Orena.uz – biznes va texnologiyalar
38.3K subscribers
31 photos
4 videos
35 links
Orena.uz – IT yangiliklari hamda biznesga oid xabarlarni ulashib boruvchi nashr.

Sahifalarimiz:
instagr.am/orenauz
twitter.com/orenauz
fb.me/orenauz

Biz bilan bog‘lanish uchun:
@OrenaAds
Download Telegram
🌐 ChatGPT endi javoblarni internetdan oladi

Bungacha chatbot 2021-yilning sentabrigacha to‘plangan ma’lumotlar bazasi bilan cheklangan edi. Hozir u so‘nggi ma’lumotlarga asoslanib javob berish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Funksiya faqat premium obunachilar uchun mavjud. Kompaniya tez orada buni barcha uchun taqdim etishini e’lon qildi. Xizmatning oylik narxi 20$.

📊 Orena.uz – biznes va texnologiyalar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🖥 Microsoft Bing’ni Apple kompaniyasiga sotishi mumkin

Bloombergning ta’kidlashicha, qidiruv tizimini sotish bilan bog‘liq muzokaralar taxminan 2020-yilda boshlangan.

Yaqinda ikki kompaniya vakillari yana savdo muzokaralari bilan uchrashdi, ammo hech qanday kelishuvga erishilmadi.

2020-yil ma’lumotlariga ko‘ra, Apple kompaniyasi standart qidiruv tizimi sifatida Google’dan foydalangani uchun, Google yiliga 4-7 milliard dollar to‘laydi.

🔗 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
✈️ Telegram 📷 Instagram ✖️ Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😉 Mimo – dasturlashni smartfoningizda o‘rganing

Dasturlashni o‘rganish uchun kompyuter sotib olishingiz shart emas. Ushbu mobil ilova orqali dasturlashni tez va oson o‘rganish mumkin.

Turli xil mashqlar, tekzor fikrlashga mo‘ljallangan ushbu ilovada: kod yozishingiz, ishga tushirishingiz, testlardan o'tishingiz mumkin.

Mimo orqali, Swift, HTML, CSS, JavaScript, Python, SQL va boshqa dasturlash tillarini o‘rganish mumkin.

🔗 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
✈️ Telegram 📷 Instagram  ✖️ Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🚀 Yonilg‘isiz yuradigan drijabl dunyo bo‘ylab sayohatga tayyorlanmoqda

Solar Airship One uzunligi taxminan 40 000 km bo‘lgan masofaga ekvator bo‘ylab hech qanday yonilg‘isiz sayohat qila oladigan drijabl ishlab chiqdi. Drijablning uzunligi 151 metr, umumiy maydoni 4800 kvadrat metrli quyosh panellari bilan qoplangan.

Kunduzi quyosh panellari drijablning elektr tizimlarini quvvat bilan ta’minlaydi va suvni vodorodga aylantirish orqali tun uchun energiya yig‘adi. Kechasi vodorod orqali drijabl harakati amalga oshiriladi.

Havo kemasining o‘rtacha tezligi 83 km/soat. Uni uch kishi boshqaradi. Airship jamoasi birinchi parvozni 2026-yilda taxminan 6000 metr balandlikda boshlashni rejalashtirmoqda.

🔗 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
✈️ Telegram 📷 Instagram  ✖️ Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👀 iPhone smartfonlarida maxfiy QR kod yashiringan, u nima uchun kerak?

2020-yildan boshlab, Apple iPhone ekranlariga ishlab chiqarish xarajatlarini nazorat qilishga yordam beruvchi mikroskopik QR kodlarni joylashtira boshladi.

QR kod ekranning old tomonida joylashgan. Uni oddiy ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydi. Maxsus kod kattaligi qum donasidek keladi, shuning uchun uni faqat mikroskop yordamida ko‘rish mumkin.

QR kodlar yordamida Apple xitoylik Lens Technology va Biel Crystal kompaniyalari qancha shisha panellari ishlab chiqarayotgani va qanchasi yaroqsiz nosoz panellar ekanini aniq kuzatishi mumkin.

🔗 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
✈️ Telegram 📷 Instagram  ✖️ Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Yaponlar ish vaqtida uxlash uchun ajoyib yostiq yaratishdi

Qurilma bo‘yin qayrilishisiz va qo‘llarni bukilishisiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri ish stolingizda uxlashingizga yordam beradi.

