This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌙 Ramazon oyi muborak bo‘lsin!
Yosh sharqshunos diplomatlar klubi kanali a’zolarini muborak Ramazon oyi kirib kelgani munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz.
Ushbu muqaddas oy yurtimizda tinchlik-osoyishtalik, jamiyatimizda o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qilsin. Ramazon oyining ezgulik, sabr-toqat va saxovat kabi yuksak fazilatlari barchamizni ezgu maqsadlar yo‘lida birlashtirsin.
Barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayzu baraka tilaymiz.
Hurmat bilan,
Yosh sharqshunos diplomatlar klubi

🔥5🕊5❤2😍1🤗1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Vashingtonda “Tinchlik kengashi”ning birinchi sammiti boshlanish arafasida. Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbir bo‘lib o‘tadigan manzilga yetib kelgan. Butun dunyo OAV nigohi shu soatlarda mazkur sammitga qaratilgan.
Sammitda 30 ga yaqin davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etmoqda.
Tinchlik kengashining ilk yig’ilishi start oldi
Sammitda Tinchlik kengashiga a’zo 26 ta davlat, shuningdek, kuzatuvchi maqomidagi 23 ta mamlakat ishtirok etishi kutilmoqda.

🔥7👏5❤3✍1💯1🏆1🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“U mening do’stim” – Donald Tramp Tinchlik kengashi yig’ilishida davlatimiz rahbarini tanishtirdi
“Mamlakatingizda ishlar ajoyib, siz ham ajoyib ishlayapsiz va hech qanday muammo yoʻq”, – dedi u.

🔥15👏5🤝3✍2🫡2❤1🏆1
📌Fevral oyining III chorak diplomatik dayjesti
Hurmatli Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabalari va “Yosh sharqshunos diplomatlar” klubi a’zolari!
E’tiboringizga joriy yilning fevral oyining III choragi davomida O‘zbekistonning xalqaro maydondagi muhim diplomatik faoliyatiga oid asosiy voqealar dayjestini taqdim etamiz.
📆2026-yil 16-fevral kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Armanistonning yangi elchisi (qarorgohi Yerevan shahrida) Georgiy Kocharyanni qabul qildi va O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Baxromjon Aʼloyev boshchiligidagi delegatsiya Qatarga tashrif doirasida rasmiy va ishbilarmon doira vakillari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazdi.
📆2026-yil 17-fevral kuni Dohada O‘zbekiston va Qatar tashqi siyosat idoralari siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi.
📆Joriy yilning shu kunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniyaning Markaziy Osiyo va Ozarbayjon boʻyicha savdo vakili lord Jon Olderdaysni qabul qildi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga joʻnab ketdi.
📆2026-yil 18-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vashingtonga amaliy tashrifi AQSh savdo vaziri Xovard Latnik bilan uchrashuvdan boshlandi, Vashington shahriga tashrifning ishbilarmonlik tadbirlari davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSh Eksport-import banki prezidenti va raisi Jon Yovanovich hamda Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi (DFC) bosh ijrochi direktori Ben Blekni qabul qildi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vashington shahriga tashrifning ishbilarmonlik dasturi doirasida ikki tomonlama hujjatlarni imzolashga bagʻishlangan marosim va qoʻshma loyihalar taqdimotida ishtirok etdi.
📆2026-yil 19-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vashingtonga amaliy tashrifi doirasidagi ishbilarmonlik uchrashuvlarining navbatdagisi AQSh savdo vakili Jeymison Grir bilan boʻldi, Tinchlik kengashining birinchi sammitida nutq so'zladi, Tinchlik kengashining Gʻazo sektori boʻyicha faoliyatining ustuvor yoʻnalishlarini belgilab berdi va AQShga amaliy tashrif yakunlandi.
📆2026-yil 20-fevral kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon Aʼloyev bugun Bangladesh elchisi Muhammad Monirul Islom bilan uchrashdi.
📆2026-yil 21- fevral kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Afg‘oniston tashqi ishlar vazirlari Mavlaviy Amir Xon Muttaqiy yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash va mintaqaviy aloqalarni rivojlantirishga sodiq ekanliklarini tasdiqladilar.
"Yosh sharqshunos diplomatlar" klubi matbuot xizmati.
Rasmiy sahifalar:Telegram|Instagram

