YOSH SHARQSHUNOS DIPLOMATLAR / МОЛОДЫЕ ДИПЛОМАТЫ-ВОСТОКОВЕДЫ
900 subscribers
349 photos
100 videos
31 files
163 links
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzuridagi “Yosh sharqshunos diplomatlar” klubi
Download Telegram
TDSHU "Xalqaro munosabatlar" kafedrasi huzurida Global Affairs Academic Workshop tashkil etildi.

Global Affairs Academic Workshop tashabbusi nufuzli xorijiy universitetlarda o‘qish, ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanish va global siyosat, diplomatiya, xalqaro huquq yoki akademik sohada faoliyat yuritishni maqsad qilgan talabalar uchun mo‘ljallangan.

Global Affairs Academic Workshop faoliyatini olib boruvchi yetakchilar:

Shahnoza Safoyeva, AQShning Kolumbiya universiteti bitiruvchisi, El-yurt umidi jamg’armasi stipendiati. "Xalqaro munosabatlar" kafedrasi o'qituvchisi.
Shohrux Yunusov, Buyuk Britaniyaning Nyukasl universiteti bitiruvchisi, El-yurt umidi jamg’armasi stipendiati. "Xalqaro munosabatlar" kafedrasi o'qituvchisi.

Barcha qiziquvchilarni taklif qilamiz.

Sana: 13-mart
15:00
TSXMI binosi majlislar zali
8🔥6👏2🎉21💯1🆒1
📌Mart oyining II chorak diplomatik dayjesti

Hurmatli Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabalari va “Yosh sharqshunos diplomatlar” klubi a’zolari!

E’tiboringizga joriy yilning mart oyining II choragi davomida O‘zbekistonning xalqaro maydondagi muhim diplomatik faoliyatiga oid asosiy voqealar dayjestini taqdim etamiz.



2026-yil 9-mart kuni Finlyandiyaga tashrif buyurgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Xelsinki shahrida xalqaro bank prezidenti Andre Kyuyusvek bilan uchrashdi , Finlandiya tashqi ishlar vazirlari muzokaralar chog‘ida iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratdilar va Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubb Xelsinki shahrida tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovni qabul qildi.

2026-yil 10-mart kuni O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Yevropa Ittifoqining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Jil Bertran bilan onlayn uchrashuv davomida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi maxsus vakillari Afg‘oniston–Pokiston chegarasidagi vaziyatni muhokama qildi va O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon Aʼloyev kecha Isroil elchisi Gideon Lustig bilan uchrashuv o‘tkazdi.

2026-yil 11-mart kuni Ashxobod shahrida O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida taʼlim, sog‘liqni saqlash, yoshlar va sport sohalarida hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

2026-yil 12-mart kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov BAA, Kuvayt, Saudiya Arabistoni, Qatar va O‘mon elchilarini qabul qildi.

2026-yil 14-mart kuni O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov Budapeshtda Vengriya Madaniyat va innovatsiya vazirligining madaniy aloqalar bo‘yicha davlat kotibi Anita Kish-Xedi bilan muzokaralar o‘tkazdi va O‘zbekiston elchisi Amirsaid Agzamxodjayev Polsha chegara xizmati bosh komendanti, general Robert Bagan bilan uchrashuv o‘tkazdi.

2026-yil 16-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqoti davomida Qozog‘iston Prezidentini yangi tahrirdagi Konstitutsiya loyihasi bo‘yicha referendum muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan samimiy tabrikladi va savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport, madaniy-gumanitar va boshqa ustuvor sohalarda qo‘shma loyiha va dasturlarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.

Xuddi shu kunning o'zida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari va Tojikiston elchisi bo‘lajak oliy darajadagi ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasini muhokama qildi.


"Yosh sharqshunos diplomatlar" klubi matbuot xizmati.
Rasmiy
sahifalar:Telegram|Instagram
🔥5👏43👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌙 Ramazon hayiti muborak!