Qurilmaga o‘rnatilgan taymer sizni yoqimli tebranish bilan uyg‘otadi (maksimal uyqu muddati 60 minut).

Savdolar 15-oktabrdan boshlanadi, hozirda oldindan buyurtmalar qabuli boshlangan. Gadjet narxi 60 dollarni tashkil qiladi.

🔗 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
✈️ Telegram 📷 Instagram  ✖️ Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎶 TikTok ilovaning pullik versiyasini sinovdan o‘tkazmoqda

TikTok kichik miqdordagi foydalanuvchilar orasida ilovaning reklamasiz pullik versiyasini sinovdan o‘tkazishni boshladi. Reklama qatnashgan videolarni oyiga 4,99$ evaziga o‘chirib qo‘yish mumkin.

Pulli obunalar yordamida TikTok daromad manbalarini oshirishni rejalashtirmoqda. Kompaniya bu yangilik haqida rasman izoh bermadi.

🔗 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
✈️ Telegram 📷 Instagram  ✖️ Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎶 O‘zbekistonda bloklangan “TikTok” soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi

Unga ko‘ra, “TikTok PTE LTD” mamlakatda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchi sifatida joriy yilning 5-oktabr kuni ro‘yxatga olingan. Endilikda xizmatlar uchun “Tiktok”ga 12% QQS hisoblanadi.

2021-yilning yozida “Twitter”, “Skype”, “WeChat” va “VKontakte” tarmoqlari qatorida “TikTok”ga ham cheklov qo‘yilgandi. O‘tgan yili ayrimlari blokdan chiqarildi.

🔗 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
✈️ Telegram 📷 Instagram  ✖️ Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🖼 OpenAI ChatGPT rasmlar bilan ishlay boshlaganini e’lon qildi

Amerikaning OpenAI kompaniyasi o‘zining sun’iy intellekt tizimi bo‘lgam ChatGPT uchun katta yangilanish chiqarilishini e’lon qildi.

Rasmiy blogda xabar qilinishicha, ChatGPT yangi ovozli va grafik imkoniyatlarga ega bo‘ldi. Endi foydalanuvchilar kerakli rasmni chatbotga yuborib, rasm haqida ma’lumot olishi mumkin.

Uning ajoyib imkoniyatlaridan biri, agar muzlatgich ichidagi mahsulotlarni rasmga olib yuborsangiz, chatbot sizga qanday ovqat tayyorlash mumkinligini aytib beradi.

🔗 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
✈️ Telegram 📷 Instagram  ✖️ Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤫 Xiaomi MIUI brendidan voz kechishi mumkin

Xiaomi kompaniyasi Android uchun ishlab chiqarilgan MIUI operatsion tizimidan voz kechib, yangi MiOS deb nomlangan operatsion tizimni ishga tushirishni rejalashtirmoqda.

Yangi operatsion tizim taqdimoti Xiaomi 14 flagmanlari taqdimoti kuni bo‘lib o‘tishi mumkin. 14-seriyali smartfonlar 2024-yil oxirigacha taqdim etilishi kerak.

MIUI-ni miOS-ga almashtirish bo‘yicha ilk muhokamalar 2022-yil noyabr oyida boshlangan va Xiaomi mios.cn domen nomini ro‘yxatdan o‘tkazgan.

🔗 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
✈️ Telegram 📷 Instagram  ✖️ Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📈 ChatGPT yiliga deyarli 1,3 milliard dollar daromad keltirmoqda

OpenAI kompaniyasi o‘zining mashhur AI chatboti orqali yiliga 1,3 milliard dollar ishlab topdi. Bu kompaniyaning oylik daromadi 100 million dollardan oshganini bildiradi.

O‘tgan yilga nisbatan OpenAI daromadi 30 foizga oshgan. Yil avvalida bu ko‘rsatkich atigi 1 milliard dollarni tashkil qilgan. Daromadning bunday keskin o‘sishi kompaniyaning doimiy yangilanish chiqarishi bilan bog‘liq.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda kompaniya o‘zining sun’iy intellektga asoslangan DALL-E 3 tizimini pullik ChatGPT+ obunasiga kiritgan edi.