🔥6🕊2
Forwarded from Tashqi ishlar vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining bayonoti
***
Statement by the Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan
***
Заявление Министерства иностранных дел Республики Узбекистан
Facebook | YouTube | Instagram | X
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqdagi vaziyatning keskin ravishda taranglashuvi va keng mintaqada yangi ziddiyatli holat yuzaga kelganidan jiddiy xavotirdaligini bildiradi.
Barcha tomonlarni vazminlikka daʼvat etib, nafaqat harbiy-siyosiy, balki gumanitar jihatdan oldindan koʻrib boʻlmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin boʻlgan xavfli keskinlashuvga sabab boʻladigan keyingi qadamlardan tiyilishga chaqiramiz.
Vujudga kelgan inqirozni xalqaro huquq normalari asosida, siyosiy-diplomatik vositalar orqali va oʻzaro maqbul muloqot yoʻli bilan hal etish maqsadga muvofiq ekanini taʼkidlaymiz.
Oʻzbekiston Respublikasi mintaqaviy barqarorlik hamda xavfsizlikni mustahkamlashning izchil tarafdori va vaziyatning eng tez fursatlarda normallashuvidan umidvor boʻlib qoladi.
***
Statement by the Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan
The Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan expresses deep concern over the rapid escalation of tensions in the Middle East, which has contributed to growing instability across the wider region.
We urge all sides to demonstrate maximum restraint and avoid actions that may further aggravate the situation and lead to serious military, political, and humanitarian repercussions.
We underline the necessity of addressing the crisis in full accordance with international law, through political and diplomatic efforts, including constructive and mutually acceptable dialogue.
Uzbekistan remains firmly committed to promoting regional peace and security and hopes for the swift stabilization and normalization of the situation.
***
Заявление Министерства иностранных дел Республики Узбекистан
Министерство иностранных дел Республики Узбекистан выражает серьёзную обеспокоенность в связи с резким обострением ситуации на Ближнем Востоке, приведшим к новой напряженности в обширном регионе.
Призываем все стороны проявлять сдержанность и воздержаться от дальнейших шагов, способных привести к опасной эскалации с трудно предсказуемыми последствиями не только военно-политического, но и гуманитарного характера.
Подчёркиваем целесообразность урегулирования кризиса на основе международного права, политико-дипломатическими средствами и посредством взаимоприемлемого диалога.
Республика Узбекистан последовательно выступает за укрепление региональной стабильности и безопасности и рассчитывает на скорейшую нормализацию обстановки.
Facebook | YouTube | Instagram | X
❤7🔥4👏1
✅Fevral oyining IVchorak diplomatik dayjesti
Hurmatli Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabalari va “Yosh sharqshunos diplomatlar” klubi a’zolari!
E’tiboringizga joriy yilning fevral oyining IV choragi davomida O‘zbekistonning xalqaro maydondagi muhim diplomatik faoliyatiga oid asosiy voqealar dayjestini taqdim etamiz.
📌2026-yil 23-fevrl kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Munira Aminova Avstriya elchixonasining savdo bo‘yicha maslahatchisi Rudolf Lukavskiy bilan uchrashuv o‘tkazdi.
📌 2026-yil 24-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan boʻlib turgan Belarus Respublikasi Bosh vaziri Aleksandr Turchinni qabul qildi.
📌2026-yil 24-fevral kuni O‘zbekiston elchisi Amirsaid Agzamxodjayev Polsha Seymi (Quyi palata) Xalqaro aloqalar qo‘mitasi raisi Pavel Koval bilan uchrashdi va O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon Aʼloyev O‘mon elchisi Vafo al-Busaidiy, Qatar elchisi Hasan bin Hamza Hoshim va Iordaniya elchisi Demiye Haddad bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazdi
📌2026-yil 25-fevral kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Buyuk Britaniya investitsiyalar bo‘yicha davlat vaziri lord Jeyson Stokvud sog‘liqni saqlash xizmatlari sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumini imzoladilar va O‘zbekiston TIV rahbari Britaniya bankining mamlakatimiz milliy moliya tizimiga yana-da integratsiyalashuvini qo‘llab-quvvatladi.
📌2026-yil 26-fevral kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Markaziy Osiyo mamlakatlari rasmiy delegatsiyalari va talabalari bilan birgalikda Londonda Shahzoda Edvard bilan uchrashdi va O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Buyuk Britaniya Jamoatlar palatasi spikeri bilan uchrashdi.
📌Joriy yilning xuddi shu kunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anni tavallud kuni bilan samimiy tabrikladi.
📌2026-yil 27-fevral kuni O‘zbekiston va Buyuk Britaniya tashqi siyosat idoralari rahbarlari o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi va Londonda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov eng yirik transmilliy neft-gaz korporatsiyalaridan biri – BP (British Petroleum) vakili Ariel Flores bilan uchrashib, Buyuk Britaniya neft-gaz korporatsiyasining O‘zbekistondagi loyihalarda ishtiroki muhokama qilindi.
📌Shu kunni o'zida O‘zbekiston TIV Afg‘oniston va Pokistonni zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga, imkon qadar vazminlik ko‘rsatishga va keskinlikning yana-da kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi.
📌2026-yil 28-fevral kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Pokiston bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri, senator Muhammad Isʼhoq Dor bilan telefon orqali muloqot qildi.
"Yosh sharqshunos diplomatlar" klubi matbuot xizmati.
Rasmiy sahifalar:📱Telegram|📱Instagram