Hurmatli do‘stlar, aziz hamfikrlar!

Sizlarni muborak Ramazon hayiti bilan chin qalbimizdan samimiy tabriklaymiz! Ushbu ulug‘ ayyom barchamizga tinchlik, mehr-oqibat, baraka va quvonch olib kelsin.

Yurtimiz ravnaqi, ilm-fan taraqqiyoti va xalqaro hamkorlik yo‘lida xizmat qilayotgan barcha yoshlarimizga mustahkam sog‘lik, yuksak marralar va ulkan zafarlar tilaymiz. Qalblaringizda ezgulik, ko‘ngillaringizda poklik doimo hamroh bo‘lsin!

Hayit ayyomi har bir xonadonga fayzu baraka, quvonch va totuvlik olib kirsin!

Yosh sharqshunos diplomatlar klubi matbuot xizmati
9🕊5🔥1👏1
📆Mart oyining III chorak diplomatik dayjesti

Hurmatli Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabalari va “Yosh sharqshunos diplomatlar” klubi a’zolari!

E’tiboringizga joriy yilning mart oyining III choragi davomida O‘zbekistonning xalqaro maydondagi muhim diplomatik faoliyatiga oid asosiy voqealar dayjestini taqdim etamiz.


📌2026-yil 16-mart kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari va Tojikiston elchisi bo‘lajak oliy darajadagi ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasini muhokama qildi va O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun O'mon tashqi ishlar vaziri Said Badr bin Hamad Al-Busaidiy bilan telefon orqali muloqot qildi.

📌2026-yil 17-mart kuni Parij shahridagi YUNESKO shtab-kvartirasida O‘zbekistonning tashkilot huzuridagi Doimiy vakolatxonasi, Islom hamkorlik tashkiloti hamda Turkiya vakolatxonalari bilan hamkorlikda iftorlik tashkil etildi.

📌2026-yil 18-mart kuni O‘zbekiston TIV rahbari o‘rinbosari va Qozog‘iston elchisi bo‘lajak qo‘shma tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish masalalarini muhokama qildilar.

📌2026-yil 20-mart kuni Dehlida O‘zbekiston elchisi Sardor Rustamboyev Hindiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sibi Jorj bilan uchrashdi va O‘zbekiston va Ozarbayjon TIV rahbarlari telefon orqali muloqotda ikki tomonlama hamkorlik masalalari, shuningdek, mintaqaviy va global kun tartibidagi dolzarb jarayonlarni muhokama qildilar.

📌2026-yilning shu kunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan va Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi.

📌2026-yil 21-mart kuni YUNЕSKOning Parijdagi bosh qarorgohida O‘zbekistonning doimiy vakili Kamol Muxtorov va tashkilot bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Osa Regner o‘rtasida uchrashuv davomida YUNESKOda O‘zbekiston bilan strategik hamkorlik masalalari muhokama qilindi va O‘zbekiston elchisi Nodir G‘aniyev Fransiya poytaxtida Agronomik tadqiqotlar va taraqqiyot xalqaro markazi (CIRAD) bosh direktori Elizabet Klaveri de Sen-Marten bilan uchrashdi.


"Yosh sharqshunos diplomatlar" klubi matbuot xizmati.
Rasmiy
sahifalar:Telegram|Instagram
7🔥1👏1
📌Mart oyining IV chorak diplomatik dayjesti

Hurmatli Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabalari va “Yosh sharqshunos diplomatlar” klubi a’zolari!

E’tiboringizga joriy yilning mart oyining IV choragi davomida O‘zbekistonning xalqaro maydondagi muhim diplomatik faoliyatiga oid asosiy voqealar dayjestini taqdim etamiz.



2026-yil 23-mart kuni Hindiston poytaxtida O‘zbekiston elchisi Sardor Rustamboyev va Rajasthan shtati polo klubi (Rajasthan Polo Club) rahbari Vikramaditya Singh o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi va O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Janubiy Koreya elchisi Von Do Yonni qabul qildi.