🔗 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
✈️ Telegram 📷 Instagram  ✖️ Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✖️ X (Twitter) barcha foydalanuvchilar uchun pullik bo‘ladi

Ilon Maskga tegishli X kompaniyasi yangi foydalanuvchilarni tweet qoldirishi, yoqtirish, repost qilish kabi funksiyalar uchun yiliga 1 dollardan pul olmoqchi.

Kompaniya blogidagi ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu chora spam bilan kurashish uchun zarur hisoblanadi.

🔗 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
✈️ Telegram 📷 Instagram  ✖️ Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📖Ilon Mask Wikipedia nomini o‘zgartirish uchun milliard dollar bermoqchi

Ilon Mask agar nomi o‘zgarsa, “Wikipedia” onlayn ensiklopediyasiga xayriya qilishni taklif qildi. Bu haqda u “X"dagi sahifasida yozgan.

“Agar ular nomni Dickipedia deb o‘zgartirsalar, men ularga bir milliard dollar beraman”, — deb yozgan Mask.

🔗 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
✈️ Telegram 📷 Instagram  ✖️ Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤖 O‘zbekistonliklarga “ChatGPT”ga kirish huquqi berildi

Kompaniya neyron tarmoqni qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar va hududlar ro‘yxatiga O‘zbekistonni qo‘shgan.

Endilikda neyron tarmoqdan O‘zbekistondagi aloqa operatorlari raqami bilan ro‘yxatdan o‘tish orqali foydalanish mumkin.

🔗 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
✈️ Telegram 📷 Instagram  ✖️ Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😏 Google .meme domenini ishga tushirmoqda

Google kompaniyasi memlar zamonaviy internet-madaniyatida qanday ahamiyat kasb etishini tushungan holda, .meme yangi domen hududini ishga tushirishga qaror qildi.

Endilikda veb ustalari saytlarni yaratish chog‘ida odatiy .com yoki .org domenlari o‘rniga mazkur ixtisoslashgan domendan foydalanishlari mumkin. Taxminlarga ko‘ra, yangi hududdagi saytlar yumor va hazillardan tashqari, madaniyat va uslubni ham targ‘ib qiladi.

Hozirda .meme domenlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun erta kirish ochilgan. Domen nomining ochiqligini get.meme manzili orqali o‘tib tekshirish mumkin.


🔗 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
✈️ Telegram 📷 Instagram  ✖️ Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🚀 Bitkoin uchmoqda

Bitkoin tarixda birinchi marta 70 000 dollardan oshdi. Bundan 10 kun avval token narxi 60 000 AQSh dollariga teng edi.

Tahlilchilarning fikriga ko‘ra, oy oxirigacha 1 bitkoin narxi 80 000 dollargacha yetishi mumkin deyilmoqda.

✈️ Orena.uzbiznes va texnologiyalar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👛 Pavel Durov Telegram bilan bog‘liq ba‘zi statistikalarni bo’lishdi

Har bir Telegram foydalanuvchisi messenjer uchun yiliga 0,7 dollarga tushadi, deydi Pavel Durov. Har yili ma‘lumotlarni saqlash uchun taxminan 630 million evro sarflanadi.

Bundan tashqari, Durov jamoasida atigi 50 kishi bor. Agar Telegram o’zini o’zi ta‘minlashga erisha olsa, birlamchi ommaviy taklif IPO o’tkazilishi mumkin.

✈️ Orena.uzbiznes va texnologiyalar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👀 Endi ko'zi ojizlar ham ko'ra olishlari mumkin

Ilon Mask Neuralinkning ko'zi ojiz odamlarni ko'rishiga yordam beradigan navbatdagi mahsulot - Blindsight ni e'lon qildi.

Maskning so'zlariga ko'ra, Blindsight implanti allaqachon maymunlarda sinovdan o'tkazilib, ijobiy natijalarda ishlamoqda.

✈️ Orena.uzbiznes va texnologiyalar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kimdir 70 000 dollardan 15 519 ta bitkoin sotib oldi.

U nimanidir bilganga o'xshaydi :)

✈️ Orena.uzbiznes va texnologiyalar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📉 Bitkoin 65 000 dollardan pastlab ketdi – so‘nggi 24 soat ichida kriptovalyuta narxi 7 foizdan ko‘proq qiymatini yo‘qotdi.

✈️ Orena.uzbiznes va texnologiyalar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM