉9🤩2