🔥7❤4✍3👌1🆒1
Bugun, 2026 yil 3-mart kuni, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, savdo va sanoat vazirligi tomonidan tashkil etilgan nufuzli biznes forumda “Yosh sharqshunos diplomatlar klubi” a’zolari faol ishtirok etdilar.
Forum davomida ishtirokchilar mamlakatimizdagi investitsion imkoniyatlar, tashqi savdo siyosati hamda sanoat sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida muhim va dolzarb ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Xususan, xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar, yangi ishlab chiqarish loyihalari va eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan tashabbuslar alohida e’tibor markazida bo‘ldi.
Tadbir doirasida soha mutaxassislari, tadbirkorlar va investorlar bilan samarali muloqot o‘rnatildi, fikr almashildi hamda istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi. Bu esa yoshlar uchun amaliy tajriba, professional networking va diplomatik hamda biznes muhitini chuqurroq anglash imkonini yaratdi.
Mazkur forum nafaqat iqtisodiy masalalarni muhokama qilish maydoni, balki yosh mutaxassislar uchun o‘z bilim va salohiyatini namoyon etish, kelajakdagi faoliyati uchun muhim aloqalar o‘rnatish platformasi bo‘lib xizmat qildi.
“Yosh sharqshunos diplomatlar klubi” a’zolarining bunday nufuzli tadbirlardagi ishtiroki ularning xalqaro iqtisodiy jarayonlarga bo‘lgan qiziqishi va faol fuqarolik pozitsiyasini yana bir bor namoyon etdi.

🔥10❤4👏3✍2🕊1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Yosh sharqshunos diplomatlar klubi” jamoasi tabrigi
Aziz va muhtarama ayollar!
Sizlarni bahorning eng go‘zal bayramlaridan biri – 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan tabriklaymiz. Ayol – mehr, nafislik, sabr va buyuk kuch timsolidir. Jamiyat taraqqiyoti, ilm-fan rivoji va tinchlikni mustahkamlashda ayollarning o‘rni beqiyosdir.
Bugun diplomatiya, siyosat, ilm-fan va turli sohalarda faoliyat yuritayotgan ayollar o‘z salohiyati, bilim va fidoyiligi bilan yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
Sizlarga mustahkam sog‘lik, cheksiz baxt, oilaviy farovonlik hamda kelajakdagi barcha ezgu ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Har doim qadri baland, qalbingiz bahordek go‘zal bo‘lib qolsin!

❤9🥰4🔥2😍2🕊1
📌Mart oyining I chorak diplomatik dayjesti
Hurmatli Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabalari va “Yosh sharqshunos diplomatlar” klubi a’zolari!
E’tiboringizga joriy yilning mart oyining I choragi davomida O‘zbekistonning xalqaro maydondagi muhim diplomatik faoliyatiga oid asosiy voqealar dayjestini taqdim etamiz.
📆2026-yil 2-mart kuni mamlakatimiz elchisi Amirsaid Agzamxodjayev Polsha Infratuzilma vazirligi davlat kotibi Stanislav Bukoves bilan uchrashdi va muzokaralar markazida ikki mamlakat o‘rtasida transport va logistika sohasidagi hamkorlikning bugungi holati, yuk tashish zanjirlarini optimallashtirish hamda istiqbolli transport yo‘laklarini rivojlantirish masalalari turdi.
📆Joriy yilning xuddi shu kunida O‘zbekiston va Ispaniya tashqi siyosat idoralari rahbarlari telefon orqali Madridda ikki tomonlama biznes-forum o‘tkazish bo‘yicha muloqot qildi.
📆2026-yil 3-mart kuni O‘zbekiston diplomatlari xalqaro Afrika kongressida qatnashdi, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Eron tashqi ishlar vaziri Said Abbos Arakchi bilan telefon orqali muloqot qildi va O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon Aʼloyev Ko‘rfaz arab davlatlari (Qatar, Ummon, Saudiya Arabistoni, BAA va Quvayt) diplomatik vakolatxonalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
📆2026-yil 4-mart kuni ʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Oʻmon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Said bilan, Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan, Kuvayt Davlati Valiahdi Shayx Saboh al-Holid al-Hamad as-Saboh bilan, Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan, Bahrayn Podshohi Hamad bin Iso Ol Xalifa bilan va Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn bilan telefon orqali suhbatlashdi.
📆2026-yil 5-mart kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramov bilan telefon orqali muloqot qildi.
📆2026-yil 6-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi bo'lib o'tdi.
📆Shu kunning o'zida O‘zbekiston mahsulotlarini Norvegiya bozoriga eksport qilish imkoniyati ko‘rib chiqildi.
📆2026-yil 7-mart kuni Istanbul shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining norasmiy yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan bilan uchrashdi va O‘zbekiston va Turkiya tashqi ishlar vazirlari mintaqadagi keskinlikni muloqot va diplomatiya yo‘li bilan hal qilishga intilishi mushtarak ekanini ta’kidladi.

❤5🔥5👏3
TDSHU "Xalqaro munosabatlar" kafedrasi huzurida Global Affairs Academic Workshop tashkil etildi.
Global Affairs Academic Workshop tashabbusi nufuzli xorijiy universitetlarda o‘qish, ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanish va global siyosat, diplomatiya, xalqaro huquq yoki akademik sohada faoliyat yuritishni maqsad qilgan talabalar uchun mo‘ljallangan.
Global Affairs Academic Workshop faoliyatini olib boruvchi yetakchilar:
Shahnoza Safoyeva, AQShning Kolumbiya universiteti bitiruvchisi, El-yurt umidi jamg’armasi stipendiati. "Xalqaro munosabatlar" kafedrasi o'qituvchisi.
Shohrux Yunusov, Buyuk Britaniyaning Nyukasl universiteti bitiruvchisi, El-yurt umidi jamg’armasi stipendiati. "Xalqaro munosabatlar" kafedrasi o'qituvchisi.
Barcha qiziquvchilarni taklif qilamiz.
Sana: 13-mart
15:00
TSXMI binosi majlislar zali

❤8🔥6👏2🎉2⚡1💯1🆒1
📌Mart oyining II chorak diplomatik dayjesti
Hurmatli Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabalari va “Yosh sharqshunos diplomatlar” klubi a’zolari!
E’tiboringizga joriy yilning mart oyining II choragi davomida O‘zbekistonning xalqaro maydondagi muhim diplomatik faoliyatiga oid asosiy voqealar dayjestini taqdim etamiz.
✅2026-yil 9-mart kuni Finlyandiyaga tashrif buyurgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Xelsinki shahrida xalqaro bank prezidenti Andre Kyuyusvek bilan uchrashdi , Finlandiya tashqi ishlar vazirlari muzokaralar chog‘ida iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratdilar va Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubb Xelsinki shahrida tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovni qabul qildi.
✅2026-yil 10-mart kuni O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Yevropa Ittifoqining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Jil Bertran bilan onlayn uchrashuv davomida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi maxsus vakillari Afg‘oniston–Pokiston chegarasidagi vaziyatni muhokama qildi va O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon Aʼloyev kecha Isroil elchisi Gideon Lustig bilan uchrashuv o‘tkazdi.
✅2026-yil 11-mart kuni Ashxobod shahrida O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida taʼlim, sog‘liqni saqlash, yoshlar va sport sohalarida hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
✅2026-yil 12-mart kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov BAA, Kuvayt, Saudiya Arabistoni, Qatar va O‘mon elchilarini qabul qildi.
✅2026-yil 14-mart kuni O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov Budapeshtda Vengriya Madaniyat va innovatsiya vazirligining madaniy aloqalar bo‘yicha davlat kotibi Anita Kish-Xedi bilan muzokaralar o‘tkazdi va O‘zbekiston elchisi Amirsaid Agzamxodjayev Polsha chegara xizmati bosh komendanti, general Robert Bagan bilan uchrashuv o‘tkazdi.
✅2026-yil 16-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqoti davomida Qozog‘iston Prezidentini yangi tahrirdagi Konstitutsiya loyihasi bo‘yicha referendum muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan samimiy tabrikladi va savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport, madaniy-gumanitar va boshqa ustuvor sohalarda qo‘shma loyiha va dasturlarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.
✅Xuddi shu kunning o'zida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari va Tojikiston elchisi bo‘lajak oliy darajadagi ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasini muhokama qildi.

🔥5👏4❤3👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌙✨ Ramazon hayiti muborak!
Hurmatli do‘stlar, aziz hamfikrlar!
Sizlarni muborak Ramazon hayiti bilan chin qalbimizdan samimiy tabriklaymiz! Ushbu ulug‘ ayyom barchamizga tinchlik, mehr-oqibat, baraka va quvonch olib kelsin.
Yurtimiz ravnaqi, ilm-fan taraqqiyoti va xalqaro hamkorlik yo‘lida xizmat qilayotgan barcha yoshlarimizga mustahkam sog‘lik, yuksak marralar va ulkan zafarlar tilaymiz. Qalblaringizda ezgulik, ko‘ngillaringizda poklik doimo hamroh bo‘lsin!
Hayit ayyomi har bir xonadonga fayzu baraka, quvonch va totuvlik olib kirsin!
Yosh sharqshunos diplomatlar klubi matbuot xizmati

❤9🕊5🔥1👏1
📆Mart oyining III chorak diplomatik dayjesti
Hurmatli Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabalari va “Yosh sharqshunos diplomatlar” klubi a’zolari!
E’tiboringizga joriy yilning mart oyining III choragi davomida O‘zbekistonning xalqaro maydondagi muhim diplomatik faoliyatiga oid asosiy voqealar dayjestini taqdim etamiz.
📌2026-yil 16-mart kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari va Tojikiston elchisi bo‘lajak oliy darajadagi ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasini muhokama qildi va O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun O'mon tashqi ishlar vaziri Said Badr bin Hamad Al-Busaidiy bilan telefon orqali muloqot qildi.
📌2026-yil 17-mart kuni Parij shahridagi YUNESKO shtab-kvartirasida O‘zbekistonning tashkilot huzuridagi Doimiy vakolatxonasi, Islom hamkorlik tashkiloti hamda Turkiya vakolatxonalari bilan hamkorlikda iftorlik tashkil etildi.
📌2026-yil 18-mart kuni O‘zbekiston TIV rahbari o‘rinbosari va Qozog‘iston elchisi bo‘lajak qo‘shma tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish masalalarini muhokama qildilar.
📌2026-yil 20-mart kuni Dehlida O‘zbekiston elchisi Sardor Rustamboyev Hindiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sibi Jorj bilan uchrashdi va O‘zbekiston va Ozarbayjon TIV rahbarlari telefon orqali muloqotda ikki tomonlama hamkorlik masalalari, shuningdek, mintaqaviy va global kun tartibidagi dolzarb jarayonlarni muhokama qildilar.
📌2026-yilning shu kunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan va Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi.
📌2026-yil 21-mart kuni YUNЕSKOning Parijdagi bosh qarorgohida O‘zbekistonning doimiy vakili Kamol Muxtorov va tashkilot bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Osa Regner o‘rtasida uchrashuv davomida YUNESKOda O‘zbekiston bilan strategik hamkorlik masalalari muhokama qilindi va O‘zbekiston elchisi Nodir G‘aniyev Fransiya poytaxtida Agronomik tadqiqotlar va taraqqiyot xalqaro markazi (CIRAD) bosh direktori Elizabet Klaveri de Sen-Marten bilan uchrashdi.

