Orena.uz – biznes va texnologiyalar
33.3K subscribers
44 photos
6 videos
50 links
Orena.uz – IT yangiliklari hamda biznesga oid xabarlarni ulashib boruvchi nashr.

Sahifalarimiz:
instagr.am/orenauz
twitter.com/orenauz
fb.me/orenauz

Biz bilan bog‘lanish uchun:
@OrenaAds
Download Telegram
🖼 OpenAI ChatGPT rasmlar bilan ishlay boshlaganini e’lon qildi

Amerikaning OpenAI kompaniyasi o‘zining sun’iy intellekt tizimi bo‘lgam ChatGPT uchun katta yangilanish chiqarilishini e’lon qildi.

Rasmiy blogda xabar qilinishicha, ChatGPT yangi ovozli va grafik imkoniyatlarga ega bo‘ldi. Endi foydalanuvchilar kerakli rasmni chatbotga yuborib, rasm haqida ma’lumot olishi mumkin.

Uning ajoyib imkoniyatlaridan biri, agar muzlatgich ichidagi mahsulotlarni rasmga olib yuborsangiz, chatbot sizga qanday ovqat tayyorlash mumkinligini aytib beradi.

🔗 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
✈️ Telegram 📷 Instagram  ✖️ Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤫 Xiaomi MIUI brendidan voz kechishi mumkin

Xiaomi kompaniyasi Android uchun ishlab chiqarilgan MIUI operatsion tizimidan voz kechib, yangi MiOS deb nomlangan operatsion tizimni ishga tushirishni rejalashtirmoqda.

Yangi operatsion tizim taqdimoti Xiaomi 14 flagmanlari taqdimoti kuni bo‘lib o‘tishi mumkin. 14-seriyali smartfonlar 2024-yil oxirigacha taqdim etilishi kerak.

MIUI-ni miOS-ga almashtirish bo‘yicha ilk muhokamalar 2022-yil noyabr oyida boshlangan va Xiaomi mios.cn domen nomini ro‘yxatdan o‘tkazgan.

🔗 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
✈️ Telegram 📷 Instagram  ✖️ Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📈 ChatGPT yiliga deyarli 1,3 milliard dollar daromad keltirmoqda

OpenAI kompaniyasi o‘zining mashhur AI chatboti orqali yiliga 1,3 milliard dollar ishlab topdi. Bu kompaniyaning oylik daromadi 100 million dollardan oshganini bildiradi.

O‘tgan yilga nisbatan OpenAI daromadi 30 foizga oshgan. Yil avvalida bu ko‘rsatkich atigi 1 milliard dollarni tashkil qilgan. Daromadning bunday keskin o‘sishi kompaniyaning doimiy yangilanish chiqarishi bilan bog‘liq.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda kompaniya o‘zining sun’iy intellektga asoslangan DALL-E 3 tizimini pullik ChatGPT+ obunasiga kiritgan edi.

🔗 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
✈️ Telegram 📷 Instagram  ✖️ Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✖️ X (Twitter) barcha foydalanuvchilar uchun pullik bo‘ladi

Ilon Maskga tegishli X kompaniyasi yangi foydalanuvchilarni tweet qoldirishi, yoqtirish, repost qilish kabi funksiyalar uchun yiliga 1 dollardan pul olmoqchi.

Kompaniya blogidagi ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu chora spam bilan kurashish uchun zarur hisoblanadi.

🔗 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
✈️ Telegram 📷 Instagram  ✖️ Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📖Ilon Mask Wikipedia nomini o‘zgartirish uchun milliard dollar bermoqchi

Ilon Mask agar nomi o‘zgarsa, “Wikipedia” onlayn ensiklopediyasiga xayriya qilishni taklif qildi. Bu haqda u “X"dagi sahifasida yozgan.

“Agar ular nomni Dickipedia deb o‘zgartirsalar, men ularga bir milliard dollar beraman”, — deb yozgan Mask.

🔗 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
✈️ Telegram 📷 Instagram  ✖️ Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤖 O‘zbekistonliklarga “ChatGPT”ga kirish huquqi berildi

Kompaniya neyron tarmoqni qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar va hududlar ro‘yxatiga O‘zbekistonni qo‘shgan.

Endilikda neyron tarmoqdan O‘zbekistondagi aloqa operatorlari raqami bilan ro‘yxatdan o‘tish orqali foydalanish mumkin.

🔗 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
✈️ Telegram 📷 Instagram  ✖️ Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😏 Google .meme domenini ishga tushirmoqda

Google kompaniyasi memlar zamonaviy internet-madaniyatida qanday ahamiyat kasb etishini tushungan holda, .meme yangi domen hududini ishga tushirishga qaror qildi.

Endilikda veb ustalari saytlarni yaratish chog‘ida odatiy .com yoki .org domenlari o‘rniga mazkur ixtisoslashgan domendan foydalanishlari mumkin. Taxminlarga ko‘ra, yangi hududdagi saytlar yumor va hazillardan tashqari, madaniyat va uslubni ham targ‘ib qiladi.

Hozirda .meme domenlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun erta kirish ochilgan. Domen nomining ochiqligini get.meme manzili orqali o‘tib tekshirish mumkin.


🔗 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
✈️ Telegram 📷 Instagram  ✖️ Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🚀 Bitkoin uchmoqda

Bitkoin tarixda birinchi marta 70 000 dollardan oshdi. Bundan 10 kun avval token narxi 60 000 AQSh dollariga teng edi.

Tahlilchilarning fikriga ko‘ra, oy oxirigacha 1 bitkoin narxi 80 000 dollargacha yetishi mumkin deyilmoqda.

✈️ Orena.uzbiznes va texnologiyalar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👛 Pavel Durov Telegram bilan bog‘liq ba‘zi statistikalarni bo’lishdi

Har bir Telegram foydalanuvchisi messenjer uchun yiliga 0,7 dollarga tushadi, deydi Pavel Durov. Har yili ma‘lumotlarni saqlash uchun taxminan 630 million evro sarflanadi.

Bundan tashqari, Durov jamoasida atigi 50 kishi bor. Agar Telegram o’zini o’zi ta‘minlashga erisha olsa, birlamchi ommaviy taklif IPO o’tkazilishi mumkin.

✈️ Orena.uzbiznes va texnologiyalar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👀 Endi ko'zi ojizlar ham ko'ra olishlari mumkin

Ilon Mask Neuralinkning ko'zi ojiz odamlarni ko'rishiga yordam beradigan navbatdagi mahsulot - Blindsight ni e'lon qildi.

Maskning so'zlariga ko'ra, Blindsight implanti allaqachon maymunlarda sinovdan o'tkazilib, ijobiy natijalarda ishlamoqda.

✈️ Orena.uzbiznes va texnologiyalar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kimdir 70 000 dollardan 15 519 ta bitkoin sotib oldi.

U nimanidir bilganga o'xshaydi :)

✈️ Orena.uzbiznes va texnologiyalar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📉 Bitkoin 65 000 dollardan pastlab ketdi – so‘nggi 24 soat ichida kriptovalyuta narxi 7 foizdan ko‘proq qiymatini yo‘qotdi.

✈️ Orena.uzbiznes va texnologiyalar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
X (Twitter) ijtimoiy tarmog'i rasman 18+ kontentga ruxsat berishini e'lon qildi

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilar uchun o'z qoidalarini yangiladi, endi foydalanuvchilar NSFW materiallarini yaratishi, tarqatishi va ko'rishi mumkin (agar bu o'zaro kelishuv asosida amalga oshirilsa).

Faqatgina bunday kontentlarni maxfiy deb belgilash talab qilinadi. Qoida barcha turdagi 18+ kontentga taalluqlidir: u sun'iy intellekt tomonidan yaratilganmi, fotografik yoki animatsionmi hech qanday cheklov yo'q.

✈️ Orena.uzbiznes va texnologiyalar

#x #twitter #nsfw #technology #news #technews
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📈 Nvidia dunyodagi eng qimmat ikkinchi kompaniyaga aylandi

Yaqin kunlarda, Nvidia kapitallashuv bo'yicha Microsoft kompaniyasidan ham o'tib, birinchi o'rinni egallashi mumkin.

Buning uchun Nvidia aksiyalari yana 4 foizga oshishi kerak. O'tgan yil davomida Nvidia aksiyalari 216 foizga o'sganini hisobga olsak, bu juda real ko'rinadi.