2026-yil 24-mart kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Faysal bin Farxon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi.


2026-yil 24-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.


2026-yil 25-mart kuni Polsha–O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar rivojlantiriladi va O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan bilan telefon orqali muloqot qildi.


2026-yil 26-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi, Oliy davlatlararo kengashning birinchi yigʻilishidan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon yirik kooperatsiya loyihalarini ishga tushirish marosimida ishtirok etdilar va yigʻilishidan soʻng ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi boʻldi.


Joriy yilning shu Tojikiston Respublikasi Prezidentining davlat tashrifi doirasida ushbu mamlakatning Toshkent shahridagi elchixonasining yangi binosi ochilishiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi va “Oʻzbekiston” xalqaro forumlar saroyida ikki mamlakat sanʼatkorlari ishtirokidagi anʼanaviy konsertni birgalikda tomosha qildilar.


2026-yil 27-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston-Tojikiston sammitining ikkinchi kuni tadbirlarida ishtirok etish uchun Buxoro shahriga keldi, ular birgalikda Ark qo‘rg‘oni, Poi Kalon va Labi Hovuz majmualari bilan tanishdi , Oʻzbekiston va Tojikiston Prezidentlari zamonaviy toʻqimachilik korxonasiga tashrif buyurdilar va shu bilan Oʻzbekiston – Tojikiston sammiti yakunlandi.


2026-yil 29-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi, Vazirlar Mahkamasi Raisi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.


"Yosh sharqshunos diplomatlar" klubi matbuot xizmati.
Rasmiy
sahifalar: Telegram|Instagram
🔥54👏1
📌Aprel oyining I chorak diplomatik dayjesti

Hurmatli Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabalari va “Yosh sharqshunos diplomatlar” klubi a’zolari!

E’tiboringizga joriy yilning aprel oyining I choragi davomida O‘zbekistonning xalqaro maydondagi muhim diplomatik faoliyatiga oid asosiy voqealar dayjestini taqdim etamiz.



📆2026-yil 30-mart kuni O‘zbekistonning Benilyuks mamlakatlaridagi elchisi G‘ayrat Fozilov Lyuksemburg Deputatlar palatasining Xalqaro munosabatlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Iv Kryuxten bilan uchrashdi.

📆2026-yil shu kunning o'zida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri maslahatchisi va BMTTDning mamlakatimizdagi rahbari ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish rejalarini muhokama qildi.

📆2026-yil 31-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Qozogʻiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Yermek Kosherbayevni qabul qildi va Toshkentda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Yermek Kosherbayev o‘rtasida muloqot bo‘lib o‘tdi.

📆2026-yil 1-aprel kuni Oʻzbekiston Prezidenti “BMT Turizm” rahbari bilan sayyohlik sohasidagi hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlarini muhokama qildi va Vellington shahridagi “Government House” qarorgohida bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda O‘zbekistonning Singapurdagi elchisi Alisher Qayumov Yangi Zelandiyada o‘rindoshlik asosidagi elchi sifatida ushbu davlat General-gubernatori Dame Sindi Kiroga ishonch yorliqlarini topshirdi.

📆2026-yil 2-aprel kuni O‘zbekiston va Fransiya parlamentlararo hamkorlikni kengaytiradi va O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Pokiston va Xitoyning mintaqada tinchlik va barqarorlikni taʼminlash bo‘yicha tashabbusini qo‘llab-quvvatladi.

📆2026-yil 3-aprel kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Germaniya tashqi ishlar vazirligining Yevropa ishlari bo‘yicha davlat vaziri Gyunter Krixbaum bilan uchrashdi.

📆2026-yil 4-aprel kuni Zagreb shahrida O‘zbekiston elchisi Xorvatiya hukumati vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdi.

📆2026-yil 5-aprel kuni O‘zbekiston elchisi Ravshanbek Alimov Turkman milliy jahon tillari instituti rektori Maqsat Chariyev bilan uchrashuv o‘tkazdi.


"Yosh sharqshunos diplomatlar" klubi matbuot xizmati.
Rasmiy
sahifalar: Telegram|Instagram
5👍5🔥3
🇺🇿🇺🇸 Yangi hamkorlik bosqichi boshlandi

2026-yil 6-aprel kuni Saida Mirziyoyeva boshchiligidagi delegatsiyaning AQSHga tashrifi doirasida muhim uchrashuvlar va muzokaralar bo‘lib o‘tdi.Vashington shahrida mamlakatlarning ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan Amerika-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi rasman o‘z faoliyatini boshladi. Kengash qo‘shma biznes tashabbuslari uchun mustahkam institutsional asos yaratishga qaratilgan.

Ushbu tashrif O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishda muhim qadam bo‘ldi.Uchrashuv yakunida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.


🤝 Tomonlar o‘zaro ishonch va sheriklik ruhida kelgusidagi loyihalarni birgalikda rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

"Yosh sharqshunos diplomatlar" klubi matbuot xizmati.
Rasmiy
sahifalar: Telegram|Instagram
🔥54
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌 Adolat ustiga qurilgan saltanat asoschisi

9-aprel — buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavallud topgan kun. U nafaqat qudratli imperiya asoschisi, balki kuchli siyosat yuritgan dono hukmdor sifatida tarixda muhim o‘rin egallaydi.

Amir Temurning siyosati avvalo adolat, tartib-intizom va markazlashgan boshqaruvga asoslangan edi. U davlatni mustahkamlash uchun qat’iy qonunlar joriy qilgan, har bir ishda intizomni ustuvor qo‘ygan. Uning mashhur “Kuch — adolatda” degan g‘oyasi bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.

Sohibqiron tashqi siyosatda ham yuksak strateg bo‘lib, diplomatiya va harbiy qudratni uyg‘unlashtira olgan. Natijada uning davrida Movarounnahr ilm-fan, savdo va madaniyat markaziga aylangan.

Bugun biz buyuk ajdodimiz merosini o‘rganib, undan saboq olishimiz — kelajak taraqqiyotining muhim omilidir.


"Yosh sharqshunos diplomatlar" klubi matbuot xizmati.
Rasmiy
sahifalar: Telegram|Instagram
🔥71
2026-yil 9-aprel kuni Markaziy Osiyo xalqaro institutida Turkiya Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Ufuk Ulutashning ochiq ma'ruzasi bo'lib o'tdi.

Mazkur tadbirda Yosh sharqshunos diplomatlar klubi a’zolari ham faol ishtirok etdilar. Ular ma’ruza davomida dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan muhim bilimlarga ega bo‘lish bilan birga, elchi bilan ochiq muloqot qilish, savollar berish va fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
13🔥7👏3💯2🤩1
📍 Buxoroda oliy darajadagi muzokaralar: aniq natijalar va tashrif tafsilotlari

Bugun Buxoro shahrida Shavkat Mirziyoyev va Qasim-Jomart Toqayev o‘rtasida uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

🤝 Asosiy voqealar:
• Ikki davlat rahbarlari tor doirada va kengaytirilgan tarkibda muzokaralar o‘tkazdi
• Savdo-iqtisodiy hamkorlikni oshirish, tovar ayirboshlash hajmini kengaytirish masalalari muhokama qilindi
• Transport va logistika yo‘laklarini rivojlantirish, xususan, mintaqaviy tranzit imkoniyatlarini kuchaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi
• Madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash, ta’lim va yoshlar almashinuv dasturlarini kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi


🏛 Tashrif doirasida:
• Prezidentlar Buxoro tarixiy markaziga tashrif buyurib, shaharning boy madaniy merosi bilan tanishdilar
• Delegatsiyalar o‘rtasida norasmiy muloqotlar ham o‘tkazildi, bu esa ishonch muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qildi

📌Bu uchrashuv ikki davlat o’rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni yanada rivojlantirdi.
🔥83😍2