❤7🔥1👏1
📌Mart oyining IV chorak diplomatik dayjesti
Hurmatli Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabalari va “Yosh sharqshunos diplomatlar” klubi a’zolari!
E’tiboringizga joriy yilning mart oyining IV choragi davomida O‘zbekistonning xalqaro maydondagi muhim diplomatik faoliyatiga oid asosiy voqealar dayjestini taqdim etamiz.
✅2026-yil 23-mart kuni Hindiston poytaxtida O‘zbekiston elchisi Sardor Rustamboyev va Rajasthan shtati polo klubi (Rajasthan Polo Club) rahbari Vikramaditya Singh o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi va O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Janubiy Koreya elchisi Von Do Yonni qabul qildi.
✅2026-yil 24-mart kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Faysal bin Farxon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi.
✅2026-yil 24-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.
✅2026-yil 25-mart kuni Polsha–O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar rivojlantiriladi va O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan bilan telefon orqali muloqot qildi.
✅2026-yil 26-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi, Oliy davlatlararo kengashning birinchi yigʻilishidan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon yirik kooperatsiya loyihalarini ishga tushirish marosimida ishtirok etdilar va yigʻilishidan soʻng ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi boʻldi.
✅Joriy yilning shu Tojikiston Respublikasi Prezidentining davlat tashrifi doirasida ushbu mamlakatning Toshkent shahridagi elchixonasining yangi binosi ochilishiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi va “Oʻzbekiston” xalqaro forumlar saroyida ikki mamlakat sanʼatkorlari ishtirokidagi anʼanaviy konsertni birgalikda tomosha qildilar.
✅2026-yil 27-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston-Tojikiston sammitining ikkinchi kuni tadbirlarida ishtirok etish uchun Buxoro shahriga keldi, ular birgalikda Ark qo‘rg‘oni, Poi Kalon va Labi Hovuz majmualari bilan tanishdi , Oʻzbekiston va Tojikiston Prezidentlari zamonaviy toʻqimachilik korxonasiga tashrif buyurdilar va shu bilan Oʻzbekiston – Tojikiston sammiti yakunlandi.
✅2026-yil 29-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi, Vazirlar Mahkamasi Raisi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
"Yosh sharqshunos diplomatlar" klubi matbuot xizmati.
Rasmiy sahifalar: Telegram|Instagram

🔥5❤4👏1
📌Aprel oyining I chorak diplomatik dayjesti
Hurmatli Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabalari va “Yosh sharqshunos diplomatlar” klubi a’zolari!
E’tiboringizga joriy yilning aprel oyining I choragi davomida O‘zbekistonning xalqaro maydondagi muhim diplomatik faoliyatiga oid asosiy voqealar dayjestini taqdim etamiz.
📆2026-yil 30-mart kuni O‘zbekistonning Benilyuks mamlakatlaridagi elchisi G‘ayrat Fozilov Lyuksemburg Deputatlar palatasining Xalqaro munosabatlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Iv Kryuxten bilan uchrashdi.
📆2026-yil shu kunning o'zida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri maslahatchisi va BMTTDning mamlakatimizdagi rahbari ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish rejalarini muhokama qildi.
📆2026-yil 31-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Qozogʻiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Yermek Kosherbayevni qabul qildi va Toshkentda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Yermek Kosherbayev o‘rtasida muloqot bo‘lib o‘tdi.
📆2026-yil 1-aprel kuni Oʻzbekiston Prezidenti “BMT Turizm” rahbari bilan sayyohlik sohasidagi hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlarini muhokama qildi va Vellington shahridagi “Government House” qarorgohida bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda O‘zbekistonning Singapurdagi elchisi Alisher Qayumov Yangi Zelandiyada o‘rindoshlik asosidagi elchi sifatida ushbu davlat General-gubernatori Dame Sindi Kiroga ishonch yorliqlarini topshirdi.
📆2026-yil 2-aprel kuni O‘zbekiston va Fransiya parlamentlararo hamkorlikni kengaytiradi va O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Pokiston va Xitoyning mintaqada tinchlik va barqarorlikni taʼminlash bo‘yicha tashabbusini qo‘llab-quvvatladi.
📆2026-yil 3-aprel kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Germaniya tashqi ishlar vazirligining Yevropa ishlari bo‘yicha davlat vaziri Gyunter Krixbaum bilan uchrashdi.
📆2026-yil 4-aprel kuni Zagreb shahrida O‘zbekiston elchisi Xorvatiya hukumati vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdi.
📆2026-yil 5-aprel kuni O‘zbekiston elchisi Ravshanbek Alimov Turkman milliy jahon tillari instituti rektori Maqsat Chariyev bilan uchrashuv o‘tkazdi.

❤5👍5🔥3
🇺🇿🇺🇸 Yangi hamkorlik bosqichi boshlandi
2026-yil 6-aprel kuni Saida Mirziyoyeva boshchiligidagi delegatsiyaning AQSHga tashrifi doirasida muhim uchrashuvlar va muzokaralar bo‘lib o‘tdi.Vashington shahrida mamlakatlarning ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan Amerika-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi rasman o‘z faoliyatini boshladi. Kengash qo‘shma biznes tashabbuslari uchun mustahkam institutsional asos yaratishga qaratilgan.
Ushbu tashrif O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishda muhim qadam bo‘ldi.Uchrashuv yakunida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
🤝 Tomonlar o‘zaro ishonch va sheriklik ruhida kelgusidagi loyihalarni birgalikda rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

🔥5❤4