✈️ Orena.uzbiznes va texnologiyalar

#nvidia #microsoft #news #technology #technews #apple #google #amazon #itnews
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📱 AppStore 2024-yilning birinchi choragida daromad bo‘yicha Google Play’dan deyarli 2 baravarga oshib ketdi.

📱 Orena.uzbiznes va texnologiyalar

#AppStore #GooglePlay #PlayStore #iPhone #iOS #Android #technology #technews #Statistics #itnews #stat #techno
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⭐️ Pavel Durov Telegram Stars valyutasi ishga tushirilganini e'lon qildi.

📱 Orena.uzbiznes va texnologiyalar

#Telegram #Stars #TelegramStars #PavelDurov #Pavel #Durov #TelegramNews #Technology #TechNews #News
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏎 Ilon Mask Tesla kompaniyasini tark etishi mumkin

Mask kompaniya aksiyadorlariga tanlash imkoniyatini taqdim etdi: yo menga 56 milliard dollar maosh to'la yoki ishdan ketaman. Uning aytishicha, u o'zini butunlay boshqa kompaniyalariga (SpaceX, X, The Boring Company va Neuralink) bag'ishlaydi.

Aytgancha, 56 milliard dollar Maskning umumiy kapitalining to'rtdan bir qismidan ham ko'pdir. 13-iyun kuni aksiyadorlar Mask yoki pul, qaysi biri ular uchun qimmatroq ekanligini muhokama qilish uchun yig'ilishadi.

Bu ikkinchi uchrashuv, avvaliga aksiyadorlar so'ralgan summani to'lashga ham rozi bo'lishdi, biroq ularning ba'zilariga bu g'oya yoqmay, sudga da'vo qilishdi.

📱 Orena.uzbiznes va texnologiyalar

#elonmusk #elon #musk #tesla #spacex #x #theboringcompany #neuralink #technonews #technews #technology #news #itnews #yangiliklar #xabarlar #telegram #instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎒 Xiaomi kompaniyasi Mijia Business ryukzagini ishlab chiqardi

Ryukzak suv o'tkazmaydigan, chidamli matodan tayyorlangan bo'lib, ichiga 15,6 dyumli noutbuk, minigarnitura va kabellar kabi turli xil narsalarni joylashtirish uchun yetarli joyga ega.

Ryukzakda elastik materialdan tayyorlangan yon cho'ntaklar mavjud bo'lib, ular suv idishlari yoki soyabon solish uchun foydalidir. Yangi mahsulot ikki xil rangda mavjud: qora va to'q ko'k.

💰 Ryuzak narxi – 249 yuan (34$)

📱 Orena.uzbiznes va texnologiyalar

#xiaomi #mijia #business #backpack #laptop #technology #technonews #technews #insider #yangiliklar #xabarlar #telegram #notcoin #not #ton #hamster #blum #binance
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📱HTC smartfonlarini eslaysizmi? Ular bozorga qaytmoqda...

Tayvanning HTC kompaniyasi smartfonlar bozoriga qaytishini e’lon qildi. Kompaniyaning X (Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida 12-iyunga rejalashtirilgan yangi qurilmasining tizeri paydo bo‘ldi.

Mobil qurilmalar sanoatida uzoq tarixga ega bo‘lgan HTC kompaniyasi 2008-yilda Android platformasidagi dunyodagi birinchi smartfon bo‘lgan – HTC Dream smartfonini chiqargan.

HTC 2018-yilda Samsung va Apple kabi gigant kompaniyalar sababli o‘z o‘rnini yo‘qota boshladi. Natijada, mobil biznesining katta qismini Google’ga 1,1 milliard dollarga sotadi va asosiy e’tiborini Vive brendi ostida virtual reallik texnologiyalarini rivojlantirishga qaratadi.

📱 Orena.uzbiznes va texnologiyalar

#htc #htcdream #vive #mobile #phones #news #technonews #technology #yangiliklar #xabarlar #blum #hamster #telegram #not
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✈️ Telegram tarixidagi eng jiddiy nosozliklardan birini boshdan kechirdi - messenjer bir soatdan ortiq vaqt ishlamadi.

📱 Orena.uzbiznes va texnologiyalar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM